№13 Dars — Gii generatori orqali CRUD hosil qilish

№13 Dars — Gii generatori orqali CRUD hosil qilish

№13 Dars - Gii generatori orqali CRUD hosil qilish

CRUD Yii ning maxsus o`zining moduli bo`lib, ma`lumotlar bilan ishlash imkonini beradi. Ma`lumotlar qo`shish, o`chirish, o`zgartirish kabi ishlarni birdaniga hosil qilib beradigan moduldir. CRUD ni hosil qilishimiz uchun biz Gii generatorni sozlab olishimiz kerak bo`ladi. Sozlashlar uchun ma`lumotni quyidagi gippermurojaatdan olishingiz mumkin. Sozlashlar amalga oshdi. Faraz qilaylik bizda «user» jadvali bor yoki yo`q bo`lsa hosil qilib olamiz. Keyin bu jadvalimiz uchun model hosil qilamiz. Endi shu modelga mos CRUD modulini hosil qilamiz. Buning uchun Gii da CRUD generate tugmasini bosamiz.

e2849613 dars gii generatori orqali crud hosil qilish 65e61a65b50e5

Model Class degan joyga model nomini yozamiz, qoida bo`yicha Controller ID ga user deb tushadi buni o`zgartirish mumkin, shunday qolgani ham maqul aslida. Bu yaratilayotgan controller «Controller» classini vorisi asosida yaratiladi. «Preview» tugmasini bossak «Generate» tugmasi paydo bo`ladi va pastda yaratiladigan fayllar ro`yhati chiqadi. «Generate» tugmasini bosish orqali ularni hosil qilasiz. CRUDni hosil qilib oldik. Endi undan foydalanish:

CRUDga kirish uchun ushbu http://project_name/module_name/index.php?r=user

url strukturasi bo`yicha foydalanishingiz mumkin.

Kirishda sizga sistema web saxifani ko`rsatmasligi mumkin. Buning uchun login ilovasi orqali username=»admin» password=»admin» kirish ma`lumoti orqali kirib admin roliga o`tib keyin ko`rishingiz kerak bo`ladi. Bunda sizga ushbu ko`rinishdagi ilova hosil bo`ladi.

e2849613 dars gii generatori orqali crud hosil qilish 65e61a661c6b9

Bunda:

«List User» — User jadvalidagi ma`lumotlar ro`yxati.

«Create User» — yangi User ma`lumotlarini yaratish.

«Delete User» — User ma`lumotlarini o`chirish.

«Update User» — User ma`lumotlarini o`zgartirish.

«View User» — User ma`lumotlarini ko`rish.

kabi actionlar xususiyati jamlanmasi joy olgan.

Yuqoridagi rasmda ko`rib tuganingizdek ma`lumotlarni qidirish xususiyati ham borligini ko`rishingiz mumkin bo`ladi.

User ma`lumotlarini hosil qilish ilovasi quyidagicha korinishda bo`ladi.

e2849613 dars gii generatori orqali crud hosil qilish 65e61a66dff34

Bu yerda ma`lumotlar kiritilib create qilinayotgan paytda validatsiyadan o`tmay xatolik qaytarayotganini ko`rmoqdasiz. Demak bu yerda barcha ma`lumotlar to`liq kiritilishi kerak ekan. Ikkita maydon bo`shligi tufayli xatolik xabari qaytdi. CRUD shunday yechim xususiyatiga ham ega.

Manba:

Web Dasturlash
№13 Dars — Gii generatori orqali CRUD hosil qilish