НАУЧНО-ПРОСВЕТИТЕЛЬСКИЙ КОМПЛЕКС ИСЛАМА КАРИМОВА

НАУЧНО-ПРОСВЕТИТЕЛЬСКИЙ КОМПЛЕКС ИСЛАМА КАРИМОВА

Viloyat rahbarining kabinetida bo‘lgan ana shu suhbat kechagiday ko‘z o‘ngimda. Islom aka stol ortidan turib, menga sinchkov nigohini qadab,- xo‘p Siz Kitob rayonini bilasizmi?-dedida kabinetda sekin odimlab, ro‘paramga kelib to‘xtadi.

Kitoblarni qanday oʻqish kerak?

@kitobqurti kanali Mortimer Adler va Van Doren qalamiga mansub “Kitoblarni qanday oʻqish kerak?” asarining qisqacha mazmuni bilan boʻlishibdi. Maqolada kitoblar oʻqish texnikasi va tizimli mutolaa haqida soʻz boradi.

Quyida ushbu maqoladan ayrim oʻrinlarni eʼtiboringizga havola etaman:

Savodli boʻlish bilan oʻqishni bilish orasida katta farq bor.

Oʻqish uchta sababga koʻra amalga oshirilishi mumkin:

  • Koʻngil ochish uchun oʻqish – dam olish yoki “shunchaki mutolaa” qilish uchun;
  • Axborot olish uchun oʻqish – dalillar va faktlarni oʻrganish (dunyoni koʻproq bilish) uchun;
  • Tushunish uchun oʻqish – tushunchani rivojlantirish (dunyoni boshqacha koʻrish, uni anglash) uchun.

Bu uchalasidan eng qiyini – tushunish uchun oʻqish boʻlib, kitobda asosan shu mavzu haqida soʻz yuritilgan.

“Tushunish uchun” oʻqiganda oʻquvchi oʻziga butunlay yot va yangi gʻoyaga duch keladi va uni anglab tushunishga harakat qiladi. Bunda yozuvchining bilim darajasi bilan oʻquvchining bilim darajasi oʻrtasida katta tafovut boʻlib, yozuvchi oʻquvchiga yangi tushuncha yoki goʻyani oʻrgatadi. Mutolaa jarayonida ushbu tafovut qisqarib boradi.

Mutolaaga “ikki tomonlama faol fikr almashinivi” sifatida qaralishi darkor. Yozuvchining vazifasi fikrni “joʻnatish”, oʻquvchi esa uni “ilib” olishi kerak. Koʻrib turganingizdek, mutolaa sifati har ikkala tomonning oʻz vazifasini qay darajada faol bajarganiga bogʻliqdir.

Qancha faol oʻqisangiz, kitobni shuncha yaxshi oʻqiysiz. Qancha yaxshi oʻqisangiz, shuncha koʻp savollarga javob topasiz. Qancha koʻp javob topsangiz, atrofdagi olamni ham ajoyib va boshqacha nigoh bilan koʻra boshlaysiz.

Mutolaada eng muhimi tez oqʼish emas, toʻgʻri oʻqishdir. Yaʼni, qaysi manba qanday tezlikda oʻqilishi kerakligini bilish. Qanchalik tez oʻqish kerak? Qiyin savol. Baʼzi, koʻp vaqt sarflash kerak boʻlmagan kitoblarni normadan tezroq oʻqish kerak boʻladi. Baʼzi kitoblarni esa normadan sekin, shoshmay oʻqish talab etiladi. Eng muhimi, yuqorida aytganimizdek, toʻgʻri tezlikni topa bilishdir.

Sekin oʻqishni oʻrganish shart emas, biroq, tezroq oʻqishni mashq qilishga toʻgʻri keladi.

Tanqidning asosiy qoidasi – unga xuddi yaqin doʻsting bilan biror muammoni birgalikda hal qilish uchun konstruktiv ruhdagi mushohada yuritayotganing kabi yondashish kerak.

Oʻylaganini bilaman degan, biroq uni tushuntirib berolmagan odam nima oʻylayotganini bilmaydi.

Maqolani toʻliq mana bu yerda oʻqishingiz mumkin.

“Kitob” haqida nima bilasiz?

– Respublika rahbariyatidan Sizni viloyatimizga qaytarishlarini iltimos qildim. Buni o‘zingiz ham bilasiz, bu haqda ilgari ham Sizga aytganman,-dedi viloyat rahbari suhbatni boshlarkan.

