1-7 Sinflar Tasviriy san’at fanidan 100 ta savol (Javobi bilan) to’liq malumot oling

1-7 Sinflar Tasviriy san’at fanidan 100 ta savol (Javobi bilan) to’liq malumot oling

1-7 Sinflar Tasviriy san’at fanidan 100 ta savol (Javobi bilan)
Mundarija скрыть

1-SINF

1-savol.    Rang tasvir ustalari rasm chizishda qanday materiallardan

foydalanadi?

Javob;   Rang tasvir ustalari rasm chizishda mo’yqalam, palitra, qog’oz

o’chirg’ich, bo’yoq va boshqa materiallardan foydalaniladi.

2-savol. Manzara janrida ijod qilganqaysi rassolarni  bilasiz?

Javob;  M anzara janrida ijod qilgan rassomlar O’rol Tansiqboev,Ro’zi Choriev,Zokir Inog’omov va boshqalar.

3-savol.   Akvarel bo’yoqlaridan tasviriy san’atning qaysi turida foydalaniladi?

 Javob;   Tasviriy san’atning rang tasvir turida.

4-savol.   Zarg’aldoq rang qaysi ranglarni qo’shish orqali xosil qilinadi?

Javob;  Qizil sariq ranglarni qo’shish orqali.

5-savol.   Qanday naqshlar yo’lsmon naqshlar turi hisoblanadi?

Javob;   Yo’lsimon ko’rinishdagi o’simlik va geometrik shakllardan tashkil topgan naqshlar.

6-savol.   Loydan o’yinchoqlar yasash bo’yicha Buxorolik mashhur xaykaltarosh ustasining ismi-sharifi?

Javob;   Loydan o’yinchoq xaykalchalar yasash bo’yicha mashxur usta Bobkent tumanidagi Uba qishlog’idan  Xamro Rahimova.

7-savol,   Stekdan qanday ishlarda foydalaniladi?

Javob;   Stekdan xaykal ishlashda foydalaniladi.

8-savol.   Oq va qora ranglar aralashmasidan qanday rang paydo bo’ladi?

Javob;   Oq va qora rang aralashmasidan kulrang xosil bo’ladi.

9-savol.  Mashxur O’zbek rassomi Zokir Inog’omov xosil yig’im terimiga bag’ishlangan qaysi asarni yaratgan?

Javob: “Choyga” asarini yaratgan.

10-savol.   O’rol  Tansiqboevning bahor faslini tasvirlovchi mashxur asari?

Javob;  “O’zbekistonda  Mart” asari.

 

2-SINF

11-Savol.   Yashil rang qaysi bo’yoq  aralashmasidan xosil  bo’ladi?

Javob;   yashil rang zangori va sariq rang aralashmasidan xosil bo’ladi.

12-savol.  Asosiy ranglar qaysliar?

Javob;  asosiy ranglar qizil, sariq va zangori ranglardir.

13-savol.  Xosila ranglar qaysilar?

Javob; Xosila ranglar zarg’aldoq, yashil va binafsha ranglar

14-savol. Guash bo’yogi tasviriy san’atning qaysi sohasida ko’p ishlatiladi?

Javob;  rang-tasvir, badiiy bezak va naqqoshlikda.

15-savol. Qanday naqsh doirasimon naqshdir?

Javob;  doira ichiga joylashtirilgan naqsh.

16-savol.  Qanday naqsh kvadrat naqsh?

Javob;  kvadrat ichiga joylahtirilgan naqsh kvadrat naqshdir.

17-savol. Qalamda ,bo’rda,ko’mirda, toshda yozish, chizish,tasirlash tasviriy san’atning qaysi turiga kiradi?

Javob; grafika turiga.

18-savol. Natyurmort nima?

Javob; natyurmord- bu jonsz buyumlar tasviri.

19-savol. Xaykaltaroshlikda qanday materiallardan foydalaniladi?

Javob;  xaykaltaroshlikda loy, yog’och, plastlin, tosh,mis, kumush, bronza, oltin va xokazolardan foydalaniladi.

20-savol. Loydan yaratilgan buyumlarga nimalar misol bo’la oladi?

Javob;  loydan yaratilgan sopol va chinni buyumlar-choynak, piyola,idish –tovoqlar, ko’za ,xum va xokazolar.

21-savol. Naqshlar nima maqsadda yaratiladi?

Javob;  naqshlar kiyimlar, gilam va uylarni, matolar, idish — tovoqlarni badiiy bezash maqsadida yaratilai.

