КИТОБХОНА – ХАЗИНАИ БЕБАҲОИ МАЪНАВӢ
Ko‘p asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani
va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimizning bebaho merosini
o‘rganish, uning asosida yoshlarni komil inson etib tarbiyalash jamiyatda barqaror
ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda ajdodlarimiz merosini asrash, o‘z holicha kelajak
avlodga yetkazish borasida hukumatimiz tomonidan bir qator qaror va farmoyishlar
qabul qilindi. Xususan, O`zbekiston Respublikasi Senatining 2009-yil 9-oktabrda
qabul qilingan “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan
foydalanishb to`g`risida” qabul qilgan qonuni yoki O`zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2018-yil 19-dekabrda qabul qilingan “Moddiy va ma’naviy meros
obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomlillashtirish chora-
tadbirlari” to‘g‘risidagi farmoni va 2018-yil 16-apreldagi “Diniy-ma’rifiy soha
faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni ayni shu
maqsadga xizmat qilmoqda. O`zbekiston xalqining umummilliy boyligi
hisoblanadigan madaniy merosimizni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va undan
foydalanish borasida mamlakatimizda qator ishlar amalga oshirilmoqda
2
.
Xususan,
Buxoro, Samarqand, Xiva, Shahrisabz shaharlarining tarixiy markazlari
YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga, “Boysun madaniy
muhiti”, “Shoshmaqom musiqasi”, “Navruz”, “Katta ashula”, ”Askiya”, “Polov
madaniyati va an’analari” nomzodlari insoniyat nomoddiy madaniy merosi
reprezentativ ro‘yxatiga, Usmon Qur’oni, Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar to‘plami, Xiva xonligi devonxonasi
hujjatlari Jahon xotirasi ro‘yxatiga kiritilganligi yurtimiz madaniy merosining dunyo
miqyosida e’tirof etilganiga yorqin misol bo`la oladi
3
.
Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimi yanada
takomillashtirildi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekiston
Resbuplikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy
2
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy barqarorlikni ta`minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash-
davr talabi” mavzusidagi nutqida “Xalq so`zi” gazetasi 2018-yil 18 iyundagi sonidan
3I.A.Karimov Yuksak ma`naviyat- yengilmas kuch “Ma`naviyat” T:2008 150-152- betlar
Boy oʻtmishimiz, buyuk allomalarimiz merosi – bebaho xazina
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov bilan markazda kechayotgan jarayonning yurtimiz istiqbolidagi muhim jihatlari, yangi Uygʻonish davrining zamondoshlarimiz oldiga qoʻyayotgan muhim mezonlari borasida suhbatlashdik.
2017-yil 23-iyunda Prezidentimizning “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Oʻzbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. 2017-yil 1-sentyabr kuni davlatimiz rahbari Hazrati Imom majmuasida tashkil etilayotgan Islom madaniyati markazi nomini Islom sivilizatsiyasi markazi deb oʻzgartirishni taklif etdi. Ushbu taklif birdek mamnuniyat bilan qabul qilindi. Oʻtgan vaqt mobaynida Prezidentimiz Hazrati Imom majmuasida bir necha marta boʻlib, markazning qurilish jarayoni bilan tanishdi. Markaz qurilishi boʻyicha taqdim qilingan loyihaga alohida eʼtibor qaratib, bu markaz bizning islom maʼrifati targʻibotidagi yuzimiz boʻlishini, shunday ekan, uning tashqi koʻrinishidan tortib, bu yerda ishlatiladigan qurilish materiallarigacha eʼtibor berish lozimligini taʼkidladi. 2018-yili yurtimizda muborak Ramazon hayiti nishonlanayotgan ulugʻ kunlarda Prezidentimiz bu inshoot poydevoriga ramziy tamal toshini qoʻydi.
Ayni jarayon ketayotgan maydonni kuzatar ekanmiz, Uchinchi Renessans poydevoriga Prezidentimiz birinchi gʻishtni xuddi shu maydonda qoʻygan ekan, degan oʻy kechdi xayolimizdan. Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov bilan suhbatimiz ham oʻz vaqtida qoʻyilgan ana shu qadamning yurtimiz istiqbolidagi muhim jihatlari, yangi Uygʻonish davrining zamondoshlarimiz oldiga qoʻyayotgan muhim mezonlari borasida kechdi.
– “Hamma oʻz tarixini ulugʻlaydi. Lekin bizning yurtimizdagidek boy oʻtmish, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda yoʻq. Bu merosni chuqur oʻrganishimiz, xalqimizga, dunyoga yetkaza bilishimiz kerak. Bu markazga kelgan odam ulkan merosimiz haqida toʻla tasavvurga ega boʻlishi, katta maʼnaviyat olib ketishi zarur”, degan edi Prezidentimiz Islom sivilizatsiyasi markaziga tashriflaridan birida. Markaz poydevoriga ilk bora gʻisht qoʻyilganidan buyon buyuk allomalarimizning merosi borasida qanday yangi maʼlumotlar kashf etildi?
– Ha, chindan ham oʻz ilmiy kashfiyotlari bilan jahon tamadduniga bebaho hissa qoʻshgan allomalarining soni, taʼbir joiz boʻlsa, “sifati bilan” haqli ravishda faxrlana oladigan mamlakatlar, xalqlar kam uchraydi.
