КИМЁВИЙ ФОРМУЛАЛАР
“Kichik guruhlarda ishlash” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Faoliyat yo`nalishi aniqlanadi. Mavzu bo`yicha bir-biriga bog`liq bo`l51
KASB TA`LIMI METODIKASI [Мамура Дехканова] (pdf) читать онлайн
Книга в формате pdf! Изображения и текст могут не отображаться!
“O`zbekiston temir yo`llari” DATK
Toshkent temir yo`l muhandislari instituti
KASB TA`LIMI METODIKASI
5140900 (5111000) – “Kasb ta`limi” yo`nalishi bakalariat talabalari uchun
o`quv qo`llanma
UDK 378.147:1.
Kasb
ToshTYMI. T.: 2013, 148 bet
Mazkur o`quv qo`llanma kasbiy ta`lim yo`nalishidagi bo`lajak
muhandis-pedagoglar uchun mo`ljallangan bo`lib, u kasb ta`limi
metodikasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, metodologik asoslari,
ilmiy tadqiqot usullari, kasbiy ta`lim metodlari, shakllari, vositalari,
o`qitish jarayonini rejalashtirish, tashkil etish va o`tkazish, talabalar bilim,
ko`nikma va malakalarini baholash yo`llari, kasbiy faoliyatni tashkil etish
masalalarini qamrab olgan.
O`quv qo’llanma institutning O’quv-uslubiy komissiyasi tomonidan
nashrga tavsiya etilgan.
Taqrizchilar: X.J.Xudoyqulov – p.f.d., prof.,
O.A.Qo`ysinov – p.f.n., dot.
© Toshkent temir yo’l muhandislari instituti, 2013
Kirish
«Ta`lim to`g`risidagi» qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»
kasb-hunar ta`limi tizimida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ularda
ilmiy dunyoqarashni, mehnatga ijodiy munosabatni tarkib toptirish, ularda
yuksak mehnat intizomini shakllantirish vazifasini qo`ydi.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning
2012 yil 28 maydagi “Malakali pedagog kadrlarni tayyorlash hamda o`rta
maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarini
shunday kadrlar bilan
ta`minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar
to`g`risida”gi qarorida ta`lim jarayonida yangi axborot va pedagogik
texnologiyalari, elektron ta`lim resurslaridan hamda multimedia
taqdimotlaridan keng foydalanish orqali ta`lim samaradorligiga erishish
muhim ahamiyat kasb etishi ta`kidlangan.
Ishlab chiqarish texnologiyalarining yangilanayotganligi, fan
kashfiyotlari va texnikani bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanib borishi
mutaxassis kadrlardan o`z bilimlarini mustaqil va muntazam ravishda
chuqurlashtirib, yangilab, to`ldirib va kengaytirib borishni talab etadi.
Kasb-hunar ta`limi tizimida malakali kichik mutaxassislarni tayyorlash
ko`p jihatdan maxsus fan o`qituvchilari va muhandis-pedagogning kasbiy
bilimlari, ko`nikmalari va malakalari hamda pedagogik mahoratiga
bog`liqdir.
Ishlab chiqarish ta`limi jarayonida kasbiy ko`nikma va malakalar tizimi
yaratiladi, o`quvchilar kerakli ishlab chiqarish tajribasiga, kasbiy
mahoratga ega bo`ladilar. Shuning uchun har bir pedagog o`z sohasining
ustasi, mohir tarbiyachi, jonkuyar va fidoiy bo`lishi darkor. U o`z ustida
tinmay izlanishi, o`z ishiga ijodiy yondoshishi, o`quvchilarni fanga
qiziqtira olishi lozim. Bunga erishish uchun esa kasb-hunar kollejlari
maxsus fan o`qituvchilari va muhandis-pedagoglari ishlab chiqarish
jarayonining va o`z mehnat faoliyatining mazmunini to`g`ri rejalashtira
olishi, ta`lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo`llay olishi, axborot
texnologiyalarini bilishi hamda zamonaviy texnik vositalardan dars
jarayonida samarali foydalana olishlari lozim. Ta`lim jarayonida yangi
pedagogik texnologiyalar va innovatsion usullardan foydalanish, yangi
ishlab chiqarilayotgan texnik vositalarni tatbiq qilish, talabalarni ko`proq
mustaqil ishlashga undash, ilg`or tajribalardan saboq berishning turli
yo`llaridan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Yana bir muhim jihati,
oliy ta`lim muassasalarida bo`lajak umumkasbiy, maxsus fan o`qituvchilari
va muhandis-pedagoglarning bilim va ko`nikmalarini rivojlantirish,
ularning tanlagan yo`nalishlari bo`yicha kasb sirlarini egallashi uchun
yangi darsliklar, o`quv qo`llanmalari bilan ta`minlash lozim.
Zamonaviy o`quv adabiyotlari va elektron ta`lim resurslari bo`lajak
o`qituvchilarning ilmiy-nazariy, uslubiy va amaliy bilimlarini oshirishda,
ularning kasbga bo`lgan qiziqishi va qobiliyatini rivojlantirishda muhim
ahamiyatga ega.
Ushbu o`quv qo`llanma kasbiy ta`lim yo`nalishidagi bo`lajak
muhandis-pedagoglar uchun mo`ljallangan bo`lib, unda kasb ta`limi
metodikasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, metodologik asoslari,
ilmiy tadqiqot usullari, kasbiy ta`lim metodlari, shakllari, vositalari,
o`qitish jarayonini rejalashtirish, tashkil etish va o`tkazish, talabalar bilim,
ko`nikma va malakalarini baholash yo`llari, kasbiy faoliyatni tashkil etish
masalalari bayon etilgan.
Kasb ta`limi metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari
Reja
1. Kasb ta`limi metodikasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
2. Kasb ta`limi metodikasi fanining boshqa fanlar bilan aloqalari.
3. Kasb ta`limi metodikasi fanining ilmiy tadqiqot metodlari.
O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1997 yil 29-avgustdagi 9sessiyasida “Ta`lim to`g`risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. Bu qonun va dastur ta`lim sohasini tubdan isloh qilishga
qaratilgan bo`lib, ta`lim sohasini rivojlantirish yo`llarini belgilab berdi.
O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi qonunning
maqsadi fuqarolarga ta`lim, tarbiya berish, kasb-hunar o`rgatishning
huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat
konstitutsiyaviy huquqini ta`minlashga qaratilgan.
Kasb ta`limi metodikasi- ijtimoiy hayotning ma`lum sohasida faoliyat
ko`rsatish uchun zarur bo`lgan bilim, amaliy ish-harakat usullarini
shakllantirish qonuniyatlari, qoidalari, shakl, metod va vositalari hamda
mazmuni haqidagi pedagogikaning muhim tarmog`idir.
«Kasb ta`limi metodikasi» fani talabalarning pedagogika, psixologiya,
umumkasbiy hamda maxsus fanlardan olgan bilim va ko`nikmalarini
amalga tatbiq etish, kasb – hunar kollejlarida umumkasbiy va maxsus
fanlari bo`yicha dars berishning shart-sharoitlari, tashkiliy shakllari hamda
metodlari, shuningdek, ularga oid rejalashtiruvchi hujjatlar mazmuni bilan
tanishtiruvchi, ularni tayyorlashni o`rgatuvchi fan bo`lib hisoblanadi. U o`z
oldiga har tomonlama barkamol rivojlangan, hozirgi zamon ruhida
tarbiyalangan, bozor iqtisodiyoti davrida ta`lim-tarbiya ishini tashkil etish
va uni amalga oshirishga oid dolzarb muammolarni ijobiy hal eta oladigan,
milliy istiqlol g`oyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizni chuqur his
etib, ularni ta`lim-tarbiya mazmuniga singdira oladigan shaxs – kasb
ta`limi o`qituvchisini tayyorlash bilan bog`liq aniq maqsadni qo`yadi.
«Kasb ta`limi metodikasi» fani quyidagi vazifalarni hal etadi:
− pedagogik-psixologik bilimlarni umumkasbiy va maxsus fanlarni
o`qitish jarayonida tadbiq etish;
− pedagogik-psixologik bilimlar, bevosita tanlangan sohalarga va yangi
pedagogik, axborot texnologiyalari asosida metodik muammolarni hal
etish;
− kasb ta`limini o`qitishni tashkil etish hamda uni amalga oshirish
metodikasini (har bir kasbga o`rgatishning mazmuni va o`ziga xosligini
5
mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olgan holda) o`rgatish.
«Kasb ta`limi metodikasi» pedagogika, psixologiya, odam anatomiyasi
va fiziologiyasi, umumkasbiy, maxsus fanlar bilan uzviy bog`langan.
Bilish jarayoni va aqliy rivojlanish psixologiyasi o`quv ustaxonalarida turli
buyumlarni texnikaviy loyihalash va modellash jarayonida o`quvchilarda
texnik fikrlash hamda konstruktorlik qobiliyatini shakllantirish uchun asos
hisoblanadi. Psixologiya o`quvchilarning bilimlarini o`zlashtirishi, mehnat
malakalari va ko`nikmalarini hosil qilishi, ularda mustaqillik va mehnatga
ijodiy yondashish hissini rivojlantirish qonuniyatlarini ochib beradi. Bu
o`quv ustaxonalarida o`quv-tarbiya ishlarini to`g`ri tashkil etishda katta
ahamiyatga egadir.
«Kasb ta`limi metodikasi» odam anatomiyasi va fiziologiyasi fani bilan
ham uzviy bog`liqdir. Mazkur ikki fan insonning biologik mohiyatini
tushunishda baza bo`lib xizmat qiladi. Shu sababli, kasb ta`limi darsida
o`quv-tarbiya jarayonini to`g`ri tashkil qilish uchun o`qituvchi, o`quvchi
organizmi o`sishi va rivojlanishining biologik qonuniyatlarini bilishi kerak.
Bu insonning ruhiy shakllanishi va rivojlanishi xususiyatlarini ochib
beradigan yosh fiziologiyasi va odamning oliy nerv faoliyati fiziologiyasi
kursida o`rganiladi.
«Kasb ta`limi metodikasi» o`quv mehnati gigiyenasi bilan ham bog`liq
bo`lib, u o`quv ustaxonalarida o`quvchilarning yosh xususiyatlarini
inobatga olgan holda o`qitish hamda tarbiyalashning sanitariya-gigiyena
sharoitlarini o`rganadi. Har bir gigiyena sharoiti yaratish (yorug`lik,
ozodalik, ventilyatsiya), o`quvchilarning ish o`rnini to`g`ri tashkil etishga,
zarur asboblardan, mehnat usullaridan foydalana bilishga o`rgatish – kasb
ta`limi o`qituvchisi amalga oshirishi va hayotga tatbiq etishi lozim bo`lgan
asosiy masalalardir.
Kasb ta`limi metodikasi fanining ilmiy-tadqiqot metodlari. Har
qanday fan, fan sifatida o`zining ilmiy-tadqiqot usullariga ega. Bu usullar
orqali o`z mazmunini boyitib, yangilab boradi. Hayot va obyektiv dunyoni
bilish nazariyasidada nimani o`rganish va qanday o`rgatish kerak, kimni va
qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo`lib, ular o`zaro uzviy
bog`liqdir. Fan mazmunini boyitish va yangilash maqsadida mavjud
kasbiy, pedagogik-psixologik hodisa va jarayonlarni, uning maqsadi va
vazifalariga muvofiq keladigan tadqiqot usullari bilan o`rganadi.
Ilmiy pedagogik izlanish jarayonlarini amalga oshirishda quyidagi
ilmiy-tadqiqot metodlaridan foydalaniladi: kuzatish, adabiyotlar bilan
ishlash, suhbat, o`quvchilar ijodini o`rganish, test, so`rovnomalar, o`quv
muassasasi hujjatlarini tahlil qilish, eksperiment, tajriba-sinov, statistik
ma`lumotlarni tahlil etish, matematika-kibernetika va boshqalar.
6
Kuzatish – odatda tabiiy kuzatish orqali talabalarning fanlarni
o`zlashtirishlari, ularning xulq-atvori va muomalalaridagi o`zgarishlarni
hisobga olish va tegishli ta`lim tarbiya ta`siri ko`rsatish yo`llarini belgilash
uchun qo`llaniladi. Bu usul tadqiqotchi pedagogik tajribaning muayyan
bir tomoni va hodisalarini biror maqsadni ko`zda tutib idrok etishidan
tashkil topadi. Bunda kuzatishlar tezligi va soni, kuzatish obyekti, vaqti,
pedagogik vaziyatlarni kuzatish uchun ajratiladigan xarakteristika va
hokazolar hisobga olinadi.
Qayd qilish usuliga qarab, kuzatishlar turlarga bo`linadi. Bevosita va
bilvosita qayd qilish usuli tadqiqotchiga real pedagogik jarayonda
kuzatuvchining hatti-harakatlari kabilarni yozib qo`yish imkonini beradi.
Bevosita qayd qilish usuli, biror-bir hodisaning oqibatlari haqidagi faktik
materialni boshqa shaxslar orqali yoki qandaydir asbobni qo`llash vositasida natijani olishga imkon beradi. Fan-texnika taraqqiyoti asrida kuzatishning vizual usullari xilma-xil texnika vositalari (kinofilm,videotasvir
teleko`rsatuv)dan foydalanish orqali tobora ko`p qo`llanilmoqda.
Suhbat usuli – so`rashning bir turi bo`lgani holda tadqiqotchining
jiddiy tayyorgarlik ko`rishini talab etadi. Chunki u tekshirayotgan shaxs
bilan bevosita aloqada bo`lish vaqtida og`zaki suhbat tarzida, suhbatdoshining javoblarini yozmasdan, erkin muomala shaklida olib boriladi.
Suhbat usulida – o`qituvchilar va talabalar jamoasi bilan ota-onalar va
keng jamoatchilik bilan yakka va guruh tarzida ish olib borilganda
qo`llaniladi. Suhbat usulidan farqli ravishda intervyu olish usuli oldindan
belgilangan savollarni izchillik bilan bayon qilishni nazarda tutadi. Bunda
javoblar magnit tasmasiga yoki kassetalarga yozib olinadi. Hozirgi kunda
ommaviy so`rash nazariyasi va praktikasida intervyu olishning ko`p
usullari mavjud.
Pedagogik so`rash usuli – tadqiqotchining boshqa kishilardan
pedagogik tajribaning biror tomoni yoki hodisalari haqida axborot olish
jarayoni bu usulning asosini tashkil qiladi. So`rash usulida savollarning
mantiqiy o`ylangan tizimini, ularning aniq ifodalanishini, nisbatan
kamchiligi (3-5ta) nazarda tutiladi. Shuningdek, qat`iy shakldagi javobni
(“ha”,”yo`q”) ham taqozo etishi mumkin.
Test, so`rovnomalar – so`rovnoma, ya`ni anketa usuli ilmiy farazning
yangiligini aniqlash, yakka yoki guruh holdagi talabalarning fikrlarini,
qarashlarini, qanday kasblarga qiziqishlarini, kelajak orzu-istaklarini bilish
va tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida o`tkaziladi.
Test savollaridan ko`zlangan maqsad, oz vaqt ichida talabalarning
bilimlarini yoppasiga baholashdir.
Mutaxassislarning bilimini va dunyoqarashini aniqlash uslublaridan
biri – bu test yordamidagi sinovdir.
Test yordamida sinov talaba yoki mutaxassisning bilimi, ilmi,
ma`naviyati hamda yoshlarning qaysi yo`nalish va mutaxassislikka
layoqati borligini, iqtidorini zudlik bilan aniqlash yoki baholashga imkon
beradi. Test yordamida Bilimlarni baholashning pedagogika nuqtai
nazaridan yutuqlari va kamchiliklari keltirilgan va baholash jarayonini
EHM yordamida avtomatlashtirish mumkinligi ta`kidlangan. Test savollari
va masalalarining aniqligiga sabab, uning qisqa va lo`ndaligi, umumiy
javoblar ichida to`g`ri javobning borligi va ularning talabalarga ko`rsatma
bo`lib xizmat qilishi,uning topishmoqli o`yinga o`xshashligi va javobni
topishda xotira, ichki tuyg`u va topqirliklar qo`l kelishidir. Test savollarini
chop etish talabalarning mustaqil ishlashini yanada faollashtiradi.
Test sinovlari usuli – yozma javoblarni ommaviy ravishda yig`ib olish
usulidir. Test so`rovlarini (anketalarini) ishlab chiqish murakkab ilmiy
jarayon. Pirovard natijada Tadqiqot natijalarining ishonchliligi anketalar
mazmuniga, berilayotgan savollar shakliga, to`ldirilgan anketalar soniga
bog`liq bo`ladi. Odatda test savollari kompyuterda ma`lumotlarni matematik statistika metodlari bilan ishlash imkonini beradigan qilib tuziladi.
Eksperiment-tajriba-sinov usuli – ushbu tajriba ta`lim-tarbiya
jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tadbiqiy
jarayonlarini tekshirish, aniqlash maqsadida o`tkaziladi.
Statistika ma`lumotlarini tahlil qilish usuli – ta`lim sohasidagi,
jumladan, ajratilgan mablag`larning doimiy o`sib borishi, darslik va o`quv
qo`llanmalari, ko`rgazmali qurollar, o`qituvchi kadrlar tayyorlash, ta`lim
muassasalarining qurilishi, xo`jalik shartnomalari va ulardan tushayotgan
mablag`lar statistika usuli orqali aniqlanadi.
Matematika va kibernetika usullari – o`qitish nazariyasi, amaliyotida
hisoblash matematikasi va kibernetikasi mashinalari yordamida bir tildan
ikkinchi tilga tarjima, dasturli ta`lim va uni mashina orqali boshqarish,
o`qitishni mustahkamlash, baholash orqali ta`lim-tarbiya samaradorligini
oshirish, differensial va individual ta`lim berish kabi jarayonlardir.
Ijtimoiy tadqiqot usuli – anketaga savollar kiritiladi. Bundan maqsad,
talaba-yoshlarning kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini, talabalar orasidagi
do`stlik munosabatlarini, o`quv yurtidagi shart-sharoitlarni bilish, yutuq va
kamchiliklarni, dinga, xususan, tasavvuf ilmiga qiziqishlarini aniqlash,
talabalarning ma`naviy sifatlarini, bilim olishga ishtiyoqi, adabiyotlar bilan
ta`minlanganlik darajasi, o`quv taqsimoti, o`qituvchilarning bilim berish
darajasi, o`quv qo`llanmalarining sifati, kompyuterda mashg`ulot o`tkazish
turlarini o`rganish, ilmiy va kasbiy mahoratni oshirishdagi mashg`ulotlar
8
turi, stipendiyalar miqdori, stipendiyalar talabalarning xarajatini qanchalik
qoplashi, talabalarning haq to`lanadigan ishlarda qat-nashishi, otaonalarining moddiy yordami, ularning ma`lumoti, ish joyi, talabalar ko`p
boradigan jamoat joylari, yashash joyi, ilmiy dunyoqarashining
shakllanishiga ta`sir etuvchi, mutaxassis bo`lib yetishishida hal qiluvchi
omillar, talabalarning onglilik darajasi, komil inson bo`lish uchun kerakli
bo`lgan ma`naviy sifatlar, o`zlashtirganlik darajasi haqidagi savollar
anketaga kiritiladi. Savol-javoblarning barchasi kompyuterda qayta
ishlanadi va xulosalar chiqariladi.
Fanning ilmiy-tadqiqot usullari qanchalik to`g`ri tanlansa ta`lim-tarbiya
mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanadi,
rivojlantirilib, boyitib boriladi.
Kasb ta`limi muammolariga qaratilgan ilmiy izlanishlar o`tkazishdan
maqsad, bo`lajak kichik mutaxassislarni o`zi tanlagan kasbiga o`qitish va
o`rgatishning samarali metodlarini ishlab chiqish va amalda qo`llash,
texnik vositalarni qo`llashga doir masalalarni yechishni o`rganishdan
iboratdir. Ilmiy izlanishlar olib borish uchun o`qituvchidan fanning
mazmunini chuqur bilish talab etiladi. Ko`pchilik bo`lajak pedagoglar
talabalik vaqtlarida-yoq pedagogik izlanishlar bilan shug`ullanadilar. Fan
bo`yicha metodik ko`rsatmalar, maketlar, mustaqil ishlar uchun materiallar
tayyorlaydilar. Ilmiy anjuman va seminarlarda ma`ruzalari bilan qatnashib,
o`zlarining pedagogik mahoratlarini oshirib boradilar.
Ilmiy pedagogik izlanishlar jarayonini shartli ravishda quyidagi
bosqichlarga bo`lish mumkin:
1. O`qituvchining adabiyotlarni o`rganish va amaliy ishlar asosida
muammolarni aniqlash. Bunda o`rganilayotgan muammo to`g`risida
adabiyot muallifining fikr-mulohazalari; o`rganilayotgan muammo
to`g`risida usullardan farqli ravish kiritgan takliflari; adabiyotlarda
qaysi asosiy masalalar yoritilmagani; muammoni yechish uchun olib
boriladigan izlanishlar aniqlanadi.
2. Kuzatish metodi orqali o`qitish jarayonida yuzaga keladigan muammolar o`rganiladi. (o`qituvchi dars jarayonida duch keladigan qiyinchiliklar, kamchilik va qiyinchiliklarning yuzaga kelish sabablari, tajriba-sinov orqali yangiliklar bosqichma-bosqich o`qitish jarayoniga tatbiq
etiladi, natijalar esa test, suhbat, so`rovnomalar orqli o`rganilib boriladi. statistik ma`lumotlarni tahlil etish va matematika-kibernetika metodlari yordamida dalillarni taqqoslash orqali asoslangan taklif beriladi.