“Qayerga” degan savol xayolimda aylanib, Islom akaga qaradim. U kishi fikrimni uqqanday,- ertaga Kitob rayonida tashkiliy sessiya bo‘ladi, Sizni rayon rahbarligiga tavsiya qilamiz,-dedi.

Viloyat rahbarining kabinetida bo‘lgan ana shu suhbat kechagiday ko‘z o‘ngimda. Islom aka stol ortidan turib, menga sinchkov nigohini qadab,- xo‘p Siz Kitob rayonini bilasizmi?-dedida kabinetda sekin odimlab, ro‘paramga kelib to‘xtadi.

– Xo‘sh, Kitob rayoni haqida nima bilasiz?

Islom Karimovning nigohida kishini dovdiratib qo‘yadigan kuch bo‘lib, uncha-muncha kishi bunga dosh berolmasdi.

– “Kitob”da tanishlarim, do‘stlarim bor, xalqi mehnatkash, bog‘dorchilik, dehqonchilik ancha rivojlangan, lekin tog‘li hududlarda ahvol birmuncha murakkabroq,-dedim fikrlarimni yig‘ishga harakat qilib.

– To‘g‘ri,-dedi Islom aka meni quvvatlab,-lekin men kutgan asosiy gapni aytmadingiz. Kitob ko‘p millatli hudud, bu rayonning murakkabligi ana shunda. Ishni dastlab ana shu masalani o‘rganishdan boshlaysiz,-dedi.

Islom Karimovning viloyatni boshqarayotganiga endigina bir yilga yaqinlashayotganiga qaramasdan, u Qashqadaryoning barcha hududlarini, xalqining urf-odatlarini, ta’bir joiz bo‘lsa, “qaltis” va “nozik” jihatlarini puxta o‘rganib olgan edi.

Ertasi kuni sessiyada kitoblik deputatlar meni iliq qabul qilishdi. Sesiyada Islom aka meni Kitob rayoni iqtisodiyotini ko‘tarish uchun tavsiya etganini, suv yo‘larini tartibga solish, yangi kanallar chiqarish, lalmi yerlarni o‘zlashtirish, Kitobni ilg‘or tumanga aylantirish lozimligini ta’kidladi.

Sessiyagacha Kitob tumanida ishlab kelgan Yuriy Melentev esa Chiroqchi tumani rahbarligiga o‘tkazildi.

Men ish boshlaganimdayoq Kitob tumanining iqtisodiyotini, hududlardagi ahvolni, muammolarni, odamlarning yashash darajasini, Islom aka tavsiya qilganidek, milliy tarkibini o‘rganishga kirishdim. Tumandagi mutaxassislarning, tashkilot va korxonalar rahbarlarining tumanni rivojlantirish yuzasidan takliflarini, fikr-mulohazalarini olib, ikki haftacha muddatda hududlarni to‘liq aylanib, vaziyatni o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim.

O‘sha yillari Kitob tumanida lalmi yerlarni o‘zlashtirish hisobiga sug‘oriladigan ekin maydonlarini kengaytirish, yangi suv yo‘llari chiqarish, aholini tomorqa bilan ta’minlash birinchi navbatda amalga oshiriladigan vazifalar edi. Mazkur masalalar hal etilmasa, loaqal ularni hal etish uchun kirishilmasa, ahvol tobora murakkablashib boraverishi aniq edi.

Rejalarimni har tomonlama puxta o‘ylab, pishitib, taklif etiladigan loyihalarning istiqbolli ekanligiga ishonch hosil qilganimdan so‘ng viloyat rahbariga o‘sha payti “Gisarakgidrostroy” tashkiloti tomonidan qurilayotgan Makrid kanalini biroz uzaytirish, mazkur kanaldan suv oladigan “Qishliq” va “Zarafshon” nasos stansiyalarini ishga tushirib, “Kitob-Taxtaqoracha dovoni” yo‘nalishining chap tarafidagi Oyoqchi daryogacha bo‘lgan hududdagi ikki ming gektardan ortiq yerlarni o‘zlashtirish, aholiga tomorqa sifatida berishni taklif qildim. O‘shanda Jovuz va Qishliq posyolkalari joylashgan yerlarda “Qishliq” xo‘jaligining ma’muriy idorasidan tashqari birorta ham inshoot yo‘q edi.

