1-7 Sinflar Tasviriy san’at fanidan 100 ta savol (Javobi bilan)
1-7 Sinflar Tasviriy san’at fanidan 100 ta savol (Javobi bilan)
DO`STLARGA ULASHING:
1-7 Sinflar Tasviriy san’at fanidan 100 ta savol (Javobi bilan)
1-SINF
1-savol. Rang tasvir ustalari rasm chizishda qanday materiallardan
foydalanadi?
Javob; Rang tasvir ustalari rasm chizishda mo’yqalam, palitra, qog’oz
o’chirg’ich, bo’yoq va boshqa materiallardan foydalaniladi.
2-savol. Manzara janrida ijod qilganqaysi rassolarni bilasiz?
Javob; M anzara janrida ijod qilgan rassomlar O’rol Tansiqboev,Ro’zi Choriev,Zokir Inog’omov va boshqalar.
3-savol. Akvarel bo’yoqlaridan tasviriy san’atning qaysi turida foydalaniladi?
Javob; Tasviriy san’atning rang tasvir turida.
4-savol. Zarg’aldoq rang qaysi ranglarni qo’shish orqali xosil qilinadi?
Javob; Qizil sariq ranglarni qo’shish orqali.
5-savol. Qanday naqshlar yo’lsmon naqshlar turi hisoblanadi?
Javob; Yo’lsimon ko’rinishdagi o’simlik va geometrik shakllardan tashkil topgan naqshlar.
6-savol. Loydan o’yinchoqlar yasash bo’yicha Buxorolik mashhur xaykaltarosh ustasining ismi-sharifi?
Javob; Loydan o’yinchoq xaykalchalar yasash bo’yicha mashxur usta Bobkent tumanidagi Uba qishlog’idan Xamro Rahimova.
7-savol, Stekdan qanday ishlarda foydalaniladi?
Javob; Stekdan xaykal ishlashda foydalaniladi.
8-savol. Oq va qora ranglar aralashmasidan qanday rang paydo bo’ladi?
Javob; Oq va qora rang aralashmasidan kulrang xosil bo’ladi.
9-savol. Mashxur O’zbek rassomi Zokir Inog’omov xosil yig’im terimiga bag’ishlangan qaysi asarni yaratgan?
Javob: “Choyga” asarini yaratgan.
10-savol. O’rol Tansiqboevning bahor faslini tasvirlovchi mashxur asari?
Javob; “O’zbekistonda Mart” asari.
2-SINF
11-Savol. Yashil rang qaysi bo’yoq aralashmasidan xosil bo’ladi?
Javob; yashil rang zangori va sariq rang aralashmasidan xosil bo’ladi.
12-savol. Asosiy ranglar qaysliar?
Javob; asosiy ranglar qizil, sariq va zangori ranglardir.
13-savol. Xosila ranglar qaysilar?
Javob; Xosila ranglar zarg’aldoq, yashil va binafsha ranglar
14-savol. Guash bo’yogi tasviriy san’atning qaysi sohasida ko’p ishlatiladi?
Javob; rang-tasvir, badiiy bezak va naqqoshlikda.
15-savol. Qanday naqsh doirasimon naqshdir?
Javob; doira ichiga joylashtirilgan naqsh.
16-savol. Qanday naqsh kvadrat naqsh?
Javob; kvadrat ichiga joylahtirilgan naqsh kvadrat naqshdir.
17-savol. Qalamda ,bo’rda,ko’mirda, toshda yozish, chizish,tasirlash tasviriy san’atning qaysi turiga kiradi?
Javob; grafika turiga.
18-savol. Natyurmort nima?
Javob; natyurmord- bu jonsz buyumlar tasviri.
19-savol. Xaykaltaroshlikda qanday materiallardan foydalaniladi?
Javob; xaykaltaroshlikda loy, yog’och, plastlin, tosh,mis, kumush, bronza, oltin va xokazolardan foydalaniladi.
20-savol. Loydan yaratilgan buyumlarga nimalar misol bo’la oladi?
Javob; loydan yaratilgan sopol va chinni buyumlar-choynak, piyola,idish –tovoqlar, ko’za ,xum va xokazolar.
21-savol. Naqshlar nima maqsadda yaratiladi?
Javob; naqshlar kiyimlar, gilam va uylarni, matolar, idish — tovoqlarni badiiy bezash maqsadida yaratilai.
