Орипов Ў. О. Умумий хирургия

Орипов Ў. О. Умумий хирургия

-Jarrohlik xonasiga, ayniqsa jarrohlik boshlanganidan so’ng kirishi ruxsat etilgan xodimlar soni eng kam darajaga yetkazilishi kerak. Tibbiyot xodimlarining jarrohlik blokida ko’cha poyabzalida bo’lishlari qat’iyan ta’qiqlanadi.

Tema Xirurgiya fani xaqida tushuncha. Xirurgik davolash xususiyatlari Reja

4.Xirurgik muassasalarining tuzilishi. Jarroxlik ishini tashkil kilish. Xirurgik asboblarni nomlari, guruhlari, vazifasi va qo‘llanilishi.

5.Oilaviy poliklinika, shikastlanish punkti, qishloq vrachlik punktlarida aholiga xirurgik yordam ko‘rsatilishida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining amaldagi buyruqlari asosida ish yuritish.

6.Xirurgik infeksiyaning organizmga tushish va tarqalish yo‘llari. Kasalxona ichi infeksiyasini oldini olish chora tadbirlari. Aseptika. Sterilizasiya. Antiseptika. Asosiy antiseptik vositalar, ularni ta’siri va xirurgiyada qo‘llanilishi.

7.Xirurgik stasionar, xirurgik bo‘lim, operasion blok tuzilishi bilan tanishish. Tibbiy hujjatlar. Xirurgik asboblarni o‘rganish va xirurgga uzatish tartibi.
Ma’zmuni

Xirurgiya va reanimaciya kasalliklar tog’risida tu’shuncha
Xirurgiya” so’zi – Qolda bajarish, hunar,mohirlik ma’nosini bildiradi. “Xirurgiya” so’zini bunday tor ma’noda tushunish bu fannin’ mazmuniga mos kelmaydi va xirurglarning chiqqan suyaklarni o’rniga solish, jarohatlarni tozalab dori qo’yish va qon olish kabi muolajalar bilan shug’ullangan davriga xos bo’lib, faqat tarixiy ahamiyatga ega.

Xirurgiya (yun. cheir — qoʻl va ergon — harakat, ish), jarrohlik — tibbiyotning bir sohasi. Xirurgik operatsiyalarni talab etadigan kasalliklarni oʻrganadi hamda operatsiya qilish usullarini ishlab chiqadi. Qadimdan odamlar oʻz-oʻziga yoki bir-birlariga yordam berib, jarohatdan oqayotgan qonni toʻxtatish uchun jarohatni bosib turish, yaralarga kul sepish kabi oddiy usullardan foydalanganlar. Qad. qazilmalarda bosh suyak chanogʻi trepanatsiyasi, oyoq amputatsiyasidan keyingi izlar topilgan. Xirurgiya dastlab fan va madaniyati rivojlangan davlatlar (Misr, Hindiston, Yunoniston, Xitoy, Vizantiya) da shakllangan. Milodan avval ham kasalliklarni davolashda qon chiqarish, qovuqsan toshlarni tushirish operatsiyalari oʻtkazilganligi qayd etilgan. Gippokrat (mil. av. 460—377 yillar) jarohatlarni birlamchi va ikkilamchi bitishini kuzatgan, turli bogʻlovlarni qoʻyish texnikasini ishlab chiqqan, operatsiyani oʻtkazishda tozalikka rioya qilish maqsadida qaynatilgan yomgʻir suvidan foydalangan. U ishlab chiqqan plevra boʻshligʻini drenajlashda qoʻllaniladigan qovurgʻa rezeksiyasi operatsiyasi hozir ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Qadimiy Rimda Sels (Antillus) baʼzi aʼzolar anatomiyasini, yalligʻlanishning belgilarini va operatsiya vaqtida qon toʻxtatish uchun tomirlarni bogʻlash, oqma yaralarni davolash usullarini, Galen esa jarohatlarni tikishda ipaqdan foydalanishni, jarroxlik operatsiyalarini oʻtkazishda aʼzolarning anatomiyasi va funksiyasini hisobga olish zarurligini taklif etgan.

Abu Ali ibn Sino (980—1037) “Tib qonunlari” asarida xirurgik kasalliklarni davolashda qoʻllanilgan usullarni bayon etgan; u operatsiya vaqtida narkoz sifatida bemorga opiy, mandragor ishlatgan, shuningdek, buyrakdan tosh olish, oʻsmalarni aniqlash va oʻsmani sogʻlom toʻqimagacha olib tashlash va boshqa operatsiyalar texnikasini yaxshi bilgan.

A. Levenguk (1632—1723) tomonidan mikroskop, V.K. Rentgen tomonidan rentgen nurining kashf etilishi kasalliklarni aniklashda (diagnostika) muhim rol oʻynadi. 1731 yilda Parijda Xirurglar Akademiyasiga asos solindi. Shundan soʻng Xirurgiya fan sifatida taraqqiy eta boshladi.

Umuman Xirurgiya 3 bosqichda rivojlandi: 1) qadimiy zamonlardan antiseptika davrigacha (1860); 2) antiseptika davri (1860—1890); 3) aseptika davri — hozirgacha davom etmoqda.

XIX-asrning 2-yarmida narkoz, antiseptika, aseptikaning joriy etilishi Xirurgiya taraqqiyotida ijobiy yutukdarga olib keldi (Shunga ko’ra meʼda, ichaklar, oʻpka va boshqa ichki aʼzolarda yirik operatsiyalar muvaffakiyatli oʻtkazila boshlandi.

XIX—XX-asrda turli mamlakatlarning xirurglari oʻtkazgan keng eksperimental tadqiqotlar eng murakkab operatsiyalarni: meʼdani, ichak yoki oʻpkaning bir qismini olib tashlash, tomirlar va nervlarni tikish, shuningdek, singan suyaklar, jarohatlar, kuyishni davolashning operatsiya usullari va texnikasini ishlab chiqish imkonini berdi. Xirurgiyaning tarmoklari koʻpayib, travmatologiya, ortopediya, urologiya, neyroxirurgiya, bolalar xirurgiyasi kabi mustaqil ilmiyamaliy sohalar vujudga keldi.

Hozirgi zamon Xirurgiya fani kimyo, fizika, molekulyar biologiya kabi sohalardagi yutuqlar natijasida rivojlanib bormoqda. Shunga koʻra yurak klapanlari va tomirlarni protezlash, aʼzolar hamda toʻqimalarni koʻchirib oʻtkazish, sunʼiy boʻgʻimlar yaratish, sunʼiy yurak vujudga keltirishga doir ishlar amalga oshirildi. Miokard infarktini operatsiya yoʻli bilan davolash, mikroxirurgiya (mas, butunlay uzilgan barmoqni tiklash yoki yurakning mayda tomirlarida yangi qon oqimini vujudga keltirish), lazerlar, maxsus kameralarda yuqori kislorod bosimi, yaʼni giperbarik oksigenatsiya qoʻllash, yarador va kuyganlarga davo kilishda mikrobsiz sharoitlar yaratish, sunʼiy va qoʻshimcha qon aylanishi va boshqa Xirurgiyada yangi yoʻnalishlar boʻlib qoldi.