Aksariyat taniqli Gʻarb olimlarining eʼtiroflaricha, hozirgi kunda butun jahon, ayniqsa, uning eng rivojlangan qismi mamlakatlarida foydalanilayotgan ilgʻor texnologiyalardan tortib, kundalik eng zarur isteʼmol buyumlarining dunyo yuzini koʻrishi zamirida musulmon olimlarining ilmiy kashfiyotlari yotibdi. Hozirgi zamon raqamli texnologiyalari al-Xorazmiyning algoritmlarisiz, zamonaviy tibbiyot buyuk Ibn Sinoning “Tib qonunlari”siz, arifmetika, matematika, astronomiya, maʼdanshunoslik Beruniy dahosi yaratgan asarlarsiz, fazo astronomiyasi Fargʻoniy hamda Mirzo Ulugʻbekning mashaqqatli mehnatlarisiz hozirgi darajaga yetmagan, yeta olmagan boʻlardi. Qolaversa, sovun, qalam, gul yogʻi, hammom, kanalizatsiya kabi oddiy va muhim ashyolar ham ilk Musulmon renessansi paytida kashf qilindi hamda Ispaniya orqali va tijorat yoʻli bilan Yevropa va dunyo mamlakatlariga tarqaldi.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari qatorida Islom sivilizatsiyasi markazini barpo etish ham Prezidentimizning shaxsiy tashabbusi va ahamiyati hamda koʻlami boʻyicha milliy loyiha deb atalishga toʻla haqli. Davlatimiz rahbarining markaz qurilishiga tashrif buyurishi, loyihaning amalga oshirilishi jarayoni bilan tanishishi, oʻz maslahatlari va tavsiyalarini berishi xayrli anʼanaga aylangan. Oʻtgan ikki yil ichida ham bino qurilishida, ham Islom sivilizatsiyasi markazining muzeyi va kutubxonasini shakllantirishda salmoqli ishlar amalga oshirildi. Muzeyimiz uchun qabul qilingan eksponatlar mamlakatimiz hududida Islom dini hali tarqamasdan avval ham buyuk sivilizatsiyalar mavjud boʻlganini tasdiqlamoqda. Chindan ham Sarmishsoy qoyatosh suratlari (petrogliflar), Afrosiyob yodgorliklari, Qoʻy qirilgan qalʼa, Ayritom frizlari, Mugʻ togʻidan topilgan yozma manbalar, Kushon sivilizatsiyasi va boshqa yodgorliklar, shuningdek, yozma manbalar ham aynan keng maʼnoda olingan Markaziy Osiyoda Birinchi Islom uygʻonish (yoki maʼrifat) asri uchun poydevor yurtimizga islom dini kelishidan ancha oldin qoʻyilganini tasdiqlaydi.
Shuningdek, umumiy soni 1000 dan oshgan qoʻlyozma va toshbosma asarlar shuni koʻrsatmoqdaki, jangovar ateizm deb atalgan va arabiy yozuvdagi har qanday manbalar taqiq ostiga olingan davrlarda ham xalqimiz ularni saqlab qola olgan. Kutubxonamizga qabul qilingan yangi manbalar orasida ulugʻ shoir va mutafakkir Abdurahmon Jomiy 1492-yilda oʻz qoʻli bilan koʻchirgan “Al-Qofiyaga sharh” asari, 1000 hijriy yilda oʻta nafis yozuvda jamlangan Qurʼoni karim qoʻlyozmasi, Zayn al-Din Jurjoniyning (1040-1136) tibbiyotga bagʻishlangan “Xorazmshohlar xazinasi”, Xiva xoni Muhammad Rahimxon 2 – Feruzning oʻzi hayotligida koʻchirilgan devoni va islomshunoslik, falsafa, fiqhga oid boshqa koʻlab asarlar bor. Ayni paytda bu asarlar mutaxassislar tomonidan jiddiy oʻrganilyapti. Shuningdek, tarjimonlarimiz Feruz gʻazallarini hozirgi oʻzbek tiliga oʻgirishmoqda.
– Jahon maʼnaviy-maʼrifiy maydonida Istanbuldagi Toʻpqopi muzeyi, Ibn Xoldun universiteti, Istanbul Islom tadqiqotlari markazi, Fransiya islom markazi, Oksford islom tadqiqotlari markazi kabi xalqaro tashkilotlarning nufuzi juda baland. Ulardagi muhit va tadqiqotlar jarayoniga xos boʻlgan qaysi jihatlar eʼtiborga molik deb bilasiz? Umuman, hozirgi kungacha markaz qanday nufuzli xalqaro tashkilot va yirik muassasalar bilan hamkorlik oʻrnatdi?
– Taʼkidlash kerakki, albatta, nufuzli xalqaro islom ilmiy-tadqiqot tashkilotlari sifatida siz sanab oʻtgan muassasalar bilan hamkorlikka biz katta qiziqish bilan qaraymiz. Ularning ajdodlarimiz merosini oʻrganish sohasidagi tajribalari, erishgan natijalari, qoʻlyozma va bosma manbalari fondlari hamisha bizning eʼtiborimizda. Lekin aytish lozimki, oʻz oldiga qoʻygan yuksak maqsadlari va meʼmoriy yechimi boʻyicha bizning markazimiz ham nufuzli xalqaro tashkilotlarni nihoyatda qiziqtirmoqda. Ayniqsa, islomning oltin davri olimlarining ilmiy-maʼrifiy meroslarini saqlash, targʻib qilish, islom sivilizatsiyasi tarixini oʻrganish, eksponatlar, eng zamonaviy multimedia imkoniyatlari vositasida tabarruk dinimizning asl tinchlik, odamiylik, bagʻrikenglik, ilm-fan va bunyodkorlik dini ekanini jamiyatimiz aʼzolari, ayniqsa, yoshlarga tushuntirish kabi maqsadlarimiz ularni koʻproq oʻziga jalb etmoqda. Oʻtkazilgan uchrashuv va tadbirlar davomida xattotlik, sahhoflik, miniatyura, qoʻlyozmalarni davolash, tiklash kabi kasblarni tiklayotganimiz, shuningdek, yoshlarni arab, fors, eski oʻzbek, ingliz va lotin tillariga oʻrgatish jarayoni, Xalqaro islom akademiyasi bilan hamkorlikda yuqori malakali islomshunos olimlar tayyorlash kabi vazifalarimiz ushbu tashkilotlar vakillarini nihoyatda quvontirayotganini qayta-qayta taʼkidlashmoqda.
