1-6-sinflarda yangi SCIENCE fani joriy etiladi
Kafedra qoshida 2019 yildan oliy ta’limdan keyingi ta’lim 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura tashkil etildi.
Tabiiy fanlar 1 sinf
XUSANOV ALIJON KARIMOVICH
Kafedra mudiri. Biologiya fanlari doktori (DSc.), dosent
Telefon: +998902033124
E-pochta: a_xusanov75@mail.ru
Kafedra 2011 yilda “Zoologiya va biokimyo” kafedrasi “Zoologiya” hamda “Biokimyo” kafedralari negizida tashkil topdi. Kafedra “Biologiya” mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi sanalib , negizida Zoologiya, Biokimyo, Biologiya o‘qitish metodikasi va O‘simliklar fiziologiyasi ixtisosliklari bo‘yicha falsafa doktorlari (PhD) hamda magistr mutaxassislar i tayyorlanmoqda.
1931-yilda “Tabiiy fanlar” kafedrasi nomi bilan faoliyat yurita boshlagan. Bu paytda institutda biologiya, kimyo fanlari o‘qituvchilari tayyorlashda faqat bitta – tabiiy fanlar kafedrasi xizmat qilgan. O‘quv ishlarini yanada takomillashtirish, sifatini yaxshilash maqsadida Farg‘ona pedagogika institutining o‘sha paytdagi yetakchi professor – o‘qituvchilaridan S.V.Avrinsev, S.P.Deyneka kabi taniqli olimlar Andijon institutiga taklif qilingan.
1957 yili institutga dotsent (keyinchalik professor) G‘.X.Abdullayev rektor bo‘lib tayinlanganidan so‘ng , kafedra faoliyatida ijobiy tomonga siljish kuzatila boshlandi. U professor-o‘qituvchilar saloxiyatini oshirish, ilmiy darajaga ega bo‘lgan mutaxassislarni ko‘paytirish, yangi kafedralar tashkil qilish, ularga ilmiy ishlarga layoqatli bo‘lgan yoshlarni jalb qilishga juda katta e’tibor berdi.
Bu davrda ilmiy tadqiqotlar yakuni sifatida 1 ta doktorlik, 5 ta nomzodlik dissertatsiyalari ximoya qilinishi, ta’lim tarbiya ishlari sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishga qaratilganligi bilan xarakterlanadi.
1992-yilda institutga universitet maqomi berilgandan so‘ng kafedra biokimyo-biofizika kafedrasiga aylantirildi. Kafedraga akademik A.Qosimov rahbarlik qildi. Bu davrda kafedrada “Biokimyo” va “Biokimyodan amaliy mashg‘ulotlar” kabi darsliklar yaratildi, o‘simlik fiziologiyasi, xususan mintaqamiz qishloq xo‘jaligi uchun dolzarb muammo bo‘lgan yangi paxta navlarini yaratish borasida yirik tadqiqotlar o‘tkazish uchun laboratoriya uskunasi “Fitotron”olib kelinib ishga tushirildi. Uning faoliyati davomida 1997-yilda “Biologik faol moddalar” laboratoriyasida biostimulyatorlarning o‘simlik organizmiga ta’siri mavzusida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan.
Dastlab tashkil etilgan “Biokimyo” kafedrasiga akademik A.Qosimov (1982-1992), dots. Q.Qo‘chqarov (1992-1999), “Fiziologiya va biokimyo” kafedrasiga prof. L.Saidboyeva (1999-2001), b.f.n. A.Sheraliyev (2001-2003), “Biofizika va biokimyo” kafedrasiga b.f.n. G‘.Jo‘raqulov (2003-2004), “Fiziologiya va biokimyo” kafedrasiga dots. E.Xalilov (2004-2007), “Biokimyo” kafedrasiga prof. K.Tojiboyev (2007-2011), “Zoologiya va biokimyo” kafedrasiga dots. D.S.Tuychiyeva (2011-2015)lar rahbarlik qilganlar. Hozirgi kunda zoologiya va biokimyo kafedrasiga biologiya fanlari doktori, dotsent A.K.Xusanov mudirlik qilib kelmoqda.