Oʻzbekistonda Xirurgiyasining shakllanishi 1920 yillarda Turkiston universitetining tibbiyot fakultetiti qoshida xirurgiya kafedrasi tashkil etilishi bilan bogʻliq. Keyinchalik Toshkent, Samarqand, Andijon, Buxoro tibbiyot instituti, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, shuningdek, Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutlarida, Butunittifoq klinik va eksperimental xirurgiya ilmiy tekshirish institutining Toshkent filiali (1977 y. hozirgi V. Vohidov nomidagi ixtisoslashtirilgan Xirurgiya markazi) da Xirurgiya kafedralari faoliyat koʻrsata boshladi. Mazkur ilm maskanlarida vrachlar tayyorlash va turli xirurgik muammolar ustida tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Oʻzbekistonda Xirurgiyaning rivojlanishida S.A. Maʼsumov, Oʻ. O. Oripov, V.V. Voxidov, M. Ashrafova, P.M. Nurmuhamedov, Sh.I. Karimov, D.S. Gʻulomov, F.G. Nazirov, S. M. Aʼzamxoʻjayev, S.A. Dolimov, L.D. Vasilenko, A.M. Gʻofurov, K.X. Tohirov va boshqalarning xizmatlari katta.

Hozirgi ilm-fan va texnikaning rivojlanishi, yangi tadqiqot va davolash usullarini ishlab chiqish va tatbiq etish (endoskopiya, ultratovush, kompyuter tomografiyasi, yadromagnit rezonansli tomografiya, laparoskopiya, lazer nurlari va boshqalar) Xirurgiyani yanada rivojlanishiga olib keldi. 1998 y. Toshkentda shoshilinch tibbiy yordam markazi hamda viloyatlarda uning filial va subfiliallari tashkil etiddi.

Xirurgiya bo ‘limi tuzilmasi va uni ishini tashkil qilish.
Tuzilishi va ji хо zlanishi.

Хirurgik bo’lim davоlash prоfilaktik muassasinining asоsiy bo’limlaridan biri va o’z faоliyatiga ko’ra 2 bo’linadi:

– iхtisоslashagan (kardiохirurgiya, angiохirurgiya, tоrakal хirurgiya, kоlоprоktоlоgiya, yiringli хirurgiya bo’limlari va bоshqalar) va

– davоlash–diagnоstik (fiziоtеrapеvtik, rеntgеnоlоgik, funktsiоnal diagnоstik, labоratоriya va bоshqalar).

Jarrоhlik bo’limi quyidagi хоnalarni o’z ichiga оladi:

– bеmоrlar uchun palata;

– bоg‘lоv va kichik jarrоhlik оpеratsiyalar uchun хоna ;

– bеmоrlarni ko‘rish хоnasi;

– hukna qilish uchun хоna;

– ko’chib o’tkaziladigan apparatlar uchun хоna;

– bo’lim mudiri хоnasi;

– katta hamshira хоnasi;

– оvqatlanish uchun хоna;

– tоzalash anjоmlarini saqlash хоnasi.

Palataning va yordamchi хо nalarning mayd о n yuzasi nisbati 1:1 yoki yordamchi хо nalar nisbati ko‘pr о q bo’lishi k е rak va bu k е rakli sanitar va epid е miyaga qarshi naz о ratni saqlashga х izmat qiladi. Ko‘pincha х irurgik bo’lim shunday r е jalashtirilganki, k о rid о rning (eniga 2,5 m kam bo‘lmagan) bir tarafida palatalar j о ylashadi va k о rid о rning ya х shi yoritilgan j о yida hamshiralar p о stlari j о ylashadi. Zam о naviy statsi о narlarda, kasal хо nalarda b е m о rlar uchun о sh хо nalar tashkil etilgan. Gigi е nik nuqtai nazaridan qaraganda harakati ch е klanmagan b е m о rlarni yot о q j о ylarida о vqatlanishi kaq‘iyan man etiladi. Bo’limda sanitar burchaklari bo‘lishi shart (zam о naviy bo’limlarda har bir palatada), dush хо nasi, о vqatlanish j о yi, ch о yshablar yig‘iladigan хо na. Kasal хо naning eng as о siy j о ylari bu palata va b е m о r kr о vati. Bu е rda b е m о rning ayotidagi о g‘ir damlari o‘tadi, va shu j о yda b е m о r tinchlikga va gamho‘rlikga mu х t о j.

Ba‘zida iz о lyatsiyaga mu х t о j emas b е m о rni umumiy palatadan о lib chiqish k е rak bo‘ladi, sababi b о shqa b е m о rlarga salbiy ta‘sir qiladi (masalan, kuchli yo‘talish yoki hurrak о tishi). B е m о rni palatadan ko‘chirish qar о ri shifokor t о m о nidan qabul qilinadi va b е m о rga bu haqida shifokorning o‘zi xabar qilishi k е rak bo‘ladi. K о rid о rda yotadigan b е m о rga qulaylik yaratish uchun kr о vati о ldiga tumba quyiladi va shirma bilan ch е garalanadi. Хо nalar yorug‘ bo‘lishi k е rak. D е v о rlarni о q rangli bo‘yoq bilan bo‘yash l о zim, bu esa nam t о zalashni ta‘minlaydi. Isig‘ichlarni ham bo‘yash k е rak (ular d е v о rga o‘rnatilgani maqsadga muv о fiq). Хо nalar va k о rid о rlar uchun gigi е na jixatidan ya х shisi plastik yoki lin о l е um bilan q о plangan p о llardir. Yordamchi хо nalar p о l va d е v о rlari uchun eng ya х shi mat е rial kaf е ldir. Bo’limdagi barcha m е b е llar о qil о na bo‘lishi k е rak, birinchi navbatda , uning maqsadi jav о b b е rishi k е rak; qulay, о ddiy va yuvish uchun о s о n bo‘lishi k е rak. Kasal хо na m е b е llari va q о plamalari uchun eng ya х shi mat е rial zam о naviy sint е tik, е ngil silliq m е tall yoki laklangan yog‘ о ch his о blanadi. Gilamlar faqat dam о lish хо nasiga tushalishi mumkin va ular har kuni yuvish v о sitasi bilan t о zalanishi k е rak. Tuvak ichidagi bir n е chta o‘simlik k о rid о rlarga va dam о lish хо nasiga j о ylashtirilishi mumkin. Palatadagi kr о vatlar о ldiga b о rish har t о m о ndan qulay bo‘lishi k е rak, kr о vatlar о rasiga tumbalar quyiladi.