Biz Germaniya universitetlari huzuridagi ilmiy-tadqiqot markazlari, Malayziyaning Islomni anglash instituti bilan hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumlarni imzoladik. Joriy yilning 29-sentyabrida Oʻzbekiston-Misr hukumatlararo qoʻshma komissiyasi onlayn yigʻilishida Misr kitoblar va milliy arxivlar uyi bilan navbatdagi memorandum imzolanadi.
– Islom sivilizatsiyasi markazida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining mevalari sifatida “Tanlangan hadislar”, “Buyuk ajdodlarimiz”, “Iymon va eʼtiqod”, “Vaqfiya”, “Pandnoma”, “Amir Temur. Tuzuklar” kabi asarlar nashr etilgani yurtdoshlarimizni mamnun qildi. Ayni damlarda nashrga hozirlanayotgan yana qanday yangi asarlar haqida aytib oʻta olasiz?
– Yaqin kelajakdagi rejalarimizda Muhammad Rahimxon II – Feruzning devoni, taniqli vatandoshimiz, ilm-fan, madaniyat va sport homiysi Alisher Usmonov tomonidan markazimiz kutubxonasiga hadya qilingan bebaho 5 mingga yaqin ilmiy manbani oʻz ichiga olgan “Sharq va Gʻarb” jamlamasining 7 tildagi ilmiy fixristi, jadidchilik nomini olgan, aslida maʼrifatchi ajdodlarimiz asarlarining fixristi, X.Kolumb faoliyatida Fargʻoniy va Ibn Sino ilmiy merosining taʼsiri toʻgʻrisida yaratilgan “Dunyo qiyofasi” asarini lotin tilidan oʻzbekchaga tarjima qilish belgilangan.
Markazimizning islomiy manbalar boʻlimi mudiri, taniqli shoir, publitsist va tarjimon Mirzo Kenjabek tomonidan qayta koʻrilgan va toʻldirilgan, taniqli tarjimon va islomshunos Sayfiddin Sayfulloh tomonidan nashrga tayyorlangan, mashhur ulamo Muhammadjon mulla Rustam oʻgʻli (Mavlaviy hoji Hindistoniy) tomonidan tarjima qilingan Qurʼoni karim oyatlari maʼnolarining izohli tarjimasini qayta nashr qilishdek muhim jarayon ham oldimizda turibdi. Hozir ushbu rejalarni amalga oshirish boʻyicha jadal ishlar olib borilmoqda.
– Islom hamkorlik tashkiloti maʼlumotnomasi va “Islom sivilizatsiyasi qomusiy lugʻatining birinchi jildi nashrga tayyorlanganidan xabarimiz bor. Xalqaro tashkilotlar ayni nashrlarga qanday munosabat bildirishdi?
– Oʻzbekiston nufuzi boʻyicha BMTdan keyingi oʻrinda turuvchi Islom hamkorlik tashkilotining teng huquqli hamda faol aʼzosi hisoblanadi. 2016-2017-yillarda mamlakatimiz IHTga raislik qildi. Tashkilotga aʼzo 57 mamlakat, kuzatuvchi maqomiga ega davlatlar, shuningdek, hamkor xalqaro tashkilotlar toʻgʻrisida maʼlumotnoma tayyorlandi. Oʻrganishlar shuni koʻrsatdiki, mamlakatimizdagi davlat idoralari hamda muassasalari, oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilari hamda talabalari uchun bunday manba juda qoʻl keladi. Maʼlumotnomada har bir aʼzo va kuzatuvchi mamlakat hamda xalqaro tashkilot toʻgʻrisida atroflicha maʼlumot berilgan. Maʼlumotnomani har yili yangilab borishni rejalashtirganmiz. Uni tayyorlashda Islom hamkorlik tashkiloti tizimidagi ICESCO va IRCICA markazlari bilan hamkorlik qilindi. Islom sivilizatsiyasi qomusiy lugʻatiga kelsak, Xalqaro islom akademiyasi tomonidan “Islom ensiklopediyasi” va “Azon kitoblari” nashriyot-matbaa birlashmasi tomonidan “Katta fiqh ensiklopediyasi” nashr etila boshlanganidan xabardormiz. Ushbu nashrlarning ham, bizning qomusiy lugʻatimizning ham oʻz oʻrni, vazifasi va ahamiyati bor. Ayni nashr boʻyicha hamkorlarimizning ijobiy fikr-mulohazalarini oldik va uni nashr etish masalalarida ICESCO va IRCICA bilan hamkorlik qilmoqdamiz. Taʼkidlashni istardimki, barcha nashrlarimiz lotin va kirill yozuvlarida tayyorlanmoqda.
– “Oʻzbekiston islom sivilizatsiyasi” ilmiy jurnali jahonning 32 mamlakatida taqdimot qilingan edi. Mazkur jurnalda chop etilgan maqolalarning mualliflari va ular koʻtargan mavzular qaysi ilmiy doira vakillarida koʻproq qiziqish uygʻotdi?