Mening bu loyihalarimni joyida o‘rganish uchun shaxsan Islom Abdug‘aniyevichning o‘zi vaqt ajratib keldi. Bahor payti edi. Butun atrof yashillikka, go‘zallikka burkangan damlar. Rang-barang gullar tarovatidan, turli-tuman qushlar xonishidan dil yayraydi. Bunday paytlarda Kitob tog‘lari, qir-adirlaridagidek manzarani bu yaqin atrofda uchratish mushkul. Tumanning janubiy sarhadlaridagi Hisor tog‘ yon bag‘irlariga esa bahor birmuncha kechroq keladi.

Islom aka tabiat go‘zalligidan juda zavqlandi. Mashinadan tushib, 2-3 kilometr yayov yurdik. Hozirgi Jovuz posyolkasining o‘rni bo‘lsa kerak, keng yalanglikka kelib to‘xtadik. Islom aka chor atrofni sinchkovlik bilan kuzatar, chamamda bu yerlarning ertangi kunini xayolan tasavvur qilardi. U kishi bir tomoni tog‘, bir tomoni qir –adirlardan iborat bo‘lgan fusunkor manzaraga havas bilan boqar ekan, menga dilidan otilib chiqqan bir gapni aytganini kechagiday eslayman.

– Agar Qashqadaryoda yashasam, xuddi mana shu joydan o‘zimga uy qurardim,-degan edi o‘shanda Islom aka. Islom Abdug‘aniyevichning tabiat go‘zalligidan cheksiz zavq olganligini, dildan suhbat qilganiga ana o‘shanda guvoh bo‘lganman. Kitob tog‘larining go‘zalligi Islom Karimovning qalbidan mustahkam o‘rin olgan edi. Shu boisdan Birinchi Prezidentimiz yurtdoshlarimiz bilan uchrashganlarida,-men pensiyaga chiqqach, joy bersalaringiz Qashqadaryoga kelib yashayman,-deb qo‘yardi yarim hazil, yarim chin ohangda. Shunday paytlar hamisha Kitob tumani tog‘lari yon bag‘ridagi o‘sha suhbatni eslardim.

Mening takliflarim Islom akaga ma’qul bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay “Qishliq” va “Zarafshon” nasos stansiyalari ishga tushirildi. Ikki ming gektarga yaqin qo‘riq yerga suv chiqarilib, 700 gektarga yaqin maydon kitobliklarga tomorqa qilib berildi. Hozirgi paytda 4 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qiladigan Jovuz, Qishliq, Makrid shaharchalari barpo etildi. Tog‘ yonbag‘irlarining o‘zlashtirilishi hisobiga 2 ming gektardan ortiq paxta ekiladigan serhosil maydonlar saqlab qolindi.

Shu yillari Islom aka rahbarligida Kitob shahridagi markaziy bozor butunlay qayta qurildi, bozorga kiraverishda ko‘k gumbazli baland bino (hozirgi savdo shoxobchasi), to‘rt qavatli markaziy shifoxona, Karomat Rustamova nomidagi maktab binosi, o‘nlab madaniy-maishiy obyektlar qurilib foydalanishga topshirilgandi. Birinchi Prezidentimizning tashabbusi va qo‘llab-quvvatlashi tufayli amalga oshirilgan ana shu xayrli ishlar bugun Kitob tumani tarixining bir qismiga aylanib qoldi.

Kitob tumani rahbari sifatida ish boshlaganimning birinchi yili yakunlari bo‘yicha quvonarli ko‘rsatkichlarga erishildi. 1987 yilda kitobliklar davlatga 60 ming tonna sabzavot, 60 ming tonna o‘zum, 70 ming tonnadan ortiq turli mevalar yetishtirib berdi. 16 oktabr kuni 26 ming tonnalik paxta xirmoni bunyod etilib, reja viloyatda birinchi bo‘lib uddalandi. O‘shanda Islom Abdug‘aniyevich meni telefon orqali samimiy tabriklab, Kitob tumani aholisiga o‘zining minnatdorchiligini bildirgandi.

Men tuman rahbari etib tasdiqlanganimda jamoa shirkat xo‘jaligi raisi, ko‘p tarmoqli yirik qurilish tashkiloti boshlig‘i, Respublika vazirligida rahbar lavozimlarda ishlab, yaxshigina tajriba orttirgan edim. Lekin o‘shanda tuman rahbari uchun bu tajriba kamlik qilishini chuqur his etgandim. Chunki tuman rahbari shu hududdagi ijtimoiy ma’naviy vaziyat, yirik jamoalardan tortib, oilalarning, har bir fuqaroning tinchligi, osoyishtaligi, obodonchilik, barcha sohalar bo‘yicha ko‘rsatkichlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradigan rahbardir.

