Рубрика: Elektron kitoblar

Рубрика: Elektron kitoblar

Muvaffaqiyat kaliti. (yuklab olish) Muallif: Deyl Karnegi Manba: kitob.uz Respublika bolalar kutubxonasi

Bosma kitoblar o‘ladimi?

Globallashuv davrida internetning ta’sir ko‘lami va doirasi tobora kengayib bormoqda. Virtual tarmoq odamlarning axboriy ehtiyojini qondirishda an’anaviy ommaviy axborot vositalarini ham ortda qoldirmoqda. Tabiiyki, axborot texnologiyalarining jadal taraqqiy etishi kitobxonlikka ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmayotir. Hozirda jahondagi ko‘pgina bosma nashrlarning adadi kamayib, ularning onlayn versiyasi ko‘proq o‘qilmoqda. Dunyoning eng boy kutubxonalarida saqlanayotgan bosma manbalarning aksariyati elektronlashtirib bo‘lindi.
Elektron kitob qurilmalari (riderlar)ni ishlab chiqarish kun sayin o‘sishi natijasida mahsulot narxi arzonlashmoqda. Shuningdek, riderlar imkoniyatlari ham kengayib bormoqda. Avvallari bunday qurilmalarda maxsus formatdagi kitoblarnigina o‘qish mumkin edi, endilikda zamonaviy riderlarda surat va video tomosha qilish, audiomateriallar eshitish funktsiyasi ham mavjud. Dangasaroq o‘quvchilar uchun qurilma kitob matnini o‘zi o‘qib beradi.
2010 yildayoq AQShda elektron kitoblar savdosi hajmi bosma kitoblardan oshib ketdi. G‘arb dunyosida tilga tushgan “Amazon” kompaniyasi 2010 yili 15,6 million dona bosma va 20 million dona elektron kitob sotgan. Yevropada ham yaqin yillarda elektron kitoblar savdosi bosma kitoblarga tenglashadi, deya taxmin qilinmoqda. “Eski dunyo”da 2001 yildan beri matbaachilik sohasida ishlayotgan xodimlar soni tobora qisqarmoqda. 2007 yildan ushbu sohadagi tovar aylanmasi ham kamayib boryapti. 2007 yilda Yevropadagi matbaa korxonalari soni 135 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, 2009 yili ularning soni 120 mingtaga tushdi. Elektron kitob ishlab chiqarayotgan shirkatlar safi yiliga 2-3 baravarga kengaymoqda.
Ushbu tig‘iz jarayonda esa dunyo bo‘ylab raqamli va an’anaviy kitob tarafdorlari o‘rtasida bahsu munozaralar kuchaymoqda. Xo‘sh, Siz uchun ularning qay biri afzal?