– Jurnalimiz ilmiy-ommabop, yaʼni ilmiy davralar hamda ayni paytda keng jamoatchilikka moʻljallangan. Yuqorida taʼkidlab oʻtganimdek, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi loyihasi, ayniqsa, markaz oldiga qoʻyilgan maqsadlar va vazifalar xalqaro jamoatchilikda ham katta qiziqish uygʻotdi. Markaziy Osiyoda 750-1150-yillarda kuzatilgan Ilk uygʻonish davri tarixiy bosqichi, shu davrda yashagan Buxoriy, Termiziy, Xorazmiy, Ibn Sino, Beruniy, Fargʻoniy kabi nafaqat islom xazorasi, balki bashariyat sivilizatsiyasiga oʻz ilmiy asarlari va kashfiyotlari bilan hissa qoʻshgan mutafakkirlar hamda olimlar merosini jamlash, saqlash, targʻib qilish orqali islomning asl mohiyati tinchlik, bagʻrikenglik, bunyodkorlik ekanini koʻrsatib berish gʻoyasi olijanob va dolzarb, deya eʼtirof etildi. “Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi” maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-adabiy jurnalimizning dastlabki sonida yuqorida koʻrsatilgan maʼlumotlar oʻrin olgani xorijlik hamkorlarimiz eʼtiborini jalb etdi. Ushbu sonda akademik A.Hakimov, professorlar J.Ismoilova va S. Bulatov kabi nufuzli olimlarimiz bilan bir qatorda yosh mutaxassislarimiz N.Mansurova, Yu.Mamadiyarova, A. Gʻofurovning ham ilmiy maqolalari eʼlon qilindi. Ayniqsa, A.Gʻofurovning Islom sivilizatsiyasi markazi qoʻlyozma fondi toʻgʻrisidagi batafsil maqolasi fransiyalik sharqshunos olimlar V.Furnyo, F.Fatxida, Londondagi “Al-Furqon” islom ilmiy markazi direktori Shax Suvoriy va uning jamoasi aʼzolarida katta qiziqish uygʻotdi. Jurnalimizda xorijiy hamkorlarimizning ham ilmiy ishlari eʼlon qilinmoqda. Ushbu 1-sonda fransiyalik J.P.Lyuminening “Ulugʻbek – yulduzlar shahzodasi” va turkiyalik professor Namig Musalining “Mirzo Shohruh va soʻfiylar” maqolalari eʼlon qilingan. Jurnal xorijdagi elchixonalarimiz orqali kutubxonalar va ilmiy markazlarga ham tarqatildi.
– Fransuz tili va adabiyoti ilmini mukammal egallagan tarjimon sifatida dastavval Fransua Moriakning “Ilonlar changalida”, Monteskyening “Fors nomalari” (hamkorlikda) romanlarini, Le Klezioning “Mondo va boshqa hikoyalar”ini oʻzbek tiliga bevosita oʻgirgansiz. Keyingi yillarda taniqli adibimiz Erkin Aʼzamning “Shovqin” romani va bir qator hikoyalarini oʻzbek tilidan fransuzchaga tarjima qilib Yevropaga tanitdingiz. Tarjima sanʼati bilan bogʻliq muammolardan yaxshigina boxabarsiz. Markazning tarjima sanʼati bilan bogʻliq faoliyati qanday mezonlar asosida yoʻlga qoʻyilmoqda?
– Tarjima bilan talabalik yillarimdan shugʻullanib kelaman. Savolingizga javobning ibtidosidayoq bir narsani alohida taʼkidlashni istardim: hech qachon hech bir xorijiy tilni, taʼbir joiz boʻlsa, hatto ona tilini ham mukammal egallab boʻlmaydi, lekin tarjimonlik kasbini tanlaganlar shunga intilishlari kerak. Mustaqillik bergan imkoniyatlardan biri, biz xorijiy adabiyotining javohirlarini bevosita tarjimada oʻqish imkoniyatiga ega boʻldik. Mustaqillikka qadar deyarli barcha tarjimalar vositachi til orqali amalga oshirilar edi.
Xalqimizning munosib farzandi, atoqli adib Erkin Aʼzam asarlarini fransuz tiliga tarjima qilganimni oʻzimga sharaf deb bilaman. Ham uslubiy, ham janr, ham mazmun jihatidan oʻta oʻziga xos qiziqarli asarlar yaratayotgan vatandoshimiz, doʻstimiz Erkin Aʼzamning “Shovqin” romani, “Pakananing oshiq koʻngli” va boshqa hikoyalari fransuz tiliga va ayni paytda ingliz tiliga tarjima qilinib, Amerika va Buyuk Britaniyada ham taqdimot tadbirlari oʻtkazildi. Aytish joizki, ushbu tarjimalardan avvalroq Erkin Aʼzam oʻz kinossenariylari bilan yevropaliklarga tanilib boʻlgan edi.
Faqat “Yangi Oʻzbekiston” uchun bir yangilikni oshkor qilmoqchiman: shu kunlarda Erkin akaning “Arbob Qulov Parijga boradi” sarlavhali hikoyasining fransuz tiliga tarjimasini tugatyapman. Hurmatli yozuvchimizning fransiyalik muxlislari ushbu hikoyani kutayotganliklaridan ham xabardorman.
Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatida tarjima katta va muhim oʻrin tutadi. Birinchi navbatda, ilmiy-badiiy manbalar arab, fors, eski oʻzbek tillaridan, shuningdek, Yevropa tillaridan hozirgi oʻzbek tiliga oʻgiriladi. Ushbu jarayonda, albatta, birlamchi manba mazmuniga sodiqlik, oʻzbek tilidagi matn esa tushunarli boʻlishi talab etiladi. Ushbu talab va mezonlar, turgan gapki, sohaning yetuk mutaxassislarini tayyorlashni talab qiladi.
