1 avgust. Bugun imtihon! to’liq malumot oling

1 avgust. Bugun imtihon! to’liq malumot oling

Sartaroshxonaga yoshi 30-35 larni qoralagan qorachadan kelgan erkak kirib keldi. Qo’lida yoshgina yigitning suratini ko’rsatib, sartaroshdan o’zini unga o’xshatib berishini so’radi. Sartarosh plastik jarroh emaski buni ilojini qilsa. Avvaliga vaziyatni tushunmadim. Oradan bir daqiqa o’tar o’tmas yana bir yoshgina yigit kelib malla va jigarrang orasidagi bo’lgan bir rangdagi sochini qoraga bo’yab qo’yishlarini so’radi. Sartarosh shunda vaziyatni oydinlashtirdi. “Ertaga imtihon ekanku, ertalabdan beri yuzlab shunaqa ahmoqlar keldi, jonga tegib ketishdi.”
Mundarija скрыть

Endi hammasi tushunarli. Beixtiyor xayolimga hozirgina ko’chada ko’rganim, bir to’da qog’oz ko’tarib nimanidur ishtiyoq bilan savdolashayotgan 4-5 kishi keldi. Ha-ya, ertaga 1 avgust, oliy o’quv yurtlariga kirish uchun davlat imtihoni kuni. Undan daromad orttirib qolish maqsadida bu “katta biznes”ga yoshu qari birdek kirishgan. Meni esa analitikligim pand berdi va vaziyatning boshqa tomonini tahlil qilib ko’rishga majbur etdi.

Statistika ma’lumotlariga ko’ra bu yil o’qish uchun hujjat topshirgan nomzodlar soni rekord ko’rsatgichga yetgan. 543 ming talabgor. Oliygohlarga esa 58 ming talaba sig’adi xolos. Bu sonlar raqobat qanchalik kuchli ekanini ko’rsatmoqda. Raqobat qanchalik yuqori bo’lsa narx ham shunchalik baland.

1 avgust. Bugun imtihon!

Tasavvur qilaylik, talaba bo’lish imkoniyatini qo’lga kiritgan 57 ming “omadli” abiturientdan 10 ming nafari miyani ishlatish o’rniga (aslida miyada ishlaydigan narsaning o’zi yo’q) pulini to’lashni maqul topgan bo’lsin. Talaba bo’lish bahosi esa o’rtacha 5000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Bu kamtarona narxni shu kunlarda televideniyada ko’rsatilgan, 40 000$ evaziga o’qishga kiritib qo’yaman deb qo’lga tushgan inson bahosi bilan taqqoslamang. Biz o’rtacha narxni oldik. Demak oddiy hisob kitob quyidagini ko’rsatadi:

10 000 x 5 000 $ = 50 000 000 $(x 3000 sum = 150 000 000 000 sum, 150 milliard so’m. albatta qora bozor kursida)

Ushbu “biznes” bilan jiddiy shug’ullanayotgan bitta shaxs o’rtacha 5 ta abiturientni talabalar safiga qo’shib qo’ygan bo’lsa,

10 000 / 5 = 2 000

demak, 2 ming kishi ushbu 50 million AQSH dollarini bo’lib olishlari kerak.

50 000 000 $ / 2 000 = 25 000 $

Ana endi o’zingiz o’ylab ko’ring. Bir yillik daromadi tahminan 70 milliard so’mni tashkil qilayotgan “IPOTEKA-BANK”, 50 millard so’mlik daromadi bilan “KAFOLAT” sug’urta kompaniyasi, 25 milliardlik “ALOQABANK” bir mavsumda 150 millard sum aylanayotgan ushbu “katta biznez”dan o’tib keta olmayapdilar.

Ho’sh, bu ishlar ortida ming qiyinchilik bilan daromad topayotganlarning og’irini yengil qilish kerak emasmi? Ularning “tadbirkorlik” faoliyatiga keng yo’l ochib berish kerak emasmi? Axir ular qachongacha qorong’u ko’chalarda, pana-pasqam yerlarda berkinib ish ko’radilar? Keng erkinliklar berilsa bunkerlar tashkil qilayotgan domlalar, oliygoh mutasaddilari endilikda Xususiy korxonalar, Ma’suliyati cheklangan jamiyatlar tashkil qilishar, sochini bo’yab ovora bo’lib yurgan o’rinma-o’rin kiruvchilar esa (xalq ularni ardoqlab, “talkachlar” deb atashadi) Xususiy tadbirkor maqomini olgan bo’lardilar. Ulardan olinadigan 27 foizlik daromad soliqlarini o’ylab ko’ring.

25 000 $ x 0.27 = 6750 $ x 3000 = 20 250 000 so’m.

Huddi shunday 2000 ta tashkilot yoki xususiy tadbirkordan esa:

20 250 000 x 2000 = 40 500 000 000 so’m (sonlarni yaxshi tushunmaydiganlar uchun – 40 milliard so’m)

Davlat byudjetiga tushishi mumkin bo’lgan bunday daromadni yuqorida keltirganimiz kabi ko’zga ko’ringan banklar ham, ko’pgina kompaniyalar ham tushlarida ko’rmoqdalar xolos.

Barcha hisob-kitoblar shaxsiy xom cho’tim natijasida chiqarildi. Ushbu biznesga burun, oyoq, qo’l suqqan yoki boshi bilan butkul sho’ng’igan insonlar haqiqatga ancha yaqin bo’lgan summalarni keltirishlari mumkin. Qolganiga o’zingiz baho bering.

Talaba
1 avgust. Bugun imtihon!