№15 dars — NFS server va uni sozlash
NFS(Network File System) — bu termin tarmoqli fayl tizimi deb yuritiladi. Nomidan ko’rinib turibdiki, bevosita tarmoq bilan bog’langandir. Bu termin klient-server arxetekturasida ishlaydi, ya’ni bitta serverga bir necha klientlar ulanib ishlashi mumkin bo’ladi. Server kompyuterga server qismi, klient kompyuterga klient qismi o’rnatiladi.
Demak, NFS o’zi nima? misol uchun, agar siz biror tarmoq a’zosi bo’lsangiz va sizga shu tarmoqdagi boshqa kompyuterning biror katalogi kerak bo’lib qolsa, siz tarmoqdagi kerakli katalog kompyuteriga murojaat qilib, hujjatlarni olishingiz mumkin bo’ladi(agar o’sha kompyuter ruhsat bersa). NFS server orqali esa siz, tarmoqdagi istalgan kompyuter kataloglarini o’zingizni katalogingiz sifatida ko’rishingiz mumkin bo’ladi.
Hujjatlar boshqa kompyuterda joylashgan bo’ladi, lekin siz bu hujjatlarni o’zingizning kompyuteringizda saqlanayotgandek bo’lasiz. Qisqasi, NFS server, tarmoqda fayllar almashinuvini soddalashtirish uchun qo’llaniladi. Agar yuqoridagi nazariy tushuntirishni tushunmagan bo’lsangiz, quyida misol orqali tushunmagan joylaringizni tushunib olishingiz mumkin bo’ladi.
NFS serverni tushuntirishda Linux operatsion tizimining Red Hat distributividan foydalandim va barcha kodlar bu operatsion tizimda xatosiz ishlaydi. Boshqa distributivlarda ham ishlashi kerak(yana bilmadim).
NFSni ishlashi uchun operatsion tizim(red hat)da «system-config-nfs.rpm» nomli paket o’rnatilgan bo’lishi lozim. Bu paket orqali ham nfs serverni, ham nfs kliyentni sozlash mumkin. Boshqa distributivlarda server qismi uchun:
1 | # sudo apt-get install nfs-kernel-server nfs-common portmap |
klient qismi uchun:
1 | # sudo apt-get install portmap nfs-common |
larni o’rnatish lozim.
NFS server qismini sozlaymiz(misol uchun 192.168.1.17).
Server qismini sozlash faqatgina bitta fayl orqali amalga oshiriladi. /etc/export. Shu fayl ichiga quyidagilarni yozamiz:
1 | /home/user/akmx 192.168.1.18 (rw,no_root_squash,async) |
va saqlaymiz. Bu yozuvdan quyidagilarni tushunish mumkin:
/home/user/akmx — boshqa kompyuterlar uchun ochiq bo’lgan katalog
192.168.1.18 — NFS klient kompyuterining IP adresi(shu kompyuter NFS serverdagi /home/user/akmx katalogni o’zining katalogi sifatida o’rnatishi mumkin).
rw — o’qish va yozishga ruhsat. Bu qiymat yana quyidagicha bo’lishi mumkin:
ro — faqat o’qishga ruhsat
noaccess — hech qanday ruhsat yo’q. Bu qiymat, barcha kompyuterlarga ochiq faqatgina biror kompyuterdan ruhsatni olib tashlash uchun ishlatiladi.
no_root_squash — odatda root foydalanuvchisi o’rnatilgan katalogga kira olmaydi, biz bu jarayonni o’zgartirib, root foydalanuvchisi ham kirsin deb o’rnatmoqdamiz.
Shu birgina qator orqali NFS server qismi sozlandi, endi serverni ishga tushiramiz:
1 | # /etc/init.d/service nfs start |
serverni to’xtatish
1 | # /etc/init.d/service nfs stop |
serverni qayta yuklash
1 | #/etc/init.d/service nfs reload |
bu jarayonlarni operatsion tizimning «Services»(Службы) qismidan ham amalga oshirish mumkin.
Endi klient qismiga o’tamiz. 192.168.1.18 kompyuterni sozlaymiz.
Dastlab yuqoridagi katalog uchun joy tayyorlaymiz, ya’ni biror joyda bo’sh katalog hosil qilamiz.
1 | # mkdir /akmx |
So’ng, ochilgan katalogga yuqoridagi katalogni montirovka qilamiz. Uning uchun /etc/fstab faylini ochib, ichiga quyidagilarni yozamiz.
192.168.1.17: /home/user/akmx /akmx nfs rw,hard,intr 0 0
va saqlaymiz. 192.168.1.17 — bu nfs server kompyuterining adresi. Bu faylga yozishdan maqsad, kompyuter o’chib yonganda ham, montirovka saqlab qolinadi. Davom etamiz, yoki kompyuterni o’chirib yoqamiz, yoki quyidagi komandani terminalga yozamiz.
1 | # mount /akmx |
So’ng hosil bo’lgan /akmx katalogiga o’tamiz va 192.168.1.17 adresidagi /home/user/akmx katalog ichidagi hujjatlar, shu yerda ham paydo bo’lganini ko’rishimiz mumkin bo’ladi.
Hulosa shuki, NFS server orqali, uzoqdagi kataloglarni, o’zingizning katalogingizga nusxasini olishingiz mumkin bo’ladi.
Manba:
Operatsion Tizim
№15 dars — NFS server va uni sozlash