Tarjimon, albatta, oʻzining ona tilini mukammal, puxta, atroflicha bilishi kerak. Marhum ustozimiz Gʻaybulla Salomov birinchi qadam sifatida A.Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” romanini qoʻlda koʻchirib chiqishni tavsiya qilgan edilar. Men ham boʻlajak tarjimonlarga Alisher Navoiy, Bobur Mirzodan boshlab hozirgi kundagi adiblarimizning asarlarigacha oʻqib chiqishni tavsiya qilgan boʻlardim. Ana shundan keyin aynan shunday talablarni xorijiy tilga nisbatan qoʻyish kerak boʻladi. Tildan tashqari milliy va xorijiy urf-odatlar, mamlakatlar tarixi, shevalar, siyosat, latifalar, dostonlarni oʻrganish kerak hamda amaliy tajriba orttirish zarur. Biz yosh mutaxassislarimizni ana shu mezonlar asosida tayyorlayapmiz.
– Yurtimizda Uchinchi Renessansga poydevor qoʻyilayotgan ayni davrda markaz kelajagini qanday tasavvur qilasiz? Ham maʼnaviy, ham moddiy jihatdan juda katta tayyorgarlikni talab qilayotgan bu jarayon qamrovi haqida fikrlaringizni bilishni istaymiz.
– Mustaqillik yillarida, ayniqsa, keyingi toʻrt yil ichida mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar darhaqiqat 750-1150-yillardagi Birinchi Uygʻonish davri, 1370-1507-yillardagi Ikkinchi Uygʻonish (Temur va temuriylar Renessansidan) keyin Uchinchi Uygʻonish davriga qadam qoʻyayotganimizdan darak beryapti. Ishonchim komilki, bu quruq gap emas, aksincha, haqiqat va haqqoniyatdir. Yevropa XV asrning ikkinchi yarmidan boshlab Uygʻonish davriga qadam qoʻydi. Aynan shu davrida Vizantiya imperiyasining qulashi, Yevropaga qochib borgan vizantiyaliklar asrlar mobaynida imperiya poytaxti Konstantinopolda toʻplangan kutubxonalar, sanʼat asarlarini oʻzlari bilan olib ketishlari, birinchi bosqichda Italiyada, keyinchalik Fransiya va boshqa Yevropa mamlakatlarida ilmiy kashfiyotlar, adabiyot va sanʼatning, sanoat va qishloq xoʻjaligini rivojlanishi kuzatildi. Va. inson qadri ulugʻlandi. Yevropalik mutaxassislarning oʻzlari ushbu jarayonlarning barchasida unutilayozgan ilmiy, madaniy, adabiy merosga berilgan alohida eʼtibor hal qiluvchi rol oʻynadi, deb hisoblaydilar. Ayni paytda, ushbu voqealardan avvalroq Ispaniya va Italiyada topilgan, oʻz davrining olimlari va tarjimonlari tomonidan Ibn Sino, Fargʻoniy, Beruniy va Xorazmiyning lotin va jonli Yevropa tillariga oʻgirilgan asarlari ham Yevropadagi Uygʻonish davri jarayonlariga ijobiy taʼsir qildi. Uygʻonish davri gumanizm davriga, gumanizm esa maʼrifat davriga asos yaratdi. Buyuk ilm-fan namoyandalari, amaliy sanʼat ahli, yozuvchilar va shoirlar ana shu muhitda yetishib chiqdilar.
Keyingi yillarda yurtimizda iqtisodiyot, ichki va tashqi siyosat, ilm-fan, maʼnaviyat va maʼrifat, ajdodlar merosi, xotirasi, diniy maʼrifat va tarbiya sohalaridagi islohotlar, yaqin va uzoq fursatlarga moʻljallangan rejalar, xalqni rozi qilishga qaratilgan, inson manfaatlari va huquqlarini toʻliq taʼminlashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar va bularning natijasida jamiyat aʼzolarida shakllangan ertangi kunga ishonch yurtimizda Uchinchi Uygʻonish davriga qadam qoʻyayotganimizdan darak berib turibdi.
Ushbu muhim tarixiy bosqichda ilmiy-maʼrifiy muassasa sifatida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faol ishtirok etishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Uygʻonish davri barcha sohalardagi rivojlanish jarayonlarini faol davom etishini taʼminlashga qodir boʻlgan oʻz sohasining bilimdoni, ayni paytda yuksak maʼnaviyat, madaniyat va maʼrifat egalarini tayyorlashni taqozo qiladi. Ana shunday mutaxassislargina oʻz yurtining fidoyilari boʻlib yetishadilar. Biz mutaxassislarimizning bor salohiyatlarimizni hamda barcha imkoniyatlarimizni ana shu vazifalarni hal etishdagi ishtirokimizga qaratishni oldimizga maqsad qilib qoʻyganmiz.
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri
Muxtasar TOJIMAMATOVA suhbatlashdi.
КИТОБХОНА – ХАЗИНАИ БЕБАҲОИ МАЪНАВӢ
Мардуми тоҷик аз азал китобдору китобхон буд. Шоирону нависандагон ва олимону зиёиёне дошт, ки ашъори онҳо оламро тасхир карда буд. Имрӯз ҳам аз гузаштагон осори пурғановате боқӣ мондааст, ки аз онҳо китобхонон баҳравар мегарданд. Адибону эҷодкорони муосир низ ҳамчун меросбарони аҷдодони бохирадамон пайваста бо иншои асарҳои назмию насрӣ машғул гардида, дар баланд гардидани маънавиёти мардум саҳм мегузоранд. Китобхонон ҳам бо арҷгузорӣ ба каломи нобу пурэъҷози аҳли илму адаб аз навиштаҳои онҳо як ҷаҳон маънӣ бардошта, ғизои маънавӣ мегиранд. Маҳз бо зикри ҳамин нукта дар Паёми имсолаи худ Сарвари давлат муҳтарам Эмомалӣ Раҳмон дастур доданд, ки дар баробари китобхонаҳои марказию деҳотӣ дар ташкилоту муассиса ва идораю корхонаҳои ҷумҳурӣ китобхонаҳои дохилидоравӣ таъсис дода шаванд.