Hozirda kafedrada 2 nafar fan doktorlari, 15 nafar fan nomzodlari dotsent, va katta o‘qituvchilar hamda, 17 nafar katta o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar.
Keyingi yillarda kafedra ilmiy salohiyatida o‘sish kuzatildi. A.Xusanov biologiya fanlari doktori (DSc), F.Yuldashev qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha, O.Sobirov, M.Zokirova, M.Jaynaqov, I.Muxammedov, M.Parpievalar biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasiga ega bo‘ldilar. Hozirda kafedra ilmiy salohiyati 50 %ni tashkil etadi.
Kafedrada 2016-yilda F.To‘xtaboyeva, Q.Qo‘chqarov “Biotexnologiyaning ekologik asoslari” o‘quv qo‘llanmalari, 2018-yilda I.Badalxo‘jaev, T.Madumarovlar tomonidan “Sitologiya” darsligi, A.Xusanov, I.Zokirovlarning “Hayvonlar ekologiyasi”, I.Badalxo‘jaev, A.Xusanovlarning “Parazitologiyadan laboratoriya praktikumi” o‘quv-uslubiy qo‘llanmalari tayyorlandi.
2020-2022 yillar mobaynida dotsent I.Badalxo‘jaevning “Gistologiya”, I.Badalxodjayev, A.Xusanovlarning “Uchebnik po sitologii” (2022), A.K.Xusanovning “Hayvonlar ekologiyasi” (2022) nomli darsliklari, I.Badalxo‘jaevning “Gistologiya va embriologiyadan amaliy mashg‘ulotlar” (2021), “Prakticheskie zanyatiya po sitologii” (2021), D. To‘ychievaning “Kletochnaya i gennaya injeneriya”, F.Yuldashev, A.Ummatovlarning “Zoogeografiya” (2021), M.Ikromovaning “Biokimyo asoslari” (2022), D.S.Tuychieva., L.K.Yunusova., G‘.Sh.G‘ulomov, F,To‘xtaboevalarning “O‘simliklar fiziologiyasi” (2022), D.To‘ychievaning “Agrobiotexnologiya” (2022), “Biokimyo va molekulalar biologiya” (2022), “Biotexnologiyaning zamonaviy tadqiqod usullari” (2022), A.K.Xusanovning “Umurtqasizlar zoologiyasi fanidan amaliy mashg‘ulotlar”, I.Badalxo‘jaev, A.K.Xusanovlarning “Sitologiya”, A.M.Ummatov, A.K.Xusanovlarning “Ornitologiya” nomli o‘quv qo‘llanmalari, I.I.Zokirov, A.K.Xusanov, Sh.X.Yusupovalarning “Sabzavot-poliz agrotsenozlarining adventiv fitofaglari” nomli, I.I. Muxammedovning “Penicillium brevicaule alba-cc200 va aspergillus egypticus-ht166s endofit zamburugʻlaridan olingan oshqozon osti bezi α -amilaza fermenti ingibitorlarini qiyosiy baholash”, M.J.Parpiyevaning “Pestisidlarini organizmga ta’sir mexanizmi va ularni korreksiyalash usullari” nomli monografiyalari, G‘.Sh.G’ulomovning “G’alaba” g’o’za navi uchun” №NAP 00383 patenti, X.A.Sulaymonovning “Jo’jalarni o’stirish va rivojlantirish xossasiga ega stimulator № IAP 06726” patenti, Sh.A.Tashbayevning “Mitselial zamburug’larning kislota hosil qilish xususiyatini dastlabki baholash uchun ekspress-usul № IAP 07072” patentlari olindi.
Kafedraning ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘yicha 2016-2022 yillarda Zoologiya kafedrasining ilmiy salohiyatini oshirish va yoshartirish istiqbolli rejasi mavjud. 2024 yilga qadar 4 ta doktorlik dissertatsiyasi himoya qilinishi rejalashtirilgan.