Elektron kitoblarning afzalliklari

1. Elektron kitoblar joy egallamaydi. Ba’zan uy ta’mirlaganda yoki boshqa xonadonga ko‘chganda javon-javon kitoblarni qo‘yib turish uchun joy qidirib qolasiz. Bunday mahalda kitoblar ko‘pincha yo‘qoladi yoki ularga zarar yetadi. Jajjigina elektron qurilmaga esa butun boshli kutubxonalar o‘n minglab kitobni sig‘dirish mumkin. Dam olishga ketayotganingizda, ko‘pi bilan o‘ntacha kitobni olib ketishingiz mumkin. Cho‘ntagingizga ham sig‘ib ketadigan rider vositasida esa Sizga minglab kitob yo‘ldosh bo‘ladi, muhimi, ularning og‘irligi tushmaydi.
2. Elektron kitobni topish oson. Elektron kitoblarni istalgan paytda osongina topish mumkin. Virtual tarmoqdan bir marta sotib olgan kitobingiz qurilmadan o‘chib ketsa-da, uni elektron kutubxonadan ikkinchi marta bepul ko‘chirib olish imkoni bor. Do‘konga borib kitob qidirish, sotib olish uchun allaqancha vaqt ketadi. Internetda esa buni uzog‘i bilan 5 daqiqada amalga oshirish mumkin. Shuningdek, mahalliy kitob do‘konlarida topilmaydigan kamyob xorijiy nashrlarini virtual tarmoq orqali bir zumda qo‘lga kiritish mumkin. Ba’zida bukinist do‘konlarida ham anqoning urug‘i bo‘lgan kitoblarning elektron varianti internet tarmog‘ida topiladi. Shuningdek, elektron kitob adadi kamligi bois tugab qolmaydi.
3. Elektron kitoblarni o‘qish qulay. Riderlarda kunduzi va kechasi o‘qish funktsiyasi mavjud. Matnni kattalashtirib, rangini, shaklu shamoyilini o‘zgartirib mutolaa qilish mumkin. Qurilmaga o‘rnatilgan lug‘at mutolaa payti tushunmagan so‘zlaringiz mag‘zini darrov chaqib beradi. Istalgan joyda xatcho‘p qoldirish imkoniyati bor. Qaysi sahifaga kelgandim, deb varaqlab o‘tirmaysiz, qurilmaning o‘zi kitobni kelgan sahifangizdan ochib beradi. Yana bir afzal jihati, ma’lum so‘z yoki faktni har bir sahifani ko‘z yugurtirib qidirmaysiz. E-kitob birgina buyruq bilan Siz istagan so‘z va iborani chiqarib beradi.
4. Elektron kitoblar pulingizni tejaydi. Odatda, e-kitob bosma kitobdan bir necha baravar arzon turadi. Bosma kitoblar kundan-kunga qimmatlashayotgan bir paytda elektron kitob qurilmalari va e-kitoblar narxi tobora pasaymoqda. Hozirda elektron kitob qurilmalarining eng arzoni 40 AQSh dollari atrofida. Shuningdek zamonaviy telefon, smartfon, planshet va noutbuklarda ham e-kitob o‘qish imkoni mavjud.
5. Elektron kitob o‘qib, ona tabiatni asraysiz. Qanday qilib deysizmi? Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda qog‘oz ishlab chiqarish uchun yiliga 125 million daraxt kesiladi. Bitta o‘rtacha qalinlikdagi kitobni tayyorlash uchun 5 kg yog‘och sarflanadi. Elektron kitoblarni yaratish uchun esa hayot manbai bo‘lgan daraxtlarga qiron keltirish shart emas. Og‘irligi 200 gramm keladigan, kimyoviy unsurlardan tayyorlangan qurilmaga o‘n minglab kitob joylanadi. Agar kattaroq hajmdagi chip olsangiz, elektron kutubxonangiz 2-10 baravarga kengayadi.
6. Elektron kitob bakteriya tarqatmaydi. Shifokorlarning ta’kidlashicha, uzoq vaqt chang va zaxda qolgan kitoblar qatida bakteriyalar urchib, turli kasalliklarni qo‘zg‘ashi mumkin. Bu jihatdan ham elektron kitob afzal ekanini ta’kidlash zarur.

