№12 Dars — Yiining Gii generatori orqali model va controller hosil qilish.
Masalaning qo`yilishi: Yiining Gii generatoridan foydalanib model va controller hosil qilish.
Masalani yechilishi: Buning uchun biz birinchi navbatda «yiitest» degan ma`lumotlar ombori yaratamiz va uning ichida posts degan jadval yaratamiz. Agarda o`zimizning ma`lumotlar omborimiz bo`lsa unda o`shaning ichida jadval hosil qilamiz. Bu jadvalimiz o`z ichiga 3 ta ustunni oladi. Bular id, title va content.
CREATE TABLE posts ( id INTEGER NOT NULL PRIMARY KEY AUTO_INCREMENT, title VARCHAR(100), content TEXT );
Keyin web ilovangizdagi protected/config/main.php fayldagi ushbu kodni yozamiz. Bu kod odatda izoh holatida bo`ladi.
'db'=>array( 'connectionString' => 'mysql:host=localhost;dbname=testdrive, 'emulatePrepare' => true, 'username' => 'root', 'password' => '', 'charset' => 'utf8', ),
dbname dagi «testdrive» o`rniga siz o`zingiz yaratgan ma`lumotlar ombori nomini yozasiz, ya`ni «yiitest». Yuqoridagi kodimiz ma`lumotlar ombori bilan bog`lanish imkonini yaratadi.
Ma`lumotlar omboridagi har bir jadvalga mos yiida CActiveRecord classi ostida model yaratilishi maqsadga muvofiqdir. Jadvalning modeli bo`lmay turib u bilan ishlab ketib bo`lmaydi (ya`ni qiymatlar olish, berish kabi ishlar). Yiida Gii tehnologiyasidan foydalanishda «main» faylimizdagi quyidagicha kodni izohdan chiqarishimiz kerak bo`ladi.
'gii'=>array( 'class'=>'system.gii.GiiModule', 'password'=>'your password to access gii', 'ipFilters'=>array('127.0.0.1','::1'), ),
‘password’ — Gii texnologiyasiga kirishda berilgan password orqali bajariladi.
‘ipFilters’ — ip bo`yicha kirish xuquqi (bu yerda local ip, o`zingizgagina kirish huquqi).
Kodlarimizni sozlaganimizdan keyin ushbu havola: http://localhost/yiitest/index.php?r=gii
bo`yicha Gii modulimizga kirishimiz mumkin. Belgilangan password bo`yicha kirasiz.
Manba:
Web Dasturlash
№12 Dars — Yiining Gii generatori orqali model va controller hosil qilish.