№16 Dars — Yiida forma hosil qilish.

№16 Dars — Yiida forma hosil qilish.

№16 Dars - Yiida forma hosil qilish.

Web ilova ishlab chiqishdagi asosiy vazifalardan biri bu — yig`ilgan foydalanuvchining ma`lumotlarini HTML forma bilan ishlatishdir.

Undan tashqari dasturchi formalarni loyihalashtirayotganda bevosita bu maydonlar majburiy to`ldirilishi kerak yoki majburiy emasligini, kiritiladigan ma`lumotni tekshirishni, kritilgan ma`lumot noto`g`ri bo`lsa shu haqda xabar berishi shuningdek ko`rsatilgan jadvalga ma`lumotlarni saqlash kabi ishlarni qila olishi mumkin. Bu jarayonlarga mos Yii o`zining MVC arxitekturasini taqdim etgan.

Yii da forma bilan ishlashdagi keyingi qadamlar quyidagilardan iborat:

  1. Kiritilayotgan maydonlar uchun model classini hosil qilish.
  2. Jo`natiladigan kodlarga ta`sir ko`rsatish uchun kontroller actionini hosil qilish.
  3. Kontroller actioniga biriktirilgan view fayl hosil qilish.

Forma hosil qilish unchalik qiyinchilik tug`dirmaydi. Biz form tegi bilan ishni boshlaymiz, bunda attribut actioni login action URLini olgan bo`lishi kerak. LoginForm classida e`lon qilingan attributlari uchun maydonlar qo`shishimiz kerak. Tugatayotib ma`lumotlarni jo`natuvchi button tugmasini ham qo`yish kerak. Yii viewini formasini hosil qilishda bir qancha yordamchi classlar taqdim etgan. Misol uchun:
CHtml::textField() metodi text maydon hosil qilishda, CHtml::dropDownList() ro`yhatlar uchun ishlatishimiz mumkin.

Xabarnoma:

Xaqiqiy HTML kodlardan nega unchalik foydalanilmaydi? Foydalanmaslikka asosimiz bormi? bunday yordamchilarni qanday ustun tomoni bor degan xaqli savollar tug`ilishi mumkin. Javobi oddiy yordamchilardan foydalansak ko`pgina imkoniyatlarni bizga taqdim etadi. Misol uchun quyida keltirilgan kodda text maydon hosil qilinmoqda, bunda text maydonda qachonki foydalanuvchi belgilarni o`zgartirilib serverga jo`natilsa obyekt sifatida boradi.

CHtml::textField($name,$value,array(‘submit’=>»));

Quyida biz
CHtml yordamchi classi bilan ro`yhatdan o`tish viewi formasini hosil qilamiz.

Bu o`zgaruvchi $model LoginForm classning nusxasi.

Keyingi blogimiz Yiida model hosil qilish va uning ichidagi imkoniyatlar bilan tanishamiz.

Manba:

Web Dasturlash
№16 Dars — Yiida forma hosil qilish.