22-savol. Masjid, madrasa,minora, imoratlar, xiyobonlar va shaxar qurilishi tasviriy san’atni qaysi turiga kiradi.

Javob;  memorchilik turiga kiradi.

3-SINF

23-Savol.  Applikatsiya nima?

Javob;  Applikatsiya –bu rangli qog’ozlar, materiallar,tashlandiq materillar bilan tasvirlar xosil qilish.

24-savol. Shobarg, oygul bargi ,bodom, zanjira  xalq amaliy san’atining qaysi turida ishlatiladi?

Javob;   kashtachilik, zardo’zlik  va naqqoshlikda.

25-savol.  Rel’ef nima?

Javob;   rel’yef- bu tekis yuzaga qavariq xolda ishlangan xaykal.

26-savol. Maishiy janrda rasmlar ishlangan rassomlardan kimlsrni bilasiz?

Javob;  Maishiy janrda rasmlar ishlagan rassomlardan Ro’zi Choriev, Alisher Mirzaev, Mannon Saidov.

27-savol.  Mashxur O’zbek rassomlaridan kimlarni bilasiz?

Javob;  O’rol Tansiqboev, Malik Nabiev, Abdulhaq Abdullaev,Samig’ Abdullaev, Ro’zi Choriev va boshqalar.

28- savol. Palitra nima?

Javob;  Palitra –bu ranglarni bir – biriga qorishtirish uchun ishlatiladigan qog’oz, fanera materiali.

 29-savol.  Xoshya san’atining qaysi turida ko’p ishlatiladi?

Javob; amaliy  bezak san’atida ko’p ishlatiladi

30- savol;  jigarrang qaysi ranglardan xosil qilinadi?

Javob;  jigarrng qizil va binafsha ranglardan xosil qilinadi.

31-savol.  Kompozitsiya nima?

Javob;  kompozitsiya – bu tasvirlarni, buyum va tabiat ko’rinishini qog’oz va boshqa tekslik yuzasiga  joylashtirish.

32-savol.  To’q rangga qaysilar kiradi?

Javob;  to’q rangga zangori, jigarrang va binafsha kiradi.

33-savol.  Jiyak, gajak, jingalak, morg’ula, xoshiya, oygul kabi iboralar amaliy san’atning qaysi turida ko’proq ishlatildi?

Javob;  naqqoshlikda.

34-savol.  Peyzaj janrida nima tasvirlanadi?

Javob; tabiatning ko’rinishi.

35-savol. Rasm haykaldan nimasi bilan farq qiladi?

Javob; rasmda xajm yo’q,  xaykal esa xajmli bo’lib uning atrofidan aylanib ko’rish imkoniyati bilan farq qiladi.

36-savol.  Stilizatsiya nima?

Javob; stilizatsiya – bu gul, barg, qush, va hayvonlarni soddalashtirib tasvirlashdir.

37-savol.  Naqshlar nimalardan xosil qilinadi?

Javob; naqshlar bark. Meva sabzovot, qush va xayvonlarning tasvirlardan xosilqilinadi.

4-SINF

38-Savol. Natura nima?

Javob; Natura – bu tasvilash uchun qo’llqniladigan buyum, obyekt.

39-savol.  Qanday ranglar iliq ranglar?

Javob; qizil, sariq, pushti va sabzi rang.

40-savol.  Sovuq rangga qaysilar kiradi?

Javob; havo rang, moviy, ko’k, yashil, binasha.

41-savol.  Qoralama tasvir nima?

Javob; qoralama tasvir –bu qisqa vaqt ichida qalam,ko’mir, bo’r va boshqa materiallar bilan ishlangan tasvir.

42-savol.  Ranglama iborasining ma’nosi nima?

Javob; bo’yoqlar bilan qisqa vaqt ichida bajarilgan tasvir.

43-savol.  Xromatik ranglarga qaysi ranglar kiradi?

Javob; oq, qora, kul rang.

44-savol.  Axromatik  ranglarga qaysi ranglar kiradi?

Javob;  oq, qora, kulrangdan tashqari xamma ranglar kiradi.

45-savol.  Xaykaltaroshlikda qaysi qurollarniva materiallarni bilasiz?

Javob;  plastilin, loy ,yog’och, ganj, bronza, kumush, tosh, oltin, mis, stek va xokazolar.

46-savol.  Maishiy janrga oid qaysi asarlardan na’munalar keltira olasiz?

Javob. “Oila” “Ishtaha”  “Onalik” “Tong” .

47-savol. Tasviriy san’at qanday turlardan iborat?

