Поиск по сайту
Learn Russian – bu sayt ingliz tilini biladigan va shu tilda rus tili oʻrganishni istaydiganlar uchun juda qulay.
Rus tilini noldan mustaqil oʻrganish uchun eng yaxshi saytlar
Har qanday tilini oʻrganishdan oldin shu tilni qay darajada yaxshi bilishingizni aniqlab olgan ma’qul.
Quyida til bilish darajangiz qaysi bosqichdaligini aniqlashni 2 xil usulini koʻrib chiqamiz:
- Birinchisi, tilini bilish darajasini aniqlab beradigan oʻquv markazlari yoki maktab/oliy ta’lim muassasalari oʻqituvchilari yordamida til o’rganish malalakalarini sinovdan o’tkazish;
- Ikkinchisi, mana bu kabi saytlar orqali onlayn test topshirish. Ammo bunday testlarda siz faqat oʻqish, tinglab tushunish va grammatik bilimlaringizni tekshira olasiz, xolos. Rus tilida muloqot qila olish darajangiz qanday ekanligini aniq bila olmaysiz.
Darajangizni aniqlab olgach shu darajaga mos keladigan kitoblarni va kerakli materiallarni turli xil saytlar orqali oʻrganib chiqish foydali boʻladi.
Keling, shunday saytlardan eng samarali va koʻp foydalaniladiganlari bilan tanishib chiqamiz.
Learn Russian – bu sayt ingliz tilini biladigan va shu tilda rus tili oʻrganishni istaydiganlar uchun juda qulay.
Afzalliklari:
- Mavzular boshlangʻich darajadan boshlab asta-sekin murakkablashib boradi. Audiolarni tinglash orqali har bir harfni, keyinroq so’z va gaplarni toʻgʻri talaffuz qilishni oʻrganish mumkin.
- Har bir mavzu boʻyicha video darslar va mashqlar bor, ularni istalgan vaqtda ko’rish, mustahkamlash uchun test topshirib qanchalik yaxshi oʻzlashtirganingizni tekshirib olishingiz mumkin;
- Darslar qismida: fonetika(soʻzlarni qanday toʻgʻri talaffuz qilish), grammatika (ot, sifat, son, feʼl va h.k) ketma-ketlikda batafsil tushuntirilgan, har bir dars soʻnggida maxsus mashqlari bor.
Kamchiliklari:
Saytda 1-100 gacha mavzular tartib bilan joylashtirilgan va asosan boshlang’ich darajadagilar uchun mos keladi. Barcha darslar bepul 100 darsni tugatganingizdan so’ng darajangizni yanada ko’tarish uchun boshqa saytlardan foydalanishingizga to’g’ri keladi.
Russianforeveryone – bu sayt og’zaki nutqda urg’ularni to’g’ri qo’yishga yordam beradi
Afzalliklari:
- Mavzular tartib bilan birma-bir keltirilgan keltirilgan;
- Har bir mavzu ichidagi soʻzlarni ustiga bosilsa, ularnining toʻgʻri talaffuzini eshitish mumkin;
- 2-3 ta mavzuni yaxshi oʻzlashtirib olganingizdan soʻng shu mavzular boʻyicha quiz topshirishingiz mumkin va qanday oʻzlashtirganingizni bilib olasiz;
- Mavzular boʻyicha berilgan kitoblarni chiqarib olib, bemalol foydalanish mumkin.
Kamchiliklari:
Saytda barcha mavzular tushunarli, ammo ularni yodda oson saqlab qolish uchun turli qiziqarli voqealar asosida mavzu yoritilmagan.
Mежду нами – bu saytda darslar juda oson va oddiy grammatik mavzular bilan boshlanganligi sababli endi boshlaydiganlar uchun foydali boʻladi.
Afzalliklari:
- Sayt asosan dialoglar orqali oʻrganishga moʻljallanganligi sababli, ogʻzaki rus tilini tezroq oʻrganmoqchi boʻlganlar uchun foydali boʻladi;
- Shuningdek, har bir dialogni audio varianti bor va uni yuklab olib eshitib yurish mumkin;
- Har bir mavzuga oid mustahkamlovchi mashqlar, soʻz birikmalari bor.
Kamchiliklari:
Bu saytda ko’p darslar og’zaki rus tilini rivojlantirishga yo’naltirilgan. Agar siz akademik rus tilingizni har tomonlama rivojlantirmoqchi bo’lsangiz, boshqa saytlarni sinab ko’rish tavsiya etiladi.
Время говорит по русски – bu sayt darsliklarga oʻxshab ishlangan boʻlib, birinchi mavzu keyin mashqlar va fonetika haqida maʼlumot berilgan.
