Оpam, opa haqida sherlar

Оpam, opa haqida sherlar
d0bepam opa haqida sherlar 65cb2b1f562ae

146

Оpam, opa haqida sherlar

DO`STLARGA ULASHING:

Yonimda doim parvona boʻlgan,

Betob bo‘lsam boshimda turgan.

Koʻz yoshlarim kulgi ortidan sezgan,

Jonimning huzuri, jonimdir opam.

Ne boʻlganda ham men tushungan,

Qoʻpolligim ortidan koʻp og‘ringan.

Ketganida juda o‘rni bilingan,

Jonimning huzuri, jonimdir opam.

Yuragimning bir parchasi,

Kutaraman uni zardasin,

Hecham ozor koʻrmasin,

Jonimning huzuri, jonimdir opam.

Berolmasam-da mehrimni,

Sochib yana zahrimni,

Qoʻllagan doim zehnimni

Jonimning huzuri, jonimdir opam

Birga yig‘lab, birga kulganmiz,

Bir uyda o‘sib-o‘nganmiz,

Doimo bir tarafda turganmiz,

Jonimning huzuri, jonimdir opam.

Kamola Burxonova

pmt.uz

opa haqida sherlar, Оpam