1-aprel Dollarning tug’ilgan kuni
DO`STLARGA ULASHING:
Nyu — Orleanlik biznesmen Oliver Pollok dollar belgisini ixtiro etdi. Milliy valyuta sifatida AQShda 1785-yildan qo’llana boshlandi. Pollok namuna sifatida ispan pesetini (ispan pul birligi) oldi. Pesetadagi S belgisidagi ikkita chiziq Ispaniya davlat gerbi suyangan Gerkules stolplarni ishora etadi. Tasma bilan o’ralgan ikki ustun yer cheti, tugalishi, boshi berk ko’cha belgisi bo’lgan. Tasmadagi yozuv «nec plus ultra» -«yo’l yo’q” ma’nosini beradi. Yana bir taxminiy fikrga ko’ra, S harfi «dollar”, va «peso” so’zlarning ko’plikdagi tugallanmasidan kelib chiqqan. Ispan tilida 1 dollar — 2 dolares va 1 peso — 2 pesos bo’ladi, S belgisi ham shundan. Shunday taklif ham bor, dollar ramzi ispan pesosidagi 8 realga teng 8 sondan olingan, 2 chiziqchasi adashish bo’lmasligi uchun qo’shilgan. Xar hil fikrlar, Talqin qilinishlar bo’lgan, ammo amerikaliklar davlat nomidagi U i S (United States), xarflarni biriktirilganini, ustma-ust qo’yilganligi, vaqtlar o’tib, U harfdan pastki belgisi tushib qolganligini ta’kidlashadi. Yana ancha vaqt o’tib, vaqtni tejash maqsadida S ni bir chiziq bilan chizish , va xozirgi kunda,hammaga ma’lum bo’lgan $ belgi paydo bo’lgan. «Dollar” so’zi nemis taleri, qisqartirilgan Ioaximstaler myunse, so’zidan paydo bo’lgan. Italiyada — tallero, dalero — Ispaniyada, Skandinaviya davlatlarida — daler, Angliyada — dollar — nomi variantlari qo’llanib kelingan.
1-aprel Dollarning tug’ilgan kuni