Китобим-Офтобим 3. (синфдан ташқари ўқиш китоби) Toshkentda

Китобим-Офтобим 3. (синфдан ташқари ўқиш китоби) Toshkentda

Китоб ҳақида маълумотлар:

Texnologiya fanining yosh avlod hayotidagi roli

O‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda ularni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish juda muhim hisoblanadi. Chunki tanlangan kasb har bir inson kelajagi bilan bog‘liq hamda yashash tarziga ham ta’sir qiladi. Inson o‘zi tanlagan kasb yoki hunaridan zavq olsa, qilgan ishidan mamnun bo‘ladi. O‘z kasbining ustasiga aylanadi, el e’tiboriga tushadi, baraka topadi.

Kasb tanlashda maktabning o‘rni beqiyos. Ba’zi o‘quvchilar fizika, kimyo, biologiya fanlariga, boshqalari adabiyot, tarix yoki huquq faniga qiziqadi. Masalan, biologiya faniga qiziqqanlar kelajakda vrach-veterinar yoki biolog bo‘lishi mumkin. Huquq faniga qiziqadigan o‘quvchilar huquqshunos, advokat, prokuror, sudya bo‘lishi mumkin. Fizika faniga qiziqadigan o‘quvchilar muhandis yoki aloqachi bo‘ladi. Matematika fani­ga qiziqadigan o‘quvchilar kelajakda iqtisodchi, bankir, buxgalter bo‘lishi, chet tillarga qiziqadigan o‘quvchilar tarjimon, elchi, gid bo‘lib ishlashi mumkin.

Ilgari mehnat darsiga 2-3-darajali fan sifatida qaralardi. Amaliy mashg‘ulotlar qog‘oz-qalam, o‘chirg‘ich, tabiiy materiallar asosida o‘tilardi. Endilikda bu fan “Texnologiya” deb nomlanib, darslar oliy malakali o‘qituvchilar tomonidan o‘tiladigan bo‘ldi. 5—9-sinflarda o‘quvchilar har yili 3-4 kasb bo‘yicha o‘qitiladi, ishlab chiqarish amaliyotida ishtirok etadi. Berilgan nazariy bilimlar amaliy darslar bilan mustahkamlanadi.

Aytish lozimki, 8-9-sinflar uchun mehnat ta’limi bo‘yicha ilgari aniq bir darslik yoki o‘quv-uslubiy qo‘llanma yo‘q edi. Shu bois mazkur fan o‘qituvchilari darslarni deyarli o‘z bilganlaricha o‘tishardi. “Texnologiya” fani bo‘yicha Sirdaryo viloyat “Mahorat maktabi”ning rahbari bo‘lgan Zamira Sattorova yillar davomida dars ishlanmalarini jamlab bordi hamda 8-9-sinflar uchun “Ishlab chiqarish asoslari va kasb tanlashga yo‘llash” degan dastlabki darslik nusxasini yaratdi. Bu ish 2013-yili respublika maktablari bo‘yicha ommalashtirilib, mehnat ta’limi darsi shu asosda o‘tilishi joriy qilindi.

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan darsliklar va o‘quv-metodik komplekslarni ishlab chiqish uchun mualliflarni tanlab olish tanlovida sir­daryolik uch nafar muallim — Guliston shahridagi 8, Yangier shahridagi 6 va Mirzaobod tumanidagi 15-maktab o‘qituvchilari Zamira Sattorova, Nazokat Abdusalimova va Nasiba Ahmedovalar tomonidan 9-sinf o‘quvchilari uchun yozilgan “Texnologiya” kitobi ma’qullanib, darslik sifatida chop etildi va 2019-2020-o‘quv yilidan boshlab asosiy qo‘llanma sifatida o‘qitiladigan bo‘ldi.