Kafedrada 2015 yildan buyon 03.00.06 – Zoologiya, 2017 yildan 03.00.01 – biokimyo, 2018 yildan 03.00.12 – biotexnologiya mutaxassisliklari bo‘yicha Oliy ta’limdan keyingi ta’lim – doktorantura faoliyat olib bormoqda.
2016 yilga kelib kafedraning o‘quv-materiallari yangi olingan avtoklav, bidistillyator, laminar boks, mikrotsentrofuga, vakkum sentrofuga, gomogenizator, mikrotom, mikroskop, lupalar, preparoval asboblar bilan yanada boyidi.
Zoologiya kafedrasida 20 22 -20 23 o‘quv yilida jami 80 ta fan bo‘lib, biologiya yo‘nalishi kunduzgi bo‘limida 36 ta, biologiya yo‘nalishi sirtqi ta’limda 17 ta, ikkinchi mutaxassislik sirtqi ta’limda 9 ta, ekologiya yo‘nalishida 1 ta, oziq-ovqat texnologiyasi yo‘nalishida 3 ta , sport ta’limida 2 ta, magistraturada 12 ta fanlardan dars beriladi.
Hozirgi kunda kafedrada quyidagi asosiy yo‘nalish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda: “Farg‘ona vodiysi hayvonot dunyosini tadqiq etish, tur tarkibi, tarqalishi hayotiy jarayonlarini o‘rganish asosida noyob turlarni muhofaza qilishni nazariy va amaliy muammolari” 20 21 yil 10 sentabrda o‘tkazilgan kafedra yig‘ilishida tasdiqlangan (Bayonnoma №2).
Kafedraning qo‘shimcha ITI mavzulari:
- “ Ultradisspers kukunlarining qishloq xo‘jaligi ekinlarini xosildorligini oshirishiga ta’siri”;
- “ Toksik gepatitda moddalar almashinuvini o‘zgarishi va ularni mo‘tadillashtirish yo‘llari”; (2014 y. 22 yanvarda o‘tkazilgan ADU Ilmiy Kengashida tasdiqangan (Bayonnoma № 5)).
- Sut achituvchi bakteriyalarning maxalliy faol shtammlari asosida probiotiklar ishlab chiqarish.
- Biogazli fermentatsiya asosida mahalliy chiqindilardan olingan organik o‘g‘itni mikrobiologik boyitish va qishloq ho‘jaligi ekinlariga qo‘llash.
- Tomsk davlat universiteti bilan hamkorlikda: “M ikroplastik v vodn ы x ob’ektax Uzbekistana: problema i puti resheni i” mavzusida xalqaro-ilmiy loyihasi ustida tadqiqotlar olib borilmoqda.
Ekologiya va botanika kafedrasi bilan hamkorlikdagi ilmiy seminar faoliyat olib boradi .
Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini keng yo‘lga qo‘yish maqsadida “Yosh entomolog” hamda “Biotexnolog” to‘garagi faol ish olib bormoqda. To‘garakning 200 ga yaqin a’zolari “Farg‘ona vodiysi hayvonot dunyosini tadqiq etish, tur tarkibi, tarqalishi hayotiy jarayonlarini o‘rganish asosida noyob turlarni muhofaza qilishni nazariy va amaliy muammolari”, “Makkajo‘xori va boshqa baland bo‘yli o‘simliklarni zararkunandalardan himoya qilish usul va vositalarini yaratish”, “Ultradispers kukunlarining qishloq xo‘jaligi ekinlarini xosildorligini oshirishiga ta’siri” yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqotlarni olib borishmoqda.
Biologiya ta’lim yo‘nalishida jami 413 nafar talabalar tahsil olishadi. Xozirda 2, 3 va 4-bosqich talabalari orasidan iqtidorli talabalar qatoriga 126 nafari kafedra professor-o‘qituvchilariga biriktirilgan.
Ular o‘zlarining maqola va tezislari bilan horijiy va Respublika ilmiy anjumanlarida faol ishtirok etib kelmo q dalar.
Kafedra bugungi kunda O‘zRFA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiya instituti, O‘zFA Mikrobiologiya ITI, O‘zRFAZoologiya ITI, Nizomiy nomli TDPIlari bilan ilmiy hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘ygan.
Bundan tashqari kafedra ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash samaradorligi oshirish borasida, iqtidorli yosh olimlarni xorij ilmiy safarlariga yuborilishi bo‘yicha biokimyo yo‘nalishida tahsil oluvchi tayanch doktorant Mamatova Iroda Xitoyning Janubiy-g‘arbiy Xitoy universitetiga 1 yilga stajirovkaga yuborildi.
Xalqaro hamkorlik va chet el bilan ilmiy aloqalar asosida kafedra o‘qituvchisi J.Xabibullaev 2022 yilning noyabr oyida E RASMUS dasturi bo‘yicha Italiyaning Benevento shaxridagi, Sannio universitetiga tabiiy fanlar bo‘yicha integratsiya jarayonlarini kuzatish maqsadida 7 kunlik stajirovkaga borishi rejalashtirilgan.
Mazkur o‘quv yilida Zoologiya hamda Biologiya va ekologiya kafedralari bilan birgalikda bir innovatsion guruhda innovatsion xamkorlik bo‘yicha quyidagi tashkilotlar bilan xamkorlik shartnomalari tuzildi: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zQXIIChM Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti, O‘zR FA qoshidagi Genomika va bioinformatika markazi, Andijon viloyati SES, Xo‘jaobod tumani Anor fermer xo‘jaligi.
Amaliy loyihalar bo‘yicha Innovatsiya vazirligining saytiga “ Biogazli fermentatsiya asosida mahalliy chiqindilardan olingan organik o‘g‘itni mikrobiologik boyitish va qishloq ho‘jaligi ekinlariga qo‘llash ” nomli loyiha muhokama uchun joylandi.
GEOGRAFIYA KAFEDRASI
ISAEV AKBARJON ABDULXAMIDOVICh
Kafedra mudiri. Geografiya fanlari nomzodi, dotsent
Telefon: 0(374)2238382
E-pochta: Akbar78@adu.uz
Geografiya universitetning tanyach kafedralaridan biri bo‘lib, kafedrada 60530400 – “Geografiya” va qo‘shma dasturi asosida 1-89 01 01 – “ Туризм и гост e приимства ” (Belorus Respublikasining Polotsk universiteti) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr, 70530402 – “Geografiya (o‘rganish ob’ekti bo‘yicha)” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi.
Kafedrada 2022-2023 o‘quv yilida jami 17 nafar, shundan 1 4 nafar professor-o‘qituvchilar asosiy shtatda, 5 nafar o‘qituvchi o‘rindosh sifatida ishlamoqda. Ulardan 2 nafari geografiya fanlari doktori, professor (Yu.I.Ahmadaliyev, K.Bymirzayev), 1 nafari fan nomzodi, professor (M.Mamajonov), 2 nafari fan nomzodi, dotsent (I.O.Sulaymonov, A.A.Isayev), 2 nafari falsafa doktori (PhD, M.Atajonov, Z.Temirov), 3 nafar katta o‘qituvchi (M.Habibullayeva, M.Payzullayev, B.Dehqonov) va 4 nafari o‘qituvchi (S.Ergashev, B.Tojidinov, A.Mamajonov, B.Rabiyev, S.Tillaho‘jayev, N. Yuldashev) lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shuningdek, 3 nafar tayanch doktorant (Z.L.Abduvaliyeva, M.Payzullayev, M.Gopirov) mavjud.
Kafedraning ilmiy yo‘nalishi – Farg‘ona mintaqasi iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishining geografik jihatlari.