22-savol. Masjid, madrasa,minora, imoratlar, xiyobonlar va shaxar qurilishi tasviriy san’atni qaysi turiga kiradi.
Javob; memorchilik turiga kiradi.
3-SINF
23-Savol. Applikatsiya nima?
Javob; Applikatsiya –bu rangli qog’ozlar, materiallar,tashlandiq materillar bilan tasvirlar xosil qilish.
24-savol. Shobarg, oygul bargi ,bodom, zanjira xalq amaliy san’atining qaysi turida ishlatiladi?
Javob; kashtachilik, zardo’zlik va naqqoshlikda.
25-savol. Rel’ef nima?
Javob; rel’yef- bu tekis yuzaga qavariq xolda ishlangan xaykal.
26-savol. Maishiy janrda rasmlar ishlangan rassomlardan kimlsrni bilasiz?
Javob; Maishiy janrda rasmlar ishlagan rassomlardan Ro’zi Choriev, Alisher Mirzaev, Mannon Saidov.
27-savol. Mashxur O’zbek rassomlaridan kimlarni bilasiz?
Javob; O’rol Tansiqboev, Malik Nabiev, Abdulhaq Abdullaev,Samig’ Abdullaev, Ro’zi Choriev va boshqalar.
28- savol. Palitra nima?
Javob; Palitra –bu ranglarni bir – biriga qorishtirish uchun ishlatiladigan qog’oz, fanera materiali.
29-savol. Xoshya san’atining qaysi turida ko’p ishlatiladi?
Javob; amaliy bezak san’atida ko’p ishlatiladi
30- savol; jigarrang qaysi ranglardan xosil qilinadi?
Javob; jigarrng qizil va binafsha ranglardan xosil qilinadi.
31-savol. Kompozitsiya nima?
Javob; kompozitsiya – bu tasvirlarni, buyum va tabiat ko’rinishini qog’oz va boshqa tekslik yuzasiga joylashtirish.
32-savol. To’q rangga qaysilar kiradi?
Javob; to’q rangga zangori, jigarrang va binafsha kiradi.
33-savol. Jiyak, gajak, jingalak, morg’ula, xoshiya, oygul kabi iboralar amaliy san’atning qaysi turida ko’proq ishlatildi?
Javob; naqqoshlikda.
34-savol. Peyzaj janrida nima tasvirlanadi?
Javob; tabiatning ko’rinishi.
35-savol. Rasm haykaldan nimasi bilan farq qiladi?
Javob; rasmda xajm yo’q, xaykal esa xajmli bo’lib uning atrofidan aylanib ko’rish imkoniyati bilan farq qiladi.
36-savol. Stilizatsiya nima?
Javob; stilizatsiya – bu gul, barg, qush, va hayvonlarni soddalashtirib tasvirlashdir.
37-savol. Naqshlar nimalardan xosil qilinadi?
Javob; naqshlar bark. Meva sabzovot, qush va xayvonlarning tasvirlardan xosilqilinadi.
4-SINF
38-Savol. Natura nima?
Javob; Natura – bu tasvilash uchun qo’llqniladigan buyum, obyekt.
39-savol. Qanday ranglar iliq ranglar?
Javob; qizil, sariq, pushti va sabzi rang.
40-savol. Sovuq rangga qaysilar kiradi?
Javob; havo rang, moviy, ko’k, yashil, binasha.
41-savol. Qoralama tasvir nima?
Javob; qoralama tasvir –bu qisqa vaqt ichida qalam,ko’mir, bo’r va boshqa materiallar bilan ishlangan tasvir.
42-savol. Ranglama iborasining ma’nosi nima?
Javob; bo’yoqlar bilan qisqa vaqt ichida bajarilgan tasvir.
43-savol. Xromatik ranglarga qaysi ranglar kiradi?
Javob; oq, qora, kul rang.
44-savol. Axromatik ranglarga qaysi ranglar kiradi?
Javob; oq, qora, kulrangdan tashqari xamma ranglar kiradi.
45-savol. Xaykaltaroshlikda qaysi qurollarniva materiallarni bilasiz?
Javob; plastilin, loy ,yog’och, ganj, bronza, kumush, tosh, oltin, mis, stek va xokazolar.
46-savol. Maishiy janrga oid qaysi asarlardan na’munalar keltira olasiz?
Javob. “Oila” “Ishtaha” “Onalik” “Tong” .