3. Izlanish natijalarini rasmiylashtirish va o`quv jarayonida qo`llash.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent., Sharq, 1998. – 64 b.
2. Kasb ta`limi uslubiyati/Olimov Q.T., Abduquddusov O., Uzoqova L.,
Ahmedjonov M., Jalolova D.-Toshkent., Iqtisod moliya, 2006. – 192 b.
Nazorat savollari
1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining mazmuni va uning mohiyatini
tushuntirib bering?
2. Kasb ta`limi metodikasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalarini
tushuntiring?
3. Kasb ta`limi metodikasi qaysi fanlar bilan o`zaro uzviy bog`liq?
4. Kasb ta`limini ilmiy tadqiqot metodlari to`g`risida tushuncha bering.
Topshiriq
Ilmiy pedagogik izlanishlarni amalga oshirish bosqichlarini yozma
izohlang.
№
1
1
2
3
4
Ilmiy pedagogik izlanishlarni amalga oshirish bosqichlari
3
4
5
6
7
8
Kasb-hunar ta`limi mazmuni
Reja
1. O`rta maxsus, kasb-ta`limi tayyorlov yo`nalishlari, kasblar va
ixtisosliklarning umumdavlat “Tasniflagichi”
2. Kasb-hunar ta`limi mazmuni
3. O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tizimidagi asosiy o`quv- me`yoriy
hujjatlar
O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va
ijtimoiy rivojlanishning o`ziga xos yo`lini tanlashi kadrlar tayyorlash
tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo`ydi. “Ta`lim
10
to`g`risida”gi qonunning joriy etilishi yangi o`quv rejalari, dasturlari,
darsliklarni hamda zamonaviy didaktik ta`minotni ishlab chiqishni va
tadbiq etishni taqozo qildi.
Shu nuqtai nazardan Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta`lim jarayoni, mazmunini isloh qilish, asosan, me`yoriy hujjatlar majmui (davlat
ta`lim standarti, o`quv rejalari va dasturlari) asosida, kadrlarga ta`lim va
tarbiya berish milliy istiqlol g`oyalariga muvofiq amalga oshirilishi
alohida ta`kidlab o`tilgan.
Ta`lim yo`nalishlari mutaxassisliklar va kasblar tasniflagichi O`zbekiston Respublikasining axborotlarni kodlashtirish va tartibga solish
yagona tizimining tarkibiy qismidir.
O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limining ta`lim yo`nalishlari mutaxassisliklar va kasblar tasniflagichi-O`MKHTi o`quv muassasalarida
kichik mutaxassislarni tayyorlash bo`yicha ta`lim yo`nalishlari, mutaxassisliklar va kasblarning tizimlashtirilgan ro`yxatidir.
Unda quyidagi sakkizta ta`lim, gumanitar fanlar va san`at, ijtimoiy
fanlar, biznes va huquq, fan, muhandislik, ishlov berish va qurilish
tarmoqlari, qishloq xo`jaligi, sog`liqni saqlash va ijtimoiy ta`minot va
xizmatlar kabi bilim sohalari bo`yicha mutaxassislar tayyorlash ko`zda
tutilgan.
Tasniflagichda ta`lim bosqichlari, bilim va ta`lim sohalari, ta`lim
yo`nalishlari va mutaxassisliklari yettita raqamli kod bilan belgilanadi.
Bunda mutaxassislik kodi; yo`nalish kodi; ta`lim sohasi kodi; bilim sohasi
kodi; ta`lim dasturlari bosqichi kodi keltiriladi.
O`MKHT tayyorlov yo`nalishlari va mutaxassislar kodi- kasbiy
faoliyat sohalariga muvofiq kasblar va mutaxassisliklar bo`yicha tayyorlov
yo`nalishlari ixtisoslashtirilgan ro`yxatining raqamli belgisidir.
1-raqam ta`lim dasturi bosqichi kodi; 2-raqam bilim sohasi kodi; 3raqam ta`lim sohasi kodi; 4-5 raqamlar tayyorlov yo`nalishi kodi; 6-7
raqamlari mutaxassisliklar kodini bildiradi.
Ta`lim to`g`risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, davlat
ta`limi standarti va o`quv rejasi kabi me`yoriy hujjatlarda bugungi kunda
yosh avlodga ta`lim-tarbiya berishga qo`yilgan talablar o`z aksini topgan.
Ushbu hujjatlarda chuqur bilimli, erkin fikrlovchi, o`zida yuksak insoniy
fazilatlarni mujassam etgan barkamol shaxsni tarbiyalash birinchi galdagi
vazifa etib belgilangan.
Ta`limni standartlashtirish – bu butun dunyo kasb-hunar ta`limini islohotlashtirishdagi eng yirik tendensiyalardan biridir. Jamiyatda sodir bo`layotgan bugungi yangiliklar hamda iqtisodiy o`zgarishlar ta`lim tizimiga
xususan o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limiga boshqacha yondashishni talab
11
Yer usti transport tizimlari
Yer usti transport tizimlari
Yer usti transport tizimlari
Ta`lim yo`nalishlari nomi
Ta`lim
yo`nalishlari kodi
Temir yo`l stansiyalarining
markazlashtirilgan stansiya posti
navbatchisi; poyezdlar tuzuvchisi;
saralash tepechasi operatori
Lokomotiv mashinist yordamchisi
Lokomotivlarni ta`mirlash bo`yicha
chilangar
Operativ hisoblash guruhi, nazorat
tizimi diagnostika posti operatori
Logistik markazning texnik-operatori
Tovar (yuk)kassiri
Yuk va bagajlarni qabul qiluvchi va
topshiruvchi
Mutaxassislik
lar kodi
Temir yo`l sohasida
mijozlarga xizmat
ko`rsatish bo`yicha texnik
Temir yo`l transporti
vositalaridan foydalanish
va ta`mirlash bo`yicha
mexanigi
Temir yo`l stansiyalaridan
foydalanish va xizmat
ko`rsatish texnigi
O`rta maxsus, kasb-hunar ta`liminining tayyorlov yo`nalishlari mutaxassisliklar va kasblar
TASNIFLAGICHI
qiladi. Shunday ekan, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi standartlarini ishlab
chiqmasdan turib, jahon bozoriga chiqa oladigan, kasbiy mohirlik darajasi
yuqori bo`lgan, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlab bo`lmaydi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy maqsadi va amalga
oshirish vazifalaridan biri, ta`lim oluvchilarning tayyorgarlik sifati va
ixtisosiga zaruriy talablarni, ularning madaniy va ma`naviy – ruhiy
darajalarini aniqlab beruvchi davlat ta`lim standartlarini yaratish va tatbiq
etishdir.
Xalqaro talablarga javob beruvchi o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi
davlat standartlarini (DTS) ishlab chiqish O`zbekiston Respublikasi va
rivojlangan mamlakatlarda kasb-hunar ta`limi ekvivalentligini hamda o`z
navbatida mamlakatimizning xalqaro mehnat bozorida to`siqlarsiz ishtirok
etishini ta`minlaydi, ikkinchidan ta`lim xizmatlari sifatiga aniq (qat`iy)
talablarni belgilab qo`yish muassasalari ishining samaradorligini nazorat
qilish tizimini tartibga soladi.
Davlat ta`lim standartlari. O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim
to`g`risida»gi Qonunning 7-moddasiga, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga
muvofiq Respublikada idoraviy bo`ysunishi va mulkchilik shakllaridan
qat`iy nazar ta`lim muassasalarining barcha turlari uchun majburiy bo`lgan
davlat ta`lim standartlari (DTS) belgilanadi.
DTS-standartlashtirish obyektiga nisbatan me`yorlar va talablarni
belgilaydi hamda «Standartlashtirish to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tasdiqlanadi.
DTS kadrlar tayyorlash sifatiga, ta`lim mazmuniga nisbatan qo`yiladigan talablarni; ta`lim oluvchilar tayyorgarligining zarur va yetarlicha darajasini hamda ta`lim muassasalarini bitiruvchilarga nisbatan qo`yiladigan
malaka talablarini; o`quv yuklamasining zarur hajmini; ta`lim muassasalari
faoliyatini va kadrlar tayyorlash sifatini baholash tartibi va mexanizmini
belgilaydi.
DTS ta`lim jarayonini va ta`lim muassasalari faoliyatini baholashni tartibga soluvchi boshqa me`yoriy hujjatlarni yaratish uchun asos hisoblanadi.
Davlat ta`lim standartlarining maqsad va vazifalari. Davlat ta`lim
standartlari joriy etilishi quyidagi maqsadlarni amalga oshirilishini nazarda
tutadi:
1) ta`limning yuksak sifatini hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan
chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar;
2) demokratik davlat barpo etish talablariga javob beruvchi kadrlar
tayyorlanishini ta`minlash;
3) mamlakatning ijtimoiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan-texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chi13
qib, kadrlar tayyorlash mazmunini tartibga solish;
4) ta`limning demokratiyalashuvi, insonparvarlashuvi va ijtimoiylashuvi,
ta`lim oluvchilarning huquqiy-iqtisodiy bilimlari darajasini, shuningdek ta`lim jarayoni samaradorligini oshirish;
5) sifatli ta`lim xizmatlari ko`rsatish, ta`lim va kadrlar tayyorlash sohasida
shaxsning, jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilish;
6) kadrlar tayyorlash sifatini va ta`lim faoliyatini baholash mezonlarini va
tartibini belgilash;
7) ta`lim jarayoni va kadrlar tayyorlashning izchilligi va uzluksizligini
ta`minlash, ta`limning barcha turlari va bosqichlarida o`quv-tarbiya
jarayonini maqbullashtirish;
8) mehnat va ta`lim xizmatlari bozorida raqobatbardoshlilikni ta`minlash;
Davlat ta`lim standartlarining vazifalari:
• ta`lim sifatiga va kadrlar tayyorlashga, ko`rsatiladigan ta`lim xizmatlari
nomenklaturasiga nisbatan qo`yiladigan maqbul talablarni belgilash;
• ta`limga va uning pirovard natijalariga, ta`lim oluvchilarning bilimi va
kasbiy malakasi darajasini vaqti-vaqti bilan baholash tartibi va tartibotiga, shuningdek ta`lim faoliyati sifati ustidan nazorat qilishga nisbatan
qo`yiladigan tegishli talablarni belgilovchi me`yoriy bazani yaratish;
• xalqning boy ma`naviy merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida
ta`lim oluvchilarni ma`naviy-axloqiy tarbiyalashni samarali shakllari
va usullarini joriy etish;
• ta`limning barcha turlarida olib boriladigan ta`lim va tarbiyani kelishib
olish, ularning o`zaro bog`liqligini, uzluksiz ta`lim tizimida va kadrlar
tayyorlashda izchillikni ta`minlash;
• o`quv-tarbiya va ta`lim jarayoniga, uzluksiz ta`lim tizimining pedagogik texnologiyalariga va axborot bilan ta`minlanishiga, ta`lim darajasini nazorat qilishga, ta`lim muassasalarida ta`lim oluvchilar va ularni
bitiruvchilarning malakasiga nisbatan me`yorlar va talablarni belgilash;
• ta`lim va kadrlar tayyorlash sifatiga baho berishning xolis tizimini,
ta`lim muassasalarini attestatsiyadan o`tkazish va akkreditatsiya
qilishni joriy etish;
• kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta`lim, fan va ishlab
chiqarishning samarali integratsiyasini ta`minlash;
• milliy standartlar talabining ta`lim sifati va kadrlar tayyorlashga
nisbatan xalqaro talablarga muvofiqligini ta`minlash;
Ta`limning standartlashtiriladigan turlari.
DTS-ta`limning umumiy o`rta ta`lim, shu jumladan boshlang`ich
ta`lim; o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi (akademik litseylar, kasb-hunar
kollejlari); oliy ta`lim (bakalavriat, magistratura) turlari uchun belgilanadi.
14
Maktabgacha, maktabdan tashqari, oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim,
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash uchun davlat
boshqaruvining vakolatli organlari tomonidan davlat talablari belgilanadi.
O`MKHTni standartlashtirishda ta`limning uzluksizligi va uzviyligi,
mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi, fan – texnika, texnologiyalarning istiqbolli rivojlanishi, jamiyat talablari va ularning zamonaviy
holatini hisobga olish, ta`lim, fan va ishlab chiqarishni mujassamligi, fan,
texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlariga, respublika va chet el
ilg`or tajribalariga mos kelishi kabi tamoyillariga rioya etiladi.
Kasb-hunar ta`limi tarmoq standarti – yo`nalishlar bo`yicha kichik
mutaxassislarni tayyorlashning zarur va yetarli mazmuni hamda pirovard
maqsadlarini aniqlaydi, ta`lim oluvchilarning o`quv yuklamalari hajmi va
standart sifatlari nazoratini belgilab beradi.
O`MKHT tarmoq standarti quyidagi komponentlardan tashkil topadi:
1) Qo`llanish sohasi.
2) Me`yoriy hujjatlar
3) Standartning maqsadi va vazifalari.
4) Ta`riflar
5) Kasbiy tavsifnoma.
6) Kasbiy tayyorgarlik mazmunining zarur va yetarli hajmi
7) Ta`lim dasturining tarkibi va mazmuni
8) Standart talablarining bajarilishini nazorat qilish.
1. Qo`llanish sohasi. Ushbu standart yo`nalishi bo`yicha kichik
mutaxassislarni tayyorlashning zarur va yetarli mazmuni va pirovard
maqsadlarini aniqlaydi, taúlim oluvchilarning o`quv yuklamalari hajmi va
standart sifatlari nazoratini belgilab beradi.
Standart talablari ta`lim oluvchilarning kasbiy tayyorgarligi sifati va
darajasini baholashda hamda o`quv muassasalarini attestatsiyadan o`tkazishda asosiy mezon hisoblanadi. Ushbu talablarning bajarilishi o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi o`quv muassasalarining bitiruvchilariga kasbiy ta`limning tegishli darajasini olganligi to`g`risidagi davlat namunasidagi hujjat berilishi uchun asos hisoblanadi.
Standart talablari o`zining idoraviy bo`ysunishi va mulkchilik
shakllaridan qat`iy nazar ta`limni boshqarish davlat organlari va ta`lim
faoliyati subyektlari tomonidan tatbiq etilishi majburiydir.
2. Me`yoriy hujjatlar.
1. O`zbekistan Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi qonuni.
2. O`zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to`g`risida”gi qonuni.
15
3. O`zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
to`g`risida»gi qonuni
4. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 –
yanvardagi 5-sonli “Uzluksiz ta`lim tizimi uchun davlat ta`lim
standartlarini ishlab chiqish va joriy qilish to`g`risida»gi qarori.
5. Oz Dst 983:2001 O`zbekiston Respublikasi uzluksiz ta`lim davlat
standartlari. O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi. Asosiy qoidalar.
3.Standartning maqsadi va vazifalari.
Standartlashtirishning maqsadi:
Yo`nalishi bo`yicha sifatli kasbga o`rgatishning davlat tomonidan kafolatlanishini va uning ekvivalentligini mehnat bozori talablariga mos
holda davlat va nodavlat muassasalari darajasida ta`lim xizmati mazmuni va yakuniy maqsadi talablari reglamentiga to`g`ri kelishini
ta`minlash.
O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tizimi, mehnat bozori va jamiyat o`rtasidagi o`zaro hamda qayta munosabatlarni qonuniy ravishda o`rnatishdan iborat.
Standartlashtirishning asosiy vazifalari quyidagilardir:
Kichik mutaxassislar tayyorlash sifatiga qo`yiladigan zaruriy talablarni
belgilash.
Tayyorlov yo`nalishi bo`yicha Davlat ta`lim standartlari talablarini
rivojlangan mamlakatlarning shu yo`nalishdagi standart talablari bilan
muvofiqlashtirish.
O`quv reja va dasturlar, bitiruvchilarga beriladigan diplom va
sertifikatlar hamda ularning egallagan bilim, ko`nikma va malakalarini
o`zlashtirish darajalarini nazorat qilish usullari va baholash mezonlari
to`g`risidagi me`yoriy hujjatlarni ishlab chiqish uchun zamin yaratish.
4. Ta`riflar.
4.1.O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarida tayyorlov
yo`nalishi kasb faoliyatining aniq sohasi bo`yicha kasb ta`limi
mutaxassislarini tayyorlash.
4.2.Kasb – inson mehnat faoliyati mahsuli bo`lib, maxsus kompleks
tayyorlash davrida va ish tajribalari asosida egallagan nazariy bilim,
amaliy ko`nikma va malakalar majmuidir.
4.3.Mutaxassislik – maxsus tayyorlov davrida va ish tajribalari asosida
ma`lum faoliyat uchun o`zlashtirilgan bilim, ko`nikma va malakalardan
iborat majmuadir.
4.4. O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tarmoq standartida quyidagi o`z16
lashtirish darajalaridan foydalaniladi:
1-daraja – avval o`rganilgan obyektlar, xususiyatlar, jarayonlarni tanish,
yordamga tayangan holda amallarni bajarish.
2-daraja – namunaviy amallarni mustaqil ravishda yoddan bajarish.
3-daraja – avvaldan o`rganilgan namunaviy amallar asosida bajarilish
lozim bo`lgan yangi faoliyat algoritmini yarata olishi, mahsuliy faoliyat
ko`rsatish.
5. Kasbiy tavsifnomada tayyorlov yo`nalishi, kasbi, mutaxassisliklar,
yo`nalishning qo`llanish sohasi va vazifalari, malaka keltiriladi.
Standartda belgilangan zarur va yetarli mazmunni, kasbiy ta`lim, dasturlarni muvaffaqiyatli o`zlashtirgan shaxslarga kichik mutaxassis malakasi
beriladi.
− kasbiy ta`limni chuqurlashtirish maqsadida kadrlar malakasini oshirish
tizimida, tarmoq o`quv muassasalarida va maxsus kurslarida keyinchalik malakani oshirish amalga oshiriladi
− oliy o`quv yurtlarida kasbiy faoliyatning mazkur sohasida yanada
yuqoriroq malakaga erishiladi.
Mazkur tayyorlov yo`nalishi bo`yicha kasb olish uchun umumta`lim
darajasi – umumiy o`rta. Umumta`lim maktablarida o`qitilgan fanlar asosida o`zlashtirilgan bilimlar mazkur kasbni egallash uchun zamin bo`ladi.
Ruhiy – fiziologik fazilatlar minimumi: kuzatuvchanlik, diqqatchanlik,
qo`l, oyoq harakati senso-motor muvofiqlashtirilishi to`g`riligi, har tomonlama tez fikrlash va faraz qilish, yorug`likni sezish, faol va tez xotirlash,
harakat xotirasi, bejirimlik va o`tiruvchanlik kabi talablar qo`yiladi.
5.5. Kasbiy faoliyatning mazmuniy ko`rsatkichlari
Texnologik jarayon
sxemasiga binoan
faoliyat turlari
6. Kasb-hunar ta`limi mazmunining zarur va yetarli hajmi
O`quv
Fanning nomi
sikllari
Kasbiy. 1.
Mutaxassis- −
likka kirish.
−
−
O`quv elementlari va ularni o`zlashtirish darajasi
«Ta`lim haqida», «Kadrlar tayyorlashni milliy dasturi»,
«O`rta maxsus va kasb-hunar ta`limi to`g`risida»gi
qonunlarni va ularning tanlangan kasbni rivojlantirishdagi
o`rni. Kasb-hunar tasnifi va bozor iqtisodiyoti.
O`qitish jarayonining shakllari, reyting usuli va
mutaxassislar tayyorlashda ijtimoiy, siyosiy va kasbiy
fanlarning ahamiyati, kitob bilan ishlash.
O`qituvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, ijodkorlik va
o`quv tadqiqotchilik ishlariga jalb qilish.(2)
6.1. Ta`lim dasturining tarkibi va mazmuni
6.2. Yo`nalishi bo`yicha kichik mutaxassis tayyorlash ta`lim dasturi
kunduzgi o`qish bo`yicha 3 yilga mo`ljallangan va jami 144 hafta u quyidagicha: nazariy o`qitish 100 hafta, malakaviy amaliyot 10 hafta, bitiruv
malakaviy ish – 8 hafta, attestatsiya – 2 hafta, ta`tillar – 24 haftaga
taqsimlangan.
6.3. Talabalarning bir haftalik eng yuqori o`quv yuklamasi 54 soat,
bundan 38 soatgacha auditoriyada o`qish, 16 soati – mustaqil ish.
6.4. Uch yil davomida ta`lim dasturining mehnat sig`imi 6480 soat.
Ta`lim dasturini o`zlashtirishda, o`quvchi, fanning qator masalalari
yoki muammolari bo`yicha mustaqil bilim olishi ham ko`zda tutilishi
kerak.
6.2. Fanlar bloklari bo`yicha ta`lim dasturi tarkibi
№
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
Bloklar nomi
Umumta`lim fanlar
Umumkasbiy fanlar
Maxsus va kasbiy fanlar
O`quv amaliyoti
Ishlab chiqarish amaliyoti
Davlat attestatsiyasi
Kollej ixtiyoridagi soat
Jami
Mehnat sig`imi
2833
302
980
1177
921
102
165
6480
Soatlar miqdori
Auditoriya
1994
212
690
828
648
72
116
4560
Mustaqil ish
839
90
290
349
273
30
49
1920
Mustaqil ish, bilim olishning mustaqil shakli bo`lib, o`quvchi dasturdagi materiallarning bir qismini o`qituvchi rahbarligi ostida mustaqil bajarib
o`rganishi tushuniladi.