Javob; rang tasvir, grafika, xaykaltaroshlik, amaliy bezak san’ati, memorchilik.

48-savol.  Rang tasvir san’atining qanday janrlari bor?

 Javob;  monumental va dastgohli rangtasvir.

49-savol. Grfika san’atining qanday turlari bor?

Javob; qalam-tasvir, plakat, vitraj, yozuv-chizuv, matbuot grafikasi, tush, pastel va boshqa  vositalar  yordamida tasvirlash, ofart v a xokazolar.

50-savol.  Haykaltaroshlik san’atining qanday turlri bor?

Javob; monimental, dastgoh, dekorativ haykaltaroshlik.

51-savol.  Xalq amaliy san’atining qanday turlari bor?

Javob; naqqoshlik, ganchkorlik, yog’och  o’ymakorligi, kandakorlik, misgarlik, zardo’zlik, zardo’zlik va xokazolar.

52-savol. Mifologik jarda nimalar tasvirlanadi?

Javob; mifologik janrda afsonaviy voqelar tasvirlanadi.

 53-savol.  Animal janrda nimalar tasvirlanadi?

Javob;  animal janrda hayvonlar obrazi tasvirlanadi.

54-savol.  Marenistik janrda nimalar tasvirlanadi?

Javob;  marenistik janrda suv, yani daryo, dengiz ,okeandagi holatlar tasvirlanadi.

55-savol.  Batal janrda nimalar tasvirlanadi?

Javob; batajanrida jang manzarasi tasvirlanadi.

5-SINF

56-savol. Miniatyura qanday san’at?

Javob;  minatyura- mujaz  (mini-kichik)  san’at

57-savol. Miniatyura san’atining rivojiga ulkan xissa qo’shan mashhur o’zbek miniatyurachi rassom kim?

Javob;  Kamoliddin Behzod.

58-savol. “Sharq Rafaeli” deb nom olgan buyuk rassom kim?

Javob;  Kamoliddin Behzod.

59-savol.  O’zbekistonda qadimiy obidalar ko’p  saqlangan shaharlar?

Javob;  Buhoro, Samarqand, Xiva.

60-savol.  Me’morchilik san’atida qo’llaniladigan qaday iboralarni bilasiz?

Javob;  arka, peshtoq, ravoq, sharafa, koshin, masjid, xonaqoh , madrasa, minora, maqbara, ustun, mehrob, loyiha va hokazo.

61-savol.  Koshinkorlik tasviriy san’atining qaysi turida ishlatiladi?

Javob;  memorchilik san’atida..

62-savol.  Buhorodagi Ibn Sino haykaliningmuallifi kim?

Javob;  xaykaltarosh Abdurhmonova.

63-savol.  Buhoro shahridagi “Labihovuz” ansanbliga qanday imoratlar kiradi?

Javob;  Nodir Devonbegi madrasasi, Devonbegi Xonaqosi, Ko’kaldosh madrasasi kiradi.

64-savol. Buhorodagi Minorai  Kalon qachon va qaysi usta tomonidan qurilgan?

Javob;  Minorai  Kalon 1127-yilda Ustabaqo tomonidan qurlgan.

65-savol.  Samarqanddagi “Registon” maydonidagi ansanbilga qaysi imoratlar kiradi?

Javob; Sherdor, Tillakori, Ulug’bek.

66-savol. Toshkentdagi Amir Temur haykalining muallifi kim?

Javob; amaki, jiyan Jabborovlar

67-savol.  Ichan Qal’a obidasi qaysi shaharda?

Javob; Xivada.

68-savol.  Islimi iborasining ma’nosi nima?

Javob;  o’simliksimon shakillardan tashkil topgan naqshlar.

69-savol.  Xalq amaliy san’atining respublikamizdagi keng rivojlngan markazlari qaysilar?

Javob; Buhoro,Xiva, Marg’ilon.

70-savol.  Perspektiva so’zining ma’nosi nima?

Jaob;  borliqdagi mavjudod kishi ko’zidan uzoqlashgan sari kichiklashib yoki yaqinlashib, kattalashib ko’rinishi.

71-savol.  Yorug’- soya  qonunlariga oid qanday iboralar ishlatiladi?

Javob;  refleks soya, yaim soya, to’q soya, tushuvchi soya, blik.

                                                         6-SINF

72-savol.  Avtoportret iborasining mazmuni nima?

Javob;  rassomning o’z tasvirini oynaga qarab tasvirlash.

73-savol.  Zastavka (bosh bezak) nima?