Bugungi kunda kafedra yosh professor-o‘qituvchilari geografiya fanini rivojlantirish uchun ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish maqsadida o‘zlariga dolzarb muammolarga bag‘ishlangan doktorlik dissertatsiya mavzulari tanlab, ular ustida izlanishlar olib bormoqdalar. Kafedra a’zolaridan g.f.n., dots. A.Isaev “O‘zbekiston transport tizimi rivojlanishining geografik jihatlari” mavzusida (DSc), katta o‘qituvchi M.Habibullaeva “Hududlarni iqtisodiy geografik jihatdan o‘rganishda amaliy mashg‘ulotlardan foydalanish (9-sinf “Jahon ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi” misolida)”, katta o‘qituvchi M.Payzullayev “Andijon viloyati rekreatsion resurslari va ulardan turistik maqsadlarda foydalanish”, o‘qituvchi S.Ergashev “Andijon viloyatida to‘qimachilik sanoatini klasterlash”, katta o‘qituvchi B.Dehqonov “Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishni takomillashtirishning geografik jihatlari (Andijon viloyati misolida)”, o‘qituvchi Z.Abduvaliyeva “Farg‘ona iqtisodiy rayonida sog‘lomlashtirish maskanlarini hududiy tashkil etishning iqtisodiy geografik jihatlari” mavzulari (PhD) bo‘yicha izlanishlar olib bormoqdalar.
Kafedra qoshida 2019 yildan oliy ta’limdan keyingi ta’lim 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura tashkil etildi.
2020-2021 o‘quv yilidan boshlab Geografiya (o‘rganish ob’ekti bo‘yicha) mutaxassisligi bo‘yicha magistratura ochilgan.
Kafedrada respublikada kattaligi jihatidan ikkinchi o‘rinda turuvchu, diametri 120 sm ulkan globus yaratilgan.
Professor M.Mamajonov tomonidan tayyorlangan “O‘zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi” darsligi (2019), “Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari” va “Kurs ishlarini bajarish metodikasi” o‘quv qo‘llanmalari (2020), A.Isaev tomonidan “ Turizm geografiyasi ” nomli o‘quv qollanma Oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun alohida ahamiyat kasb etadi.
Kafedra qoshida “Meteorologiya” maydonchasi mavjud bo‘lib, unda talabalar ob-havoga oid meteorologik kuzatish ishlarini olib boradilar.
Kafedra O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, respublika oliy ta’lim muassasalari bilan birga xorijiy oliy ta’lim muassasalari, jumladan Rossiya Federatsiyasi Baltika federal universiteti, Belorus Respublikasi Polotsk davlat universiteti, Abay nomidagi Qozog‘iston Milliy Pedagogika universiteti, O‘sh davlat universiteti, Jalolobod davlat universiteti bilan hamkorlik olib boradi.
Kafedrada geografiya mutaxassisligi bo‘yicha o‘qituvchi-pedagog kadrlar tayyorlash uzoq tarixga ega. Kafedraga dastlab 1996-1999 yillarda b.f.d., prof. Maqsudov, 1999-2003 yillarda dots. S.Ro‘zimatov, 2003-2008 yillarda dots. M.Mamajonov, 2008-2011 yillarda dots. R.B.Qodirov, 2011-2017 yillarda g.f.n. A.Isaev rahbarlik qilgan. 2017-2022 yillarda dots. R.B.Qodirov, 2022 yildan boshlab esa g.f.n., dots. A.Isaev kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Geografiya mutaxassisligi bo‘yicha dastlabki o‘qituvchu-pedagog kadrlar 1935 yildan tayyorlana boshlangan. O‘sha davrda O‘qituvchilar instituti mavjud bo‘lib, ikki yil davomida o‘rta maktablarning 5-7-sinflar uchun tabiiyot-geografiya o‘qituvchilari tayyorlangan. Institut tarkibida Tabiiyot-geografiya kafedrasi bo‘lib, kafedrada S.Gubaev, T.Abdyllaev, A.Samatov, G.Sh.Ilyasovlar geografiya fanlaridan saboq berishgan.
Kafedrada quyidagi guvohnomalar olingan:
- M.Mamajonov tomonidan “O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” fanidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (№ DGU 06445. REESTR: DGU 2019 0397) .
- Qodirov R.B. va Dehqonov B.M. tomonidan “Geografiyadan amaliy mashg‘ulotlar” fanidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (№ DGU 06262. REESTR: DGU 2019 1704) olindi.
- Inomjonova D., Isaev A. tomonidan “ G e oatamalar ” e l e ktron lug‘atidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma № DGU 17464) olindi.
Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini keng yo‘lga qo‘yish maqsadida “Yosh geograf” to‘garagi faol ish olib bormoqda. To‘garakning 40 dan ortiq faol a’zolariga ega.
Ular o‘zlarining maqola va tezislari bilan horijiy va respublika ilmiy anjumanlarida faol ishtirok etib kelmoqdalar.
2019-2020 o‘quv yili aprel oyida ONLINE tarzida bo‘lib o‘tgan respublika fan olimpiadasida Geografiya ta’lim yo‘nalishi 3-kurs 302-guruh talabasi Nurmatov Abbos faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligining III darajali diplomi bilan taqdirlandi.
Kafedraning yosh iqtidorli olimi Temirov Zokirjon Abdulvohidovich Misr Arab Respublikasiga demografiya kursi bo‘yicha xorijiy ilmiy safarda bo‘lib keldi.
Kafedra xorijiy grantlar doirasida qatnashib , 2019 yilda Handong global universiteti bilan hamkorlikda “ Population geography and demography ” va “Г e ография с e льского хозайства” fanlari bo ‘ yicha qo ‘ llanmalar tayyorlandi .
Kafedra tomonidan “ Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash ” mavzusidagi ishlanmasi bo ‘ yicha “ Chin Namuna Zamin ” fermer xo ‘ jaligi bilan xo ‘ jalik shartnomasi imzolangan .
Geografiya kafedrasi o ‘ quv – dala amaliyotlarini o ‘ tash uchun O ‘ zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi , Urganch , Buxoro davlat universitetlari , Xo ‘ jaobod tumanida joylashgan “ Doston hamkor tekstil ” MChJ , “ Tillavultekstil ” X / T , “ Bunyodkor Zamin ” x / k , “ Sarbon kelajak omadi ”, MChJ , “ Nil Granit ” MChJ , “ Xo ‘ jaobod Fayz – M ” MChJ va “ Quvasoysement ” AJ lari bilan shartnomalar imzolangan . Shartnomaga muvofiq geografiya ta’lim yo‘nalishi talabalari ishlab chiqarish o‘quv dala amaliyotlarini mazkur korxonada amalga oshirmoqdalar. Ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishmoqdalar. Shuningdek, korxonalarning nazariy muammolari yechimini topish uchun hamkorlikni yo‘lga qo‘yishgan.
1-6-sinflarda yangi SCIENCE fani joriy etiladi
Bir qator rivojlangan xorijiy davlatlar taʼlim tizimida tabiiy fanlar (biologiya, geografiya, kimyo, fizika) 1-6-sinflarda SCIENCE dasturi asosida oʻqitiladi.
Endilikda Oʻzbekiston taʼlim tizimida ham 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab 1-6-sinflarda tabiiy fanlarni oʻzida jamlagan Tabiiy (SCIENCE) fanlar joriy etiladi.
Tabiiy (SCIENCE) fanlar ayni vaqtda oʻqitib kelinayotgan 1-2-sinfda “Atrofimizdagi olam”, 3-4-sinflarda “Tabiatshunoslik”, yuqori sinflarda esa 4ta alohida fanlar, yaʼni geografiya, biologiya, fizika (6-sinfdan boshlab), kimyo (7-sinfdan boshlab) fanlarini oʻzida birlashtiradi.
Tabiiy (SCIENCE) fanlarning afzalliklari va ahamiyati shundan iboratki, fan orqali oʻquvchi olamning yaxlit, ajralmas, bir butunligini anglaydi, ilmiy dunyoqarashi shakllanadi, tadqiqotchilik koʻnikmalari rivojlanadi. Natijada PISA, TIMSS kabi xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etish imkoniyati kengayadi.
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi huzuridagi Respublika ta`lim markazi tomonidan Tabiiy (SCIENCE) fanlar boʻyicha Milliy oʻquv dasturi loyihasi yaratilib muhokama qo`yildi.
Qiziqarli malumotlar
1-6-sinflarda yangi SCIENCE fani joriy etiladi