18
Standart talablarining bajarilishini nazorat qilish. O`MKHT
sifatini nazorat qilish quyidagi usullarda olib boriladi:
Ichki nazorat – O`MKHT muassasasi tomonidan amalga oshiriladi;
o`qitish sifatining ichki nazorati ta`limni boshqarish bo`yicha vakolatli
davlat organi tasdiqlagan «Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari
o`quvchilarining bilim saviyasi, ko`nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi to`g`risida»gi Nizom asosida reyting-nazorat shaklida
o`tkaziladi. Nazoratning reyting tizimi quyidagi nazorat tadbirlari o`tkazilishini ko`zda tutadi:
− joriy nazorat – og`zaki so`rov, kollokviumlar, seminarlar, yozma ishlar, laboratoriya ishlari, texnikaviy diktant, kurs loyihalari, uy vazifasi
va hokazo, ya`ni o`qituvchi o`z amaliyotida qo`llaydigan barcha so`rov
turlarini o`z ichiga oladi.
− oraliq nazorat – fanning ma`lum bir qismi, bo`limi yakunlangandan
so`ng o`tkaziladi. Oraliq nazoratning o`tkazilish tartibi, shakli ta`lim
muassasasining ilmiy-pedagogik kengashi tomonidan belgilanadi.
− yakuniy nazorat – semestr tamom bo`lganda va o`quv dasturining
tegishli bo`limi tugallangandan keyin amalga oshiriladi Yakuniy nazoratning o`tkazilish tartibi, shakli ta`lim muassasasining ilmiy-pedagogik kengashi tomonidan belgilanadi. Tashqi nazorat – O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat test markazi tarkibidagi Kadrlar
tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta`lim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasi tomonidan tayyorlan-gan «Ta`lim muassasalari va pedagogik kadrlarning davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasi haqidagi Nizom» va amaldagi me`yoriy hujjatlar asosida amalga
oshiriladi; Davlat-jamoat nazorati – ta`limni boshqa-ruvchi vakolatli
davlat organi va u bilan kelishilgan holda jamoat tashkilotlari va kadrlarga talabgorlar tomonidan amalga oshiriladi; Yakuniy davlat attestatsiyasi – davlat imtihonlari va malakaviy bitiruv diplom ishi(loyiha)ni
himoya qilish bilan yakunlanadi.
Ta`lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni rejalashtiruvchi asosiy hujjat
o`quv reja va dasturlar hisoblanadi. O`quv rejasi kasb-hunar ta`lim
muassasalarida ta`lim – tarbiya jarayonini samarali tashkil etishni, o`quv
fanlarini alohida o`rganish sur`atini ta`minlovchi hujjatdir.
O`quv reja-ta`limning va umumiy shartlar hajmi, fanlarni o`rganish
ketma-ketligini belgilaydi. Bu hujjat mazmunida ta`lim muddati, ta`limning tuzilishi va tartibi, o`rganilayotgan fanlar ro`yxati ketma-ketligi har
bir predmet vaqtlari bo`yicha har bir predmetga ajratilgan soatlar soni
ko`r-satiladi. O`quv ishlarini rejalashtirishga asos bo`lib xizmat qiladi.
O`quv reja maqsad va vazifalari, mohiyatiga ko`ra tayanch, namunaviy
19
va ishchi o`quv rejasiga bo`linadi.
Tayanch o`quv rejalari-kasb-hunar kollejlarining yo`nalishidan qat`iy
nazar tuzilib, umumta`lim fanlar, umumkasbiy fanlar, maxsus fanlar, o`quv
amaliyoti ishlab chiqarish amaliyoti, davlat attestatsiyasi va kollej
ixtiyoridagi soatlar bir xil beriladi. Kasb-hunar kollejlari uchun tayanch
o`quv rejasi quyidagi shaklda keltirilgan.
Kasb-hunar kollejlari uchun tayanch o`quv rejasi
№
I
II
III
IV
V
VI
Fanlar
Umumta`lim fanlari
Umumkasbiy fanlar
Maxsus fanlar
O`quv amaliyoti
Ishlab chiqarish amaliyoti va diplom
oldi amaliyoti
Davlat attestatsiyasi
Kollej ixtiyoridagi soat
Jami:
Soatlar
miqdori
1994
Umumiy yuklamaga
nisbatan foiz hisobida
43,7%
Namunaviy o`quv rejasi – ta`lim mazmunidan kelib chiqib, kasb-hunar kollejlari tayyorlov yo`nalishlari bo`yicha alohida tuziladi. Ular o`rta
maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarining ishchi o`quv rejalarni ishlab
chiqish uchun asos hisoblanadi. Namunaviy o`quv rejasida o`quv yili 40
hafta va 2 semestrdan iborat. Har bir semestr 20 haftani o`z ichiga oladi.
O`quv rejasi loyihasi shu sohada tajribaga ega bo`lgan mutaxassislar guruhi tomonidan tayyorlanadi. O`quv rejasi loyihasi Respublika komissiyasiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi. Ayrim hollarda o`quv rejasi loyihasi
markazning ilmiy-metodik kengashi tomonidan ham tasdiqlanishi mumkin.
Fanlarning o`quv namunaviy dasturi muayyan predmetlar bo`yicha ta`lim
mazmunining zaruriy minimumini va o`quv materiallarini o`zlashtirish
darajasini batafsil ochib beruvchi hujjat hisoblanadi. U mutaxassis fan
o`qituvchilari tomonidan tuziladi va O`MKXT Markazi tomonidan
tasdiqlanadi.
Ishchi o`quv rejasi- muayyan ta`lim muassasasi uchun o`qitish jarayonining kalendar tuzilmasini va bosqichlarini ifodalaydigan, namunaviy
o`quv rejasi asosida ishlab chiqiladigan hujjat hisoblanadi. U tayyorlov
yo`nalishi xususiyatlaridan kelib chiqib, o`quv yurtlari tomonidan ishlab
chiqiladi va tasdiqlanadi.
O`quv rejasi – har bir yo`nalish uchun alohida tuzilib, vazirlik tomoni20
dan tasdiqlanadi. Unda quyidagilar o`z ifodasini topadi: tayyorlov yo`nalishi (ixtisoslik) kodi va uning nomlanishi; o`qish muddati; o`qishni tugatgandan so`ng olinadigan akademik darajasi; ta`lim shakli; o`quv davrining
taqsimoti (jadvali); o`quv jarayonining rejasi; o`rganiladigan o`quv predmetlari; har bir o`quv predmetini o`rganish uchun ajratilgan umumiy vaqt
miqdori; o`rganish uchun ajratilgan vaqtni-ma`ruza, amaliy mashg`ulot,
laboratoriya ishlari, seminarlar, kurs loyihalari va mustaqil ta`limga qanday
miqdorda taqsimlanganligi, o`quv predmetini qaysi bosqich, semestrlarda,
haftasiga qancha soatdan o`rganish tartibi; davlat attestatsiyasi; tanlov
fanlarining ro`yxati; izohlar.
O`quv rejalari mazmuni va tuzilishiga mos holda quyidagi omillarga
e`tiborni qaratmoq lozim:
− Ta`lim va tarbiyaning maqsadli yo`naltirilganligiga;
− Mehnat va ishlab chiqarish jarayonining tuzilishiga;
− Ta`lim- tarbiya jarayonining qonuniyatlariga.
O`quv rejalarini ishlab chiqishda bo`lg`usi mutaxassislarda shakllantirilayotgan malaka mahoratlari darajasining o`rganilayotgan o`quv fanlari
miqdoriga va o`rganish davriga aniq mos tushishini e`tiborda tutmoq lozim. Bo`lg`usi mutaxassislarning bilim va ko`nikmalari shakllanishini, har
bir fanni bosqichma-bosqich chuqur o`rganishlari, qulay va muhimligini
ham nazarda tutishi kerak bo`ladi.
O`quv-dasturiy hujjatlar tuzilmasi va mazmunini ishlab chiqish,
o`qitish jarayonini takomillashtirish va mehnat bozori talablariga javob
beradigan malakali kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.
O`quv rejalarini tuzish va takomillashtirish
Namunaviy o`quv rejalari o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarining ishchi o`quv rejalarini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi. Namunaviy o`quv rejasida o`quv yili 40 hafta va 2 semestrdan iborat. Har bir
semestr 20 haftani o`z ichiga oladi.
Namunaviy o`quv rejalarida umumiy 4560 soatdan 80-220 soat ta`lim
muassasasi ilmiy-pedagogik kengashi qarori bilan kiritiladigan fanlar
uchun ajratiladi.
Ta`lim muassasalari o`quvchilarining haftalik yuklamasi 54 soatni
tashkil etadi. Bundan 16 soati mustaqil ishlashga ajratiladi. Ta`lim muassasalari ilmiy-pedagogik kengashlariga ishchi o`quv rejalarini tuzishda namunaviy o`quv rejalarini ta`lim standartlari talablari doirasida 15-20 %
gacha o`zgartirish huquqi beriladi. Quyida namunaviy o`quv rejasining
ko`rinishi keltirilgan:
Tasdiqlayman»
O`zbekiston Respublikasi Oliy va
o`rta maxsus ta`lim vaziri
___ ____________ 2011 yil
Kasb-hunar kollejlarining
3840020. Avtomobillarga texnik
xizmat ko`rsatish va ta`mirlash
yo`nalishi bo`yicha
Mutaxassisligi: Kod:3840021
Avtomobillarga texnik xizmat ko`rsatish
Kasblar:
1. Avtomobillarga texnik xizmat
Ko`rsatish chilangari
2. Avtomobil elektr jixozlarini
ta`mirlash elektrigi
3. «V» va «S» toifali haydovchi
O`qish muddati 3 yil
Namunaviy o`quv reja
I. O`QUV JARAYONI JADVALI
T T
Nazariy va amaliy ta`lim
Ishlab chiqarish
I
B
amaliyoti
Bitiruv malakaviy
(diplom) ishi
Auditoriyadagi o`quv yuklamasi
Umumiy
yuklama
Kurs ishi
(loyiha ishi)
2
Umumta`lim fanlari
Davlat tilida ish yuritish va
nutq madaniyati
Ona tili va adabiyot
Rus(o`zbek) tili
Xorijiy til
Tarix
Shaxs va jamiyat
Matematika
Informatika
Fizika
Astronomiya
Kimyo
Biologiya
Amaliy geografiya
YoChT
Jismoniy tarbiya
Huquqshunoslik
Ma`naviyat asoslari
Axborot texnologiyalari
Estetika
Oila psixologiyasi
Milliy istiqlol g`oyasi:
asosiy
tushuncha
va
tamoyillar
O`zbekiston konstitutsiyasi
Iqtisodiyot asoslari
Umumkasbiy fanlar
Mutaxassislikka kirish
Texnikaviy chizmachilik
Texnik mexanika
Umumiy elektrotexnika va
elektronika asoslari
Mehnat muhofazasi
O`quvchining umumiy yuklamasi, soatlarda
Soatlarning kurs, semestrlar,
va haftalar bo`yicha
taqsimoti
1 kurs
2 kurs
3 kurs
Semestr va haftalar soni
1
2
3
4
5
6
17
13 14 15
31 14 12
2
2
Korxona iqtisodiyoti va uni
rejalashtirish
Standartlashtirish
texnik
o`lchov asoslari
Maxsus fanlar
Metallar texnologiyasi
Yo`l harakati qoidalari va
xavfsizligi
Avtomobillar tuzilishi
Avtomobil va dvigatel
nazariyasi
Avtomobillarda
ishlatiladigan ashyolar
Avtomobil elektr jihozlari
Avtomobil va dvigatellarni
ta`mirlash
Boshqarishning
avtomatlashtirilgan tizimi
Avtomobil va dvigatellarga
texnik xizmat ko`rsatish
Avtomobillarda tashish
Tanlov fanlari
O`quv amaliyoti
Chilangarlik ishlari
Dastgohlik amaliyoti
Avtomobillarning tuzilishi
Avtomobillarga
texnik
xizmat
ko`rsatish
va
ta`mirlash
Ishlab chiqarish amaliyoti
Ishlab chiqarish amaliyoti
Diplom oldi amaliyoti
Kollej ixtiyoridagi soat
HAMMASI
III. Namunaviy o`quv rejasiga tushuntirish xatida quyidagilar
keltiriladi:
1. Mashg`ulotlar 2 sentyabrdan boshlanib, 30 iyun kuni tamom bo`ladi.
2. Rus (o`zbek) tili, xorijiy til, informatika fanlaridan darslar 2 guruhga
bo`lib o`qitiladi.
3. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 27 maydagi O`zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish
chora tadbirlari to`g`risidagi 271-sonli qaroriga asosan o`quv rejasidagi
jismoniy tarbiya fani kollejdan tashqari soatlar hisobidan har bir semestrda haftasiga 4 soat o`qitiladi, ya`ni o`quv rejasida haftasiga 1 soat
berilgan bo`lsa, yana 3 soatdan, agar 2 soat berilgan bo`lsa, yana 2
soatdan qo`shiladi.
4. O`quv va ishlab chiqarish amaliyotini o`tkazish davrini, haftalar sonini,
o`tilish ketma-ketligini har bir ta`lim muassasasi o`z sharoitidan kelib
chiqqan holda hamda yo`nalishning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga
olib o`zlari Ilmiy-pedagogik kengash qarori bilan belgilashi mumkin.
O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasasi ixtisoslik fanlari
ro`yxatini tuzishda uzviylik va uzluksizlikni ta`minlash maqsadida oliy
ta`lim muassasasi va ish beruvchi tashkilotlar talablarini hisobga oladi.
23
5. Uchinchi kursdagi ishlab chiqarish amaliyoti oldidan o`quvchilarga bitiruv ishi vazifasi beriladi, bu ishlarni o`quvchi ushbu amaliyot jarayonida bajarishi lozim (ma`lumot to`plash, bo`limlar bo`yicha ularni tayyorlash).
6. Mazkur o`quv reja asosida o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasasi
ishchi o`quv rejasini tuzadi. Bunda mazkur kasb-hunar kolleji o`quvchilar o`quv yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o`quv
fanlari bloki hajmini 5 % gacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10
% gacha o`zgartirish kiritishni Ilmiy-pedagogik kengash qarori bilan
amalga oshiradi.
7. Tanlov fanlari uchun belgilangan o`quv soatlari kollej pedagogik
kengashi qaroriga asosan maxsus fanlarni o`qitishga ajratiladi.
8. Uchinchi kursdagi (6-semestr) 8 haftalik amaliyotning 2 haftasi (7-8
haftalar) diplom ishini bajarish uchun ajratiladi
9. Kasblar bo`yicha amaliy imtihon o`quvchining tanlagan kasbi bo`yicha
ishlab chiqarish amaliyoti o`quv dasturlari asosida o`tkazilishi keltiriladi.
Ishchi o`quv rejalarni ishlab chiqish hamda ta`lim jarayoniga tatbiq
etish.
O`zbekiston Respublikasi O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limining Davlat
ta`limi standartlari «Ta`lim to`g`risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 16 oktyabrdagi «O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi Davlat ta`lim standartlarini tasdiqlash to`g`risida»gi 400-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat ta`lim standartlarining 2.5.4.-bandiga binoan o`quvchining haftalik yuklamasi 54 soat, undan 16 soati o`quvchi mustaqil ishiga, ya`ni auditoriyadan tashqari
ta`limligi ko`rsatilgan. Har haftada mustaqil ish uchun 16 soat ajratilganligini va bir o`quv yili 40 haftadan iborat ekanligini hisobga olsak o`quvchi
bir yilda 640 soat, uch yilda 1920 soat mustaqil ish bajarishi lozimligi kelib
chiqadi. Bugungi kunda o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari tayyorlov yo`nalishlari bo`yicha adabiyotlarning yangi avlodlari, zamonaviy
o`quv jihozlari, texnika va texnologiyalar bilan ta`minlanib kelinmoqda,
shuning uchun ham o`quvchilarda mustaqil ishlash ko`nikmalarini shakllantirish katta ahamiyatga egadir. O`tgan davr mobaynidagi tajribalar shuni
ko`rsatdiki bitiruvchi o`quvchilar chuqur nazariy bilim va amaliy ko`nikmalarga ega bo`lishlarida fanlar bo`yicha mustaqil ishlarni tashkil etish va
nazorat qilish, o`quvchilarni egallaydigan mutaxassislik va kasblar bo`yicha individual ishlashga, o`qituvchi va o`quvchi o`rtasidagi ijodiy hamkorlikni ta`minlash talab darajasida emasligi ma`lum bo`ldi. Ushbu uslubiy
ko`rsatmada mustaqil ishni tashkil etish tartib qoidalari berilgan.
Yangi namunaviy o`quv rejada «tanlov fanlari»ga alohida soatlar ajra24
tilgan bo`lib, ulardan maqsadli ravishda samarali foydalanishni (ish beruvchilar takliflari asosida) tashkil etish ushbu uslubiy qo`llanmada yoritilgan.
Tavsiya etilayotgan uslubiy majmua o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limining barcha toifadagi xodimlari uchun mo`ljallangan. Mazkur majmuani
mazmunan takomillashtirishda mualliflar akademik litsey va kasb-hunar
kollejlarining rahbarlari, o`qituvchilari, muhandis-pedagog xodimlari va
mutaxassislarining taklif va istaklari inobatga olinadi.
Ishchi o`quv rejalarni ishlab chiqish tartibi. Akademik litsey va
kasb-hunar kollejlarining tayyorlov yo`nalishlari bo`yicha ishlab chiqilgan
namunaviy o`quv rejalariga asosan har bir ta`lim muassasasi o`zining
tayyorlov yo`nalishlaridan kelib chiqib ishchi o`quv rejalarni ishlab
chiqishda quyidagilar e`tiborga olinishi lozim:
− tayyorlov yo`nalishining namunaviy o`quv rejasiga asosan ishchi o`quv
rejasini ishlab chiqishda o`quvchilar o`quv yuklamasinining haftalik
hajmini saqlagan holda o`quv fanlari bloki hajmini 5 % gacha, bloklar
tarkibidagi fanlar hajmini 10 % gacha o`zgartirish huquqi beriladi;
− tanlov fanlariga ajratilgan soatlar hajmini fan kafedralari, ish beruvchi
korxonalar mutaxassislari bilan kelishilgan holda o`quv rejasidagi
maxsus fanlarga yoki kasblardan kelib chiqib qo`shimcha maxsus fan
kiritilishi mumkin;
− ishchi o`quv rejasiga asosan ta`lim muassasasining moddiy-texnik
bazasi, joylashgan hududi, ish beruvchi korxonalardagi ishchi
o`rinlarning mavjudligi, tayyorlov yo`nalishlarining xususiyatlaridan
kelib chiqib, kasbiy fanlarning semestrlar bo`yicha o`qitilishini, o`quv
va ishlab chiqarish amaliy mashg`ulotlari o`tkazilish davrini 10 %
gacha o`zgartirishi mumkin;
− namunaviy o`quv rejasiga asosan ishchi o`quv rejalarini ishlab chiqish
ta`lim muassasasining o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari, ishlab chiqarish ta`limi bo`yicha direktor o`rinbosari, kafedra mudirlari,
uslubchilar tomonidan ishlab chiqilib, o`qitiladigan fanlarning semestrlar bo`yicha taqsimlanishi, amaliy mashg`ulotlarning o`tkazilish davrlarini ish beruvchi korxonalar mutaxassislari bilan kelishilgan holda
ishlab chiqiladi hamda ta`lim muassasasi rahbari tomonidan pedagogik
kengash qaroriga asosan tasdiqlanadi;
− ishchi o`quv rejalarida umumkasbiy va maxsus fanlar bo`yicha laboratoriya ishlari, kurs ishlari, amaliy mashg`ulotlar uchun ajratiladigan soatlar hajmi (asoslangan holda fan o`qituvchilari tomonidan belgilanadi)
har bir fanga ajratilgan umumiy soatlar hajmi saqlangan holda fan
o`qituvchilari tomonidan belgilanadi. Masalan (namuna) «Avtomobillarning tuzilishi» faniga 100 soat ajratilgan bo`lsa shundan: 60 soati
25
nazariy, 12 soati kurs ishi (kurs ishlarini bajarish uchun soatlar hajmi
12 soatdan kam bo`lmasligi kerak), 20 soat amaliy mashg`ulot va 8
soati laboratoriya ishlarini bajarish uchun belgilanadi va jami 100
soatni tashkil etadi
− laboratoriya ishi, kurs ishi, amaliy mashg`ulotlar uchun ajratiladigan
soatlar miqdori namunaviy o`quv rejaga asosan ishchi o`quv
rejalarning 7,8,9,10-punklarda aks ettiriladi.
Mustaqil ish soatlari, ularni bajarish va nazorat qilish tartibi. Namunaviy o`quv rejalarida har bir fan bo`yicha mustaqil ish soatlari qanday
tartibda belgilandi: Ma`lumki, Davlat ta`lim standartida belgilanganidek
o`quvchining haftalik o`quv yuklamasi 54 soatni tashkil etadi. O`quvchilar
akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida 3 yil ya`ni 120 hafta ta`lim
oladilar. Demak, 120 haftani 54 soatga ko`paytirsak 6480 soatni tashkil
etadi, bu soatlar miqdori o`quvchining umumiy yuklamasi, ya`ni mustaqil
ishlarga ajratilgan soatlar bilan auditoriyadagi o`qitiladigan fanlarga
ajratilgan soatlar hajmining yig`indisiga teng bo`ladi.
6480 soatdan uch yil davomida o`quvchilar tomonidan auditoriyada
o`rganiladigan fanlarga (fanlar bo`yicha tarmoq standartlarida belgilangan
soatlar hajmi) 4560 soati ajratilsa, 1920 soat kelib chiqadi. Demak,
mustaqil ishga ajratiladigan 1920 soat, 4560 soatni 42,1 % ni tashkil etadi.
