Сўнгги янгиликлар
3 март 2023, 16:14
Eduportal.uz darsliklar 9 sinf
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2018−2019 o‘quv yilida 1−11-sinflarga mo‘ljallangan darsliklarning elektron shakllari eduportal.uz axborot-ta’lim portaliga joylashtirildi. Bu haqda XTV matbuot xizmati xabar qildi .
Darslik mualliflari mutaxassislarning fikrlarini bilishi va kelgusida darsliklarni takomillashtirish va yaxshilash maqsadida ushbu portalda bosqichma-bosqich har bir darslik bo‘yicha sharh berish imkoniyati beriladi.
Shu bilan birga, darsliklarni tayyorlash va joylarga yetkazish bilan bog‘liq vaziyatni tahlil qilganda, bir qator muammolar aniqlangan, jumladan:
1. Darsliklarning nashr etish jarayoni noto‘g‘ri rejalashtirilishi va joylarga yetkazib berish muddatlarining qisqaligi, ularning sifatiga va o‘z vaqtida yetkazilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
2. Mualliflar bilan ishlash va original darsliklarni tayyorlashdagi qiyinchiliklar.
3. Darsliklarni muddatida chop etilmaganligi tufayli, nashriyotlar bilan shartnoma muddatlarining uzaytirilishi.
4. Logistika muammolari.
Shu munosabat bilan, o‘tgan o‘quv yilining boshiga qadar darsliklarning umumiy sonidan 47 foizi yetkazilgan, qolgan qismi esa butun o‘quv yili davomida (may oyiga qadar) yetkazib berilgan.
O‘tgan davr mobaynida xalq ta’limi vazirligining mutaxassislari darsliklarning belgilangan muddatda joylarga, jumladan, chekka hududlarga yetkazib berishni optimallashtirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ro‘yxatini ishlab chiqdilar. Amalga oshirilgan ishlar natijasida, muhim yutuqlarga erishildi. Bugungi kunda darsliklarning 94 foizi ta’lim muassasalariga topshirildi. Maktablardagi rejalashtirilgan o‘quvchilar soni va haqiqiy o‘quvchilar sonidagi farq tufayli, hozirgi kunda ba’zi bir darsliklarning maktablardan maktablarga yo‘naltirish ishlari olib borilmoqda.
XTVning ma’lum qilishicha, ayni paytda vazirlik mutaxassislari mazkur muammolarni bartaraf etish ustida ish olib bormoqda. Shu munosabat bilan, darsliklar yetishmasligi holatlari yuzaga kelganda, vaqtincha ularning elektron shaklidan foydalanishni so‘ramiz. Yetishmagan darsliklarni elektron shaklidan chop etish ham mumkinligi ta’kidlandi.
Сўнгги янгиликлар
Ўзбекистон ва Қозоғистон етакчилари кенг кўламли ҳамкорликни янада ривожлантириш муҳимлиги.
3 март 2023, 19:13
Туз маҳсулотларининг сифати қай даражада?
3 март 2023, 17:59
Ўзаро жанжаллашган автобус ҳайдовчилари ярашиб олишди
3 март 2023, 17:35
Сел хавфидан қандай ҳимояланиш керак?
3 март 2023, 17:19
Эҳтиёжманд фуқароларга бепул қуёш панеллари ўрнатиб берилмоқда
3 март 2023, 16:46
Каналга тушиб кетган машина сувдан чиқариб олинди
3 март 2023, 16:14
Эксклюзив видеолар
Сўнгги сони
Сўнгги янгиликлар
Ўзбекистон ва Қозоғистон етакчилари кенг кўламли ҳамкорликни янада ривожлантириш муҳимлиги.
3 март 2023, 19:13
Туз маҳсулотларининг сифати қай даражада?
3 март 2023, 17:59
Ўзаро жанжаллашган автобус ҳайдовчилари ярашиб олишди
3 март 2023, 17:35
Сел хавфидан қандай ҳимояланиш керак?
3 март 2023, 17:19
Эҳтиёжманд фуқароларга бепул қуёш панеллари ўрнатиб берилмоқда
3 март 2023, 16:46
Каналга тушиб кетган машина сувдан чиқариб олинди
3 март 2023, 16:14
© 2020 «Янги Ўзбекистон» ва «Правда Востока» газеталари таҳририяти» ДУК
Сайт материалларидан фойдаланишда сайтга фаол ҳавола кўрсатилиши шарт Сайт яратувчиси: Online Service Group
Qiziqarli malumotlar
Сўнгги янгиликлар