№7 dars — Linux operatsion tizimida, fayl va kataloglarga oid buyruqlar
Linux operatsion tizimi buyruqlarini o’rganishni davom etamiz. Oldingi «Linuksning asosiy buyruqlari» nomli maqolada, eng asosiy buyruqlar bilan tanishib chiqdik, bu maqolada oldingi maqolani to’ldirib borishga harakat qilaman.
Maqolada berib boriladigan misollar, linuksning Red Hat distributivida tekshirib ko’rilgan va qolgan distributivlarda ham katta ehtimollik bilan ishlaydi. Bu maqolada misollar qisqa qilib berilgan, buyruqlar haqida to’liqroq ma’lumotlarni
man buyruq_nomi
buyrug’i orqali bilib olishingiz mumkin bo’ladi.
Navbatdagi buyruqar bilan tanishing:
Fayl va papkalarga oid buyruqlar:
mkdir — papka(katalog) ochish. Kerakli joyda papka ochib beradi.
mkdir oracle — oracle nomli papkani, «текущий» adresda ochib beradi.
mkdir /tmp/akmx — «tmp» papka ichida, akmx nomli papka ochish.
mkdir /tmp/akmx -p — «p» kalit harf bilan papka ochilsa, agar papka ochilayotgan adresda shu nomli papka bo’lsa, ustiga yangisini ochib beradi, hech qanday xatolik haqidagi axborot ekranga chiqmaydi.
Qolgan kalit harflar haqidagi ma’lumotlarni har doimgidek
man mkdir
buyrug’i orqali olishingiz mumkin.
cd — papkadan papkaga o’tish buyrug’i. Biror adresda, boshqa bir adresga ko’chish vazifasini bajaradi.
cd /home/user — birdaniga «/home/user» nomli katalogga sakrab o’tish.
cd .. — holatni, bitta tepa holatiga o’tkazish, misol uchun hozirgi holat /home/user bo’lsa, cd .. buyrug’idan keyin /home holatiga o’tiladi.
cd / — «корневой»(dastlabki) holatga o’tish.
cd ~user — «user» nomli foydalanuvchi papkasiga o’tish.
pwd — qaysi holatdaligini bilish. Misol uchun, siz biror buyruqni ma’lum bir katalog ichidan ishga tushirishingiz kerak, lekin terminal qaysi holatda(qaysi katalog ichida) turganini bilmaysiz, shunda «pwd» buyrug’i orqali holatni aniqlab olasiz.
ls — biror adresda qanday fayl va papkalar mavjudligini ekranga chiqarib beradi.
ls -al /home/oracle — «/home/oracle» adresida, qanday fayl va papkalar mavjudligini ro’yhatini chiqarib, u haqida to’liq ma’lumot beradi.
rm — o’chirish buyrug’i.
rm akmx.txt — akmx.txt nomli faylni o’chirish.
rm -r akmx — akmx nomli papka bo’sh bo’lsa, bu papkani o’chiradi.
rm -rf akmx — akmx nomli papkani ichidagi fayllari bilan birga o’chirish.
cp — nusxa olish.
cp file1.txt file2.txt — file1.txt nomli faylni shu katalogga file2.txt nomi bilan nusxasini olish.
cp file1.txt /home/user/test.txt — file1.txt faylini ko’rsatilgan papka ichiga test.txt nomi bilan nusxasini olish.
cp -r test /home/test2 — test nomli papkani ko’rsatilgan adresga test2 nomga o’zgartirib nusxasini olish.
mv — ko’chirish.
mv test.txt akmx.txt — test.txt faylini akmx.txt nomiga o’zgartirib o’sha yerga ko’chiramiz, bunda test.txt nomli fayl o’chib ketadi.
tree — kursor qaysi holatda turganini daraxt ko’rinishida chiqarib berish.
touch — fayl yaratish.
touch /tmp/file.txt — «tmp» katalogi ichida file.txt nomli fayl yaratib beradi.
more — fayl ichini ochish.
more /home/user/akmx.txt — ko’rsatilgan adresdagi fayl ichini o’qish uchun ochib beradi.
head — fayl ichidagi dastlabki 10 ta qatorni ekranga chiqarish.
tail — fayl ichidagi so’ngi 10 ta qatorni ekranga chiqarish.
head /tmp/test.txt — test.txt faylini dastlabki 10 ta qatorini ekranga chiqaradi.
Qolgan buyruqlar keyingi maqolalarda berib boriladi.
Manba:
Operatsion Tizim
fayl va kataloglarga oid buyruqlar, №7 dars — Linux operatsion tizimida