Misol sifatida ixtiyoriy bir fanga ajratilgan mustaqil ish soatini keltirib
chiqarish uchun quyidagi ishlar amalga oshiriladi: ya`ni agarda matematika
faniga davlat ta`lim standartiga asosan 200 soat ajratilgan bo`lsa, shu
soatni 42,1 % ga ko`paytirsak, 84 soatni tashkil etadi. Demak, matematika
fani uchun auditoriyada o`qitiladigan o`quv yuklamasi 200 soatni, mustaqil
ish 84 soatni va umumiy soat namunaviy o`quv rejada ko`rsatilganidek 284
soatni tashkil etadi. Xuddi shu tartibda qolgan fanlarning ham mustaqil ish
uchun soatlari hisoblanadi.
Mustaqil ish soatlarini bajarishda quyidagilarga e`tiborni qaratish lozim:
− o`quvchilar tomonidan fanlarni o`rganish jarayonida ularning nazariy
va amaliy bilim va ko`nikmalarini o`z vaqtida baholab borish, o`quvchilarning fanga, kasbga bo`lgan qiziqishlarini shakllantirib borish,
ularning fikrlash qobiliyatlarini yuksaltirish, nutq madaniyatlarini oshirish maqsadida fan mavzulari, bo`limlariga oid qo`shimcha topshiriqlar
beriladi hamda o`quvchilarni joriy baholash, oraliq baholash va yakuniy baholash natijalariga o`quvchilarning mustaqil ishlarini bajarishlari
bo`yicha olgan qo`shimcha ballarini inobatga olgan holda baholanadi;
− umumta`lim fanlari bo`yicha iqtidorli o`quvchilar bilan ishlashni,
ularga fanlar bo`yicha chuqur bilim berishda mustaqil ravishda ishlash
uchun nazariy va amaliy topshiriqlar berish;
26
− mutaxassislik fanlari bo`yicha kasb sirlarini puxta egallashlari uchun
zamonaviy o`quv adabiyotlaridan samarali foydalanish, texnika, texnologiyalarnining tuzilishi va ishlash prinsiplari bo`yicha qo`shimcha
o`qib o`rganish;
− o`quv va ishlab chiqarish amaliy mashg`ulotlari bo`yicha o`quvchilarga
o`zlari egallaydigan kasblari bo`yicha mustaqil ravishda turli maketlar
tayyorlash, zamonaviy texnikalardan foydalanib mustaqil ravishda
amaliy topshiriqlarni o`qituvchi rahbarligida bajarib ko`rsatish;
− o`quvchilarni joriy, oraliq, yakuniy nazorat ishlarini baholash jarayonida ularni fanlar nazariy va amaliy bajargan mustaqil ishlarining natijalarini inobatga olgan holda baholanadi;
− o`quvchilar mustaqil ishlarini baholash tartibi asosan har bir fan
o`qituvchisi o`z fani bo`yicha o`quvchilarga fanni chuqur
o`zlashtirishlarini ta`minlashlari uchun nazariy va amaliy jihatdan
mustaqil ishlar berish va natijalarini baholash bo`yicha alohida qayd
jurnali yuritadi hamda har 45 kunda guruh o`quvchilarining mustaqil
ishlarni bajarishlari va natijalari bo`yicha fan kafedralarida muhokama
qilinadi, natijalari umumlashtirilib ta`lim muassasasining ilmiypedagogik kengashlarida bosqichma-bosqich muhokama qilib boriladi.
Tanlov fanlarini aniqlash va ulardan maqsadli foydalanish tartibi.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining yangi shakl va mazmundagi
namunaviy o`quv rejalarining afzallik tomonlaridan biri har bir tayyorlov
yo`nalishlarining fanlar bloklariga tanlov fanlari uchun ajratilgan soatlar
miqdoridir.
Tayyorlov yo`nalishlaridagi tanlov fanlarini aniqlash, ularga ajratilgan
soatlar hajmidan maqsadli ravishda foydalanish quyidagicha amalga
oshiriladi:
− amaldagi o`quv rejalarida haftalik yuklamalar 36-38 soat qilib
belgilangan edi, namunaviy o`quv rejalarda esa o`quvchilarning bir
haftalik o`quv yuklamalari 36 soat qilib belgilandi;
− har bir tayyorlov yo`nalishi bo`yicha ishlab chiqilgan namunaviy o`quv
rejalaridagi o`quvchilarning haftalik yuklamalari 36 soat qilib belgilangandan so`ng 3 yil davomida iqtisod qilingan soatlar hajmi 240 soatni
tashkil etadi;
− Davlat ta`lim standartlarida belgilanganidek ta`lim muassasasining
ixtiyoridagi soatlar hajmi 116 soatni tashkil etadi;
− tanlov fanlariga ajratiladigan soatlar hajmi esa 124 soatni tashkil etadi,
ya`ni: 240-116-124 soat
− namunaviy o`quv rejasiga asosan ishchi o`quv rejani ishlab chiqish
jarayonida ta`lim muassasasining imkoniyatlaridan yoki zaruriyatdan
27
kelib chiqib tanlov fanlariga ajratilgan soatlar hajmini 20 %
ko`paytirish (ta`lim muassasasi ixtiyoridagi soatlar hisobidan) mumkin;
− tanlov fanlari uchun ajratilgan soatlar miqdorini tayyorlov yo`nalishlaridagi o`quv va ishlab chiqarish amaliy mashg`ulotlarining xususiyatlaridan kelib chiqib ta`lim muassasasi pedagogik-kengashi qaroriga
asosan o`quv yoki ishlab chiqarish amaliy mashg`ulotlariga (zaruriyat
tug`ilsa) qo`shimcha soat sifatida berilishi mumkin;
− namunaviy o`quv rejaga asosan ishchi o`quv rejani ishlab chiqishda har
bir tayyorlov yo`nalishi bo`yicha ishchi o`quv rejani ishlab chiqishda
tanlov fanlari uchun ajratilgan soatlar hajmini taqsimlash yoki
qo`shimcha kasbiy fan kiritishni ta`lim muassasasi rahbariyati, kafedra
mudirlari, fan o`qituvchilari hamda ishlab chiqarish korxonalari
mutaxassislarining takliflariga asosan tanlanadi yoki o`quv rejadagi
mavjud kasbiy fanlarga proporsional ravishda taqsimlanadi.
Davlat attestatsiyasi-O`rta maxsus, kasb-hunar ta`lim muassasalari
bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi o`quvchilarning tayyorlov
yo`nalishi bo`yicha egallaydigan mutaxassisliklari va kasblari asosida
ularning nazariy bilim, ko`nikma va malakalarini baholash hamda Davlat
ta`lim standartlari talablari asosida malakali kadrlar tayyorlashda o`quv
dasturlarining o`zlashtirish darajalari aniqlanadi.
Bitiruvchilarning Davlat attestatsiyasini o`tkazishda soha tayyorlov
yo`nalishlaridan kelib chiqib oliy ta`lim professor-o`qituvchilari o`rta
maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarining muhandis-pedagoglari hamda
ish beruvchi korxonalarning vakillaridan iborat komissiya tuziladi.
O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarida Davlat attestatsiyasi
imtihon shaklida o`tkaziladi, ya`ni birinchisi-Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlardan (Tarix), ikkinchisi-kasbiy fanlar bo`yicha amaliy imtihon,
uchinchisi-Bitiruv malakaviy (diplom) ishi bo`yicha Davlat imtihonlari
o`tkaziladi.
Ushbu imtihonlarni o`tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar: ushbu fan (tarix) bo`yicha
o`quv dasturlarining mavzulariga asosan bitiruv imtihonining savollar
to`plami ishlab chiqilib fan kafedrasi kengashida muhokamadan
o`tkaziladi hamda lozim bo`lgan o`zgartirishlarga asosan ta`lim
muassasasining pedagogik kengashi qaroriga ko`ra tasdiqlanadi.
2. Kasblar bo`yicha amaliy imtihon: O`quvchilar tayyorlov yo`nalishlarining mutaxassislik va kasblari bo`yicha umumkasbiy hamda maxsus
fanlardan olgan nazariy bilimlarini bitiruv imtihonida ish beruvchi korxonalarning mutaxassislari, maxsus fan o`qituvchilari, davlat attestatsiyasi a`zolaridan iborat komissiyasi tomonidan o`tkazilib, unda asosan
28
o`quvchilar o`zlari egallagan kasblari ma`lum bir vazifani amaliy jihatdan bajarib ko`rsatadilar. Bunda har bir tayyorlov yo`nalishlarining
o`quv va ishlab chiqarish amaliy mashg`ulotlari o`quv dasturlariga
asosan ish beruvchi korxonalar mutaxassislari, oliy ta`lim muassasalarining professor-o`qituvchilari kasb-hunar kolleji maxsus fanlar
kafedralarining o`qituvchilari hamkorlikda ta`lim muassasasining
moddiy texnika bazasi inobatga olgan holda kasblar bo`yicha amaliy
imtihonlarning topshiriqlari ishlab chiqiladi va ta`lim muassasasining
pedagogik kengashida tasdiqlanadi. Kasblar bo`yicha amaliy imtihon
o`tkazish davrida ishlab chiqilgan topshiriqlarni o`quvchilar tomonidan
amaliy jihatdan bajarishlari uchun barcha kerakli asbob-uskunalar
tayyorlanadi hamda amaliy imtihon davrida ushbu asbob-uskunalar
yordamida o`quvchilarning kasblar bo`yicha olgan nazariy bilimlariga
asosan egallagan malaka va ko`nikmalari amaliy jihatdan belgilangan
tartibda baholanadi.
Ta`lim mazmunini belgilovchi asosiy me`yoriy hujjatlardan yana biri
o`quv dasturlardir.
O`quv dasturi-o`quv predmetining mazmuni, uni tahsil oluvchilar
tomonidan o`zlashtirilishining eng maqbul usullari, tartibi, axborot
manbalarini o`zida mujassamlashtiruvchi me`yoriy hujjatdir. U shu nom
bilan nomlangan o`quv predmetiga tegishli bo`ladi.
Ta`lim standartlarida belgilab berilganidek, umumiy va maxsus
talablar, bilim va ko`nikmalar, o`quv rejalaridagi umumkasbiy va maxsus
fanlarda o`zaro uzviyligini ta`minlash, fan dasturlarini zamon talablariga
mos ravishda oddiydan murakkabga qarab tuzib chiqish, har bir fan
dasturlarining mavzulariga mos ravishda qo`shimcha ko`rgazmali qurollar
yaratish o`qituvchilarga murakkab vazifalarni qo`yadi, talabalarning esa
nazariy bilimlarini shakllantirib boradi.
Kichik mutaxassislar tayyorlashga qo`yilgan talablarning hujjatli asosini tasvirlaydigan o`quv dasturlarida pedagogik maqsadlarning to`liq va
aniq belgilanishi talab qilinadi. To`liqlik deganda mazmunning barcha zaruriy va qo`yilgan maqsadga erishish uchun yetarli elementlarni kiritish
tushuniladi. Aniqlik deganda esa real o`quv jarayonida berilgan mazmunni
joriy qilish yo`lini ko`rsatadigan elementlar va belgilar tasavvur etiladi.
Fanning o`quv dasturi o`quv jarayonining mazmuni va sifatini belgilovchi
me`yoriy hujjatdir. O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarida ta`lim
o`quv rejasidagi har bir fan, maxsus va fakul`tativ kurs bo`yicha tasdiqlangan o`quv dasturlariga muvofiq olib borilishi shart.
Fanning ishchi o`quv dasturi namunaviy o`quv dastur asosida yaratiladi. Ishchi o`quv dasturida fan bo`yicha rejalashtirilgan o`quv soatlari aso29
sida mavzularning soatlardagi taqsimoti (ushbu taqsimotni 10% gacha
o`zgartirish imkoniyati hisobiga olingan holda), mavjud o`quv-uslubiy va
texnikaviy ta`minot, amaliy va laboratoriya mashg`ulotlarining soatlaridagi
aniq ro`yxati keltiriladi.
Darslik – davlat ta`lim standarti, o`quv dasturi, uslubiyati va didaktik
talablari asosida belgilangan, milliy istiqlol g`oyasi singdirilgan, muayyan
o`quv fanining mavzulari to`liq yoritilgan, tegishli fanning asoslarini
mukammal o`zlashtirishga qaratilgan hamda turdosh ta`lim yo`nalishlarida
foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan nashr. Har bir ta`lim turining
maqsad va vazifalarini qamrab olgan, bilim oluvchilarning yoshi va boshqa
xususiyatlarini hisobga olgan o`z darsliklari bo`ladi. Darslikda nazariy
ma`lumotlardan tashqari, amaliy tajriba va sinov mashqlari bo`yicha zarur
ko`rsatmalar beriladi.
O`quv qo`llanma – darslikni qisman to`ldiruvchi, muayyan fan dasturi
bo`yicha tuzilgan va fan asoslarining chuqur o`zlashtirilishini ta`minlovchi,
ayrim bob va mashg`ulotlar yechimiga mo`ljallangan nashr.
Uslubiy qo`llanmalar ta`lim muassasasining ilmiy-uslubiy kengashi
tomonidan tasdiqlanadi.
Darsliklar qo`lyozmasi tayyor bo`lgandan keyin ichki va tashqi
taqrizdan o`tkaziladi, ta`lim muassasasidagi ekspert komissiyasi ko`rigidan
o`tib, tegishli xulosa olgandan so`ng mutasaddi kafedra yig`ilishidan
o`tadi, keyin ta`lim muassasi ilmiy-uslubiy kengashidan o`tadi va nashrga
tavsiya etish haqidagi taklifni Vazirlikning Muvofiqlashtiruvchi
kengashiga taqdim etadi. Muvofiqlashtiruvchi Kengash qoshidagi
ekspertlar ko`rigidan ijobiy o`tgandan so`ng mazkur Kengashning nashr
etishga ruxsati haqidagi qarorini oladi.
Nazorat savollari
Tasniflagich nima?
4. Kasbiy ta`lim mazmunini qanday
hujjatlar belgilaydi?
a) DTS, O`quv reja, o`quv dastur
b) Darslik
g) Malaka tavsifnoma
d) a va b to`g`ri.
1. Tarmoq ta`lim standarti bu -?
Ishchi o`quv rejasining tarkibiy qismlarini
yozing?
2.
Uzluksiz ta`lim tizimining qaysi 6. Ishchi o`quv dasturning tarkibiy
qismlarini yozing?
bo`g`ini uchun DTS majburiy?
Maktabgacha ta`lim, umumiy o`rta ta`lim,
o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi, oliy ta`lim,
oliy ta`limdan keyingi ta`lim, kadrlarni
malakasini oshirish va ularni qayta
tayyorlash, maktabdan tashqari ta`lim-tarbiya
Kasb-hunar ta`limi tizimi va jarayoni
Reja
1. Ta`limning didaktik tizimi haqida umumiy tushuncha.
2. Predmet tizimi, operatsiya tizimi, operatsiya-predmet tizimi, motorlimashq tizimi, operatsion-kompleks va boshqa tizimlar
3. Kasb-hunar ta`limi didaktik tizimlarini takomillashtirish
Ta`limning didaktik tizimi haqida umumiy tushuncha. Ta`lim tizimi deb, amaliy ko`nikma va mehnat malakalarini to`g`ri tarkib topishini,
kasbiy faoliyatga tayyorlashni ta`minlaydigan o`quv materialining maqsadga muvofiq tuzilmasiga, uni tashkil etish va izchilligiga aytiladi.
Kasb-hunar ta`limi o`zaro bog`langan ikki qismdan iborat:
a) nazariy bilim; b) ishlab chiqarish ta`limi.
Ishlab chiqarish ta`limi va nazariy ta`lim bir-biridan farq qiladigan,
lekin o`xshashliklari ham bor. Ta`limning bu 2 xil turi ham ta`lim
mazmunini ajratish, uning qismlarini guruhlash, ularni o`rganish
izchilligini belgilash zarurligi bilan bog`liqdir. Bunday ajratish prinsiplari
va gruppalash tartibi o`qitishning odatda ishlab chiqarish ta`limi tizimining
qaysi biridan qo`llanishiga bog`liq bo`ladi.
Kasb-hunar ta`limida predmet, operatsiya, operatsiya-predmet tizimi,
motor mashq tizimi, operatsion-kompleks va konstrukcion-texnologik tizimlar ma`lum. Dastlab predmet (buyum) tizimi paydo bo`lgan. Bu tizimga
o`quvchi o`zi o`zlashtirayotgan kasb uchun tegishli bo`lgan buyumlarni
tayyorlagan. Bunda buyumlar murakkabligi ortib borgan. Tayyorlash jarayoni didaktik jihatdan alohida operatsiyalarga ajratilmagan. O`quvchi ayrim mehnat usullarini bajarish qoidalari bilan maxsus tanishmagan, faqat
o`qituvchining ishi va boshqa harakatlarini takrorlashga intilgan. Bunday
ta`lim natijasida o`quvchilarni tanish buyumni tayyorlash uchun o`z bilim
va malakalaridan foydalana olmaydilar, har bir yangi buyumni tayyorlash
jarayonida ishni qaytadan o`rganishga majbur bo`ladilar. Mazkur tizimning
asosiy kamchiligi ana shundan iborat. Buyum (predmet) tizimi hunarmandchilik ishlab chiqarish usulini aks ettirgan va XIX asrning 2-chi yarmigacha keng qo`llanilgan.
Manufakturalarning paydo bo`lishi va shunga ko`ra mehnatning taqsimlanishi texnologik jarayonning operatsiyalarga bo`linishiga olib keldi,
ya`ni mehnat ta`limining operatsiya tizimi vujudga keladi. Bu tizim XIX
asrning oxirida yuzaga keldi.
Operatsiya tizimi bo`yicha o`qitishda o`quvchilar o`zlari egallaydigan
kasbning mazmunini tashkil qiluvchi mehnat operatsiyalarini o`rganishgan.
31
Shu sababli ular har qanday buyumni tayyorlash bir xil operatsiyalardan
iborat, bundan faqat operatsiyalarning bajarilish tartibi va ishlov berishning
aniqligiga qo`yiladigan talablar bir-biridan farq qiladi, degan tushunchaga
ega bo`lishgan. Shunday qilib, operatsiya tizimi o`quvchilarni buyum tayyorlashga bog`lab qo`ymay, kasb doirasidagi umumiy bilim, amaliy ko`nikma va malaka bilan qurollantirgan. Ta`limning buyum tizimiga nisbatan
operatsiya tizimining afzalligi ana shudir. Operatsiya tizimi yordamida
ishlab chiqarish texnologiyasini tushunish uchun shart-sharoitlar yaratadi,
ta`limni yangi izchil (oddiy operatsiyalardan murakkab operatsiyalarga) tashkil qilish imkonini beradi, mehnat ko`nikmalarini va malakalarini shakllantirishda, asosiy operatsiyalarni o`zlashtirib olishga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Operatsiya tizimining kamchiligi shundan iboratki, operatsiyalar
umuman o`quv buyumlari tayyorlash jarayonida o`zlashtiriladi, ya`ni
o`quvchilar mehnati unumli mehnat xarakterida bo`lmaydi. Natijada
ularning ishga qiziqishi susayadi. Opreatsiya tizimi operatsiyalarni bajarish
bilan buyumlar tayyorlashni uzib qo`yadi.
Operatsiya-predmet tizimi – XIX asrning 90-yillarida S.A.Vladimirskiy
tomonidan taklif etilgan. Bu tizim o`quvchilar tomonidan mehnat opreatsiyalarini o`ylab, tanlangan buyumlarni tayyorlash jarayonida o`rganishni
ko`zda tutadi. Buyumlar tanlashda katta e`tibor beriladi, birinchi buyumni
tayyorlashda eng yengil 3-4 operatsiyalar, boshqalarni tayyorlashda esa
murakkabroq operatsiyalar o`zlashtiriladi.
Operatsiya-predmet tizimning yutug`i o`quvchi o`z mehnati natijasini
ko`radi, operatsiyalarni o`zi tanlaydi. Kamchiligi: mashg`ulotning birinchi
darsidanoq o`z ichiga bir necha operatsiyalar olgan buyumlar tayyorlash
o`quvchilarda bu operatsiyalarning mazmuni haqida to`g`ri tasavvur
bo`lmasligiga olib kelardi. Shuning uchun ham tizim keng tarqalmoqda.
Motor-mashq tizimi (CIT tizimi) – Ushbu tizimning kamchiligi motormashq tizimi bo`yicha o`qitish o`quvchilar ko`nikma va malakalarni ongli
o`zlashtirishni nazarda tutmasdi. Ko`nikmalarni shakllantirish maxsus apparatlar va haqiqiy mehnat jarayonini eslatadigan mashqlarni qo`llash bilan
amalga oshirilardi. Ko`p marta takrorlash natijasida mushaklarni, ma`lum
harakatlarni, ongning ishtirokisiz ham bajarishga “o`rgatish” mumkin, deb
faraz qilingan. Ta`limda bunday yondoshish ma`qullanmadi va tez uni rad
qilindi. Motor-mashq tizimining yutug`i shundaki, unda mehnat o`quv va
malakalarini shakllantirishning didaktik jihatdan asoslangan, psixofiziologik qonuniyatlarga mos keladigan ketma-ketligi: mehnat usuli – mehnat
operatsiyasi – mehnat jarayoni birinchi marta ishlab chiqilgan va qo`llanilgan.
Bu tizimda o`quvchilarga kasb ta`limi berish besh davrga bo`linadi:
1. Asosiy mehnat faoliyati va harakatlarini o`zlashtirish bo`yicha mashq
32
mashg`ulotlari.