Darslikda o‘g‘il bolalar uchun alohida, qizlar uchun alohida qismlar mavjud. O‘g‘il bolalar uchun mo‘ljallangan “Texnologiya va dizayn yo‘nalishi” bo‘limida hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash texnologiyasi, ishlab chiqarish va ro‘zg‘orshunoslik, elektronika asoslari, kasb tanlashga yo‘llash hamda ijodiy loyiha tanlash texnologiyasi boblari ajratilgan bo‘lsa, qizlarga mo‘ljallangan bo‘limda ularning o‘zlariga mos va zamonaviy yo‘nalishlarga oid dars ish­lanmalari hamda ma’lumotlar joy olgan.

Axborot oqimi keskin ortgan davrda mustaqil fikrlash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan, har qanday yangilikni o‘rga­nishga erkin kirisha oladigan shaxsni tarbiyalash ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy maqsadi hisoblanadi va bu borada ta’limda yangi texnologiyalarning qo‘llanishi, interaktiv usullardan keng foydalanish lozim bo‘ladi.

Texnologiya fani predmeti boshqa fanlardan umuman farq qiladi. Masalan, fizika yoki matetmatika fanlari o‘n yillar davomida yangi bilimlar bilan boyitilib boriladi. Texnologiya fani bo‘yicha esa har yili yangiliklar bor. Ishlab chiqa­rish sohasiga ko‘plab yangi texnologiyalar joriy etiladi. Shuning uchun bu fan o‘quvchilarni zamonaviy kasblarga o‘qitish bilan uyg‘unlashtirilgan holda olib borilishi kerak.

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan yaqin kelajakda o‘quvchilarni kasbiy ta’limga yo‘naltirish maqsadida superustaxonalar, bolalar texnoparklari, “Kvantorium” va boshqa zamonaviy parklar ochish ko‘zda tutilmoqda. O‘quvchilar kompyuter va vibrostendlar bilan jihozlangan bu maskanlarda kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish bilan birga robo, kosmo, nano, bio, IT yo‘nalishlari­da ta’lim olish imkoniga ega bo‘ladilar.

Ta’limning yosh avlod hayotidagi roli va ahamiyatini hisobga olgan holda, bu vazifani bugungi kunda oliy ma’lumotli, yuksak professional mahoratga ega bo‘lgan pedagog kadrlar bajarmoqda. Ta’lim sifatini oshirish, ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari, darslik va qo‘llanmalarni takomillashtirish, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoq­da.

Masalan, mebel ishlab chiqarish bo‘yicha dizayner bo‘lmoqchimisan? Marhamat, bolg‘a va mixni chekkaga surib, material tanla, hisob-kitob qil. Mebelni plastikdan tayyorlamoqchimi­san? Bunda barcha detallarni 3D printeri tayyorlaydi. Yog‘ochdan qilmoqchimi­san? Marhamat, raqamli dasturlangan boshqaruv stanogiga hisob-kitobingni kiritasan. Mebeling tayyor.

O‘quvchilar shu tariqa sanoat dizayni, nanotexnologiya, raqamli modellashtirish va ishlab chiqarish texnologiyalari, robototexnika, elektrotexnika, elektore­nergetika, biotexnologiya, oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, “aqlli uy”, “buyumlar interneti” bilan tanishadilar. Bunda darslar nafaqat maktabda, balki kollej va texnikumlar, bolalar texnoparki, yoshlar ijodiy innovatsion markaz­larida tashkil etiladi.

Matluba XUDOYOROVA, Sirg‘ali tumanidagi 300-maktab texnologiya o‘qituvchilari

Китобим-Офтобим 3. (синфдан ташқари ўқиш китоби) Toshkentda

Batafsil tavsif: Китобим-Офтобим 3. (синфдан ташқари ўқиш китоби)

“Мактаб кутубхонаси” туркумидаги “Китобим-офтобим” номли синфдан ташқари ўқиш китоби 1-4 синф ёшидаги болалар учун (Ҳар бир синфга алоҳида, жами 4 та китобдан иборат) мўлжалланган.