Bosma kitoblarning afzalliklari

1. Bosma kitob sizning moddiy boyligingiz hamdir. Elektron kitoblaringiz soni bilan esa maqtanolmaymiz. Kitob javoni – haqiqiy ziyolining eng ardoqli davlati.
2. Kitobdan taralayotgan yoqimli hidni elektron nashrdan topib bo‘lmaydi.
3. Bosma kitobni varaqlash asnosida mo‘jiz sahifalarning sirli shitirlashidan ko‘nglingiz cheksiz zavqqa to‘ladi.
4. Voqealar ayni kulminatsiyasiga kelganda, riderning zaryadi tugab o‘chib qolsa bormi. Bosma kitob o‘qish uchun har xil sim va qurilmalar, elektr energiyasi, telefon yoki internet kabi daxmazalarga zarurat yo‘q.
5. Kitob eski bo‘lsa-da, uning umri uzoq. Elektron qurilma, nari borsa, o‘n yilga xizmat qiladi. U yog‘iga, albatta, buziladi, qolaversa, yangi chiqqan dasturlarga qurilma dosh bermaydi. Shu tariqa u keraksiz matohga aylanadi. Kitobning esa vaqt o‘tgan sari qadr-qimmati oshadi. Elektron qurilma qo‘lingizdan tushib ketsa ishdan chiqishi turgan gap. Sifatli chop etilgan kitobni 9-qavatdan pastga uloqtirsangiz ham hech narsa bo‘lmaydi. Eng baquvvat noutbukni 2-qavatdan tashlab ko‘ring-chi!
6. Kitob asrlar davomida axborot saqlovchi eng samarali vosita vazifasini bajargan. Ming yil oldin bitilgan qo‘lyozmalar hozir ham insoniyatga ma’rifat nurini sochmoqda. Elektron chip, disklardagi axborotlarni ko‘pi bilan 10-15 yil saqlash mumkin. Shu muddat ichida axborot boshqa qurilmaga ko‘chirib qo‘yilmasa, elektromagnit maydoni ta’sirida diskdagi ma’lumotlar yaroqsiz holga keladi. Virus tushib, ma’lumotlarning o‘chib ketishi xavfi kitobga begona.
7. Bosma kitobni o‘qish payti inson miyasi ko‘plab qimmatli ma’lumotlarni qabul qiladi. Elektron kitoblar mutolaasida esa elektromagnit to‘lqinlar ta’siri tufayli ma’lumotlarni eslab qolish ko‘rsatkichi kamayadi.
8. Bosma kitobni texnik uquvsiz mutolaa qilish mumkin. Deylik, 70-80 ga kirgan buva-buvilarimizga elektron kitob o‘qish tartibini tushuntirgunimizcha, ular bitta an’anaviy kitobni xatm qilib qo‘yishadi.
9. Bosma kitobda chalg‘ituvchi elementlar yo‘q. Zamonaviy o‘quv qurilmalarida esa musiqa va videopleerlar, o‘yinlar va o‘quvchini chalg‘ituvchi boshqa imkoniyatlar mavjud. Elektron kitob mutolaasida diqqatni bir yerda jamlash qiyin.