2. Mehnat usullarini o`zlashtirish bo`yicha mashqlar.
3. Mehnat operatsiyalarini bajarishga doir o`rganish mashqlari.
4. O`quvchilarni maxsus tanlangan buyumlar ustida ilgari o`zlashtirilgan
mehnat operatsiyalarini operatsiyalar kompleksiga birlashtirishga o`rganish.
5. Mustaqil davr, bunda o`quvchilar ayni kasbga doir xarakterli bo`lgan
buyumlarni tayyorlaydi.
Operatsiya-buyum motor-mashq tizimlarining kamchiliklari va yutuqlari
o`rganilib, operatsion kompleks tizimi yuzaga keldi. Bu tizimga asosan
o`quvchi avval 2-3 ta ketma-ket operatsiyalarni o`zlashtiradi, so`ng shu
operatsiyani ichiga olgan kompleks ishlarni bajaradi. Mehnat operatsiyalarini o`zlashtirish va ularni kompleks ishlarda qo`llash ta`limning 1-bosqichidagi asosiy vazifadir. Ikkinchi bosqichda o`quvchilar ishlab chiqarishdagi unumli mehnatga qo`shiladilar. Masalan, kiyim tikishda qo`llaniladigan
barcha turdagi yengni, yoqani, mayda qismlarini tikishni o`rgatib bo`lingandan so`ng uni kiyimda qo`llash bajariladi. Kamchiligi: o`quvchi o`zi ishining natijasini juda uzoq vaqtdan so`ng ko`radi. Natijada qiziqish susayadi.
Hozirgi vaqtda o`quv ustaxonalarida amaliy ishni bajarish jarayonida
operatsiya-buyum tizimidan foydalaniladi, chunki operatsiyani alohida
o`rganish rejalashtirilgan va dasturda ko`rsatilgan buyum xilini mahalliy
sharoitga qarab o`zgartirish mumkin.
Kasb-hunar ta`limi didaktik tizimlarini takomillashtirish. Keyingi
yillarda o`quv ustaxonalarida konstrukcion-texnologik tizim bo`yicha
mashg`ulotlar tashkil etiladi. Bu tizimning etakchi g`oyasi o`quvchilarni
ijodiy faoliyatini oshirishdan iboratdir. O`quvchi biror buyumni tayyorlashdan avval uning loyihasi va ishlov berish jarayonini amalga oshirishi
kerak bo`lgan sharoitga olib kiriladi. O`quvchi biror kiyimni tikish uchun
avval o`lchov olishi, asos chizmasini chizishi, andoza tayyorlashi, modellashtirish, andozani gazlamaga joylashtirib, buyumni bichishi va tikish kabi
murakkab jarayonni bajaradi. Bu jarayonni bajarishda o`quvchilarni ijodiy
faoliyatlari ortib boradi. O`quvchilarni ijodiy faoliyatlarini ortishi uchun
yaratiladigan hamma narsalar zo`r berib mehnat qilishni taqozo etadi.
Ijodiy ishga idrok qilish yo`li bilan emas, balki fikrlash faoliyati orqali
erishiladi. Ijodiy ishlash jarayoni g`oyani paydo bo`lishi, ijodiy masalani
vujudga kelishi, masalan yechish, echimni amalda qo`llash bosqichlariga
bo`lish mumkin.
O`quvchilarning ijodiy faoliyatlarini amalga oshirishda pedagogik
rahbarlik katta ahamiyatga ega.
1. O`quvchilarni har xil savol va masalalarni mustaqil hal qilish imkoniyatlaridan iborat faoliyatga qatnashtirish – o`quvchilarning ustaxona33
lardagi faoliyati har xil xarakterda bo`lishi va shunga ko`ra turli darajadagi fikrlash faolligida amalga oshirish mumkin.
2. O`quvchilarni ijodiy g`oyaga keltirish yoki ular oldida to`g`ridan-to`g`ri ijodiy xarakterdagi savol va masalalarni qo`yishi – o`quvchilarga
texnik ijodkorlik uchun topshiriqlardagi imkoniyatlari va ulardan
foydalanishni anglatish lozim.
3. O`quvchilarni fan va ishlab chiqarish asoslariga oid bilimlarini faollashtirish va qo`llashga undash – o`quvchilarga fan va ishlab chiqarish
sohasidagi turli usul va uslublardan foydalanib, bilim, amaliy ko`nikma
va malakalarini shakllantirish.
4. O`quvchilarning ijodiy faoliyatlarini rag`batlantirish – o`qituvchining
maqtashi, eng yaxshi ishlar ko`rgazmasini tashkil qilish, devoriy
matbuotda o`quvchilarning yutuqlarini ommalashtirish va hokazolar
bilan ijodiy faoliyatni rag`batlantirish mumkin.
O`quvchilarning texnik ijodkorligini rivojlantirishga qaratilgan mehnat
topshiriqlari mazmuni bo`yicha Konstruksiyalash yoki loyihalash; texnologik jarayonlarni tuzish; mehnatni to`g`ri tashkil etish guruhlariga bo`linadi.
Texnik ijodkorlikni rivojlantirishni eng sodda topshiriqlardan boshlash
va o`quvchilarning mustaqilligini orttirish, ular buyumlarni konstrukciyalay oladigan, texnologiyani ishlab chiqa oladigan, o`z mehnatlarini uyushtiradigan bo`lishi uchun mazkur topshiriqlarni asta-sekin murakkablashtirib
borishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining
poydevori. “Sharq” Toshkent., 1998 y. 64 b.
2. Davlatov K., Vorob`yov A., Karimov I. Mehnat va kasb ta`limi nazariyasi hamda metodikasi. “O`qituvchi” Toshkent., 1992 y.320 b.
3. Olimov Q.T. va boshqalar Kasb ta`limi uslubiyati “Iqtisod moliya”
Toshkent., 2006 y. 192 b.
Nazorat savollari
1. Buyum (predmet) tizimi qanday tizim?
2. Operatsiya tizimi qanday tizim?
3. Motor mashq tizimi bilan operatsion- kompleks tizimining farqli
tomonlarini yozing.
4. Operatsiya buyum tizimining afzalliklarini yozing.
5. Operatsion-kompleks tizimi va konstruksion-texnologik tizimini
taqqoslang.
6. Konstruksion-texnologik tizimining afzalliklarini yozing.
34
Maxsus fan va ishlab chiqarish ta`limi o`qituvchisining faoliyat
sohalari va unga qo`yiladigan talablar
Reja
1.
2.
3.
4.
Kasb ta`limi o`qituvchisi va o`quv ustasining malaka tavsifnomasi.
Kasb-hunar ta`limi o`quvchisining funksional vazifalari
Kasb ta`limi o`qituvchisi va o`quv ustasining huquq va burchlari
Kasb ta`limi o`qituvchisi va o`quv ustasini tayyorlash va unga
qo`yiladigan talablar
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ta`lim tizimining kadrlar
salohiyatini tubdan yaxshilash, tarbiyachi, o`qituvchi, muallim va ilmiy
xodimning kasbiy nufuzini oshirish uzluksiz ta`lim tizimini isloh qilish
yo`nalishlaridan biri sifatida nazarda tutilgan. Kasb-hunar kollejining
amaliy kasbiy ta`lim o`qituvchisi (ishlab chiqarish ta`limi ustasi) bo`lg`usi
kichik mutaxassislarning kasbiy ta`limi va tarbiyasini amalga oshiruvchi
yuqori malakali mutaxassis, pedagog-tarbiyachi bo`lishi lozim. Amaliy
kasbiy ta`lim o`qituvchisi (ishlab chiqarish ta`limi ustasi) mehnati
samaradorligining bosh mezoni kasb-hunar kolleji o`quvchilari tomonidan
tegishli kasb (ixtisosliklar) bo`yicha amaliy ko`nikma va malakalarning
muvaffaqiyatli egallanishidir.
Kasb-hunar kollejining amaliy kasbiy ta`lim o`qituvchisi (ishlab
chiqarish ta`limi ustasi) o`quvchilarni kasbga amaliy jihatdan tayyorlash
ishini fan, texnika, texnologiya, ishlab chiqarish, va madaniyatning yangi
yutuqlari asosida o`z kasbiy mahorati, pedagogik va metodik darajasini
doimo takomillashtirib borishi zarur.
Kasb-hunar ta`limi tizimida kichik malakali mutaxassislarni tayyorlash
ko`p jihatdan kasb ta`limi o`qituvchilari va o`quv ustasining layoqatlariga
bog`liqdir. Ishlab chiqarish ta`limi jarayonida kasbiy pedagogik ko`nikma
va malakalar tizimi yaratiladi, o`quvchilar kerakli ishlab chiqarish tajribasiga, kasbiy mahoratga ega bo`ladilar. Shuning uchun kasb-hunar kollejlari
kasb ta`limi o`qituvchilari va o`quv ustalari ishlab chiqarish jarayonining
va o`z mehnat faoliyatining mazmunini aniq tasavvur etish lozim. Hozirda
kasb-hunar ta`limi tizimiga har yili maxsus pedagogika ma`lumotiga va
ta`lim-tarbiya ish tajribasiga ega bo`lmagan yangi muhandis pedagoglar,
ya`ni korxonalarning malakali ishchilari, oliy va o`rta maxsus kasb-hunar
ta`limi muassasalarining bitiruvchilari kelib qo`shilmoqda. Kasb-hunar ta`limi tizimida faoliyat ko`rsatayotgan muhandis-pedagoglar mutaxassislik
malakasiga hamda pedagogik malakaga ega bo`lishi lozim.
35
Mutaxassislik malakasi deb, kasb ta`limi o`qituvchilari va o`quv ustaning maxsus soha bo`yicha ko`nikma va malakalari nazarda tutiladi. Ularni malakalarining ikkinchi qismi “Kasbiy pedagogika” bilim sohasiga tegishli bo`lib, pedagogik malakalarini o`z ichiga oladi. Chunki, o`quv jarayoni faqatgina bilim berishga asoslanib qolmasdan, balki ta`lim va tarbiya
psixologiyasi bilan uzviy bog`langan. Bu esa ulardan psixologiya, kasbiy
pedagogika, iqtisod asoslarini, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish asoslari bo`yicha ham malakalarga ega bo`lishini talab etadi. Mutaxassislik va pedagogik malakalar bilan bir qatorda kasb ta`limi o`qituvchilari
va o`quv ustalarida shaxsiy va ijtimoiy layoqatlarning ham bo`lishi talab
etiladi.
Shaxsiy layoqatlar quyidagilarni o`z ichiga oladi: o`zini tutishi, shaxsiy
ijodkorlik, mas`uliyatlilik va boshqalar. Ijtimoiy layoqatlarga tashkilotchilik qobiliyati, o`quvchilar bilan munosabat, jamoa bilan munosabat kiradi.
Bundan tashqari o`qituvchi va o`quv ustalar rahbarlik qobiliyatlariga ham
ega bo`lishlari lozim. Chunki kasb ta`limi o`qituvchilari va o`quv ustalar
faqat o`quv ishlab chiqarish faoliyatini bajaribgina qolmay, balki guruhlarga rahbarlik qiladilar.
Oliy va o`rta maxsus ta`lim Vazirligi tomonidan 2001 yil 16 noyabrda
tasdiqlangan “O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarining rahbar,
pedagog va muhandis-pedagog xodimlariga qo`yiladigan malaka talablari
to`g`risida”gi Nizomda o`qituvchining va kasbiy ta`lim o`qituvchisining
lavozim majburiyatlari aniq bayon qilingan. Nizomda kasb ta`limi
o`qituvchisining lavozim vazifalari quyidagicha belgilangan:
• o`quvchilarning kasb-hunarga moyilligini, mahorat va malakasini
rivojlantirish;
• tanlangan kasb va ixtisosligi o`quv fanlari bo`yicha chuqur bilimlarni,
ilmiy dunyoqarashni shakllantirish;
• ta`lim jarayonida o`qitishning samarali usullari, vositalari va
shakllarini, yangi pedagogik texnologiyalarni keng qo`llash;
• o`qitadigan fani bo`yicha darsdan tashqari ishlarni, to`garak
mashg`ulotlarni tashkil qilish;
• o`quvchilarni bilim sifati, o`zlashtirish darajasi va davomatini nazorat
qilish;
• o`quvchilar bilan yakka tartibda ishlash;
• o`quvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlash;
• o`quv xonalarini jahon standartlari va dizayn talablari darajasida
jihozlashda qatnashish;
• ilg`or pedagogik tajribalarni o`rganish va qo`llash;
36
muntazam ravishda malakasini oshirish.
Bilishi zarur:
• O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” to`g`risidagi qonunlarni;
• o`qitadigan fanning o`quv reja, dastur va darsliklarning mazmunini;
• davlatning ichki va tashqi siyosatini, ta`lim va yoshlar to`g`risida
hukumat tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlarni;
• mustaqil O`zbekiston ramzlarining mazmun va mohiyatini;
• o`smirlarning yosh va maxsus psixologiyasini, pedagogikani, o`smirlar
rivojlanishining asosiy qonuniyatlarini;
• pedagogik, ilmiy-metodik va tashkiliy boshqaruv vazifalarini hal qilish
uchun zarur bo`lgan hajmda umumnazariy fanlar asoslarini;
• pedagogik sikl fanlarini;
• yosh fiziologiyasi va o`quvchilar gigiyenasini;
• informatika va elektron hisoblash texnikasi asoslarini;
• o`quvchilarning turli xil jamoalarini shakllantirish va boshqarish
yo`llarini;
• o`quv xonalar va yordamchi xonalarni jihozlashga qo`yilgan talablarni;
• ta`lim vositalarini va ularning didaktik imkoniyatlarini;
• ta`limni va pedagogik fan taraqqiyotining asosiy yo`nalishlarini va
istiqbolini;
• mehnatni ilmiy asosda tashkil etish va huquq asoslarini.
Kasb ta`limi o`qituvchilari bundan tashqari mutaxassisligi bo`yicha
ishlab chiqarish texnologiyalarini, iqtisod asoslari, ishlab chiqarish va
boshqarishni tashkil etish asoslarini bilishi kerak.
Malaka talablari
Oliy toifali o`qituvchi – fan doktori, nomzodi ish stajiga talab qo`yilmaydi, pedagog (muhandis-pedagog) ixtisosligi bo`yicha magistr; pedagog
(muhandis-pedagog) yo`nalishi bo`yicha bakalavr yoki diplomli mutaxassis va tegishli fandan 1-toifali o`qituvchi sifatida kamida 3 yil ish stajiga
ega bo`lishi lozim;
1-toifali o`qituvchi – pedagog (muhandis-pedagog) ixtisosligi bo`yicha
magistr, pedagog (muhandis-pedagog) yo`nalishi bo`yicha bakalavr yoki
diplomli mutaxassis va tegishli fandan 2-toifali o`qituvchi sifatida kamida
3 yil ish stajiga ega bo`lishi lozim;
2-toifali o`qituvchi – pedagog (muhandis-pedagog) yo`nalishi bo`yicha
bakalavr yoki diplomli mutaxassis o`qituvchi sifatida kamida 3 yil ish
stajiga (magistr ish stajiga talab qo`yilmaydi) ega bo`lishi lozim;
o`qituvchi – pedagog (muhandis-pedagog) yo`nalishi bo`yicha bakalavr
37
yoki diplomli mutaxassis, ish stajiga talab qo`yilmaydi.
Rejalashtirish bo`yicha vazifalar:
O`qituvchining lavozim majburiyatlarini ish bajarish ketma-ketligiga
qarab 3 bosqichga bo`lish mumkin:
¾ Rejalashtirish bo`yicha vazifalar;
¾ Amalga oshirish bo`yicha vazifalar;
¾ Baholash va tahlil qilish bo`yicha vazifalar.
¾ Davlat ta`lim standartlari, o`quv reja va dasturlar asosida ta`limning
maqsad va mazmunlarini tanlash va rejalashtirish;
¾ o`quv reja va dasturlar asosida kalendar` mavzuli reja va dars rejasini
ishlab chiqish;
¾ ta`limni tashkillashtirish va o`tkazish bo`yicha hujjatlarni tayyorlash;
¾ o`quvchilarning qobiliyatlari va bilimlarini baholash bo`yicha hujjatlarni tayyorlash;
¾ korxonaning turli bo`limlarida o`quvchilarni o`qitish joylarini rejalashtirish;
¾ qo`yilgan maqsadlarga javob beradigan ish topshiriqlari va mashqlarni
tayyorlash;
¾ amaliy mashqlar hamda loyihalarni o`tkazish uchun xomashyo va
chiqim materiallarni rejalashtirish;
¾ o`quv ustaxonasida o`qitish uchun yetarli sharoitlarni tayyorlash;
¾ o`quv-didaktik materiallarni aniqlash, tanlash va ishlab chiqish.
Amalga oshirish bo`yicha vazifalar:
¾ o`quvchilarni o`quv amaliyoti xonalari bilan tanishtirish;
¾ o`quvchilarni amaliy topshiriqlarni mustaqil bajarishga jalb etish;
¾ texnika xavfsizligi bo`yicha va amaliy topshiriqlar, mashqlarga
taalluqli yo`l-yo`riqlar hamda ish o`rnida o`quv suhbatlar o`tkazish;
¾ uskunalar bilan ishlash yoki ishlab chiqarish va ta`mirlash ishlariga
taalluqli namoyishlar o`tkazish;
¾ an`anaviy yoki noan`anaviy usullarga asoslangan amaliy mashqlarni
o`tkazish.
Baholash va tahlil qilish bo`yicha vazifalar O`quvchilarning amaliy
natijalarini kuzatish, tahlil qilish va baholash;
¾ o`quvchilarning o`zlashtirilgan nazariy bilimlarini baholash;
¾ o`quvchilarning xulqini baholash;
¾ ta`limning mavjud sharoitlari sifatini baholash;
¾ rejalashtirish va tashkillashtirish bo`yicha hujjatlarning sifatini
baholash;
¾ o`quv-didaktik materiallar sifatini baholash;
¾ o`zi bergan yo`l-yo`riq va namoyishlarni o`zi baholash;
38
¾ berilgan topshiriqlarning sifatini o`zi baholash.
Kasb ta`limi o`qituvchisi va o`quv ustasining huquq va burchlari
O`quv jarayonida o`qituvchi rahbarlik rolini o`ynaydi. Kasb-hunar ta`limida vaqtning asosiy 80 % ini o`quvchilarning mustaqil amaliy ishlarida
o`qituvchining roli katta, hamma narsa o`qituvchi tomonidan oldindan
puxta o`ylansa va yaxshi rivojlantirilsa, o`quvchilar mustaqil ishlay oladilar. Bu esa kasb-hunar ta`limi o`qituvchisining keng bilimdonligi, puxta
amaliy tayyorgarligi, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab etadi.
Shuning uchun mustaqil O`zbekistonning kasb-hunar kollejlaridagi kasbhunar ta`limi o`qituvchilari va o`quv ustalari:
1. Yuksak axloqiy fazilatlarga, o`z kasbiga oid tegishli ma`lumot va
kasbiy tayyorgarligiga ega bo`lgan qobiliyatli bo`lishi;
2. Milliy madaniyat va qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni yaxshi bilishi
va diniy ilmlardan ham xabardor bo`lishi;
3. Yuqori metodik, psixologik-pedagogik tayyorgarlikka ega bo`lishi;
4. Erkin va ijobiy fikrlay oladigan talabchan, adolatli, odobli bo`lmog`i
kerak.
Kasb ta`limi o`qituvchisi va o`quv ustasini tayyorlash va unga
qo`yiladigan talablar. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi raqobatbardosh
kadrlar tayyorlovchi zamonaviy pedagogga qo`yiladigan talablar majmuini
belgilaydi. Bir-biriga bog`liq bo`lgan talablarning ushbu majmui,
pedagogning umumlashtirilgan modelini tashkil etadi. Umumlashgan
modelga muvofiq asosiy (fundamental) talablar quyidagilardan iborat:
ta`lim berish mahorati: tarbiyalay olish mahorati; o`quv-tarbiya jarayonida inson omilini ta`minlovchi shaxsiyat fazilatlari: ta`lim oluvchilarning
bilimlarini xolisona baholay olish va nazorat qila olish mahorati.
Ta`lim berish mahorati pedagogga qo`yiladigan talablar va o`quvtarbiya jarayonini amalga oshirish shartlari bilan bog`liq bo`lgan quyidagi
bosh (dominant) omillar bilan aniqlanadi: qo`llab-quvvatlash va o`quv
jarayoni muhiti; pedagogning psixologik-pedagogik tayyorgarligi; fanni
chuqur bilishi, kasbiy omilkorlik va eruditsiya: yangi pedagogik va
kompyuter texnologiyalarni bilish; kasbiy axborot manbalari sifatida chet
tillarni bilish; yangi uslub va bilim manbasi sifatida ilmiy-metodik va
ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish; uzluksiz ta`lim tizimining me`yoriy
hujjatlarini bilish;o`quv-tarbiya jarayonini amalga oshirishning moddiy
texnika bazasi bilan bog`liq bo`lgan axborot bazasi va resurslari.
Tarbiyalay olish mahorati pedagogning yuksak madaniyat va ma`naviyat saviyasiga, shaxsiy axloqi, vatanparvarlik va burch (hislar)iga asoslanadi. Ta`lim oluvchilarda dunyo yaxlitligi yuksak madaniyat, ma`naviyat
va dunyoviy tafakkurni shakllantirish uchun pedagogning o`zi gumanitar
39
va gumanistik ruhida tarbiyalangan hamda o`quv-tarbiya ishini tashkil
etish mahoratiga ega bo`lishi shart.