Ҳар бир китоб мажмуа характеридаги асарлар тўпламидан иборат бўлиб, унда таниқли болалар ёзувчи ва шоирлари қаторида ёш ижодкорларнинг ҳам мактаб дастурига киритилмаган қизиқарли асарлари жамланган.

Китобда жамланган асарлардан ўқувчилар мустақил ўқиш учун, ота-оналар болалар билан ишлашда, уларнинг билимини ошириш, дунёқарашини кенгайтириш, бадиий асарларни кўпроқ ўқишлари учун йўллашда фойдаланишлари мумкин.

Китоб ҳақида маълумотлар:

Чоп этилган нашриёти: ” Янгиюл Полиграф Сервис “

Чоп этилган йили : 2019

Муқоваси: Юмшоқ

Бетлари сони: 160

Модель: Китобим-Офтобим 3. (синфдан ташқари ўқиш китоби)

Texnik xususiyatlari

Asosiy xususiyatlari:
Ishlab chiqaruvchi

Yetkazib berish shartlari

Доставка

  • Доставка по городу Ташкент составляет – 15 000 сум на малогабаритные товары и 25 000 сум на крупногабаритную технику
  • Доставка в ближайшие к Ташкенту районы Ташкентской области (Кибрай, Зангиота, Янгиюль) платная – 10 000 сум (телефоны, мелкая техника и аксессуары), при заказе на крупногабаритную технику доставка считается так: 5000 сум за каждый км от поста ГАИ.
  • Доставка осуществляется ежедневно с 11.00 до 21.00, кроме понедельника.
  • Заказ на доставку товара к 11.00 оговаривается предварительно и не позднее 17.00 предыдущего дня.
  • Срок доставки – от 8 до 48 часов (время доставки зависит от товара), по областям – в течении 3-10 дней.
  • При оформлении заказа Покупатель сам выбирает удобное для него время доставки, но не менее 8 часов с момента заказа.
  • Если заказ оформлен после 17.00, доставка может быть осуществлена на следующий день.

Доставка до квартиры

  • Подъём на этаж и занос в квартиру:
    • малогабаритной техники – бесплатно.
    • крупногабаритной техники (холодильник, стиральная машина, газовая плита и т.д.) – от 15 000 до 20 000 сум за каждый этаж (сумма зависит от габаритов техники)

    Внимание! Мы не осуществляем подъём на этаж или занос товара в квартиру, если для этого потребуется:

    • перестановка мебели или других предметов;
    • снятие с петель дверей в помещении;
    • демонтаж любых частей товара с целью уменьшения его габаритных размеров;
    • расстояние между стороной товара и окружающими предметами или частями помещения при перемещении товара составляет менее десяти сантиметров;
    • габариты товара в упаковке превышают размеры лестничных маршей, площадок и входных дверей.

    В этом случае товар передаётся Покупателю перед подъездом или перед дверью квартиры, либо в прихожей квартиры, в зависимости от того, где возникло препятствие.

    Приём/передача товара

    • При получении товара Покупатель обязан внимательно проверить его в присутствии курьера и только после этого произвести оплату наличными или по терминалу.
    • Покупатель при приёме товара обязан проверить наличие гарантийного талона на товар.

    Обмен и возврат товара

    В случае обнаружения заводского дефекта, товары могут быть заменены на аналогичные в течение 10 дней с даты доставки. Товар и упаковка не должны быть повреждены.

    Важно!

    • Производитель на свое усмотрение и без дополнительных уведомлений Продавца может менять комплектацию, внешний вид, страну производства и технические характеристики модели. Проверяйте соответствие в момент получения товара.
    • Сотрудники службы доставки не являются консультантами по товару и не владеют информацией о его конфигурации. В случае необходимости уточняйте интересующую вас информацию о приобретаемом товаре у менеджера по продажам.

Qiziqarli malumotlar
Китобим-Офтобим 3. (синфдан ташқари ўқиш китоби) Toshkentda