K е chqurun palatalar el е ktr lampalaridan yoritiladi. Umumiy yoritgichlardan tashqari har bir tumba ustida kichik chir о qlar quyilishi maqsadga muv о fiq. Shuni yodda tutish k е rak, k е chalari b е m о r s е zuvchanlik kuchayadi, tashvishlanish hissi kuchayadi va hatt о е ngil yoritish b е m о rni tashvishga s о lishi, u х lashini buzilishiga о lib k е lishi mumkin. K о rid о rdagi juda muhim el е m е nt signal tizimi bo‘lib, har bir palatadan hamshira p о stiga yoki k о rid о rga signal b е riladi – t о vushli (s е kin о v о zli zumm е r) yoki yorug‘lik (qizil chir о q) sifatida bo‘lishi mumkin va b е m о rning chaqirig‘iga tibbiy x о dim darh о l k е lishi k е rak

Palataning hav о muhiti. Har о rat, namlik, hav о harakati r е jimning muhim qismidir. Ya х shi sham о llatish – bu хо nani saqlab turishning ajralmas sharti. Zam о naviy standart namunalari as о sida qurilgan shif охо nalarda hav о ni k о nditsi о nirlash va m ех anik sham о llatish (v е ntilyatsiya) m о slamalari o‘rnatiladi. T о za hav о е tkazib b е rish yuq о ridan pastga qarab amalga о shirilishi k е rak, va е tkazib b е rish va chiqarish j о ylarini shunday j о ylashtirish k е rakki хо na ichida xav о о lmashmaydigan j о ylar q о lmasligi k е rak. Jarr о xlik shif охо nasi bin о lariga е tkazib b е riladigan hav о qayta ishlanilishi, t о zalanishi k е rak (filtrlarda m ех anik t о zalash, isitish yoki s о vutish, namlash yoki quritish) va d е zinf е ktsiyalanishi k е rak. Hav о ni bakt е ri о l о gik t о zalash uni antibakt е rial filtrlardan o‘tkazish о rqali amalga о shiriladi K о nditsi о n е r tizimi bo‘lmasa, palatalarning hav о v е ntilyatsiyasi muntazam ravishda katta framugalar о rqali sham о llatish bilan ta‘minlanadi B е m о rlarning salqin hav о ga nisbatan salbiy qarashlari as о ssizdir va bu to’g‘risida t е gishli tushuntirish va sanitar- о qartuv ishlarini о lib b о rish talab qilinadi. Xar bir хо nada t е rm о m е trlari bo’ladi, хо naning о ptimal har о rat r е jimi +21 +24 0C.

Kasal хо nadagi kr о vat b е m о r uchun eng muhim o‘rin bo‘lib, b е m о r unda atsariyat vaqtini o’tkazadi, о g‘ir va amaliyotdan k е yingi b е m о rlar hamma vaqtini. B е m о r kr о vati nafaqat u х lash yoki dam о lish o’rni balki yot о q tartibdagi b е m о rning о vqatlanish (o’tirib, yarim o’tirib), har х il mu о lajalar qabul qilish o’rnidir, shuning uchun b е m о r kr о vati qulayliklarga ega bulishi k е rak.

R е animatsiya va int е nsiv t е rapiya bo‘limlarida, ayrim zam о naviy shif охо nalarda b е m о r o’rni funktsi о nal kr о vat his о blanadi. Uning afzalliklari – k е ng о rt о p е dik matrats mavjudligi, kr о vatning b о sh va о yoq qismlarini ko’tarish imk о ni, transp о rtir о vka qilish imk о ni mavjudligi. Bundan tashqari funktsi о nal kr о vatlar b е m о rning tushib k е tishiga yo‘l b е rmaydigan ma х sus ch е kl о vlar bilan jix о zlangan. har bir kr о vatning, shu jumladan band bo‘lmagan, t о za ch о yshablari va kuyidagilari bo‘lishi k е rak:

Kr о vatning pastki qismiga plansh е t qo‘yiladi , bunda quyidagi ma‘lum о tlar ko‘rsatiladi:

• bеmоrning familiyasi , ismi, sharifi,

• parx е z st о lining raqami (parx е z),

• ch о yshablar almashtirilgan sana

• хо dimlarning e‘tib о rini jalb qiluvchi ma х sus b е lgilar.

Ko‘pgina shif охо nalarda plansh е tlarda har о rat varaqalari bo’ladi. Har bir b е m о r kr о vat о ldiga tufd о n quyiladi va yot о q tartibdagi b е m о rlar kr о vati о stida past o‘tirg‘ichda usti q о pq о q bilan yopilgan sudn о turadi.

Kr о vat о ldi tumbasi. Tumbaga quyiladi:

• ichimlik suvi uchun idishlar.

• Lоsоn va bоshqalar

Оg‘ir va amaliеtdan kеyingi bеmоrlarda bo‘lishi mumkin:

• suv ichishga mоslama,

• оg‘iz chayish uchun eritma sоlingan stakan.

Shuningdеk tеz buzilmaydigan оziq-оvqat va shaхsiy buyumlari (qоg‘оz, qalam, sоatlari, kitоblar) turishi mumkun. Ko‘pincha bеmоr palatadagi qo‘shnilaridan uyaladi va bu tufayli fiziоlоgik hоjatini o‘z vaqtida amalga оshira оlmaydi, yoriq хоnada dam оlishga qiynaladi. Bunday hоllarda pardalar, ekranlar yordamida krоvatlar ajratiladi. Ushbu оddiy chоra-tadbirlar ko‘pincha o‘z-o‘ziga хizmat qilish qulayliklarga ham ega. Jarrоxlik va rеanimatsiya bo‘limlarida har bir krоvatga bir markazlashtirilgan kislоrоd еtqazib bеrish qurilmasi mavjud.

Sanitar burchagi.Palataning muhim elеmеnti sanitar burchagining to‘g‘ri jixоzlanishi. Bunga quyidagilar kiradi:

• yuvish vоsitasi (bidе);

• huqna uchun kushеtka (agar bu хоna ajratilmagan bo‘lsa, shirma bilan to‘sish kеrak);

• huqna anjоmlari, shuningdеk taxlil uchun matеrial to‘plangan idishlarni saqlash jоylari.

Хоdimlar uchun rеzina qo‘lqоplar va fartuklar bo‘lishi kеrak.

Tualеtga va hammоmlarga zaif bеmоrlar uchun tutqich quyilishi kеrak. Tualеtning eshigi tashqi tоmоnga оchilishi kеrak, shunda kеrak bo‘lganda darxоl yordamga kеlish uchun.

Bоg‘lam xоnasi – jarоxatlarning tiklanishi va qayta ko‘rib chiqilishi uchun maхsus jihоzlangan хоna, shuningdеk turli muоlajalar ham bajariladi.

Bоg‘lоv xоnasida kichik jarrоhlik оpеratsiyalarni bajarish mumkin:

• kichik yaralarga birlamchi jarrоhlik ishlоv bеrish

• plеvral va qоrin bo‘shlig‘i punktsiyasi.

Bоg‘lоvхоna yiringli jarоhatlarni davоlash uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, unda kichik yuzaki jоylashgan yiringlarni оchish mumkin. Bоg‘lоvхоna jihоzlanishi bo’limning iхtisоsligiga bоg‘liq, ammо asоsiy umumjarrоhlik qоidalariga riоya qilish kеrak:

• Tоza namlash uchun pоl va dеvоrlar kеramik plitalar bilan qоplanashi kеrak;

• еtarli tabiiy va sun‘iy yorug‘lik;

• ish uchun zarur bo‘lgan eng kam mеbеl;

Bоg‘lоvхоna ishi asоsiy printsipi asеptika qоidalariga qat‘iy riоya qilishdir. Yara bilan alоqada bo‘ladigan har bir narsa stеril bo‘lishi kеrak. Yiringli yaralari bo‘lgan bеmоrlar uchun alоhida xоna bo‘lmasa birinchi navbatda “tоza” bеmоrlar, infеktsiyalanmagan yaralar, jarоhatlar, qayta bоg‘lanadi, kеyin yirin’gli jarоxatlar va ichak оqmalari bilan bеmоrlar qayta bоg‘lanadi.