Qog‘oz ko‘rinishidagi kitoblar hech qachon yo‘qolmaydi

Fikrimga isbot sifatida bir misol keltirmoqchiman. Luvr, Ermitaj kabi dunyodagi eng katta muzeylarning elektron kataloglari, albomlari, maxsus uch o‘lchamli tashrif-dasturlari (ular yordamida kompyuter qarshisida o‘tirib muzeylarning har bir xonasiga kirib, istalgan eksponatni tomosha qilish mumkin) hamda videojamlanmalari bir necha million nusxada chop etilgan va asosan bepul tarqatiladi. Lekin mana shu vositalar orqali muzeylar bilan tanishgan zamondoshlarimiz virtual sayohatga qanoat qilmay, Parij yoki Sankt-Peterburgga borib, Luvr va Ermitajni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rmoqdalar. Hatto iqtisodiy inqiroz paytida ham muzey ziyoratchilari soni yildan-yilga oshib bormoqda. Kitobxonlikda ham shunday holatni kuzatish mumkin: o‘quvchi elektron variantda sevib o‘qigan kitobining bosma variantini ham, albatta, sotib oladi.
Mavzu yuzasidan quyidagi xulosalarni keltirish mumkin:
1. O‘zbekistonda ham yaqin kelajakda kitob mutolaasi asosan elektron tarmoqlarga o‘tadi, deb taxmin qilish mumkin. Ayni paytda yurtimizdagi internet foydalanuvchilari soni 10 milliondan oshdi. Undan 6 milliondan ko‘prog‘i xalqaro tarmoqqa uyali aloqa vositalari orqali kiradi. Bu raqam kundan-kunga oshib bormoqda. Yurtimizda sifatli, arzon va qulay elektron kitoblarga talab o‘smoqda. Birgina misol, www.ziyouz.com tomonidan tayyorlanib, “Android Market”ga bepul joylashtirilgan o‘zbek topishmoqlari yig‘ilgan elektron kitob ikki oy ichida 10000 marotaba ko‘chirib olingan.
2. Elektron kitobning ham, qog‘oz holidagi kitoblarning ham o‘ziga xos afzalliklari haqida yuqorida mulohazalar bildirildi. Lekin ishlab chiqarishning arzonligi sababli baribir elektron kitoblar bozori kengayaveradi. An’anaviy noshirlik ham o‘lmaydi, lekin mahsulot tannarxining oshishi hisobiga ishlab chiqarish hajmi kamayadi.
3. Ishlab chiqarish qimmatga tushadigan maktab darsliklari asta-sekin elektron shaklga o‘tadi. Mazkur ko‘rinishdagi darsliklarning afzalligi shundaki, ularni bir nusxada tayyorlash kifoya, ko‘p ming sonli adad uchun ham deyarli mablag‘ talab etilmaydi. Bunda nashriyot uchun bosmaxona xizmati talab etilmaydi.
4. Bir marta o‘qiladigan nashrlar, oldi-qochdi mavzudagi kitoblar asosan elektron ko‘rinishda tarqatiladi. Chunki o‘quvchi bunday kitoblar yoki nashrlarni bir marta o‘qib, qayta varaqlamaydi. Ularning elektron shakli arzonligi sabab o‘quvchi bosmasini sotib olmaydi. Mumtoz adabiyot namunalari, ilmiy asarlar, entsiklopediyalar garchi elektron nashri mavjud bo‘lsa-da, bosma shaklda ham chop etilaveradi.
5. Davr talabidan kelib chiqib, respublikamizdagi mavjud barcha kutubxona, muzeylarning to‘liq onlayn kataloglarini tuzish, internetda muntazam ishlashini yo‘lga qo‘yish kerak. Toki o‘quvchi qayerdan, qanday manbani topish mumkinligini bilsin. Elektron kitoblarni kutubxonaga bormasdan ham, istalgan makonda ma’lum to‘lov asosida o‘qish imkonini yaratish kerak.
6. O‘zbek tilida nashr etilgan entsiklopediya va lug‘atlarning elektron variantini tayyorlab, internetga joylash kerak. Toki o‘quvchi kerakli so‘z va atamalarni qiynalmay topa olsin. Entsiklopediya va lug‘atlar uchun maxsus dasturlar tuzib, muntazam takomillashtirib borilsa, ularni tarmoqda sotish imkoniyati mavjud.
7. O‘zbekistonda elektron kitoblar nashri, ularning savdosi bo‘yicha maxsus huquqiy hujjatlar hali qabul qilinmagan. Aholi turmushining ajralmas qismi sifatida shakllanayotgan ushbu sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish davr talabidir.

Davronbek TOJIALIEV,
www.ziyouz.com va www.ziyouz.uz
ma’rifiy portallari bosh muharriri

“Kitob dunyosi” gazetasi, 11.12.2013

Рубрика: Elektron kitoblar

Ushbu bo’limda sizlarga foydali va qiziqarli bo’lgan turli xil elektron kitoblar joylab boramiz.

– Shohjahon Mahammadjonov · Published 30/11/2020 · Last modified 21/05/2021

Muomala sirlari (Deyl Karnegi)

Muomala sirlari (yuklab olish)Muallif: Deyl KarnegiManba: aim.uz

Odamlarga yoqishning 6 qoidasi (Deyl Karnegi)

Odamlarga yoqishning qoidasi (Yuklab olish) Muallif: Deyl KarnegiManba: aim.uz

– Shohjahon Mahammadjonov · Published 10/04/2019 · Last modified 21/05/2021

Muvaffaqiyat kaliti (Kitob. Deyl Karnegi)

Muvaffaqiyat kaliti. (yuklab olish) Muallif: Deyl Karnegi Manba: kitob.uz Respublika bolalar kutubxonasi

– Shohjahon Mahammadjonov · Published 10/04/2019 · Last modified 30/11/2020

O’z o’ziga nisbatan dadillik va ishonchni shakillantirish haqida (Kitob. Deyl Karnegi).