47-savol. Tasviriy san’at qanday turlardan iborat?
Javob; rang tasvir, grafika, xaykaltaroshlik, amaliy bezak san’ati, memorchilik.
48-savol. Rang tasvir san’atining qanday janrlari bor?
Javob; monumental va dastgohli rangtasvir.
49-savol. Grfika san’atining qanday turlari bor?
Javob; qalam-tasvir, plakat, vitraj, yozuv-chizuv, matbuot grafikasi, tush, pastel va boshqa vositalar yordamida tasvirlash, ofart v a xokazolar.
50-savol. Haykaltaroshlik san’atining qanday turlri bor?
Javob; monimental, dastgoh, dekorativ haykaltaroshlik.
51-savol. Xalq amaliy san’atining qanday turlari bor?
Javob; naqqoshlik, ganchkorlik, yog’och o’ymakorligi, kandakorlik, misgarlik, zardo’zlik, zardo’zlik va xokazolar.
52-savol. Mifologik jarda nimalar tasvirlanadi?
53-savol. Animal janrda nimalar tasvirlanadi?
Javob; animal janrda hayvonlar obrazi tasvirlanadi.
54-savol. Marenistik janrda nimalar tasvirlanadi?
Javob; marenistik janrda suv, yani daryo, dengiz ,okeandagi holatlar tasvirlanadi.
55-savol. Batal janrda nimalar tasvirlanadi?
Javob; batajanrida jang manzarasi tasvirlanadi.
5-SINF
56-savol. Miniatyura qanday san’at?
Javob; minatyura- mujaz (mini-kichik) san’at
57-savol. Miniatyura san’atining rivojiga ulkan xissa qo’shan mashhur o’zbek miniatyurachi rassom kim?
Javob; Kamoliddin Behzod.
58-savol. “Sharq Rafaeli” deb nom olgan buyuk rassom kim?
Javob; Kamoliddin Behzod.
59-savol. O’zbekistonda qadimiy obidalar ko’p saqlangan shaharlar?
Javob; Buhoro, Samarqand, Xiva.
60-savol. Me’morchilik san’atida qo’llaniladigan qaday iboralarni bilasiz?
Javob; arka, peshtoq, ravoq, sharafa, koshin, masjid, xonaqoh , madrasa, minora, maqbara, ustun, mehrob, loyiha va hokazo.
61-savol. Koshinkorlik tasviriy san’atining qaysi turida ishlatiladi?
Javob; memorchilik san’atida..
62-savol. Buhorodagi Ibn Sino haykaliningmuallifi kim?
Javob; xaykaltarosh Abdurhmonova.
63-savol. Buhoro shahridagi “Labihovuz” ansanbliga qanday imoratlar kiradi?
Javob; Nodir Devonbegi madrasasi, Devonbegi Xonaqosi, Ko’kaldosh madrasasi kiradi.
64-savol. Buhorodagi Minorai Kalon qachon va qaysi usta tomonidan qurilgan?
Javob; Minorai Kalon 1127-yilda Ustabaqo tomonidan qurlgan.
65-savol. Samarqanddagi “Registon” maydonidagi ansanbilga qaysi imoratlar kiradi?
Javob; Sherdor, Tillakori, Ulug’bek.
66-savol. Toshkentdagi Amir Temur haykalining muallifi kim?
Javob; amaki, jiyan Jabborovlar
67-savol. Ichan Qal’a obidasi qaysi shaharda?
Javob; Xivada.
68-savol. Islimi iborasining ma’nosi nima?
Javob; o’simliksimon shakillardan tashkil topgan naqshlar.
69-savol. Xalq amaliy san’atining respublikamizdagi keng rivojlngan markazlari qaysilar?
Javob; Buhoro,Xiva, Marg’ilon.
70-savol. Perspektiva so’zining ma’nosi nima?
Jaob; borliqdagi mavjudod kishi ko’zidan uzoqlashgan sari kichiklashib yoki yaqinlashib, kattalashib ko’rinishi.
71-savol. Yorug’- soya qonunlariga oid qanday iboralar ishlatiladi?
Javob; refleks soya, yaim soya, to’q soya, tushuvchi soya, blik.
6-SINF
72-savol. Avtoportret iborasining mazmuni nima?
Javob; rassomning o’z tasvirini oynaga qarab tasvirlash.
73-savol. Zastavka (bosh bezak) nima?
Javob; kitobning boshlanishdagi bezak.