Bоg‘lоv хоnasida ishlash. Bоg‘lоv хоnasida hamshining kundalik ishi хоnani tayyorlash, shaхsiy tayyorgarlik, muоlajalar bajarish, хоnani tоzalashdan ibоrat. Bоg‘lоv xоnasida ish muоlajalardan 1-1,5 sоat оldin оldin bоshlanadi. Birinchidan, stеrilizatsiyalangan asbоblar, chоyshablar va bоg‘lоv matеriallari оlib kеlish bilan bоshlanadi. Instrumеntal stоlga хirurgik asbоblar taхlashdan оldin, pоlni yuvish va barcha gоrizоntal yuzalarni antisеptik eritma bilan artish kеrak. Bоg‘lоv xоnasida ishlayotgan hamshiraning kiyim shakli – jarrоxlik kоstyumlari, qalpоqcha, niqоb, tоza (stеril bo‘lmagan) jarrоxlik kiyimi. Nam tоzalashni tugatgandan so‘ng, bоg‘lоv hamshirasi qo‘llarini tоzalash usullardan biridan fоydalaniladi, stеril kiyingan libоs kiyib, asbоblar stоlining ishiga tayyorgarlik ko‘rishlari kеrak. Buning uchun stоl stеrillangan bir nеcha qatlam chоyshab bilan yopiladi. Kеyin biksdan asbоblar va bоg‘lоv matеriallarining bir qismi (sharik va salfеtkalar) taхlanadi.

Ish kunining охirida:

• kiyimlarni dеzinfеktsiyalash vоsitalari bilan namlash,

• asbоblarni yuvish va ularni stеrilizatsiya qilish uchun bitslarga jоylash,

• chоyshab va asbоblarni bitslarga jоylash va ularni stеrillash хоnasiga оlib bоrish. Kеchki va tungi vaqtlarda bоglоv хоnasida ultrabinafsha nurli radiatоr yoqiladi.

Хirurgiya bo‘limining tartibi (jadvali) va uni qattiq riоya qilish jarrоxlik klinikasini tashkil etishning eng muxim elеmеntlaridan biridir. Rеjim tibbiy va diagnоstika tadbirlarini o‘tkazishni tartibga sоladi va kasalхоnaning ishini asоsiy uyg‘un tashkil etadi. Bundan tashqari, bu rеjim bеmоrlarni va хоdimlarni tartibga sоluvchi оmil. Yangi qabul qilingan barcha bеmоrlar (tibbiyot хоdimlaridan tashqari) kun tartibi bilan tanishish kеrak. Yo‘lakda оvqat хоnasi, xar bir хоnada, ushbu bo‘limda qabul qilingan kunlik jadval оsilgan buladi.

  • Streptococcus aureus et pyogenous,
  • Klebsielaa pneumoniae,
  • Enterobacter specles,
  • E. Coli,  Proteus species,
  • Candida albicans, viruslar.

Operatsiya bloki va uning jihozlanishi. Operatsiya bloki — xirurgik bo‘limning ,,yuragi“ hisoblanib, quyidagi guruhlami o‘z ichiga oladi:

Operatsiya o‘tkaziladigan xonalar (operatsiya zali, narkoz ap- paratlari va boshqa asbob-uskunalar turadigan xona, operatsiyadan oldingi va bemor narkozdan uyg‘ongandan keyingi xonalar.

Ho‘jalik xonalari (kiyim-kechak, asboblarni saqlash, qon va qon o’rnini bosuvchi suyuq preparatlar saqlanadigan xona

Tibbiyot xodimlari xonasi (operatsiya va bog‘lov materiallarini tayyorlash, avtoklav, markaziy sterillash xonalari

Operatsiya bloki maxsus ajratilgan joyda bo‘lib, xirurgik hamda intensiv terapiya bo‘limlari bilan koridor orqali tutashgan va xirurgiya bo‘limi hamda oziq-ovqat shoxobchasidan uzoqda bolishi lozim. Uning derazalari shimol va shimoli-g‘arb tomonga qaratilgan bolishi kerak.

Zamonaviy operatsiya xonalarining devorlariga oq yoki pushti rangli maxsus kafel plitalar yopishtiriladi. Hozirgi paytda tuman xirurgiya boiimlarida, odatda, ikkita bir-biridan ajratilgan toza va yiringli kasalliklarni operatsiya qiladigan zallar mavjud. Operatsiya zali bevosita operatsiya o‘tkaziladigan joy bo‘lib, taxminan 100 o‘rinli xirurgiya boiimi uchun 40 m 2 li, keng, yorug 1 xona ajratilishi lozim.

Isitish. Xonalarni radiatorlar bilan bug’da isitgan yaxshi. Radiatorlarda chang to‘planib qolishiga yoi qo’ymaslik uchun ularning ustini o‘rash lozim. Operatsiya xonasining harorati bir me’yorda — 22—24°C atrofida bolishi shart.

Yoritish sistemasi. Operatsiya xonalariga shimoli-g‘arbga yo’nal- gan, och rangli bo‘yoq bilan bo‘yalgan keng deraza qurish tavsiya qilinadi. Ba’zi mintaqalarda operatsiya xonalari derazasiz bo’lib, ularda operatsiyalar sun’iy yorug‘likda o‘tkaziladi. Ammo sun’iy yorug‘lik xirurgni tez charchatib, unga salbiy ta’sir qiladi. Operatsiya xonasida umumiy va mahalliy sun’iy yorug‘likdan foydalaniladi. Umumiy yoritish uchun 400 lk li panelli luminessent lampalar yoki 200 lk li lampalar qo‘llaniladi. Mahalliy yoritish umumiy yoritishdan 100 marta ortiq bo‘lishi kerak. Hozirgi kunda shipga o‘rnatiladigan, statsionar, 4— 7—9 va 12 reflektorli, soyasiz yoritish sistemalari mavjud.

Shamollatish. Operatsiya xonasi yaxshi shamollatilishi kerak. Buning uchun ko‘proq havo oqib keladigan havo almashtirgich moslamalar qo’llagan yaxshi. Sovitadigan, isitadigan, havoni namlab beradigan emas, balki sterilizatsiya ham qiladigan maxsus konditsionerlar ma’qul hisoblanadi.