Afzalliklari:
- Mavzular har bir holatga moslab chiqilgan, masalan, aeroportda, restoranda, ofisda va hokazo. Bu esa, odatda, biror joyda ishlaydigan yoki oʻqiydiganlar uchun soʻz boyligini tez oʻstirishga yordam beradi;
- Har bir darsda oʻqib tushunish va tinglash koʻnikmalari birdaniga rivojlantirib boriladi;
- Shuningdek, mavzuni qanchalik yaxshi tushunganligini tekshirish uchun mavzularga oid alohida-alohida mashqlar bor.
Kamchiliklari:
Saytda har bir darajada uchun alohida mavzular ishlab chiqilmagan, ya’ni A1 uchun alohida, B1 uchun alohida emas, barcha mavzular kitob asosida davom etgan.
Текстотека – bu sayt turli xil darajaga ega oʻrganuvchilar uchun moʻljallangan.
Afzalliklari:
- Mavzularga moslangan qiziqarli turli janrdagi matnlar berilgan;
- Masalan, harakat feʼllari haqida mavzu oʻtilgan boʻlsa, aynan harakat feʼllari koʻproq ishlatilgan matn beriladi va bu matni bajarib boʻlgach ostidagi savollarga javob berish mumkin;
- Shu mavzu va matn boʻyicha tuzilgan mashqlar esa oʻrganilgan mavzuni mustahkamlashga yordam beradi.
Kamchiliklari:
Bu saytdagi materiallarni chop etishning iloji yo’q, ya’ni faqatgina onlayn bajarish mumkin.
УРЯ! – bu saytda har bir mavzu prezentatsiya koʻrinishida, alohida varaqlarda berilgan. Koʻrib, rasmlar orqali tez oʻrgana oladiganlar uchun juda qulay.
Kamchiliklari:
Saytning foydalanuvchi interfeysi biroz noqulay va har bir mavzu ichida alohida reklama chiqib turishi chalg’ishga olib keladi.
Ruswithfun – bu saytda hech qanday grammatik mavzular va soʻz birikmalari yoʻq, shunchaki tilni oʻyin orqali qiziqarli holatda oʻrganishni istaydiganlar uchun moʻljallangan.
Afzalliklari:
- Oʻyin orqali qiziqarli oʻrganish;
- Oʻzingizga mos 3 ta darajadan: oson, oʻrtacha, qiyin bittasini tanlab oʻynash usuli.
- Bunda ovozli holatda bir odam tomonidan qaysi soʻz haqida gap ketayotgani video qilib tushuntiriladi va vaqt tugagandan keyin yoki oldin soʻzni tanlashingiz va ball yigʻib borishingiz mumkin.
Kamchiliklari:
Bu sayt faqat o’yin orqali boʻlganligi sababli, grammatika, yozishga, o’qishga uncha e’tibor berilmaydi.
Youlang.ru – bu sayt nol darajadan eng yuqori darajaga bo’lgan o’rganuvchilar uchun moʻljallangan va bu saytda eng soʻnggi aktual matnlar keltiriladi.
- Saytda A1 darajadan C2 gacha barcha darslar kommunikativ tarzda rivojlantirish uchun tuzib chiqilgan;
- Haftasiga 1-2 ta yangi darslar qoʻshib boriladi;
- Mutaxassislar tomonidan 250 dan ortiq darslar yozib qoʻyilgan;
- Saytdan oʻqituvchilar, oʻquvchilar va barcha yoshdagi til oʻrganuvchilari foydalanishlari mumkin.
- Har bir mavzuda unga mos matn va matn boʻyicha savollar, matnda foydalanilgan soʻzlar tartib bilan tushuntirilgan.
Xulosa qilib aytganda, rus tilini onlayn, mustaqil va individual tarzda oʻrganishning iloji bor, ammo buning uchun til darajangizni bilishingiz va sizga aynan qaysi sayt orqali oʻrganish yoqayotganligini sinab koʻrishingiz kerak. Unutmang, yangi til oʻrganish yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
Поиск по сайту
Предлагаем вашему вниманию новый трейлер интересной ролевой игры в жанре “руби и слэш” в декабре.
В конце августа мы показали вам дебютный трейлер грядущей ролевой игры Unde December от Line
Экранное время (StayFree)
StayFree: трекер времени в экране и приложениях – это приложение для самоконтроля, повышения
YouTube Music (премиум)
Компания Google выпустила на Android и iOS приложение нового сервиса — YouTube Music. Приложение
Telegram (мод на премиум и взлом Телеграм)
Telegram Premium Mod .APK — это универсальное приложение для обмена сообщениями. Вы можете делать
PROTO – симулятор схем
Вы ищете такие инструменты, как Multisim, SPICE, LTspice, Proteus или Altium? Отлично! PROTO – это
Castro Premium – системная информация
Castro – это огромная коллекция информации о вашем устройстве и набор инструментов для
ГДЗ: мой решебник (премиум)
Приложение ГДЗ – возможность сэкономить время студенту и получить достоверные ответы на задачи,
Qiziqarli malumotlar
Поиск по сайту