Имрӯз дар ҳамаи шаҳру навоҳии вилояти Хатлон китобхонаҳои марказию деҳотӣ ва дар муассисаҳои таълимӣ китобхонаҳои дохилӣ фаъолият мекунанд, ки дорои адабиёти зиёди илмию оммавӣ, соҳавию бадеӣ ва рӯзномаю маҷаллаҳои даврӣ мебошанд. Илова бар ин, шурўъ аз соли 2020 дар бархе аз ташкилоту муассиса ва корхонаҳои вилоят китобхонаҳои дохилидоравӣ ва ё рафҳои китобмонӣ ташкил карда шуда, бо адабиёти тозанашр таъмин гардидаанд. Мақомоти иҷроияи ҳокимияти давлатии вилояти Хатлон аз аввалинҳо шуда, ин иқдомро рӯи кор овард ва китобхонаи намунавии дохилидоравиро пурра азнавсозӣ намуда, бо адабиёти гуногуни бадеию соҳавӣ ва санадҳои меъёрию ҳуқуқӣ таъмин сохт.
Бино ба маълумоти шуъбаи иттилоотию таҳлилии дастгоҳи раиси вилоят ҳоло дар китобхонаи мазкур беш аз 15 ҳазор нусха китобҳои бадеӣ, илмӣ, таърихӣ ва соҳавӣ гирдоварӣ гардида, шумораи китобҳои электронии он зиёда аз 20 ҳазор ададро ташкил медиҳад. Китобҳои Асосгузори сулҳу ваҳдати миллӣ – Пешвои миллат, Президенти мамлакат муҳтарам Эмомалӣ Раҳмон дар гўшаи алоҳида гузошта шудаанд. Зеро онҳо, ба гуфтаи китобдорон, аз ҷумлаи серхонандатарин асарҳои таърихию фарҳангӣ ба шумор мераванд.
Осори китобхона на танҳо барои кормандони мақомоти иҷроияи ҳокимияти давлатии вилояти Хатлон, балки аҳли хонаводаи онҳо, аз ҷумла кӯдакону наврасон низ дастрас буда, ҳар яке дар ин махзан асари табъи дилро пайдо карда метавонад.
Масъулини дастгоҳи раиси вилоят тасмим доранд, ки барои боз ҳам зиёд намудани шумораи китобҳои нодиру камёфт дар намоиш-фурӯшҳо иштирок намуда, аз нашриёти гуногун адабиёти лозимаро харидорӣ намоянд. Бо мақсади ҷалби ҳарчӣ бештари кормандони ҷавон ба мутолиа ҳар ҳафта дар китобхонаи мазкур рӯнамоии асарҳои арзишманди илмию бадеӣ баргузор карда мешавад.
Дар ғанӣ намудани захираи китобхона хизматчиёни давлатӣ низ саҳми муносиб гузошта, китобҳои гуногунро ворид намуда истодаанд.
Имрӯзҳо кормандони мақомоти иҷроияи ҳокимияти давлатии вилоят аз ин ганҷинаи бебаҳои илму маърифат истифода бурда, донишу малакаи худро боз ҳам васеъ менамоянд. Ба гуфтаи хизматчиёни давлатӣ китобу ҳуҷҷатҳои дар ин даргоҳ мавҷудбуда, дар пешбурди фаъолияти кории онҳо зарур аст. Ин аст, ки кормандон ҳамарӯза ба китобхонаи дохилиидоравӣ омада, аз асару достон ва шеъру ҳикояҳои шоирону нависандагони классику муосири тоҷику форс ва олимони ҷаҳон баҳравар гардида истодаанд.
Фотима Абдуллоева, корманди мақомоти иҷроияи ҳокимияти давлатии вилоят буда, шавқу рағбати зиёди китобхонӣ дорад. Ӯ ин ташаббусро дастгирӣ намуда, ҳамроҳи ҳамкоронаш даҳҳо адад адабиёти бадеиро ба ин китобхона ворид намудааст. Фотима мегӯяд, ки ҳарчанд дар мақомот кори зиёд доранд, аммо вақт ёфта китоб ҳам мутолиа мекунанд. Аксаран аз ин ҷо китоб гирифта, барои баҳра бардоштан аз гуфтаҳои бузургон онро ба хона мебарад.
Адиби ватансаро Амиршои Хатлонӣ, ки дар мақомоти иҷроияи ҳокимияти давлатии вилоят фаъолият мекунад, китобро манбаи дониш ва чароғи ақл номида, китобдориро хазинаи бебаҳои маънавӣ унвон намуд. Ӯ мегӯяд, ки китоб баҳри баланд бардоштани тафаккури зеҳнӣ ва тарбияи ахлоқии мардум, хусусан насли наврасу ҷавон бениҳоят муҳим мебошад, Аз ин лиҳоз ӯ ибтикори мазкурро нишонаи сиёсати фарҳангпарваронаи Президенти кишвар дониста, афзуд, ки дастури ироагардида боиси бештар рӯ ба китоб овардани қишрҳои гуногуни ҷомеа мегардад ва он ба идроку заковати одамон таъсири мусбат мерасонад.