Operatsiya brigadasiga bakteriya va suyuqlik kirmaydigan qalin impregnatsiya qilingan paxtali ashyo (legilen)dan tayyorlangan bakteritsid kiyim beriladi. Operatsiya kiyimi faqat shu yerda kiyiladi, shuning uchun operatsiya kiyimining rangi boshqa kiyimlardan farq qilishi (masalan, yashil rangda bo‘lishi) kerak. Tibbiy qalpoq sochni bekitib turishi kerak. Burun, og‘iz, iyakni bekitib turadigan niqob filtr vazifasini bajaradi. Burun chekkalarini o‘rab turishi uchun niqobning maxsus metallik moslamasi bo‘ladi. Niqob to‘rt qavatli dokadan tayyorlanadi. Burun va og‘izni bekitib turadigan niqobdan tashqari, xodimlar hayot faoliyati chiqindilarini chiqarib tashlaydigan maxsus moslamalar ixtiro qilingan. Ayrim o‘ta toza operatsiyalarda (yurakni ko‘chirib o’tkazish, yurakka klapanlar qo‘yish) operatsiya qiladigan xirurglar va hamshiralar maxsus kiyim va shlemlar kiyishadi, ulaming peshanalariga doimo yengil shabada kelib turadi. Nafas bilan chiqarilayotgan havo va ter xodimlar yuzi va bo‘ynidan vakuum nasoslar yordamida tortib olinib, xonadan tashqariga uzatiladi. Shlemga operatsiya qiluvchilar bilan gaplashish, aloqa qilish uchun moslama o‘rnatilgan. Bu sistema ishonchli aseptikani vujudga keltiradi.
Xirurgiya bo’limida hamshira yuritadigan tibbiy hujjatlar:

Tez yordam mashinasida keltirilgan bemorning rasmiy hujjatlari bilan yoki shahar poliklinikalari yoMlanmalari bilan kelgan bemor­larning rasmiy hujjatlari bilan davolash tashkilotlari qabulxonasida dastlab hamshira tanishadi.

Qabul bo’limida kasallarni ro‘yxatga olish hujjatlari quyidagicha: kasalxonaga yotqizishni rasmiylashtirish jurnali; maslahatlarni rasmiylashtirish jumali; har xil sabablarga ko’ra kasalxonaga yotqizishdan bosh tortgan yoki yotishi man qilingan bemorlarni rasmiylashtirish jurnali.

Tibbiy hamshira xirurgik bo ‘lim ish faoliyati uchun rasmiy hujjatlar tuzishda qatnashadi: bularga kasallik tarixining tituli va dorilarni qayd qilish varaqlarini toMdirish, bemorlarning vazni va bo‘yini oMchash, kasallik tarixiga barcha tahlillarni yopishtirish; bir yoshgacha boMgan bolalarda necha marta ich kelishi, uning xususiyatini, miqdorini nazorat qilish varag‘ini to‘ldirishlar kiradi.

Xirurgik bo ‘limning katta hamshirasi tomonidan: kasallarning o‘limini qayd qilish; dorilar va ularning sarflanishini ro‘yxatga olish; kuchli ta’sir etuvchi va narkotik dorilarni ro‘yxatga olish jurnallari yuritiladi.

Operatsiya va bog‘lamlarni ro‘yxatga olish uchun: operatsiyalarni qayd qilish; bog‘lamlarni ro‘yxatga olish; qon, plazma va qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklarni ro‘yxatga olish va ular to‘g‘risidagi hujjatlar iurnallari yuritiladi.

Statsionarda yuritiladigan hujjatlarga: xodimlarning kelib-ketishini nazorat qilish; bemorlarni ro’yxatga olish; dori-darmonlar hisoboti jur­nali; shikoyat va takliflar; 5 daqiqalik yig‘ilishlar; bo‘limning tekshiruv; ma’ruzalar, xodimlar saviyasini oshirish uchun suhbatlar o‘tkazilishi haqidagi; mehnat xavfsizligi va yong‘inga qarshi xavfsizlik bo‘yicha yuritiladigan jurnallar kiradi.

Postda yuritiladigan hujjatlarga: bemorlarni ro‘yxatga olish; tahlillar; parhez; bemorlarning harakati hisoboti; HBS antigeni- ga olingan qonlarni qayd qilish jurnallari kiradi.

Muolaja xonasida yuritiladigan hujjatlarga: muolajalarni qayd qilish; kvarslash; boMimdagi xonalar va koridorlarga uzil-kesil ishlov berishni qayd qilish; qon quyishni qayd etish; dori-darmonlar; paxta, spirt, shpris va bir martalik sistemalarni qayd qilish jurnallari kiradi.

Bog‘!ash xonasida yuritiladigan hujjatlarga : bog’lamlami qayd qilish; bog‘lov uchun ishlatilgan materiallarni (bint, dori-darmonlar, spirt va b.) qayd qilish; kvarslash; bog‘lash xonasiga to’la-to‘kis ishlov berishni qayd qilish; asboblami qayd qilish va sterillash jurnallari kiradi.

Jarrohlik bloki va bog’lash xonalarida shifoxona ichi infeksiyalari profilaktikasi

Jarrohlik bloki jarrohlik bo’limining boshqa xonalaridan tambur bilan ajratib qo’yiladi. Jarrohlik bloki eshigi doim yopilgan holda turadi.

Jarrohlik bloki amaldagi normativ hujjatga muvofiq statsionar bakteritsid nurlantiruvchi lampa va ventilyatsiya tizimi bilan jihozlanadi.

“Toza” va “yiringli” jarrohlik uchun jarrohlik amaliyoti xonalari qat’iy ajratib qo’yiladi. Ushbu talabni bajarish uchun sharoitlar bo’lmagan taqdirda yiringli jarayonlar bo’yicha jarrohlik maxsus ajratilgan kunlarda olib boriladi, so’ng jarrohlik bloki va barcha asbob-anjomlar yaxshilab dezinfeksiya qilinadi.

-Jarrohlar, jarrohlik hamshiralari va jarrohlikda qatnashuvchi barcha shaxslar jarrohlik amallaridan oldidan gigienik dush qabul qiladilar, toza jarrohlik ichki kiyim (pijama, tapochka, qalpoqcha, xalat) kiyadilar. Jarrohlik blokiga kirish oldidan xalatni yechadilar va baxila kiyadilar hamda niqob taqadilar, jarrohlik oldi xonasiga o’tadilar, bu yerda qo’llarga ishlov beradilar hamda steril xalat, qo’lqoplar va niqob kiyadilar.

-Jarrohlik blokida ishlatiladigan jarrohlik xalatlari havo o’tkazadigan va namlik o’tishiga chidamli bo’lishi kerak.

-Jarrohlik paytida qo’lqoplar butligi buzilgan taqdirda ularni darhol almashtirish, qo’llarga teri antiseptigi bilan ishlov berish zarur.

-Jarrohlik paytida “favqulodda holat” (jarrohlik brigadasi a’zolarining qo’llari teri qoplami butligi buzilishi) yuzaga kelgan taqdirda, zudlik bilan OIV-infeksiyasi shoshilinch profilaktikasi bo’yicha tadbirlar o’tkazilishi kerak.

-Qo’lqoplar butunligi buzilish xavfi yuqori bo’lgan jarrohlik amaliyotini o’tkazish uchun 2 juft qo’lqoplar yoki chidamli qo’lqoplar taqish kerak.

-Boshqa bo’limlardan xodimlarning jarrohlik bloki “qizil chizig’i”dan o’tib kirishi ta’qiqlanadi. Zarur holatlarda boshqa bo’limlar xodimlari jarrohlik blokiga sanitariya tozalash barcha talablariga rioya etgan holda sanitariya o’tish joyi orqali kirishi kerak.

-Jarrohlik xonasiga, ayniqsa jarrohlik boshlanganidan so’ng kirishi ruxsat etilgan xodimlar soni eng kam darajaga yetkazilishi kerak. Tibbiyot xodimlarining jarrohlik blokida ko’cha poyabzalida bo’lishlari qat’iyan ta’qiqlanadi.