Pedagogning o`quv-tarbiya jarayonida inson omilini ta`minlovchi
shaxsiy fazilatlariga quyidagilar kiradi: talabchanlik va adolatlilik, halollik
va xayrixohlik, kirishimlilik va hazil-mutoyiba hissi. Ushbu fazilatlar pedagogning ta`lim oluvchilar oldida obro`sini belgilaydi. Pedagogning shaxsiy
fazilatlari uning ta`lim berish va tarbiyalay olish mahoratiga ta`sir ko`rsatadi.
Ta`lim oluvchilarning bilimlarini xolisona baholash va nazorat qilish
mahorati psixologik-pedagogik jihatdan pedagogning ta`lim berish va tarbiyalay olish mahorati bilan uzviy bog`liq. Pedagog ta`lim oluvchilarning
bilimlarini obyektiv baholash mexanizmlarini bilishi va ularni mukammal
ravishda reyting nazoratda qo`llay olishi, hamda standart testlarni ishlab
chiqa olish va qo`llay olish mahoratiga ega bo`lishi lozim.
O`qituvchining mehnati va mahorati. Pedagogik faoliyat o`z
mohiyatiga ko`ra ijodiy xarakterga ega. Inson oldida biror muammo
turgandagina ijodkorlikka ehtiyoj tug`iladi. O`qituvchilik faoliyati ana
shunday xususiyatga ega. Pedagogik ijodkorlikning asosiy mohiyati
pedagogik faoliyatning maqsadi va xarakter bilan bog`liq. O`qituvchi aniq
maqsadni ko`zlash, qat`iylik, shirin so`zlik kabi xislatlarga ega bo`lishi
kerak. O`qituvchining odobi, madaniyati yuksak bo`lsa, odamlarga
nisbatan mehribon, sahovatli bo`lsagina tez obro` hurmatga ega bo`ladi.
O`qituvchining faoliyati va kasbiy imidji. O`qituvchining pedagogik
faoliyati har bir boshqa faoliyat kabi o`zining aniq uslubiga ega bo`ladi.
Faoliyat uslubi-to`la ma`noda usullar, holatlar, shakllarning turg`un tizimidan iborat bo`lib, u har xil sharoitlarda ham mavjud bo`ladi. U faoliyat
tuzilishiga bog`liq bo`lib, uning-subyektning shaxsiy-psixolog xususiyatiga
bog`liq. Bugungi kun o`qituvchisiga qo`yilayotgan zamonaviy talablarni
quyidagicha ifodalash mumkin.
O`qituvchining kasbiy faoliyati favqulodda umumiy va xususiy qobiliyatlarni talab qiladi. Kasbiy-pedagogik faoliyatning muvaffaqiyati xususiy
pedagogik qobiliyatlarga bog`liq bo`ladi. Pedagogik qobiliyatlarning quyidagi guruhlari farqlanadi:
• obyektga (talabaga) nisbatan sezgirlik;
• kommunikativlik – insonlarga yuz tutish, xayrixohlik, muomalalik;
• perseptiv qobiliyatlar – kasbiy yetuklik, empatiya, pedagogik tuyg`u;
• shaxs dinamikasi – irodaga ta`sir eta olish va mantiqiy ishontira olish
qobiliyati;
• hissiy barqarorlik – o`zini boshqara olish;
• kreativlik – ijodiy ish qobiliyati.
40
Pedagogning xususiy qobiliyatlariga bilim, malaka va ko`nikmalarni
egallash faoliyati va shaxsni tarbiyalash qobiliyati ham tegishlidir.
O`qitish, o`rganish va o`rgatish bo`yicha qobiliyatlariga quyidagilar kiradi:
• talabani tushunishni ko`rish va sezish, bunday tushunishning darajasini
va xarakterini o`rnatish qobiliyati;
• o`quv materialini mustaqil tanlab olish, o`qitishning samara beruvchi
usul va metodlarini belgilash qobiliyati;
• materialni yetarli bayon qilish, uning barcha talabalarga tushunarliligini
ta`minlash qobiliyati;
• talabalarning individualligini hisobga olgan holda o`qitish jarayonini
tashkil etish qobiliyati;
• o`qitish jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish qobiliyati;
• talabalarning katta odimlar bilan rivojlanishini tashkil etish qobiliyati;
• o`zining pedagogik mahoratini takomillashtirish qobiliyati;
• o`zining tajribasini boshqalar bilan baham ko`rish qobiliyati;
• mustaqil ta`lim olish va mustaqil takomillashish qobiliyati.
Pedagogik jarayonga qaratilgan pedagogik qobiliyatlarga quyidagilar
kiradi:
• boshqa insonning ichki holatini to`g`ri baholash, unga hamdardlik
bildirish, hamnafas bo`lish qobiliyati (empatiya qobiliyati);
• taqlid qilish uchun namuna bo`lish qobiliyati;
• tarbiya jarayonida individual xususiyatlarni inobatga olish qobiliyati;
• muloqotning lozim topilgan uslubini, o`z o`rnini topish, kelisha olish
qobiliyati;
• hurmat qozonish, talabalar o`rtasida obro`ga ega bo`lish qobiliyati.
Amaliy kasbiy ta`lim o`qituvchisi (ishlab chiqarish ta`limi ustasi)ga
qo`yilgan asosiy pedagogik talablarga quyidagilarni kiritish mumkin:
− o`z kasbi (ixtisosligi)ni chuqur bilish;
− o`quvchilarni kasbiy (maxsus) bilim, ko`nikma va malakalar bilan
qurollantirish malakasi;
− turdosh kasblar (ixtisosliklar)ni bilish;
− o`quvchilarning o`ziga xos xususiyatlarini bilish va ta`lim jarayonida
ulardan foydalanish ko`nikmasi;
− amaliy kasbiy ta`lim o`qituvchisi (ishlab chiqarish ta`limi ustasi)ning
obro`-e`tibori;
− amaliy kasbiy ta`lim o`qituvchisi (ishlab chiqarish ta`limi ustasi)ning
umumiy madaniyati.
O`quvchilarni kasbga tayyorlashni amalga oshiruvchi amaliy kasbiy
ta`lim o`qituvchisi (ishlab chiqarish ta`limi ustasi) bundan tashqari tegishli
41
ishlab chiqarishning xususiyatlari va xarakterini, shuningdek, amaliy
kasbiy ta`limni tashkil qilish va uning metodikasini yetarli darajada
tushunishi va bilishi lozim.
Nazorat savollari
1. Kasb ta`limi o`qituvchisi va ishlab chiqarish ta`limi ustasining malaka tavsiflari qaysi bir me`yoriy hujjatda o`z
aksini topgan?
2. Kasb-hunar ta`limi o`quvchisining funksional vazifalari nimalardan
iborat?
3. Kasb ta`limi o`qituvchisi va o`quv ustasining huquq va burchlari
nimalardan iborat?
4. XXI-asr zamonaviy kasb ta`limi o`qituvchisi va ishlab chiqarish ustasi
qanday bo`lishi kerak?
Kasbiy ta`lim metodlari
Reja
1.
2.
3.
4.
Metod, ta`lim metodi tushunchalari
O`rta maxsus kasb-hunar ta`limi metodlari klassifikatsiyasi:
Kasb ta`limi metodlari mazmuni, amalga oshirish texnologiyasi
Ta`lim metodlarini tanlash mezonlari
METOD-yunoncha atama bo`lib, u maqsadga erishish yo`lini bildiradi
– muayyan ma`noda tartibga solingan faoliyat.
O`qitish metodlari o`quv jarayonining muhim tarkibiy qismi
hisoblanadi.
Ta`lim metodi- ta`lim jarayonidagi ta`lim beruvchi va ta`lim
oluvchining muayyan o`quv maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan
birgalikdagi hamkorlik yo`lidir.
Ta`lim metodlari quyidagilarga ko`ra:
a) bilim olishning asosiy manbai bo`yicha (og`zaki, ko`rgazmali va
amaliy);
b) o`qituvchi faoliyati shakllari bo`yicha (o`qitish metodlari) va
o`quvchilar faoliyatining shakllari bo`yicha (ta`lim (olish) metodlari);
c) fikrlash, eslab qolish va bilim olish faolligining xarakteri bo`yicha
(reproduktiv, izohli-ko`rgazmali, muammoli-izlanishli, tadqiqotli);
42
d) xulosa chiqarish turlari bo`yicha (induktiv, deduktiv)
e) o`quvchilarning o`quv-bilish faoliyatlariga ko`ra passiv, faol va
interfaol metodlar bo`yicha tasniflanadi.
O`qitishning og`zaki, ko`rgazmali va amaliy metodlari. Agar o`quvchilar asosiy o`quv axborotini o`qituvchining og`zaki mulohazalari va
isbotlari jarayonida yoki darslik matnlari asosida olsalar, bunday metodlar
Og`zaki: tushuntirish, hikoya, suhbat, bayon, izoh, va hokazo metodlar
jumlasiga kiradi. Og`zaki metodlardan foydalanish jarayonida ko`rgazmali
qurollardan foydalanish mumkin. Ammo, ular yordamchi o`rin o`ynaydilar
Ko`rgazmali metodlar deganda ta`lim jarayonida qo`llaniladigan
ko`zgazmali qurollar va texnika vositalariga ko`p darajada bog`liq bo`lgan
o`quv materialini o`zlashtirish shakllari tushuniladi.
Mashqlar, mustaqil topshiriqlar, amaliy va laboratoriya ishlari asosida
o`quv materialini egallash shakllari ta`limning amaliy metodlari jumlasiga
kiradi.
O`quvchilarning o`quv materialini egallashlari asosan xotiraning eslash
funksiyasiga asoslangan metodlar reproduktiv metodlar deyiladi.
Izohli-ko`rgazmali metodlar yangi mazmunni o`rganishning turli
shakllarida foydalaniladi. Izohli-ko`rgazmali metodlar ikki qismga bo`linadi: birinchi qismda nazariy ma`lumotlar berilsa, ikkinchi qismda og`zaki
tarzda ham, ko`rgazmali qurollar yordamida ham ma`lumotlar beriladi.
Muammoli-izlanishli metodlar. O`quvchilar ongida muammoli vaziyat
yoki ilmiy izlanishlarni tashkil etuvchi metodlar muammoli-izlanishli
metodlar deyiladi.
Shuningdek, hozirgi vaqtda ta`lim muassasalarida o`qitishning ikki xil
turi ya`ni, an`anaviy va noan`anaviy o`qitish metodlari qo`llanilmoqda.
Innovatsion (noan`anaviy) o`qitish metodlar- talabalarning o`quvbilish faoliyatini faollashtirishga qaratilgan bo`lib, ularni faol va interfaol
turlariga bo`linadi.
An`anaviy metodlar deganda – ta`lim jarayonining markazida ta`lim
oluvchi bo`lgan va ta`lim oluvchilar nisbatan passiv ishtirok etadigan
metodlar tushuniladi.
An`anaviy ta`lim metodlariga ma`ruza, namoyish, taqdimot, savoljavob, to`rt pog`onali metodlar kiradi. O`quv amaliyoti mashg`ulotlarida
o`tiladigan mavzu ancha murakkab bo`lganda, «To`rt pog`onali» metod
ko`p hollarda ta`lim jarayonining birdan-bir qo`llaniladigan samarali
metodi bo`lib qolmoqda.
Quyidagi materiallarda an`anaviy ta`lim metodlaridan “Ma`ruza”
metodi va “To`rt pog`onali” metodlarni o`tkazish bosqichlari va ularning
afzallik hamda kamchiliklari to`g`risida to`xtalib o`tamiz.
43
Ma`ruza-katta hajmdagi o`quv materialini nisbatan uzoq vaqt
davomida monologik bayon etishdir.
Ma`ruza, hikoya, tushuntirish – o`quv materialini bayon qilish usuli verbal (lot.t. Verbalis – og`zaki) usul hisoblanadi. Odatda bu usullar
namoyish, videousul, ko`rgazma usullari bilan qo`shilgan holda olib
boriladi. Ular o`quvchilarning bilimini o`zlashtirish, eslab qolish va
tushunishga qaratilgan retseptiv faoliyatini ta`minlab beradi va o`qituvchi
tomonidan tayyor holda bayon etiladi
Bugungi kunda ma`ruza o`tkazishda o`quvchilarning o`quv-bilish
faoliyatini faollashtirish maqsadida passiv metodlar bilan bir qatorda faol
metodlarni qo`shib olib borish orqali ma`ruza metodini bir qancha
quyidagi turlari amaliyotda qo`llanilmoqda:
• muammoli ma`ruzalar;
• jadallashtirilgan ma`ruzalar;
• ma`ruza – konferensiyalar;
• konspektsiz ma`ruzalar – fikrni so`z bilan ifodalash;
• mualliflik ma`ruzalari;
• ma`ruza –munozaralar;
• qaytar aloqa texnikasi qo`llangan ma`ruzalar;
• aniq vaziyatni tahlil qilish ma`ruzalari.
Ma’ruza tuzilmasi
Qutlash
Mavzu
Maqsad
Tashkiliy savollar
Motivatsiya,
Qiziqishni uyg`otish
1-asosiy fikr
2-asosiy fikr
3-asosiy fikr
Natija / Xulosa
Umumlashtirish
«Ma`ruza» metodining tuzilmasi
Hikoya – uncha katta bo`lmagan, ta`riflovchi xarakterga ega bo`lgan
o`quv materialini monologik, hikoya qiluvchi, xabar beruvchi bayonidir.
Tushuntirish – bayon qilinayotgan materialni turli holatlarini tahlil
qilish, tushuntirish, izoh berish va isbotlash yordamida o`quv materialini
bayon qilish.
Namoyish – o`quvchilarni tabiiy holatda hodisalar, jarayonlar,
obyektlar bilan ko`rgazmali – hissiy tanishtirish.
Namoyishni, oddiy ko`rgazmadan, faol bilish usuli sifatida farqlashda
muammoli yoki tadqiqot xarakteriga kirayotgan «faol namoyish»
jarayonida, o`quvchilar o`zlari fanlarni, jarayon va hodisalarni
o`rganadilar, kerakli o`lchovlarni bajaradilar, bog`liqlikni belgilaydilar.
Shu tufayli, ularning e`tiborlari hodisa, jarayon, narsalarning
(predmetlarning) tasodifan payqalgan emas, balki muhim bo`lgan
xususiyatlarida jamlanishiga yordam beradi. Natijada bular o`quvchi
ongiga to`laroq, osonroq va tezroq singadi.
O`quvchilarning
mustaqilligini
oshirish
maqsadida,
ularni
kuzatilayotgan jarayon va hodisalarni tushuntirib berishga, ularning
rivojlanishi va natijasini tahlil qilishga jalb etish o`ta muhimdir.
Namoyish usulining ta`limiy funksiyasi samaradorligini ta`minlash
sizning quyidagi mahoratingizga bog`liq:
obyektlarni to`g`ri tanlash; o`quvchilar diqqatini namoyish
qilinayotgan hodisalarning muhim taraflariga yo`naltirish; namoyish
jarayonini shunday tashkil qilish kerakki, o`quvchilar namoyish
qilinayotgan obyektlarni nafaqat ko`z bilan ko`ra bilishlari, iloji bo`lsa,
ularni barcha sezish a`zolari bilan qabul qilishlari lozim; o`quvchilar
e`tiborini imkoni boricha obyektning muhim taraflariga jalb etish;
o`quvchilarga obyektning o`rganilayotgan sifatlarini mustaqil
o`lchash imkonini yaratish.
Illyustratsiya – hodisa, narsa, jarayonlarni tasviriy shaklda
sxema, reproduksiya, yassi modellar yordamida ko`rsatish va
qabul qilishni ko`zlaydi.
Bu usulning asosiy vazifasi – o`rgatish. Illyustratsiya usulining vositasi
bo`lib suratlar, jadvallar, rangli xaritalar, albomlar va atlaslar xizmat qiladi.
Ko`rgazma qurollarini va illyustratsiya shakllarini tanlayotganingizda
uning bilim olish jarayonidagi ta`lim-tarbiyaviy vazifasini, joyini va rolini
puxta o`ylab ko`rmoq lozim. Shuningdek, sizning oldingizda ko`rgazma
materialini eng ma`qul hajmini tanlab olish muammosi ham turibdi.
Tajriba shuni ko`rsatdiki, katta hajmdagi illyustratsiya materiallari
45
o`quvchini o`rganilayotgan hodisalarning tub mohiyatini
aniqlashdan chalg`itadi.
Illyustratsiyalarni o`qituvchi oldindan tayyorlab qo`yadi, lekin o`qitish jarayonida kerak bo`lgandagina
ko`rsatadi.
Videousul – axborotni ko`proq ko`rgazmali o`zlashtirishga asoslangan bo`lib, unda kineskop, kodoskop, proyektor, kinoapparat, o`quv televideniyesi, videomagnitofon, axborotni displeyida aks
ettiruvchi kompyuterlardan foydalaniladi.
O`quv jarayonida videousuldan foydalanish,
ta`lim-tarbiyaviy
vazifalarni unumli yechishni ta`minlaydi:
• yangi bilimlarni bayon etish, ya`ni juda sekin kechadigan jarayonlar bilan tanishish, bevosita kuzatish mumkin bo`lmagan (o`simliklar o`sishi,
suyuqlikda diffuziya hodisasi va h.k.), shuningdek, tez sodir
bo`ladigan jarayonlar, bevosita kuzatishlar hodisalarning
mohiyatini ochib bera olmagan holda (qayishqoq tanalarning
urilishi, moddalarning kristallanishi va h.k.) qo`llaniladi;
• murakkab mexanizmlar va mashinalarning ishlash tamoyillarini
dinamikada tushuntirish;
• turli xil ish faoliyatini bajarish algoritmini tushuntirish;
• chet tili darslarida o`ziga xos til muhitini yaratish;
• videohujjatlarni taqdim etish;
• mashq qilish ishlarini bajarish, jarayonlarni modellashtirish, kerakli
o`lchamlarni olib borish;
• o`quv-mashq va tadqiqot ishlarini olib borish uchun ma`lumotlar
bazasini (bankini) yaratish;
• ta`limni tashkil qilishga differensiyalashgan yondoshuvni tashkil qilish
va b.
Ushbu usulning samaradorligi, sizning shaxsiy mahoratingizga bog`liq
emas, balki video qurollarning va qo`llanilayotgan texnik vositalarning sifatiga to`g`ridan to`g`ri bog`liq. O`qituvchidan, o`quvchilarni o`rganilayotgan muammolar doirasiga kiritish, ularning faoliyatini yo`lga solish,
umumlashtiruvchi xulosalar yasash, mustaqil ish jarayonida ularga alohida
yordam berish talab etiladi.
“To`rt pog`onali metod” metod – amaliy ko`nikmalarni o`zlashtirish
jarayonining to`rt pog`ona doirasida kechadigan metodidir.
Bu metod ta`lim oluvchilarga bir xilda takrorlanadigan qo`l ko`nikmalarini tez va mukammal o`rganib olishlariga yordam beradi. “To`rt pog`onali” metod qo`llanilganda, ta`lim oluvchilar iloji boricha oddiy operatsiyalar bilan tanishtiriladi, so`ng uni takrorlaydilar va to mukammal o`zlash46
tirmaguncha mashq qiladilar. Ushbu metod quyidagi tushuntirish; nima
qilish kerakligini ko`rsatib berish; ko`rsatilgan tarzda qaytarish; mashq
qilish kabi bosqichlardan iborat.
“To`rt pog`onali” metodning bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. “Tushuntirish” bosqichida muhandis-pedagog ta`lim oluvchilarga avval
oddiy operatsiya bosqichini tushuntirib beradi.
2. “Nima qilish kerakligini ko`rsatib berish” bosqichida muhandispedagog ta`lim oluvchilarga topshiriqni qanday bajarish kerakligini
amalda ko`rsatib beradi.
3. Uchinchi bosqichda ta`lim oluvchilar muhandis-pedagog ko`rsatgan ish
harakatlarini takrorlaydi. Muhandis-pedagog ta`lim oluvchilar bajarayotgan harakatlar yuzasidan o`z fikrini bildirib, xatolarini to`g`rilab
turadi.
4. “Mashq qilish” bosqichida ta`lim oluvchilarning hatti-harakati muhandis-pedagog tomonidan nazorat qilib boriladi. Ta`lim oluvchilar ish
amallarini mukammal o`zlashtirganlaridan so`ng, uni mustaqil
bajaradilar.
“To`rt pog`onali” metodning asosiy belgisi-ta`lim oluvchilarning harakatlari muhandis-pedagog ko`rsatib bergan harakatlar doirasi bilan cheklanganligidadir.
TA’LIM OLUVChI
FAOLIYaTI
Laboratoriya usuli – bu shunday ta`lim usulki, unda
o`quvchi o`qituv-chi rahbarligida oldindan belgilangan reja
asosida tajribalar o`tkazadi yoki amaliy vazifalarni bajaradi
va shu jarayonda yangi bilimni anglaydi va tushunib yetadi.
Laboratoriya usulining asosiy funksiyasi – yangi
47
bilimlarni o`rgatish va rivojlantirish:
Bu usulni qo`llash orqali o`qituvchi o`quvchilarni quyidagi imkoniyatlar bilan ta`minlaydi:
• asbob-uskunalardan foydalanish ko`nikma va malakalarini egallash;
• mustaqil tadqiqotning yangi yo`llarini tanlash va ma`lum bo`lganlarini
tekshirish;
• amaliy malakalarni egallash: o`lchash va hisoblash, natijalarni qayta
ishlash va ilgarigi olinganlari bilan taqqoslash.
Mashq usuli -o`tilgan materiallarni amaliyotda qo`llash maqsadida,
reja bilan tashkil etilgan amallarni ko`p marotaba bajarishdir.
