Она тилидан очиқ дарс ишланмаси. Мавзу мустахкамлаш

Она тилидан очиқ дарс ишланмаси. Мавзу мустахкамлаш

O‘zbek xalq og‘zaki ijodi
  • O‘zbek xalq maqollari
  • O‘zbek xalq ertaklari
  • O‘zbek xalq topishmoqlari
  • O‘zbek mumtoz adabiyoti
  • Zamonaviy o‘zbek she’riyati
  • Muxlislar ijodidan
  • Barcha kitoblar
  • Ziyouz jurnalxonasi
  • Ziyouz audiokutubxonasi
  • Mobil kutubxona
  • Maktab darsliklari
  • Oliy va OMTM darsliklari
  • Durdona to‘plamlar
  • Android uchun kitoblar
  • Videogalereya
  • Узбекская библиотека
  • Islomiy sahifamiz
  • Forum
  • Kross-shou
  • Foydali sahifalar
  • Saytdan qidirsh
  • Ziyouz viktorinasi arxivi

Она тилидан очиқ дарс ишланмаси. Мавзу мустахкамлаш.

Lingvistik kompetensiya: o‘zbek tilida nutq tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qila oladi, so‘zlarni talaffuz me’yorlariga rioya qilagan holda bo‘g‘inlab ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.

Darsning jihozi: mavzuga mos rasmlar.

Darsning uslubi: musobaqa dars

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism:

Salomlashish;

Davomatni aniqlash;

Darsga tayyorgarlik ko‘rish;

Darsning maqsadini aytish,

II. O‘tgan mavzuni so‘rash va mustahkamlash.

1- harakat. Mashg‘ulot qoidasi bilan tanishtirish.

— vaqtdan unumli foydalanish;

— o‘zgalarning fikrini qadrlash;

— bir-birini hurmat qilish;

— yangilik kiritishga harakat qilish;

— faol ishtirok etish.

2- harakat. Uy vazifasini tekshirish. Daftarlarni almashtirish.

O‘tilgan mavzuni mutahkamlashda grafik testdan foydalanamiz. Har bir test orqasiga raketa tasviri tushirilgan. Qaysi qator birinchi bajarsa shu qatorning raketasi uchadi.

Birinchi bajargan qator raketasi doskaga osiladi va raketa haqida ma’lumot beriladi. Raketaning foydasi va uning zarari haqida ma’lumot beriladi.

III. Darslik bilan ishlash. Ertak bilan mavzu boshlanadi: Bir bor ekan, bir yo‘q ekan qadim zamonda to‘rt aka-uka ahil, inoq yashar ekan. Ular otasi va onasi buyurgan vazifalarini o‘z vaqtida bahamjihat bajarishar ekan.Ularning ismlari Ot, Sifat, Son va kenjatoyi Fe’l ekan.

3- harakat. (Qatorlar guruhlarga ajrtaib olinadi va guruhlarga nom beriladi.

3- guruh: „Son”. degan nomga ega bo‘ladilar. Har qaysi guruh o‘zi uchun belgilangan joyga noan’anaviy holda o‘tiradilar. ) Kunlarning birida aka-ukalar sayohatga chiqishibdi. Shunda eng kichik ukasi Fe’lni yo‘qotib qo‘yishibdi. Shuncha izlashsa ham topa olishmabdi. Yo‘l yurishibdi, yo‘l yurishsa ham mo‘l yurishibdi. Yo‘lda “Bo‘ginlar ko‘prikchasi”ga duch kelishibdi. Ko‘prikdan o‘tmoqchi bo‘lishsa, ko‘prik hech yo‘l bermasmish. Shunda ko‘prik tilga kirib: “shartimni bajar”, – debdi. 1-shart. (Bu shartda o‘rtaga bir bo‘g‘in beriladi oldi va orqa tomonga bo‘g‘in qo‘yib so‘ zhosil qilinadi. Shartni bajargan guruh rag‘bat kartochkasiga ega bo‘ladi) Shrtni bajarib bo‘lgan aka-ukalar ko‘prikdan o‘tib ukasi ketgan yo‘lni bilib olishibdi.

Yo‘lda mashqlar mamlakatiga kelishibdi. ( 2- shart. Bu yerda 300- va 301-mashqlar bajariladi. )

300-mashq. Berilgan gapga mos fe’l tanlab qo‘yiladi.

301-mashq. Berilgan fe’llarga mos ot tanlab qo‘ying. (quyosh, to‘rg‘ay, echki, ot) so‘zlari.

Mashqlar mamlakatida mashqlarni bajarib bo‘lgan aka-ukalar yo‘llarida davom etishibdi. Yo‘l yurishibdi, yo‘l yurishsa ham mo‘l yurishibdi. Yo‘llarida Charxpalakga duch kelishibdi. Charxpalakdan ukase Fe’l haqida so‘rashibdi.. Shunda charxpalak,- ha bilaman qayerga ketganini, shartimni bajarsangiz aytaman,-debdi. (3-shart.

Harfdan fe’l yasa mashqi. Bunda bitta har guruhlarga beriladi, shu harfdan boshlangan fe’lga doir so‘zlar yoziladi)

Charxpalakning shartini bajargan aka- ukalar ukasihaqida ma’lumot olib yo‘llarida davom etishibdi.

Yo‘lda uzum bog‘iga duch kelishibdi. Bog‘bon ulardan qayerga va nima uchun ketishayotganini so‘rabdi. Aka –ukalar bo‘lgan voqeani aytib berishibdi. Shunda bog‘bon ulardan uzumlarni parvarish qilishda yordam berishini iltimos qilibdi. (4-shart. “Uzum pishdi” didaktik o‘yini. Bunda uzum tasviri tushirilgan plakatlar beriladi.Barglariga “Ot”, “Sifat”, “Son” so‘zlari va so‘roqlari yozilgan bo‘ladi. Har bir guruh uzum donalariga so‘z turkumlariga oid so‘zlar yozadi. Birinchi yozib bo‘lgan guruh rag‘bat karyochkasiga ega bo‘ladi.)

Uzum pishishida yordam bergn aka-ukalar ukasihaqida ma’lumot olib yo‘llarida davom etishibdilar.

Dam olish daqiqasi tashkil etiladi. Navro‘z haqida she’rlar va “Navro‘z urf -odatlari” haqida klaster usulida ma’lumot beriladi. Har bir ishtirokchi bittadan quyosh, bulut, gullar va BAHOR so‘zlarini doskaga yopishtiradi. Doskada bahor so‘zi va manzara hosil bo‘ladi.

IV. Mustahkamlash. Aka-ukalar yurib- yurib “Pisa” saroyiga yetib kelishibdi. Ularning ukasi Fe’l pisa saroyida asirlikda ekanligini bilishibdi. Pisa podshosi ukasini nima evaziga qo‘yib yuborishini so‘rabdi. Podsho ularga bir shartim bor shu shartni bajarsangiz ukangizni qo‘yib yuboraman,- debdi. (5-shart. Pisa testi yechiladi.) shartni to‘liq hatosiz bajargan akalar o‘z ukasinni qutqarib yurtiga ravona bo‘lishibdi.

1. Nordon meva?

2. Qaysi rasm kim so‘rog‘iga javob bo‘ladi?

3. O‘ynayapti so‘rog‘iga mos rasmni toping?

4. Fe’lning tagiga qanday chiziq chiziladi?

5. Har bir qatordan ortiqcha so‘zni topib belgilang va javoblar qatoriga yozing:

Tez, yetti, sekin

Qiziqarli malumotlar
Она тилидан очиқ дарс ишланмаси. Мавзу мустахкамлаш