-Jarrohlik xonasiga bemorlarni kiritish-chiqarish uchun mo’ljallangan aravachani boshqa maqsadlarda ishlatish ta’qiqlanadi. Jarrohlik xonasida aravacha uchun bemorlarni tashishda foydalanishga qulay bo’lgan joy tanlanadi. Har bir bemordan keyin aravachaga dezinfeksiyalovchi eritmada ivitilgan latta bilan ishlov beriladi.

-Jarrohlik blokiga kiritiladigan va chiqariladigan barcha asbob-uskunalar, qurilmalar va boshqa buyumlarga (O2, SO2 balonlari, kardiograflar) jarrohlik blokiga kirish oldidan dezinfeksiyalovchi eritmada ivitilgan latta bilan ishlov beriladi.

-Jarrohlik amaliyoti blokida jarrohlik aralashuv vaqtida ishlatilmaydigan buyumlarning saqlanishi ta’qiqlanadi.

-Bitta jarrohlik amaliyoti xonasida bir paytning o’zida ikkita va undan ortiq jarrohlikning o’tkazilishi ta’qiqlanadi.

-Ish stoli asbob-anjomlari har bir jarrohlik amaliyotidan so’ng keyingi jarrohlik uchun yangidan to’shaladi.

-Har bir jarrohlik amaliyoti uchun alohida alohida quti (ukladka), shu jumladan, asbob-anjomlarning standart to’plami va alohida o’rab joylangan asbob-uskunalar steril stollarning muqobili hisoblanadi.

-Katta jarrohlik stolini amalda faqat shoshilinch jarrohlik statsionarlarlarida (bo’limlarida) ruxsat etiladi.

-Bir marta ishlatiladigan asbob-anjomlarni ko’p marta ishlatish qat’iyan ta’qiqlanadi.

– SHifoxona ichi infeksiyalari profilaktikasi uchun antibiotiklarni jarrohlikga qadar (hech bo’lmaganda jarrohlik vaqtida) yuborish kerak; SHII profilaktikasi uchun tavsiya etiladigan preparatlarning aksariyati uchun yarim chiqarish davrini hisobga olgan holda – jarrohlik amaliyotiga qadar 2 soatdan erta bo’lmagan holda, ya’ni jarrohlik amallar boshlanishidan 15-20 daqiqa oldin yuborish kerak.

– Antibiotikni anesteziya boshlanishi bilan bir paytda yuborish maqsadga muvofiqdir.

-Samarali profilaktika uchun aksariyat hollarda antibiotikning bitta dozasi yetarlidir. Qo’shimcha dozalar qo’p (jarrohlik amallari vaqtida 1000 mldan ortiq) qon yo’qotishda, hamda uzoq (3 soatdan ortiq) muddatli jarrohlikda yarim chiqarish muddati qisqa antibiotiklar qo’llanilgan holatlarda o’zini oqlaydi.

-Jarrohlik ixtisosidagi davolash-profilaktika muassasalarida steril shaklda chiqariladigan tikuv materiali ishlatilishi afzalroqdir. MSBda sterillangan tikuv materiali ishlatilishiga ruxsat beriladi.

-Tibbiy asbob-anjomlarni (tikish materiali, tikish ignalari, peridural va epiduralaneste­ziya uchun to’plamlar va sh.k.lar) spirtda saqlash qat’iyan ta’qiqlanadi. Ishda zavodda tayyorlangan steril o’ramlardagi yoki MSBda sterillangan tikish materialini ishlatish zarur.

-Jarrohlik blokini mukammal (general)tozalov ishlari jarrohlik tugallanganidan so’ng 3-ilovaga muvofiq haftasiga kamida bir marta olib boriladi. Jarrohlik amaliyoti oralig’ida dezinfektantlar qo’llanilgan holda tozalov ishlari olib boriladi, jarrohlik amaliyoti oralig’idagi vaqt tozalov ishlarini olib borish uchun, jarrohlik xonasi hamda xodimlarni tayyorlanishi uchun yetarli bo’lishi kerak.

-Jarrohlik amaliyoti davomida ishlatilgan asbob-anjomlar maxsus ajratilgan idishda to’planadi.(sanpin 0342-17)

XIX asrning 40 – yillarida N. I. Pirogov jarohatni davolashda karbol kislota, lyapis, spirt, yod nastoykasi ishlatgan va jarohat infeksiyasiga qarshi kurashish ko’p marta takidlagan. D. Lister operasiyadan keyingi infeksiyani sababchisi tashqi muhitdan tushayotgan mikroblar bo’lib, ular qo’l, skalpel yoki ifloslangan bog’lam orqali tushadi degan xulosaga kelgan. Strelizasiya usullarini ishlab chiqishda bakteriologiyaning ahamiyati katta bo’ldi. Aseptika va antiseptika vrachlarda katla qiziqish uyg’otdi. Xirurgiya sohasida bu usullarni nemis xirurglari Trendelenburg. Bergman, Shimmelbush, Esmarx va Neyberg rivojlantirdilar.
Paster va Koxning izlanishlari aseptikani yaratdi. Ya’ni amaliyotda ximiyaviy antiseptika fizikaviy aseptika bilan almashtirildi. Bu qaynatish yuqori harorat va bug’ bilan amalga oshirildi.
Antiseptika deganda esa jarohat sohasida va organizmdagi mikroblarni yo’qotish yoki miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar tushuniladi.
Antiseptika turlari Antiseptikaning fizik, mexanik, ximiyaviy, biologik turlari farqlanadi.
Fizik antiseptika. Jarohatlarni kechish bosqichlariga qarab ochiq davolash, ya’ni qurutuvchi steril tamponlar, qizdiruvchi lampalar, fen apparatlari ishlatish, jarohat suyuqligini tez shimib oluvchi bog’ichlar, tamponlar, drenajlar va oq gigroskopik doka fizik antiseptikaning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Mexanik antiseptika. Hamma yaralar bakteriya bilan zararlangan hisoblanadi, shuning uchun ham asosiy vazifa ularni birlamchi xirurgik yo’l bilan tezroq tozalashdan iborat. Bu esa mexanik usullar yordamida amalga oshiriladi: yarani antiseptik eritmalar bilan yuvish, yot jismlarni kesib tashlash, yaralar atrofini tekislash va kerak bo’lganda ularni tikish bilan erishiladi.
Kimyoviy antiseptika. Bu usulda bakteriosid va bakteriostatik xususiyatga ega bo’lgan turli kimyoviy antiseptik moddalarni ishlatish ko’zda tutilgan. Antiseptiklar bilan mikroblarni yo’qotish yoki uni jarohatda rivojlanishini to’xtatishdan iborat.
Asosiy antiseptik vositalarga antiseptik moddalar kirib, ular turli kimyoviy guruhlarga mansubdir.
Xloramin eritmasi qo’lni tozalashda, yiringli yaralarni davolashda metallmas asboblar, bemorlar uchun ishlatiladigan asboblar va xonani tozalashda qo’llaniladi.
Kaliy permanganat. Suvda yaxshi eruvchi qoramtir kristalldir. Pushti rangli eritmalari og’iz bo’shlig’i, qovuq va boshqa organizm chayish uchun ishlatiladi. Kuchliroq qoramtir binafsha rangli eritmasi bakteriosid xususiyatga ega bo’lib, to’qimalarni kuydiradi. Shuning uchun kuyishda qora qo’tirlarni davolashda, badbo’y hidlarni yo’qotishda, shuningdek chirayotgan, yiringli jarayonlarni yuvishda qo’llaniladi.

