Озоғистонда мактаб ўқувчиларига болта билан ҳужум қилган 9-синф ўқувчиси қамалди
Davlat dasturiga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida bosqichma-bosqich o‘quvchilarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, ularda kommunikativ ko‘nikmalar, tanqidiy va kreativ fikrlash, hamkorlikda ishlash, tadqiqotchilik kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan yangi o‘quv dasturlari amaliyotga kiritadi.
O‘zbekistonda 10-11 sinf o‘quvchilari o‘zlari xohlagan fanni o‘qishi mumkin bo‘ladi
O‘zbekistonda 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida bosqichma-bosqich 10–11-sinf o‘quvchilari 2 ta tanlov fanini (kimyo-biologiya, matematika fizika, tarix-huquq, ona tili va adabiyot-chet tili) tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida nazarda tutilgan.
Davlat dasturiga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida bosqichma-bosqich o‘quvchilarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, ularda kommunikativ ko‘nikmalar, tanqidiy va kreativ fikrlash, hamkorlikda ishlash, tadqiqotchilik kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan yangi o‘quv dasturlari amaliyotga kiritadi.
Yangi o‘quv dasturi bo‘yicha 10–11-sinf o‘quvchilari o‘qiydigan 14 ta majburiy fan 8 taga qisqartiriladi. Shu paytgacha 14 ta fanning haftalik yuklamasi 31 soatni tashkil etib, takomillashtirilgan o‘quv rejasi asosida ushbu yuklama ham qisqartiriladi.
Bundan tashqari, 2023-yil 1-sentabrdan boshlab har bir tuman (shahar)ning bittadan umumiy o‘rta ta’lim muassasasida o‘quvchilarni ikkita xorijiy til va bitta kasb-hunarga o‘rgatish amaliyoti bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilishi belgilangan.
Natijada, 76 ta maktabda fransuz tili, 76 tasida nemis, 37 tasida ingliz, 10 tasida koreys, 6 tasida xitoy va 3 tasida yapon tillari ikkinchi xorijiy til sifatida o‘qitiladi. Shuningdek, o‘quvchilar 10-sinfdan boshlab 64 ta ishchi kasb, 21 ta sohada tadbirkorlikka, 10 ta IT va “kreativ industriya” yo‘nalishidagi kasblarga o‘rgatiladi. Ushbu jarayonga yoshlar yetakchilari va hududdagi taniqli tadbirkorlar jalb qilinadi.
– umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1–4-sinflarida o‘quvchilarni ilg‘or xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan darsliklar bo‘yicha o‘qitish;
– 5–9-sinflarda o‘quvchilarga umumta’lim fanlaridan tayanch bilimlar berish;
– 10–11-sinf o‘quvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos bo‘lgan ixtisoslashgan dasturlar asosida bilim berish amaliyoti joriy qilinadi.
Қозоғистонда мактаб ўқувчиларига болта билан ҳужум қилган 9-синф ўқувчиси қамалди
Қозоғистоннинг Петропавловск шаҳридаги 4-мактабда ўқувчиларга болта билан ҳужум қилган 9-синф ўқувчиси икки ойга қамалди, деб хабар бермоқда NewTimes.
“15 февраль куни Петропавловск ихтисослаштирилган тергов суди вояга етмаган Д.га нисбатан икки ой муддатга қамоққа олиш тарзидаги эҳтиёт чорасини белгилади”, — дейилади хабарда. Суддан олдинги терговнинг бошқа тафсилотлари ҳақида хабар берилмаган.
Ҳужум 13 февраль куни содир бўлганди. Вилоят таълим бошқармаси бошлиғи Назир Жашибековнинг айтишича, бола ҳожатхонадан пичоқ ва болта кўтариб чиққан. Ўсмир уч нафар ўқувчини жароҳатлаганди, икки бола касалхонада, уларнинг аҳволи барқарорлашган, яна бир нафари текширувдан сўнг уйига жўнатилган.
9-синф ўқувчисига нисбатан икки ёки ундан ортиқ шахсни ўлдиришга уриниш моддаси билан жиноят иши қўзғатилган.
Дастлабки маълумотларга кўра, ўсмир у психиатр назоратида бўлиб келган. 2022 йилнинг октябрь ойидан бошлаб у Олмаота шаҳридаги Республика руҳий саломатлик илмий-амалий марказида стационарда даволаниб, бир ойдан сўнг “умумий таълим дастури бўйича ўқишни давом эттириш” тавсияси билан уйига жўнатилган.
Qiziqarli malumotlar
Озоғистонда мактаб ўқувчиларига болта билан ҳужум қилган 9-синф ўқувчиси қамалди