Islom Karimovning “Kitob ko‘p millatli hudud, bu rayonning murakkabligi shunda, bu masalaga alohida e’tibor berish lozim”, degan o‘giti bu yerdagi uch yillik rahbarlik davrimda hamisha yodimda turdi. O‘shanda Kitob tumanida qrim tatarlari, mesxeti turklari, ruslar, tojiklar, tatarlar va boshqa millat vakillari istiqomat qilishardi. Ularning barchasiga rahbariyatning bir xil adolatli munosabatini ta’minlash, ularning tiliga, diniga, urf-odatlariga, qadriyatlariga hurmat bilan qarash muhitini barqaror saqlash lozim edi.

Men ana shu yillarda Islom Abdug‘aniyevichning nihoyatda uzoqni ko‘ra oladigan, katta miqyosdagi rahbar sifatida kashf qilgandim. Bugungi kunda ham turli millat va elatlarga mansub ana shu insonlar va ularning farzandlari o‘zbeklar bilan ahil, inoq yashab, mehnat qilib, Kitob tumanining porloq ertasini barpo etayaptilar.

Komil Amirov

Kitobni tez o‘qishni qanday o‘rganish mumkin?

Yaxshi kitoblar ko‘p. Yo‘q, unaqa emas. Judayam ko‘p. Hattoki haftasiga bittadan kitob o‘qiganingizda ham barcha yaxshi kitoblarni o‘qib chiqishga ulgurmaysiz. Shuning uchun ham kitobni tez o‘qishni o‘rganib olish foydadan xoli bo‘lmaydi.

Prinston universiteti o‘qituvchisi Ebbi Marks-Bilning “10 kun ichida kitobni tez o‘qishni o‘rganish” kitobida tez o‘qishni o‘rganish borasida amaliy maslahatlar berilgan.

O‘qish va axborotni eslab qolish uchun muhim shartlar

Marks-Bilning aytishicha, o‘qilgan ma’lumot qisqa muddatli xotiraga tushadi va bir necha kun davomida saqlanib turadi.

Agar kishi o‘qiyotgan axborotining ma’nosini tushunsa u yaxshiroq esda qoladi. Sarlavhalar, izohlarni o‘tkazib yubormaslik kerak – ular gap nima haqida ekanligi borasida yaxshiroq tushuncha beradi.

Xalaqit beradigan xatolar

Kitob o‘qish ham xuddi malaka singari doimo oshib boradi. Afsuski, biz maktabni bitirishimiz bilan kitob o‘qimay qo‘yamiz. Aslida esa tez-tez kitob o‘qish foydali.

Marks-Bil tez o‘qishga xalaqit beradigan uchta xatoni keltirib o‘tadi:

  • Matnni ovoz chiqarib o‘qish.
  • Kitob o‘qiyotganda boshqa narsalarga chalg‘ish.
  • O‘qib bo‘lingan satrni qaytadan o‘qish.
  • Birinchi xatodan qutulish oson: ovoz chiqarib o‘qishni bas qilish kerak.
  • Boshqa narsalarga chalg‘imaslik uchun esa smartfon, televizor va shu kabi chalg‘ituvchi narsalardan uzoqroqda bo‘lish kerak.
  • O‘qib bo‘lingan matnni qaytadan o‘qib yubormaslik uchun esa o‘qib bo‘lingan satrni chizg‘ich bilan to‘sib o‘qishda davom etish kerak.

Tez o‘qish usuli

Keyingi satrga o‘tayotganingizda ko‘zingizni satr boshiga emas, bir santimetr o‘ngga qarating. Satr oxirida ham so‘nggi santimetrga ko‘z tashlamang.

Sizga xuddi har bir satrning boshi va oxiri ko‘rinmayotgandek tuyuladi. Lekin aslida siz ularni o‘qiy olasiz. Natijada har bir satrda nigohning to‘xtash holati kamayadi.

Tanaffuslar

Kitobda shuningdek, mutolaa uchun eng optimal vaqt 20 daqiqa ekanligi aytiladi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, 20 daqiqadan so‘ng miya axborotni qabul qilishi qiyinlashadi. Lekin bu fikrga kimdir qo‘shilmasligi ham mumkin. Chunki ayrim kitoblarni o‘qishni to‘xtatish uchun 20 daqiqa ham kifoya qilsa, ayrim kitoblarni soatlab o‘qisangiz ham qo‘lingizdan qo‘ygingiz kelmaydi.

Qiziqarli malumotlar
НАУЧНО-ПРОСВЕТИТЕЛЬСКИЙ КОМПЛЕКС ИСЛАМА КАРИМОВА