Раванди таъсиси китобхонаҳои дохилиидоравӣ ва таъмини рафҳои он бо адабиёти соҳавию бадеӣ дар дигар ташкилоту муассисаҳои вилоят ҳам хуб ба назар расида, ҳоло ба ҷуз аз китобхонаи мақомоти иҷроияи ҳокимияти давлатии вилоят, дар ҳамаи шаҳру ноҳияҳо то имрӯз дар 630 ташкилоту муассисаи вилоятӣ ва шаҳру ноҳияҳо китобхонаҳои наздиидоравӣ ташкил ва бо адабиёти тозанашр таъмин гардида, майлу таваҷҷуҳ ба китобхонӣ беҳтар шуда истодааст.
Ajdodlar merosi-bebaho xazina
AJDODLAR MEROSI-BEBAHO XAZINA
Haydarov Xushnudbek Ikromjon o`g`li
JDPI Tarix fakulteti
Tarix o`qitish metodikasi yo`nalishi
II bosqich 203- guruh talabasi
Annotatsiya. Ushbu maqolada muallifning buyuk ajdodlarimizning boy
merosini asrab-avaylash , ularni chuqur o`rganish va ular asosida yoshlarni komil
inson qilib tarbiyalash to`g`risidagi fikrlari bir qancha manbalar asosida bayon
qilingan.
Kalit so`zlar: Vatan, renessans, prezident,YUNESKO, vatanparvarlik, burch,
muqaddas qadamjo, qo`lyozma, kelajak avlod
Аннотации. В этой статье багатое наследие автора наших великих
предков чтобы сохранить их в углубленное изучение и обучение молодих
людей на основе мнений существует на некоторых из источниковобъяснил
Ключевые слова: Родина, ренессанс, президент, ЮНЕСКО,
патриотизм, долг, священные, место, почерк, новое, поколение
Annotation. In this article the author`s rich heritage of our great ancestors to
preservs their in-depth study and to educate young people on the basis of opinions
exist on some of the sources explained
Key words: Motherland, renaissance, president, UNESKO, patriotism, duty,
sacred places, hand writing, the next generation
Vatanimiz boy qadimiy tarixga ega. Turon, Turkiston, Movorounnahr
nomlari bilan shuhrat topgan bu mamlakatning va o‘z mehnati bilan uni obod etgan
xalqning o‘tmishi g‘oyat qiziqarli va ibratlidir. O‘z ilmiy kashfiyotlari bilan jahon
tamadduniga bebaho hissa qo‘shgan allomalarning soni, ta’bir joiz bo‘lsa “sifati”
bilan ham haqli ravishda faxrlana oladigan mamlakatlar, xalqlar kam uchraydi
1
.
1
A.Muhammadjonov “O`rta asrlar tarixi” “Sharq” Toshkent 2017-yil 197-201-betlar
Ko‘p asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani
va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimizning bebaho merosini
o‘rganish, uning asosida yoshlarni komil inson etib tarbiyalash jamiyatda barqaror
ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda ajdodlarimiz merosini asrash, o‘z holicha kelajak
avlodga yetkazish borasida hukumatimiz tomonidan bir qator qaror va farmoyishlar
qabul qilindi. Xususan, O`zbekiston Respublikasi Senatining 2009-yil 9-oktabrda
qabul qilingan “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan
foydalanishb to`g`risida” qabul qilgan qonuni yoki O`zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2018-yil 19-dekabrda qabul qilingan “Moddiy va ma’naviy meros
obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomlillashtirish chora-
tadbirlari” to‘g‘risidagi farmoni va 2018-yil 16-apreldagi “Diniy-ma’rifiy soha
faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni ayni shu
maqsadga xizmat qilmoqda. O`zbekiston xalqining umummilliy boyligi
hisoblanadigan madaniy merosimizni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va undan
foydalanish borasida mamlakatimizda qator ishlar amalga oshirilmoqda
2
.
Xususan,
Buxoro, Samarqand, Xiva, Shahrisabz shaharlarining tarixiy markazlari
YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga, “Boysun madaniy
muhiti”, “Shoshmaqom musiqasi”, “Navruz”, “Katta ashula”, ”Askiya”, “Polov
madaniyati va an’analari” nomzodlari insoniyat nomoddiy madaniy merosi
reprezentativ ro‘yxatiga, Usmon Qur’oni, Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar to‘plami, Xiva xonligi devonxonasi
hujjatlari Jahon xotirasi ro‘yxatiga kiritilganligi yurtimiz madaniy merosining dunyo
miqyosida e’tirof etilganiga yorqin misol bo`la oladi
3
.
Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimi yanada
takomillashtirildi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekiston
Resbuplikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy
2
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy barqarorlikni ta`minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash-
davr talabi” mavzusidagi nutqida “Xalq so`zi” gazetasi 2018-yil 18 iyundagi sonidan
3I.A.Karimov Yuksak ma`naviyat- yengilmas kuch “Ma`naviyat” T:2008 150-152- betlar
boyliklarni tadqiq etish markazi va O‘zbekistondagi Islom svilizatsiyasi markazi
tashkil etildi.
Sharq-u G‘arbni o‘zaro bog‘lagan buyuk svilizatsiyalar tutashgan yurtimiz
hududida ilm-fan madaniyat azaldan rivojlangan. Ayniqsa, o‘rta asrlarda ona
zaminimizdan minglab olim-u shoirlar, buyuk mutafakkirlar yetishib chiqqan.
Ularning matematika, fizika, astronomiya, geografiya, tarix, etnografiya, tibbiyot,
adabiyot, axloq, falsafa kabi ko‘plab sohalarga oid asarlari, Samarqand, Buxoro,
Xiva, Toshkent, Shahrisabz, Termiz va boshqa shaharlardagi qadimiy obidalar
butun bashariyatning ma’naviy mulki hisoblanadi
4
. Agar Yevropa Uyg‘onish
davrining natijalari sifatida adabiyot va san’at asarlari, arxitektura durdonalari,
tibbiyot va insonni anglash borasida yangi kashfiyotlar yuzaga kelgan bo‘lsa, Sharq
uyg‘onish davrining o‘ziga xos xususiyati, avvalo, matematika, astronomiya, fizika,
kimyo, geodiziya, farmokologiya, tibbiyot kabi aniq va tabiiy fanlarning,
shuningdek, tarix, falsafa, va adabiyotning rivojlanishida namoyon bo‘ladi
5
.