Vodorod peroksid. 3-5%li eritmasi ishlatiladi. Rangsiz suyuqlik vodorod peroksid to’qima fermenti katalaza bilan qo’shilib, kislorod ajraladi, bu ko’p miqdorda ko’pik ajralishiga olib keladi. Ko’pik harakati tufayli jarohatdan yot jismlar, qon quyqasi, yiring chiqib ketadi.
Formaldegid. U gazsimion o’tkir xidli, suvda yaxshi eriydigan modda. Formaldegidning 40%li suvdagi eritmasi formalin deb yuritiladi. Asboblarni, drenajlarni, qo’lqoplarni sterillashda keng qo’llaniladi.
Spirt ya’ni etil spirti xirurgiyada keng qo’llaniladi. Spirtni qo’lni zararsizlantirish, operasiya joyini tozalashda, kesuvchi asboblarni, optik asboblarni dezinfeksiya qilishda va ipakni sterillashda ishlatiladi.
Biologik antiseptika. Maxsus zardoblar, vaksina va antibiotiklar ta’sirida bemorning himoya kuchlarini oshiradigan, jarohatlarda infeksiyaning rivojlanishini to’xtatuvchi antiseptik xususiyutlari bo’lgan davolash vositalari (maxsus zardoblar va vaksinalar, anatoksinlar, immunglobulinlar, qon va plazma quyish va boshqalar shuningdek, ma’lum bir organizm, (viruslar, zamburug’lar va boshqalar) faoliyatida paydo bo’lgan moddalar orqali boshqalarga ta’sir qiluvchi antibiotiklar, bakteriofaglar va proteolitik fermentlardan iborat.
Sulfanilamid preparatlari. Bularga streptosid, norsulfazol, etazol, urosulfan,
sulgin ftalazol, sulfadimetoksin, sulfalen kabi dori moddalari kiradi. Organizmga mahalliy va umumiy ta’sir ko’rsatadi.
Aseptika-Bu fizik omillar, kimyoviy preparatlar, biologik usullari qo’llash bo’yicha o’tkaziladigan tashkiliy ishlar tufayli, operasiya yarasiga mikroblar tushishini oldini olish demakdir.
Aseptikaning asosiy qonuni quyidagicha sharxlanadi: yaraga tegadigan har bir narsa bakteriyalardan holi bo’lishi, ya’ni sterillangan bo’lishi kerak.

Yaraga mikroblar ikki xil yo’l bilan tushadi: ekzogen va endogen.
Mikroblar va ularning sporalarini xirurgik operasion oqliklar, asboblar, chok solish va yara bog’lash materiallarini, xirurgning qo’lqopi, xalati, qo’llaridan yo’qotishga sterilizasiya deyiladi.

Sterilizasiyani turli usullarda: bug’ bilan bosim ostida avtoklavlash, quruq issiqlik,qizdirish,qaynatish,kuydirish yo’li bilan, antiseptik eritmalarda va antibiotiklarning eritmalarida saqlash bilan amalga oshiriladi.
Radioaktiv nurlanish nurlar (gamma – nurlar), ultrabinafsha nurlar (simob-kvars lampalar), gazlar bilan sterilizasiya qilish birmuncha keng qo’llaniladi.
Ma’lumki, qaynoq suv bug’i issiqlik o’tkazish qobiliyatiga ega. U qaynoq havoga nisbatan yuqori issiqlik darajasiga ega bo’lgani uchun sterilizasiya qilinayotgan jismga issiqlikni tez o’tkazadi. Oquvchi bug’ bilan sterillash avtoklavda bajariladi.
Quruq issiqlik bilan sterlizasiya qilinadigan sohalarni qizdirishga asoslangan va unda sterilizasiya qilinayotgen jismlardagi harorat 170 C-200 C ga yetishi kerak. Avtoklavlar qarovsiz qoldirilmaydi. 180 C temperaturada sterilizasiya qilish vaqti 15 minutga teng.
Nur bilan sterilizasiya qilish, bu usul katta energetik kuchga ega bo’lib, sterilizasiyaning kuchi materiallarning har – xil chuqurligigacha yetib boradi.
Ultra tovush bilan sterilizasiya qilish. Bu usulda sterilizatorlar kuchsiz antiseptik vosita

bilan to’ldiriladi va ultra tovush to’lqinlari ta’sirida xirurgik asboblar. kichik plastmassa asboblar yoki jarroh barmoqlarini dezinfeksiya qilinadi.
Kimyoviy (sovuq) sterilizasiya deb, etilen oksidi hamda kuchli antiseptiklarni qo’llashga aytiladi. Sovuq sterilizasiyadan oqsillar koagulyasiyasi 45 C dan 60 C gacha harorat atrofida bajariladi. Bu usul bilan avtoklavda yoki havo sterilizatorida kateterlar, xirurgik qo’lqoplar, tomir protezlar, endoskoplar, respirator va sun’iy qon aylanish apparatlari sterilizasiya qilinadi.

Jarrohlik asboblari jarrohlik yo’nalishi bo’yicha turli xil bo’lishi mumkin. Umuman olganda asboblarni funktsiyalari bo’yicha besh sinfga bo’lish mumkin:

  • Skalpel, qaychi va arra eng an’anaviy hisoblanadi
  • Liftlar ham kesish, ham ko’tarish / tortib olish mumkin
  • Disektsiya atamasi diatermiya / kauteriya kabi keng energiya qurilmalari bo’lishiga qaramay, ko’pincha zamonaviy alternativalar sifatida ishlatiladi.
  • Klassik ravishda asosan forseps va qisqichlar mavjud edi
  • Taxminan forsepslarni travmatik (to’qimalarni maydalash) va atravmatik (to’qimalarni saqlash, masalan, Debaki kabi) ajratish mumkin.
  • Bunga qon ketishini to’xtatish uchun ishlatiladigan asboblar kiradi
  • Arteriya forsepslari – bu qon tomirlari tomirni to’g’ridan-to’g’ri qisib qo’yish bilan to’xtatiladigan klassik misol
  • Tikmalar tez-tez ishlatiladi, ularga igna ushlagich yordam beradi
  • Jarrohlik ko’pincha ta’sir qilish bilan bog’liq deb hisoblanadi
  • Jarrohlik paytida tanadagi bo’shliqlarni ochishda yordam beradigan ko’plab retraktorlar mavjud
  • Ularni qo’lda ushlab turish (ko’pincha kichik yordamchi tomonidan) yoki o’zini ushlab turish mumkin
  • Liftlar ham kesish, ham ko’tarish / tortib olish mumkin
  • Bunga to’qimalarni birlashtirishga yordam beradigan vositalar kiradi (masalan, igna ushlagichlari yoki shtapel aplikatorlari)
  • Va materiallarning o’zi

Nazorat uchun savollar:
1.Xirurgiya fani haqida aytip bering.

2.Xirurgiyaning rivojlanish tarixida necha bosqich ajratiladi va ularni sanang?