Bu usulning asosiy funksiyalari: o`rgatuvchi va rivojlantiruvchi. Ushbu
usulning afzalligi shundan iboratki, u, ko`nikma va malakalarni samarali shakllanishini ta`minlaydi, kamchiligi-motivatsion funksiyani sust bajari-shidadir.
Mashq quyidagi turlari mavjud: maxsus; sharhlangan; yozma; og`zaki;
ishlab chiqarish – mehnat; laboratoriya – amaliy.
Sharhlangan mashqlar o`quv jarayonini faollashtirishga, o`quv vazifalarini ongli ravishda bajarilishiga xizmat qiladi. Ularning mohiyati shundan iboratki, o`qituvchi va o`quvchilar bajarilayotgan ishlarni sharhlaydi,
natijada ular o`zlashtiriladi va tushunib yetiladi. Avval bunga eng yaxshi
o`quvchilar jalb etiladi, keyin esa materialni tushuntirishda butun guruh
ishtirok etadi. Sharhlangan mashqlar usuli o`quv mashg`ulotining yuqori
sur`atini ta`minlaydi, materialni barcha o`quvchilar tomonidan ongli
ravishda, mustahkam o`zlashtirilishiga yordam beradi.
Og`zaki mashqlar ta`lim oluvchilarning nutq madaniyati va mantiqiy
tafakkurini taraqqiy ettirish, ularning bilish imkoniyatlari bilan bog`liq.
Yozma mashqlar. Ularning asosiy vazifasi – kerakli ko`nikma va
malakalarni shakllantirish, chuqurlashtirish va mustahkamlashdan iborat.
Shuning uchun, ular yetarli miqdorda va har xil bo`lishi kerak.
Grafik mashqlar matematika, fizika, chizmachilik, geografiya, rasm
darslarida, ishlab chiqarishni o`rganish jarayonida ishlatiladi.
Laboratoriya-amaliy mashqlar mehnat qurollaridan, laboratoriya asbob-uskunalaridan (jihozlar, o`lchov apparatlari) foydalanish malakalarini
egallashga imkon beradi, konstruktorlik-texnik mahoratni rivojlantiradi.
Ishlab chiqarish – mehnat mashqlari o`quv va ishlab chiqarish xarakteridagi alohida ishlab chiqilgan tarmoqni tashkil etadi. Ular oddiy va murakkab bo`ladi: birinchisi – alohida mehnat usullarini bajarish mashqlari,
ikkinchisi – ishlab chiqarish – mehnat ishlarini butunligicha yoki ularning
talay qismini (stanoklarni sozlash, detal qismlarini tayyorlash va h.k.) ko`zda tutilgan.
Hozirgi vaqtda ta`lim jarayonida o`qitishning innovatsion texnologiya48
lari keng qo`llanilmoqda. Mazkur o`qitish texnologiyalarni amalga oshirishda bir qator passiv, faol, interfaol va treninglardan keng foydalaniladi.
Passiv metodlar turkumiga ma`ruza, hikoya, tushuntirish; namoyish, kitob
bilan ishlash, illyustratsiya, videousul, to`rt pog`onali metod, laboratoriya,
mashq, kabilar kiradi.
Faol o`qitish metodi bu-talabalarning o`quv–bilish jarayonidagi
fikrlash faoliyatini, ish faoliyatini faollashtirishga qaratilgan metodlardir.
Faol metodlar turkumiga aqliy hujum, o`rgimchak to`ri, insert, B-B-B,
idrok xaritasi, klaster, sinkveyn, videotopishmoq, davra suhbati; bahs;
keys, labirint, assisment, munozara, charxpalak, tushunchalar tahlili, baliq
skeleti, qanday? nima uchun? uch qadamli intervyu, 635 usul, pantomimo,
muzyorar, mehmon mashq, suqrot suhbati va boshqalar
Interfaol metodi-bu (“inter”-bu o`zaro,”act” –harakat qilmoq)
ma`nolaridan kelib chiqib, o`zaro harakat qilmoq, hamkorlik muloqot
tartibida bo`lishni anglatadi.
Interfaol yoki interaktiv metodlar turkumiga muammoli vaziyat,
yo`naltiruvchi matn, loyiha, damino, 9 olmos birligi, veer (yelpig`ich)
beshinchisi, (oltinchisi, yettinchisi) ortiqcha, qora quti, venn diagrammasi,
qizil va yashil kartochkalar bilan ishlash, tajriba
vositasida o`qitish sikli, pinbord, zanjir, yumaloqlangan
qor o`yini, ishbilarmon o`yin rolli o`yin; zakovatli
zukko, aql zakovatni rivojlantiruvchi o`yinlar, zig-zag,
kichik guruhlarda ishlash, eksprom, monitoring,
zinama-zina, debat, kubik, sxema-T, SWOT, rezyume, FSMU, 6|6/6,
SCORE, metaplan, qarorlar shajarasi, jamoa bloknoti kabi metodlar kiradi.
Interfaol metodlar deganda – ta`lim oluvchilarni faollashtiruvchi va
mustaqil fikrlashga undovchi, ta`lim jarayonining markazida ta`lim oluvchi
bo`lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo`llanilganda ta`lim beruvchi
ta`lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta`lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta`lim oluvchi markazda bo`lgan yondoshuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo`ladi: ta`lim samarasi yuqoriroq bo`lgan o`qish-o`rganish; ta`lim oluvchining yuqori darajada rag`batlantirilishi; ilgari orttirilgan bilimning ham e`tiborga olinishi; o`qish shiddatini
ta`lim oluvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi; ta`lim oluvchining tashabbuskorligi va mas`uliyatining qo`llab-quvvatlanishi; amalda bajarish orqali
o`rganilishi; ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.
“Aqliy hujum” metodi – biror muammo bo`yicha ta`lim oluvchilar
tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to`plab, ular orqali
ma`lum bir yechimga kelinadigan metoddir. “Aqliy hujum” metodining
yozma va og`zaki shakllari mavjud. Og`zaki shaklida ta`lim beruvchi
49
tomonidan berilgan savolga ta`lim oluvchilarning har biri o`z fikrini
og`zaki bildiradi. Ta`lim oluvchilar o`z javoblarini aniq va qisqa tarzda
bayon etadilar. Yozma shaklida esa berilgan savolga ta`lim oluvchilar o`z
javoblarini qog`oz kartochkalarga qisqa va barchaga ko`rinarli tarzda
yozadilar. Javoblar doskaga (magnitlar yordamida) yoki «pinbord»
doskasiga (ignalar yordamida) mahkamlanadi. “Aqliy hujum” metodining
yozma shaklida javoblarni ma`lum belgilar bo`yicha guruhlab chiqish
imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod to`g`ri va ijobiy qo`llanilganda
shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o`rgatadi.
“Aqliy hujum” metodidan foydalanilganda ta`lim oluvchilarning
barchasini jalb etish imkoniyati bo`ladi, shu jumladan ta`lim oluvchilarda
muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. Ta`lim
oluvchilar o`z fikrini faqat og`zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish
mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko`nikmasi rivojlanadi.
Bildirilgan fikrlar baholanmasligi ta`lim oluvchilarda turli g`oyalar
shakllanishiga olib keladi. Bu metod ta`lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni
rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
“Aqliy hujum” metodi ta`lim beruvchi tomonidan qo`yilgan maqsadga
qarab amalga oshiriladi:
1. Ta`lim oluvchilarning boshlang`ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qo`yilganda, bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi.
2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog`lash maqsad qilib qo`yilganda –yangi mavzuga o`tish qismida amalga oshiriladi.
3. O`tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo`yilganda-mavzudan
so`ng, darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.
“Aqliy hujum” metodini qo`llashdagi asosiy qoidalar:
1. Bildirilgan fikr-g`oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi.
2. Bildirilgan har qanday fikr-g`oyalar, ular hatto to`g`ri bo`lmasa ham
inobatga olinadi.
3. Har bir ta`lim oluvchi qatnashishi shart.
Quyida “Aqliy hujum” metodining tuzilmasi keltirilgan.
Muammoli savol bеriladi
Fikr va g`oyalar eshitiladi va jamlab boriladi
Fikr va g`oyalar guruhlanadi
Aniq va to`g`ri javob tanlab olinadi
“Aqliy hujum” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Ta`lim oluvchilarga savol tashlanadi va ularga shu savol bo`yicha o`z
javoblarini (fikr, g`oya va mulohaza) bildirishlarini so`raladi;
2. Ta`lim oluvchilar savol bo`yicha o`z fikr-mulohazalarini bildirishadi;
3. Ta`lim oluvchilarning fikr-g`oyalari (magnitafonga, videotasmaga,
rangli qog`ozlarga yoki doskaga) to`planadi;
4. Fikr-g`oyalar ma`lum belgilar bo`yicha guruhlanadi;
5. Yuqorida qo`yilgan savolga aniq va to`g`ri javob tanlab olinadi.
“Kichik guruhlarda ishlash” metodi – ta`lim oluvchilarni faollashtirish maqsadida ularni kichik guruhlarga ajratgan holda o`quv materialini o`rganish yoki berilgan topshiriqni bajarishga qaratilgan darsdagi
ijodiy ish. Ushbu metod qo`llanilganda ta`lim oluvchi kichik guruhlarda ishlab, darsda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida bo`lishga, bir-biridan o`rganishga va turli nuqtai-nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo`ladi. “Kichik guruhlarda ishlash” metodi qo`llanilganda
ta`lim beruvchi boshqa interfaol metodlarga qaraganda vaqtni tejash
imkoniyatiga ega bo`ladi. Chunki, ta`lim beruvchi bir vaqtning o`zida
barcha ta`lim oluvchilarni mavzuga jalb eta oladi va baholay oladi.
Mavzu yoritiladi
Kichik guruhlar shakllantiriladi
2- guruhga
topshiriq
3- guruhga
topshiriq
Ko`rsatma bеrish va yo`naltirish
1-guruh
taqdimoti
Muhokama va tahlil qilish
Baholash
“Kichik guruhlarda ishlash” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Faoliyat yo`nalishi aniqlanadi. Mavzu bo`yicha bir-biriga bog`liq bo`l51
gan masalalar belgilanadi.
2. Kichik guruhlar belgilanadi. Ta`lim oluvchilar guruhlarga 3-6 kishidan
bo`linishlari mumkin.
3. Kichik guruhlar topshiriqni bajarishga kirishadilar.
4. Ta`lim beruvchi tomonidan aniq ko`rsatmalar beriladi va yo`naltirib
turiladi.
5. Kichik guruhlar taqdimot qiladilar.
6. Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil qilinadi.
7. Kichik guruhlar baholanadi.
“Ishbop o`yin” metodi – berilgan topshiriqlarga ko`ra
yoki o`yin ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan har xil
vaziyatdagi boshqaruvchilik qarorlarini qabul qilishni
imitatsiya qilish (taqlid, aks ettirish) metodi hisoblanadi.
O`yin faoliyati biron bir tashkilot vakili sifatida ishtirok
etayotgan ishtirokchining hulq-atvori va ijtimoiy vazifalarini imitatsiya qilish orqali beriladi. Bir tomondan o`yin nazorat qilinsa, ikkinchi tomondan
oraliq natijalarga ko`ra ishtirokchilar o`z faoliyatlarini o`zgartirish imkoniyatiga ham ega bo`ladi. Ishbop o`yinda rollar va rollarning maqsadi aralashgan holda bo`ladi. Ishtirokchilarning bir qismi qat`iy belgilangan va
o`yin davomida o`zgarmas rolni ijro etishlari lozim. Bir qism ishtirokchilar
rollarini shaxsiy tajribalari va bilimlari asosida o`z maqsadlarini belgilaydilar. Ishbop o`yinda har bir ishtirokchi alohida rolli maqsadni bajarishi kerak. Shuning uchun vazifani bajarish jarayoni individual-guruhli xarakterga
ega. Har bir ishtirokchi avval o`zining vazifasi bo`yicha qaror qabul qiladi,
so`ngra guruh bilan maslahatlashadi. O`yin yakunida har bir ishtirokchi va
guruh erishgan natijalariga qarab baholanadi. Quyida “Ishbop o`yin”
metodining tuzilmasi keltirilgan.
O`yin shartlari va baholash mеzonlari
bilan tanishtirish
Vazifalarni taqsimlash
Vazifalar bo`yicha ishtirokchilar qaror
qabul qiladilar
O`yinni amalga oshirish
Muhokama qilish
Baholash
“Ishbop o`yin” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Ta`lim beruvchi mavzu tanlaydi, maqsad va natijalarni
aniqlaydi. Qatnashchilar uchun yo`riqnomalar va
baholash mezonlarini ishlab chiqadi.
2. Ta`lim oluvchilarni o`yinning maqsadi, shartlari va natijalarni baholash
mezonlari bilan tanishtiradi.
3. Ta`lim oluvchilarga vazifalarni taqsimlaydi, maslahatlar beradi.
4. Ta`lim oluvchilar o`z rollari bo`yicha tayyorgarlik ko`radilar.
5. Ta`lim oluvchilar tasdiqlangan shartlarga binoan o`yinni amalga
oshiradilar. Ta`lim beruvchi o`yin jarayoniga aralashmasdan kuzatadi.
6. O`yin yakunida ta`lim beruvchi muhokamani tashkil etadi.
ekspertlarning xulosalari tinglanadi, fikr-mulohazalar aytiladi.
7. Ishlab chiqilgan baholash mezonlari asosida natijalar baholanadi.
Har bir rolni ijro etuvchi o`z vazifasini to`g`ri bajarishi, berilgan
vaziyatda o`zini qanday tutishi kerakligini namoyish eta olishi, muammoli
holatlardan chiqib ketish qobiliyatini ko`rsata olishi kerak.
“Rolli o`yin” metodi – ta`lim oluvchilar tomonidan hayotiy vaziyatning har xil shart-sharoitlarini sahnalashtirish orqali ko`rsatib beruvchi
metoddir.
Rolli o`yinlarning ishbop o`yinlardan farqli tomoni baholashning olib
borilmasligidadir. Shu bilan birga “Rolli o`yin” metodida ta`lim oluvchilar
ta`lim beruvchi tomonidan ishlab chiqilgan ssenariydagi rollarni ijro etish
bilan kifoyalanishsa, “Ishbop o`yin” metodida rol` ijro etuvchilar ma`lum
vaziyatda qanday vazifalarni bajarish lozimligini mustaqil ravishda o`zlari
hal etadilar.
Rolli o`yinda ham ishbop o`yin kabi muammoni yechish bo`yicha ishtirokchilarning birgalikda faol ish olib borishlari yo`lga qo`yilgan. Rolli
o`yinlar ta`lim oluvchilarda shaxslararo muomala malakasini shakllantiradi.
Ssenariy ishlab chiqiladi
O`yinning maqsadi va vazifalari
tushuntiriladi
Rollar taqsimlanadi
Rollar ijro etiladi
Yakuniy xulosaga kеlinadi
“Rolli o`yin” metodida ta`lim beruvchi ta`lim oluvchilar haqida
oldindan ma`lumotga ega bo`lishi lozim. Chunki rollarni o`ynashda har bir
ta`lim oluvchining individual xarakteri, xulq-atvori muhim ahamiyat kasb
etadi. Tanlangan mavzular ta`lim oluvchilarning o`zlashtirish darajasiga
mos kelishi kerak. Rolli o`yinlar o`quv jarayonida ta`lim oluvchilarda
motivatsiyani shakllantirishga yordam beradi.
“Rolli o`yin” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
• Ta`lim beruvchi mavzu bo`yicha o`yinning maqsad va natijalarini
belgilaydi hamda rolli o`yin ssenariysini ishlab chiqadi.
• O`yinning maqsad va vazifalari tushuntiriladi.
• O`yinning maqsadidan kelib chiqib, rollarni taqsimlaydi.
• Ta`lim oluvchilar o`z rollarini ijro etadilar. Boshqa ta`lim oluvchilar
ularni kuzatib turadilar.
• O`yin yakunida ta`lim oluvchilardan ular ijro etgan rolni yana qanday
ijro etish mumkinligini izohlashga imkoniyat beriladi. Kuzatuvchi
bo`lgan ta`lim oluvchilar o`z yakuniy mulohazalarini bildiradilar va
o`yinga xulosa qilinadi.
Ushbu metodni qo`llash uchun ssenariy t`lim beruvchi tomonidan
ishlab chiqiladi. Ba`zi hollarda ta`lim oluvchilarni ham ssenariy ishlab
chiqishga jalb etish mumkin. Bu ta`lim oluvchilarning motivatsiyasini va
ijodiy izlanuvchanligini oshirishga yordam beradi. Ssenariy maxsus fan
bo`yicha o`tilayotgan mavzuga mos ravishda, hayotda yuz beradigan ba`zi
bir holatlarni yoritishi kerak. Ta`lim oluvchilar ushbu rolli o`yin
ko`rinishidan so`ng o`z fikr-mulohazalarini bildirib, kerakli xulosa
chiqarishlari lozim.
“Muammoli vaziyat” metodi – ta`lim oluvchilarda muammoli
vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning echimini
topish bo`yicha ko`nikmalarini shakllantirishga qaratilgan metoddir.
“Muammoli vaziyat” metodi uchun tanlangan muammoning
murakkabligi ta`lim oluvchilarning bilim darajalariga mos kelishi kerak.
Ular qo`yilgan muammoning yechimini topishga qodir bo`lishlari kerak,
aks holda yechimni topa olmagach, ta`lim oluvchilarning qiziqishlari
so`nishiga, o`zlariga bo`lgan ishonchlarining yo`qolishiga olib keladi.
«Muammoli vaziyat» metodi qo`llanilganda ta`lim oluvchilar mustaqil fikr
yuritishni, muammoning sabab va oqibatlarini tahlil qilishni, uning
yechimini topishni o`rganadilar.
Muammoli vaziyat tavsifini kеltirish
Guruhlarning muammoli vaziyatning kеlib chiqish
sabablarini aniqlashi
Guruhlarning muammoli vaziyatning oqibatlari
to`g`risida fikr yuritishi
Guruhlarning muammoli vaziyatning
уеchimini ishlab chiqishi
To`g`ri уеchimlarni tanlash
“Muammoli vaziyat” metodining bosqichlari quyidagilardan
iborat:
1. Ta`lim beruvchi mavzu bo`yicha muammoli vaziyatni tanlaydi, maqsad
va vazifalarni aniqlaydi. Ta`lim beruvchi ta`lim oluvchilarga muammoni bayon qiladi.
2. Ta`lim beruvchi ta`lim oluvchilarni topshiriqning maqsad, vazifalari va
shartlari bilan tanishtiradi.
3. Ta`lim beruvchi ta`lim oluvchilarni kichik guruhlarga ajratadi.
4. Kichik guruhlar berilgan muammoli vaziyatni o`rganadilar. Muammoning kelib chiqish sabablarini aniqlaydilar va har bir guruh taqdimot
qiladi. Barcha taqdimotdan so`ng bir xil fikrlar jamlanadi.
5. Bu bosqichda berilgan vaqt mobaynida muammoning oqibatlari to`g`risida fikr-mulohazalarini taqdimot qiladilar. Taqdimotdan so`ng bir xil
fikrlar jamlanadi.
6. Muammoni уechishning turli imkoniyatlarini muhokama qiladilar, ularni
tahlil qiladilar. Muammoli vaziyatni yechish yo`llarini ishlab chiqadilar.
7. Kichik guruhlar muammoli vaziyatning yechimi bo`yicha taqdimot
qiladilar va o`z variantlarini taklif etadilar.
8. Barcha taqdimotdan so`ng bir xil yechimlar jamlanadi. Guruh ta`lim
beruvchi bilan birgalikda muammoli vaziyatni yechish yo`llarining eng
maqbul variantlarini tanlab oladi.
“Loyiha” metodi – bu ta`lim oluvchilarning individual yoki guruhlarda
belgilangan vaqt davomida, belgilangan mavzu bo`yicha axborot yig`ish,
tadqiqot o`tkazish va amalga oshirish ishlarini olib borishidir. Bu metodda
ta`lim oluvchilar rejalashtirish, qaror qabul qilish, amalga oshirish, tekshi55
rish va xulosa chiqarish va natijalarni baholash jarayonlarida ishtirok etadilar. Loyiha ishlab chiqish yakka tartibda yoki guruhiy bo`lishi mumkin,
lekin har bir loyiha o`quv guruhining birgalikdagi faoliyatining muvofiqlashtirilgan natijasidir. Bu jarayonda ta`lim oluvchining vazifasi belgilangan vaqt ichida yangi mahsulotni ishlab chiqish yoki boshqa bir topshiriqning yechimini topishdan iborat. Ta`lim oluvchilar nuqtai-nazaridan
topshiriq murakkab bo`lishi va u ta`lim oluvchilardan mavjud bilimlarini
boshqa vaziyatlarda qo`llay olishni talab qiladigan topshiriq bo`lishi kerak.
Loyiha o`rganishga xizmat qilishi, nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq
etishi, ta`lim oluvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirish, tashkillashtirish
va amalga oshirish imkoniyatini yarata oladigan bo`lishi kerak.
1. Ma`lumot yig`ish
6. Xulosa chiқarish
5. Tekshirish
3. Qaror qabul qilish
4. Amalga oshirish
“Loyiha” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
Muhandis-pedagog loyiha ishi bo`yicha topshiriqlarni ishlab chiqadi.
Ta`lim oluvchilar mustaqil ravishda darslik, sxemalar, tarqatma
materiallar asosida topshiriqqa oid ma`lumotlar yig`adilar.
Ta`lim oluvchilar mustaqil ravishda ish rejasini ishlab chiqadilar. Ish
rejasida ta`lim oluvchilar ish bosqichlarini, ularga ajratilgan vaqt va
texnologik ketma-ketligini, material, asbob-uskunalarni rejalashtirishlari lozim.