Javob;  kitobning boshlanishdagi bezak.

74-savol.  Konsovka (yakunlovchi bezak) nima?

Javob;  kitobning oxiridagi bezak.

75-savol. Illyustratsiya nima?

Javob;  kitobdagi badiiy asar mazmuniga oid lavhalarni tasvirlovchi tasvir.

76-savol. “ Oq saroy” tarixiy majmuasi qaysi shaharda joylashgan?

Javob;  Shahrisabzda.

77-savol.  Ulug’bek nomi bilan ataluvchi madrasalar respublikamizning qaysi shaharlarida qurilgan?

Javob;  Buhoro, Samarqand, G’ijdivonda.

78-savol.Sharq mamlakatlarining  qaysilarida miniatyura maktablari faoliyat ko’rsatg?an

Javob;   Bag’dod, Tabriz ,Sheroz, Xirot, Xind, Buhoro va Samarqandda.

79-savol. O’zbekiston haykaltaroshlaridan kimlarni bilasiz?

Javob.  Ilhom Jabborov, Juldosbek Kuttimurodov, Ulug’bek Mardiev, X.Xusniddinov, Barno Shodieva, Abdumo’min Boymatov, Adurahmonov, Yakov Shapiro.

80-savol.  Buhoroagi Labihovuz oldida bunyod etilgan Nasriddin afandi haykalining muallifi kim?

Javob.  Yakov Shapiro.

81-savol.  Jaxonga mashxur bo’lgan “Tojmahal” memorchilik obidasi qaysi shaxarda qurilgan ?

Javob;  Hindistonning  Agra shaxrida

82-savol.  Uyg’onish davri san’ati qaysi asirlarni o’z ichiga oladi?

Javob;  15—16-asrlar.

83-savol.  Xind minatyura san’ati maktabining tashkil etilishiga kimlar asos slogan?

Javob;  Mirzo Boburva o’g’li Humoyun.

                                                         7-SINF

84-savol.  Uyg’onish davrining eng buyuk tasviriy san’at ustalari kimlar ?

Javob;  Leonardo da Vinchi, Mikelanjelo, Titsian ,Chenini

85-savol.  Toshkentdagi Muqimiy teatri nechanchi yilda qurilgan?

Javob;  1943-yilda.

86-savol.  Mona Liza (Jakonda) asarining muallifikim?

Javob;  Leonardo da Vinchi.

87-savol.  Rus rassomi Repinning qanday asarlari bor ?

Javob;  “Zaparoj’yeliklar” “Kutmagan edilar”  “Vo’lgadagi burlaklar”vaxokazolar.

88-savol. Mamlakatimizning monumentalist (yirik rasm chizuvchi) rassomi kim?

Javob;  Ne’mat Qo’zboyev

89-savol.  Reproduksiya nima?

Javob; tasviriy san’at asarini rassom tamonidan ko’chirilgan nusxasi.

90-savol.  Triptix  nima?

 Javob;  bir mavzudagi uch bo’lakdan iborat tasviriy san’at a’sari.

91-savol.  Jaxondagi eng yirik san’at muzeylari qaysi shaharlarda joylashgan?

Javob;  Nyu-York, Parij, Drezden va Sank-Peterburg.

92-savol.  Yevro’pa va Amerikaning dunyoagi mashxur progressive  rassomlaridan kimlarni bilasiz?

Javob;  PabloPikasso, Renato Gutazo vah.k.z

93-savol. Etyud nima?

Javob: Qisqa vaqt ichida naturadan ishlangan surat

94-savol. O`zbekistondagi eng mashxur san`at asarlari qayerdan topilgan?

Javob: Varaxsha, Afrosiyob, Tuproq qal`a

95-savol. Pablo Pikassoning mashxur asarlaridan birini nomini ayting?

Javob.” Shar ustidagi qiz”.

96-savol. Dunyodagi eng baland memorchilik obidalari qaysi shaxarda qurilgan?

Javob. Nyu-York da

97-savol. Tasviriy san`atda keng tarqalgan oqimlar?

Javob.Realizm,abstraktsionizm,impressionism

98-savol. “Bibixonim” madrasasi qaysi shaharda qurilgan?

Javob. Samarqandda

99-savol. Daraxtlar tasvirini tasvirlash bo`yicha mashxur rus rassomi kim?

Javob. Shishkin

100-savol. « Buxoro amaldori« portretining muallifi kim?

Javob. Pavel Benkov

Darsliklar
1-7 Sinflar Tasviriy san’at fanidan 100 ta savol (Javobi bilan)