3.Xirurgik muassasalarining tuzilishini ayting?

4.Xirurgik asboblarni nomlari, guruhlari, vazifasi va qo‘llanilishi qanday?

5.Oilaviy poliklinika, shikastlanish punkti, qishloq vrachlik punktlarida aholiga xirurgik yordam ko‘rsatilishida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining amaldagi buyruqlari asosida ish yuritishda nimalarga e’tibor qaratish kerak?.

6.Xirurgik infeksiyaning organizmga tushish va tarqalish yo‘llari va kasalxona ichi infeksiyasini oldini olish chora tadbirlari haqida qanday chora-tadbirlar yolga qoyiladi?

8. Aseptika. Sterilizasiya. Antiseptika. Asosiy antiseptik vositalar, ularni ta’siri va xirurgiyada qo‘llanilishi haqida nima bilasiz?.

9.Xirurgik stasionar, xirurgik bo‘lim, operasion blok tuzilishini ayting?

10. Xiturgiya bo’limida yuritiladigan tibbiy hujjatlarni sanang?

Tema: Operaciyadan oldingi va operaciyadan keyingi davr

1.Xirurgik operasiya haqida tushuncha.

3.Operasiyadan oldin hamshira jarayoni.

4.Bemorni jismonan va ruhan operasiyaga tayyorlash.

5.Bemorni shoshilinch va rejali operasiyaga tayyorlash.

6.Bemor terisini, organ va sistemalarini operasiyaga tayyorlash.

7.Operasiyadan keyingi davr haqida tushuncha.

8.Operasiyadan keyingi erta va kechki asoratlar va ularni oldini olish.

Орипов Ў.О. Умумий хирургия

X iru rg iy a k lin ik tib b iy o tn in g y e ta k c h i s o h a la rid a n b iri b o ‘lib , b u n d a k asallik aso san ja rro h lik usuli b ilan d a v o lan a d i. S h u b ila n b irg a x iru rg iy ad a d ia g n o s tik a h a m d a te ra p iy a , p e d ia triy a , sh u n in g d e k , tib b iy o tn in g b o sh q a so h a la rid a q o ‘lla n ila d ig a n d a v o la sh n in g b a rc h a m a ’lu m u slu b la rid a n k en g fo y d a la n ila d i. Q o ‘lingizdagi m a z k u r k ito b « U m um iy x iru rg iy a» d arslig in in g to ‘ldirilgan va q a y ta ish lan g an ik k in ch i n ash ri b o ‘lib, u n d a x iru rg ik k a sa llik la m in g kelib chiqishi, uni d av o lash u su llari xususida b atafsil m a ’lu m o t beriladi.

Specifications

Search

Buxoro davlat universiteti Axborot texnologiyalar markazi © 2019

Powered by ATM

  • Bosh sahifa
    • Yangiliklar
    • Markaz rahbari
    • ARM haqida
    • Foto lavhalar
    • Sayt xaritasi
    • Blog Featured
    • About
    • Features
    • Services
    • O`zbek tilidagi adabiyotlar
    • Rus tilidagi adabiyotlar
    • Xorijiy tildagi adabiyotlar
    • Elektron talim vositalari
    • Fan dasturi
    • Malaka talablar

    Умумий психология, Психология мутахассислиги учун дарслик, 1 китоб, Ғозиев Э., 2002

    Умумий психология, Психология мутахассислиги учун дарслик, 1 китоб, Ғозиев Э., 2002.

    Учебник на узбекском языке.

    Мазкур дарслик умумий психология фанига багишланган бўлиб, психологияга кириш, шахс ва унинг индивидуал-типологик хусусиятлари тўгрисидаги материалларни ўзида мужассамлаштирган. Дарсликнинг ўтмишдошларидан фарки шундаки, унда барча психологик категориялар, муаммолар янгича методологик ёндашув негизига суянган холда талкин килинади. Унинг биринчи кисмида психологиянинг предмет, тадкикот методлари, принциплари, психиканинг эволюцион тараккиёти, фаолият ва онгнинг психологик тахлили умумлаштирилган.
    Дарсликнинг иккинчи кисмида шахс тугрисида тушунча, унинг тузилмаси, назариялари, асосий методлари, шахс эхтиёжлари, мотивацияси, кизикиши, эмоцияси (ҳиссиёти), характери, иродаси, коби-лияти, темпераменти, билиш жараёнлари ҳамда уларнинг жаҳон психологияси фанида ўрганилиши масалалари уз ифодасини топган.
    Дарслик психолог мутахассисларни назарий ва амалий маълумотлар билан куроллантириш имкониятига эга.
    Дарслик психолог мутахассисларга, аспирантларга ва олий мактаб ўкитувчиларига мулжалланган.

    Психология фанининг вужудга келиши.
    Психология фанининг вужудга келиши, шаклланиши, ривожланиши тугрисида батафсил маълумот бериш ушбу курс учун шарт эмас, чунки унинг психология тарихи сохаси мавжуддир. Шунга карамаедан, психология фанининг пайдо бўлиши хакидаги айрим илмий материаллар, маьлумотлар юзасидан кискача мулоқаза юритиш мақсадга мувофик.

    Инсониятнинг ижтимоий-тарихий тараккиёти давомида кадимги одамлар табиий хамда ижтимоий эҳтиёжларидан келиб чиккан холда ибтидоий жамоа аъзоларининг психологик хусусиятларини аниклаш, улардан шахслараро муносабатларда окилона фойдаланиш, ўзининг хатти-харакати, шахсий фаолияти ва муомалага киришишида уларни ҳисобга олишга интилиб яшаб келганлар.

    МУНДАРИЖА.
    МУҚАДДИМА.
    БИРИНЧИ ҚИСМ. ПСИХОЛОГИЯГА КИРИШ.
    I БОБ. ПСИХОЛОГИЯ ФАНИНИНГ ПРЕДМЕТИ.
    II БОБ. ПСИХОЛОГИЯ ФАНИНИНГ СОҲАЛАРИ ВА УНИНГ ТАДҚИҚОТ МЕТОДЛАРИ.
    III БОБ. ОНГНИНГ ПСИХОЛОГИК ТАВСИФИ.
    IV БОБ. ФАОЛИЯТНИНГ ПСИХОЛОГИК ТАЛҚИНИ.
    ИККИНЧИ БЎЛИМ. ШАХС.
    V БОБ. ШАХС ТУГРИСИДА УМУМИЙ ТУШУНЧА.
    УЧИНЧИ БЎЛИМ. ШАХСНИНГ ИЧКИ РЕГУЛЯЦИЯСИ.
    VI БОБ. ИЧКИ РЕГУЛЯЦИЯ ТАРКИБЛАРИ.
    ТЎРТИНЧИ БЎЛИМ. ШАХСНИНГ ҲИССИЙ-ИРОДАВИЙ ЖАБҲАЛАРИ.
    VII БОБ. ХИССИЁТ.
    VIII БОБ. ИРОДА.

    Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
    Скачать книгу Умумий психология, Психология мутахассислиги учун дарслик, 1 китоб, Ғозиев Э., 2002 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

    Скачать pdf
    Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу

Qiziqarli malumotlar
Орипов Ў. О. Умумий хирургия