Aksariyat taniqli g‘arb olimlarining e’tiroflaricha hozirgi kunda butun jahon,
ayniqsa, eng rivojlangan mamlakatlarida foydalanilayotgan ilg‘or texnologiyalardan
tortib kundalik eng zarur iste’mol buyumlarining dunyo yuzini ko‘rish zamirida
musulmon olimlarining ilmiy kashfiyotlari yotibdi. Hozirgi zamon raqamli
texnologiyalari al-Xorazmiyning algoritmisiz, zamonaviy tibbiyot Ibn Sinoning
“Tib qinunlari”siz , arifmetika, matematika, astronomiya, ma’danshunoslik Beruniy
dahosi yaratgan asarlarsiz, fazo astronomiyasi Farg‘oniy hamda Mirzo
Ulug‘bekning mashaqqatli mehnatlarisiz hozirgi darajaga yetmagan, yeta olmagan
bo‘lardi. Qolaversa sovun, qalam, gul yog‘i, hammom, kanalizatsiya kabi oddiy va
muhim ashyolar ilk musulmon renessansi paytida kashf qilindi hamda Ispaniya
orqali va tijorat yo‘li bilan Yevropa va butun dunyo mamlakatlariga tarqaldi.
Movorounnahr va Sharqiy Turkistonda turkiy xalqlarning qadimdan davom
etib kelayotgan og‘zaki adabiyoti bilan bir qatorda, yozma adabiyoti ham yuzaga
4O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 15-maydagi Samarqand shahridagi konferensiyada so`zlagan
nutqi “Xalq so`zi ”gazetasi 2014-yil 16-maydagi sonidan
5
I.A.Karimov Yuksak ma`naviyat- yengilmas kuch “Ma`naviyat” T:2008 168-170-betlar
keldi va rivojlandi. Qator yirik asarlar bitildi. Ulardan eng nodirlari Yusuf Xos
Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devon-u lug`otit turk”,
Ahmad Yugnakiyning “Hibat-ul haqoyiq”, Ahmad Yassaviyning “Hikmatlar” kabi
asarlarini olishimiz mumkin
6
.
XV asr badiiy adabiyoti ravnaqida buyuk davlat
arbobi, ulug‘ shoir, olim, mutafakkir Alisher Navoiy va buyuk fors-tojik shoiri
Abdurahmon Jomiyning hissalari g‘oyat buyukdir. Navoiy butun faoliyati va ijodini
insonning baxt-saodati uchun kurashga, xalqning osoyishtaligiga, o‘zaro
urushlarning oldini olishga, obodonchilik ishlariga, ilm-fan san’at va adabiyot
taraqqiyotiga bag‘ishladi. U o‘zbek adabiy tili, o‘zbek mumtoz adabiyotini yangi
pog‘onaga ko‘tardi. Navoiy umri davomida “Xamsa”, “Xazoyin ul-maoniy”,
“Mahbub ul-qulub”, “Lison ut-tayr” kabi nodir asarlar yaratdi. Bundan tashqari bu
zaminda yurt ozodligi uchun kurashgan, yurtning har bir qarich yerini o‘z jonidan
ustun qo‘ygan Jaloliddin Manguberdi Temur Malik kabi sarkardalar, mamlakatdan
mo‘g‘ullarni quvib chiqarib, ulkan va poyonsiz saltanat tuzgan Amir Temur kabi
buyuk zotlar yashab o‘tgan. Shunday buyuk zotlar, avliyolar, allomalar avlodimiz
biz! Bobolarimizdan bizga meros bo‘lib qanchadan qancha kitoblar, muqaddas
qadamjolar, qo‘l yozmalar meros bo‘lib qolgan. Biz yoshlar ularni o‘z holicha
asrash, o‘qib o‘rganish va shu holatida kelajak avlodga yetkazib berishimiz kerak.
Shu o‘rinda muhtaram birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning bir fikrlarini keltirib
o‘tishni joiz topdim : “Men yoshlarga murojaat qilar ekanman, ularga doimo: “Biz
buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanishimiz, g‘ururlanishimiz kerak”, deb aytaman.
Ayni vaqtda “Faqat g‘ururlanishning o‘zi yetarli emas, kelinglar, o‘zimiz ham xuddi
ular kabi, mana shu bebaho merosga o‘z hissamizni qo‘shaylik!”, deb
ta’kidlayman”
7
. Muhtaram birinchi prezidentimiz ta’kidlaganlaridek biz yoshlar
nafaqat buyuk allomallarimiz merosini asrab avaylashimiz balki ularni chuqur
o‘rganib, tahlil qilib, yurtimiz kelajagi uchun o‘z hissamizni qo‘shishimiz kerak.
Hozir ayni damda bizda bu ishni bajarishimiz va yurtboshimiz ishonchini oqlashimiz
uchun yurtimizda barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Ulardan unumli foydalangan
6A.Muhammadjonov “O`rta asrlar tarixi” “Sharq” Toshkent 2017-yil 182-bet
7I.A.Karimov “Tarixiy xotirasiz-kelajak yo`q ”“Sharq” T:1998 132-bet
Qiziqarli malumotlar
КИТОБХОНА – ХАЗИНАИ БЕБАҲОИ МАЪНАВӢ