74-savol. Konsovka (yakunlovchi bezak) nima?
Javob; kitobning oxiridagi bezak.
75-savol. Illyustratsiya nima?
Javob; kitobdagi badiiy asar mazmuniga oid lavhalarni tasvirlovchi tasvir.
76-savol. “ Oq saroy” tarixiy majmuasi qaysi shaharda joylashgan?
Javob; Shahrisabzda.
77-savol. Ulug’bek nomi bilan ataluvchi madrasalar respublikamizning qaysi shaharlarida qurilgan?
Javob; Buhoro, Samarqand, G’ijdivonda.
78-savol.Sharq mamlakatlarining qaysilarida miniatyura maktablari faoliyat ko’rsatg?an
Javob; Bag’dod, Tabriz ,Sheroz, Xirot, Xind, Buhoro va Samarqandda.
79-savol. O’zbekiston haykaltaroshlaridan kimlarni bilasiz?
Javob. Ilhom Jabborov, Juldosbek Kuttimurodov, Ulug’bek Mardiev, X.Xusniddinov, Barno Shodieva, Abdumo’min Boymatov, Adurahmonov, Yakov Shapiro.
80-savol. Buhoroagi Labihovuz oldida bunyod etilgan Nasriddin afandi haykalining muallifi kim?
Javob. Yakov Shapiro.
81-savol. Jaxonga mashxur bo’lgan “Tojmahal” memorchilik obidasi qaysi shaxarda qurilgan ?
Javob; Hindistonning Agra shaxrida
82-savol. Uyg’onish davri san’ati qaysi asirlarni o’z ichiga oladi?
Javob; 15—16-asrlar.
83-savol. Xind minatyura san’ati maktabining tashkil etilishiga kimlar asos slogan?
Javob; Mirzo Boburva o’g’li Humoyun.
7-SINF
84-savol. Uyg’onish davrining eng buyuk tasviriy san’at ustalari kimlar ?
Javob; Leonardo da Vinchi, Mikelanjelo, Titsian ,Chenini
85-savol. Toshkentdagi Muqimiy teatri nechanchi yilda qurilgan?
Javob; 1943-yilda.
86-savol. Mona Liza (Jakonda) asarining muallifikim?
Javob; Leonardo da Vinchi.
87-savol. Rus rassomi Repinning qanday asarlari bor ?
Javob; “Zaparoj’yeliklar” “Kutmagan edilar” “Vo’lgadagi burlaklar”vaxokazolar.
88-savol. Mamlakatimizning monumentalist (yirik rasm chizuvchi) rassomi kim?
Javob; Ne’mat Qo’zboyev
89-savol. Reproduksiya nima?
Javob; tasviriy san’at asarini rassom tamonidan ko’chirilgan nusxasi.
90-savol. Triptix nima?
Javob; bir mavzudagi uch bo’lakdan iborat tasviriy san’at a’sari.
91-savol. Jaxondagi eng yirik san’at muzeylari qaysi shaharlarda joylashgan?
Javob; Nyu-York, Parij, Drezden va Sank-Peterburg.
92-savol. Yevro’pa va Amerikaning dunyoagi mashxur progressive rassomlaridan kimlarni bilasiz?
Javob; PabloPikasso, Renato Gutazo vah.k.z
93-savol. Etyud nima?
Javob: Qisqa vaqt ichida naturadan ishlangan surat
94-savol. O`zbekistondagi eng mashxur san`at asarlari qayerdan topilgan?
Javob: Varaxsha, Afrosiyob, Tuproq qal`a
95-savol. Pablo Pikassoning mashxur asarlaridan birini nomini ayting?
Javob.” Shar ustidagi qiz”.
96-savol. Dunyodagi eng baland memorchilik obidalari qaysi shaxarda qurilgan?
Javob. Nyu-York da
97-savol. Tasviriy san`atda keng tarqalgan oqimlar?
Javob.Realizm,abstraktsionizm,impressionism
98-savol. “Bibixonim” madrasasi qaysi shaharda qurilgan?
Javob. Samarqandda
99-savol. Daraxtlar tasvirini tasvirlash bo`yicha mashxur rus rassomi kim?
Javob. Shishkin
100-savol. « Buxoro amaldori« portretining muallifi kim?
Javob. Pavel Benkov
1-7 Sinflar Tasviriy san’at fanidan 100 ta savol (Javobi bilan)