O’z o’ziga nisbatan dadillik va ishonchni shakillantirish. (yuklab olish) Muallif: Deyl Karnegi Manba: kitob.uz Respublika bolalar kutubxonasi

– Shohjahon Mahammadjonov · Published 10/04/2019 · Last modified 21/05/2021

O’z o’ziga ishonch hosil qilish va Notiqlik san’ati. (Kitob)

Deyl_Karnegi_o’z_o’ziga_ishonch_hosil_qilish (yuklab olish) Mualif: Deyl Karnegey Manba: kitob.uz Respublika bolalar kutubxonasi.

Bizni kuzatib boring:

Saytdan qidirish

So’ngi qidiruvlar TOP 50

Tog, Tushda yangi mato qirmizigullik mato, Tushda samalyotda uchish, TUSHDA QO‘ZIQORIN TERISH, Non hojatxonada, Pul topib, Ko, Dalla, Хизир бобо тушда бирор нарса берса, Shoh bilan ko, Koinot, Тушда бров еса, Yer agʻdarish, Kitob sovga olsa, Tushda yomgʻir. Yogʻishi, Гўдакни ўғрилаш, yòlak, à šÑ€Ã °Ã º, Daryo bo, Tushida qiyomat alomatini ko, Eshak tug, tushda qamoqni ko‘rsa, хижобд, Do//, Tushida chaqaloq emizsa, тушда машина, Yosin o, Avtomabil, Erini ko, Sobiq turmush o, Тушда уз аёл ЖИНСИЙ алока килмоа, Tushda tilla taqsa, Тушда больница куриш, Рус ещувида тили касам ичмок тушда, Sigir va, tushda bóğilsa, Tushda onasini oʻlish hajga borib, Tushda+h, Fil+b, O////) AND 4286=4286 AND (4363=4363, Tushida mol quvlaganini korsa, O\ WAITFOR DELAY, Tushda+tosh+ku, Tushda tish tushgs, To seni topguncha, Odamxoʻr, Devor bo//, Devor bo, ustozi bilan urushsa, G\

Yangi maqolalar

  • Tushda eshiklar | Тушда эшиклар
  • Tushda Qur’oni Karim oyatlari | Тушда Қуръони карим оятлари
  • Tushda eshakni egarlash | Тушда эшакни эгарлаш
  • Tushda barmoqlardagi ofat | Тушда бармоқлардаги офат
  • Tushda qo’ldagi ofatlar | Тушда кўлдаги офатлар

Yangi sharhlar

  • Shohjahon Mahammadjonov к записи Odamlarga yoqishning 6 qoidasi (Deyl Karnegi)
  • Nurmuhammad к записи Odamlarga yoqishning 6 qoidasi (Deyl Karnegi)
  • Zulxumor к записи Deyl Karnegey Brekenrij hayoti va ijodi
  • Shohjahon Mahammadjonov к записи Tushda ka’ba | Тушда каъба
  • Shohjahon Mahammadjonov к записи Tushda ka’ba | Тушда каъба

Diqqat!

Saytdagi barcha maqolalar faqat o`qish uchun. Saytdagi barcha ma’lumotlarni tarqatish, saqlash, chop etish, tijorat maqsadlarida sotish, ko`chirish va boshqa har qanday harakatlarni amalga oshirishda faqat sayt ma’muriyati bilan kelishilgan yoki ogolantirilgan holatda amalga oshirilishi shart. Ushbu qoidalarni buzish oqibatlari O’zbekiston Respublikasining 30.08.1996 yildagi 272-I-sonli Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risidagi qonuniga muvofiq jinoiy javobgarligla tortishga asos bo`ladi.

Taqvim

Март 2023
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31

Qiziqarli malumotlar
Рубрика: Elektron kitoblar