Kichik guruhlar ish rejalarini taqdimot qiladilar. Ta`lim oluvchilar ish
rejasiga asosan topshiriqni bajarish bo`yicha qaror qabul qiladilar. Ta`lim oluvchilar muhandis-pedagog bilan birgalikda qabul qilingan qarorlar bo`yicha erishiladigan natijalarni muhokama qilishadi. Bunda har
xil qarorlar taqqoslanib, eng maqbul variant tanlab olinadi. Muhandispedagog ta`lim oluvchilar bilan birgalikda “Baholash varaqasi”ni
ishlab chiqadi.
Ta`lim oluvchilar topshiriqni ish rejasi asosida mustaqil ravishda amalga oshiradilar. Ular individual yoki kichik guruhlarda ishlashlari mumkin.
56
5. Ta`lim oluvchilar ish natijalarini o`zlarini tekshiradilar. Bundan tashqari
kichik guruhlar bir-birlarining ish natijalarini tekshirishga ham jalb
etiladilar. Tekshiruv natijalari “Baholash varaqasi”da qayd etiladi. Ta`lim
oluvchi yoki kichik guruhlar hisobot beradilar. Ish yakuni quyidagi
shakllarning birida hisobot qilinadi: og`zaki hisobot; materiallarni
namoyish qilish orqali hisobot; loyiha ko`rinishidagi yozma hisobot.
6. Muhandis-pedagog va ta`lim oluvchilar ish jarayonini va natijalarni
birgalikda yakuniy suhbat davomida tahlil qilishadi. O`quv amaliyoti
mashg`ulotlarida erishilgan ko`rsatkichlarni me`yoriy ko`rsatkichlar
bilan taqqoslaydi. Agarda me`yoriy ko`rsatkichlarga erisha olinmagan
bo`lsa, uning sabablari aniqlanadi.
Muhandis-pedagog “Loyiha” metodini qo`llashi uchun topshiriqlarni
ishlab chiqishi, loyiha ishini dars rejasiga kiritishi, topshiriqni ta`lim oluvchilarning imkoniyatlariga moslashtirib, ularni loyiha ishi bilan tanishtirishi, loyihalash jarayonini kuzatib turishi va topshiriqni mustaqil bajara
olishlarini ta`minlashi lozim.
“Loyiha” metodini amalga oshirishning uch xil shakli mavjud:
9 yakka tartibdagi ish;
9 kichik guruhiy ish;
9 jamoa ishi.
“Yo`naltiruvchi matn” metodi – ta`lim oluvchilar mustaqil ravishda
yo`naltiruvchi savollar yordamida ma`lumot yig`ish, rejalashtirish, amalga
oshirish vazifalarini bajaradigan metoddir.
“Yo`naltiruvchi matn” metodida muhandis-pedagog va ta`lim oluvchi
faoliyati
“Yo`naltiruvchi matn” metodining barcha bosqichlarida muhandispedagog faoliyati “passiv”, ta`lim oluvchi faoliyati esa “aktiv” bo`ladi.
Chunki ta`lim oluvchilar muhandis-pedagog tomonidan oldindan
tayyorlangan materiallar asosida mustaqil ravishda faoliyat ko`rsatadilar.
“Yo`naltiruvchi matn” metodidan o`quv amaliyot darslarida foydalaniladi.
Ushbu metodni o`tkazish bosqichlari “Loyiha metodi”ning bosqichlari
bilan bir-xildir. Ma`lumot yig`ish, rejalashtirish, amalga oshirish va
tekshirish bosqichlarida ta`lim oluvchi mustaqil ishlaydilar. Qaror qabul
qilish va xulosa qilish bosqichlarida ta`lim oluvchi va muhandis-pedagog
orasida “qaytar aloqa” o`rnatilib, birgalikda muhokama qiladilar. Ta`lim
oluvchilarga boshlang`ich bosqichlarda muhandis-pedagog tomonidan
tuzilgan yozma hujjatlar beriladi. Bunday hujjatlarga texnik chizmalar,
jadvallar, yo`naltiruvchi savollar, tarqatma materiallar, topshiriqlar
varaqasi, baholash varaqasi va boshqalar kiradi.
57
Quyida “Yo`naltiruvchi matn” metodida muhandis-pedagog va ta`lim
oluvchilarning faoliyati keltirilgan.
MUHANDIS-PЕDAGOG
FAOLIYATI
TA’LIM OLUVChI
FAOLIYATI
O`quv matеriallarini va
yo`naltiruvchi savollarni bеrish
Mustaqil ravishda
ma’lumot yig`ish
Oldindan tayyorlangan
rеjalashtirishga oid
varaqalarni tarqatish
Mustaqil ravishda rеja
tuzish
Takliflarni muhokama qilish
Mustaqil ravishda qaror
qabul qilish
Muammolarni muhokama
qilish
Mustaqil ravishda
amalga oshirish
Baholash varaqalarini
birgalikda ishlab chiqish
Mustaqil ravishda
tеkshirish
Birgalikda xulosa chiqarish
Mustaqil ravishda
xulosa chiqarish
Quyidagi chizmada “Yo`naltiruvchi matn” metodining tuzilmasi
keltirilgan.
Topshiriq bеrish
Mustaqil ravishda ma’lumot yig`ish
Mustaqil ravishda rеjalashtirish
Birgalikda qaror qabul qilish
Mustaqil ravishda amalga oshirish
O`z—o`zini tеkshirish
Birgalikda umumiy xulosa chiqarish
“Yo`naltiruvchi matn” metodining bosqichlari:
1. Muhandis-pedagog topshiriqlarni, tarqatma materiallarni va yo`naltiruvchi savollarni ishlab chiqadi.
YO`NALTIRUVCHI
SAVOLLAR:
MAQSAD:
2. Ta`lim oluvchilar mustaqil ravishda darslik, sxemalar, tarqatma materiallar, yo`naltiruvchi savollar asosida topshiriqqa oid ma`lumotlar
yig`adilar va “Yo`naltiruvchi matn” tuzadilar.
3. So`ngra ta`lim oluvchilar mustaqil ravishda “yo`naltiruvchi matn” asosida ish rejasini ishlab chiqadilar. Ish rejasida ta`lim oluvchilar ish bosqichlarini, ularga ajratilgan vaqt va texnologik ketma-ketligini, material, asbob-uskunalar va yordamchi vositalarni rejalashtirilishi lozim.
4. Ta`lim oluvchilar muhandis-pedagog bilan birgalikda qabul qilingan
qarorlar bo`yicha erishiladigan natijalarni muhokama qilishadi. Ta`lim
oluvchilar bajariladigan ishlar ketma-ketligi bo`yicha qaror qabul qiladilar, muhandis-pedagog esa faqat maslahatchi sifatida ishtirok etadi.
YO`NALTIRUVCHI
MATN:
Zarur
bo`lgan
asboblar
5. Ta`lim oluvchilar topshiriqni ish rejasi asosida mustaqil ravishda yakka
tartibda yoki guruhlarda amalga oshiradilar. Bu bosqichda ta`lim
oluvchilarning amaliy ko`nikmalari shakllanadi. Muhandis-pedagoglar
topshiriqning bajarilishini “Nazorat varaqasi”ga qayd qilib boradi.
6. Ta`lim oluvchilar ish natijalarini o`zlari tekshiradilar va “Baholash varaqasi”ni to`ldiradilar. “Baholash varaqasi”da sifat mezonlari, ya`ni talab etilgan me`yorlar beriladi va ular erishilgan natija bilan
taqqoslanadi.
BAHOLASH
VARAQASI
№
7. Muhandis-pedagog va ta`lim oluvchilar birgalikda ish jarayonini va
erishilgan natijalarni yakuniy suhbat davomida tahlil qiladilar. Ushbu
suhbatda barcha ta`lim oluvchilarning natijalari baholanadi va
kelajakda ish jarayonida nimalarga e`tibor berish kerakligi ta`kidlanadi.
“Yo`naltiruvchi matn” metodi “Loyiha” metodi bilan chambarchas
bog`liqdir. Ushbu ikki metodni bir-biridan quyidagi nuqtai-nazar bo`yicha
farqlash mumkin:
¾ “Yo`naltiruvchi matn” metodi ta`lim oluvchilarning mustaqil
o`rganishiga qaratilgan;
¾ “Loyiha” metodi esa ta`lim oluvchilarning mustaqil o`rganishidan
tashqari, e`tiborni kasb o`rganishda kerak bo`ladigan shaxsiy
qobiliyatlar va ko`nikmalarni takomillashtirishga qaratilgan.
Venn diagrammasi- ta`lim mazmunini tahliliy yondashuv asosida
obyektlarning o`ziga xos va o`xshash xususiyatlarini tahlil qilish orqali
o`quv materialini o`zlashtirishga va ko`nikmalarni takomillashtirishga
yo`naltirilgan metoddir.
Mazkur metodni qo`llash bosqichlari: Bunda 1) “A” obyektning o`ziga
xos jihatlari; 2) “B” obyektning o`ziga xos jihatlari; 3) “C” obyektning o`ziga
xos jihatlari; 4) “A” va “B” obyektlarning o`xshash jihatlari; 5) “A” va “S”
obyektlarning o`xshash jihatlari; 6) “S” va “B” obyektlarning o`xshash
jihatlari; 7) “A”, “B” va “S” obyektlarning o`xshash jihatlari yoritiladi.
60
3
1-rasm. Venn diagrammasini amalga oshirish bosqichlari
Ta`lim jarayoniga ushbu metodni qo`llash orqali tahsil oluvchilarda
ta`lim mazmuniga tahliliy yondashuvni, o`rganilayotgan obyektlarning
o`ziga xos va o`xshash xususiyatlarini bir-biriga qiyoslash, taqqoslash
orqali tahlil qilish, mustaqil fikrlash kabi ko`nikmalarni takomillashtirishga
erishiladi.
Kichik guruhlarni shakllantirish va unga topshiriq bеrish
o`tkazish shartlari bilan tanishtirish
“A”, “B” va “S” obyеktlarning o`ziga xos jihatlarini o`rganish
“A” va “B” , “A” va “S” , “S” va “B” obyеktlarning o`xshash
jihatlarini qiyoslash orqali o`rganish
“A”, “B” va “S” obyеktlarning o`xshash jihatlari
Kichik guruhlar taqdimoti, munozara o`tkazish
Umumiy xulosalarga kеlish
Venn diagrammasi metodini qo`llash texnologiyasi
Assisment metodi-o`z-o`zini tekshirish, nazorat qilish va baholashga
yo`naltirilgan metoddir. Ushbu metodni darsning kirish, asosiy yoki
61
yakuniy qismida ya`ni uyga vazifa berish jarayonida qo`llash mumkin.
Darsning kirish qismida tahsil oluvchilarning uyga vazifalarini qay
darajada bajarganliklarini aniqlashda yoki mavzuni umumlashtirish jarayonida egallangan bilim, ko`nikmalarni aniqlashda foydalanish mumkin.
Assisment metodini dars jarayoniga tadbiq etish texnologiyasi. O`qituvchi tomonidan talabalarga jadval ko`rinishdagi vazifalarni qisqa vaqt
ichida bajarishlari topshiriq sifatida beriladi va topshiriq bajarilganidan
so`ng, javoblar o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi talabalar esa aynan javobga ko`ra o`z-o`zini tekshirishni amalga oshiradi hamda oldindan e`lon
qilingan mezonlar asosida baholaydi. Bunda talabalar mavzu mazmunini
qay darajada o`zlashtirganligi bo`yicha o`z-o`zini tekshirish va baholash
orqali xulosa chiqaradi.
Rezyume metodi – murakkab, ko`p tarmoqli mumkin qadar muammoli
mavzularni o`rganishga qaratilgan bo`lib, uning mohiyati shundan iboratki,
bunda mavzuning turli tarmoqlari bo`yicha axborot beriladi. Ayni paytda
ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan: ijobiy va
salbiy tomonlari afzallik va kamchiliklar, foyda va zararlar belgilanadi.
Ushbu metodning asosiy maqsadi: talaba (o`quvchi) larning erkin, mustaqil, taqqoslash uslubi yordamida mavzudan kelib chiqqan holda o`quv muammosini yechimini topishga ham kerakli xulosa yoki qaror qabul qilishga,
jamoa o`z fikrini bilan ta`sir etishga, uni ma`qullashga, shuningdek,
berilgan muammoni yechishda, mavzuga umumiy tushuncha berishda
o`tilgan mavzulardan egallangan bilimlarni qo`llay olish, o`rgatishdir.
Texnik vositalarni tanlash va ulardan foylanish
KODOSKOPDAN
FOYDALANISH
Afzalligi
FLIPCHART
FOYDALANISH
Afzalligi
DOSKADAN
FOYDALANISH
Afzalligi
Texnik qo`llanilishi: Ma`ruza darslarida (imkoniyat va sharoit bo`lsa),
seminar, amaliy va laboratoriya mashg`ulotlarni yakka yoki kichik
guruhlar ajratilgan tartib o`tkazish, shuningdek, uyga vazifa berishda ham
qo`llash mumkin. Mashg`ulot foydalaniladigan vositalar: A-3, A-4
formatdagi qog`ozlarida (guruh soniga qarab) tayyorlangan tarqatma
materiallar flamoster yoki rangli qalamlar kerak bo`ladi.
“Rezyume” interfaol metodini amalga oshirish texnologiyasi:
• O`qituvchi talaba (o`quvchi) larning soniga qarab 3 -4 kishidan iborat
kichik guruh ajratiladi;
• O`qituvchi talaba (o`quvchi) ularning mashg`ulotning maqsadi va
o`tkazilish tartibi bilan tanishtiradi va har biri kichik guruh qog`ozning
yuqori qismiga yozuv bo`lgan ya`ni asosiy muammo, unda ajratilgan
o`quv muammolari va ularni yechish yo`llari belgilangan, xulosa
yozma bayon qilinadigan varaqlarni tarqatadi;
• Har bir guruh a`zolari topshiriq bo`yicha ularning afzalligi va kamchiliklarini aniqlab, o`z fikrlarini flomaster yordamida yozma tarzda bayon
etadilar. Yozma bayon etilgan fikrlar asosida ushbu muammoning
yechimini topib, eng maqbul variant sifatida umumiy xulosa chiqaradilar;
• Kichik guruh a`zolaridan biri tayyorlangan materialni jamoa nomidan
taqdim etadi. Guruhning yozma bayon etgan fikrlari o`qib eshittiriladi,
lekin xulosa qismi bilan tanishtirilmaydi;
• O`qituvchi boshqa kichik gruhlardan taqdimot etgan guruhning xulosasini so`rab, ular fikrini aniqlaydi va o`z xulosalari bilan tanishtiradi;
• O`qituvchi guruhlar tomonidan berilgan fikrlar yoki xulosalarga izoh
berib, ularni baholaydi, so`nggi mashg`ulotni yakunlaydi.
“Rezyume” interfaol metodini amalga oshirish texnologiyasi
Kichik guruhlarni shakllantirish
Mashg`ulotning maqsadi va o`tkazilish tartibi bilan tanishtirish, tarqatma
matеriallarni tarqatish va topshiriq bеrish
Topshiriq bo`yicha ularning afzalligi va kamchiliklarini aniqlab, guruh
fikrlarini yozma tarzda A-3 formatga bayon etadilar.
Taqdimotda guruhning yozma bayon etgan fikrlari o`qib eshittiriladi, lеkin
xulosa qismi bilan tanishtirilmaydi
O`qituvchi boshqa kichik guruhlardan taqdimot etgan guruhning xulosasini
so`rashi, ular fikrini aniqlash va o`z xulosalari bilan tanishtirish
Xulosa chiqarish va baholash
Tushunchalar tahlili-o`quv predmeti bo`yicha talabalar tomonidan
yodga olish, biron-bir mavzu bo`yicha o`qituvchi tomonidan berilgan
tushunchalarga mustaqil ravishda o`z izohlarini berish, shu orqali o`z
bilimlarini tekshirib baholashga imkon yaratish va o`qituvchi tomonidan
qisqa vaqt ichida barcha talabalarni baholashga yo`naltirilgan metoddir.
№
1
2
3
4
5
6
7
Tushunchalar
Metodologiya
Metodika
Texnologiya
Pedagogik texnologiya
Innovatsiya
Axborot texnologiyasi
Pedagogik mahorat
«FSMU» metodi
Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda, bahs-munozara
o`tkazishda yoki o`quv reja asosida biron bo`lim o`rganib bo`lingach qo`llanilishi mumkin, chunki bu texnologiya tinglovchilarni o`z fikrini himoya
qilishga, erkin fikrlash va o`z fikrini boshqalarga o`tkazishga, ochiq holda
bahslashishga, shu bilan bir qatorda talabalarni, o`quv jarayonida egallagan
bilimlarni tahlil etishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda
talabalarni o`zaro munosabatlarga kirishish madaniyatiga o`rgatadi.
«FSMU» metodi
•
•
•
•
F – fikrini bayon etish
S- fikri bayoniga sabab ko`rsatish.
M- ko`rsatilgan sababini isbotlash misolini
(dalil) keltirish.
U- fikrlarni umumlashtirish.
Ushbu texnologiya tarqatilgan oddiy qog`ozga
o`z fikrlarini aniq, qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor
etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi. Bu texnologiya quyidagicha
amalga oshiriladi: Mashg`ulotda avval har bir tinglovchi yakka tartibda
berilgan vazifani bajaradi, keyin esa kichik guruhlarda ish olib boradi va
dars oxirida jamoa bo`lib ishlaydilar. Har bir talabaga FSMU texnologiyasining 4-bosqichi yozilgan qog`ozlar tarqatiladi. Har bir tinglovchi yakka tartibda tarqatilgan qog`ozdagi FSMU ning 4-bosqichini o`z fikrlarini
yozma bayon etgan holda to`latadi. O`z qog`ozlarini to`latib bo`lganidan
64
keyin, tinglovchilarni kichik guruhlarga ajratadi va guruhlarga FSMU
yozilgan katta qog`oz beriladi. Kichik guruhda har bir o`quvchi o`zining
yozgan javobini o`qib tanishtiradi so`ngra guruh a’zolari birgalashib
muhokama qilib umumiy javoblarini yozadilar va uni himoya qiladilar.
Muammoli vaziyatni bayon etish
Yakka tartibda muammoli vazifani FSMU bajaradi
Kichik guruhlarni shakllantirish va topshiriq berish
Kichik guruhlar yakka tartibda bajargan vazifalarini FSMU
umumlashtirish
Kichik guruhlar taqdimoti
Muqobil yechimni tanlash
Qarorlar shajarasi-ta`lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning
sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning уyechimini topish
bo`yicha ko`nikmalarini shakllantirishga qaratilgan metoddir.
“Qarorlar shajarasi” metodi muayyan fan, kurs asoslari borasidagi
murakkab mavzularni o`zlashtirish, ma`lum masalalarni har tomonlama,
puxta tahlil etish asosida ular yuzasidan muayyan xulosalarga kelish, bir
muammo xususida bildirilayotgan bir necha xulosalar orasidan eng maqbul
уyechimni topishga yo`naltirilgan texnik yondashuvdir.
“Qarorlar shajarasi” metodini qo`llash texnologiyasi quyidagi shaklda
keltirilgan.
Ta`lim metodlarini tanlashda quyidagi: ta`lim maqsadi, tahsil oluvchilar soni, tahsil oluvchilarning o`quv imkoniyatlari, ta`lim metodlarining samaradorligi, ta`limning davomiyligi, o`quv –moddiy sharoitlari va o`qituvchining mahorati kabi mezonlarni hisobga olish zarur.
Ta`limning maqsadi-tahsil oluvchilarda muayyan kasb bo`yicha bilim,
ko`nikma va malaka hamda shaxs sifatlarini shakllantirishdir.
O`quv faoliyatlarini amalga oshirishda turli metodlarni birgalikda
qo`llash lozim. Shuning uchun ta`lim metodlarini tanlashda eng asosiy
omil bo`lib, o`quv mashg`ulotlarning didaktik vazifasi xizmat qiladi.
Ta`lim metodlarini tanlashning ikkinchi mezoni –dars jarayonidagi tahsil oluvchilar sonini hisobga olishdir. O`quv jarayonini to`g`ri tashkillashtirishda tahsil oluvchilarning soni muhim ahamiyatga ega. Agar ular ko`pchilik bo`lmasa, faol o`qitish metodlaridan foydalanib, o`qitishni jadal
sur`atda olib borish mumkin. Agar buni aksi bo`lsa, ularning har biriga
65
yetarli darajada e`tibor berish uchun vaqt yetishmasligi sababli, tahsil oluvchilarni boshqarish qiyinlashadi. Katta guruhlar uchun o`quv materialini
bayon qilishda og`zaki usullardan: ma`ruza, hikoya, tushuntirish kabilardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
MUAMMO
Kichik guruhlarni shakllantirish va topshiriq berish hamda
yo`naltirish
1-guruh
muammoni hal
etish bo`yicha
g’oya
2-guruh
muammoni hal
etish bo`yicha
g’oya
3-guruh
muammoni hal
etish bo`yicha
g’oya
Kichik guruhlar taqdimoti, muhokama hamda tahlil qilish
UMUMIY QAROR
O`quvchilarning o`quv imkoniyatlari – bunda tahsil oluvchilarning
yoshi, darslarga tayyorgarlik darajasi hamda jamoadagi o`zaro munosabatlarni hamda tahsil oluvchilarning o`z-o`zini boshqarish qobiliyatlarini
e`tiborga olish muhimdir.
Tahsil oluvchilarni o`z-o`zini boshqarish qobiliyatlari bo`yicha quyidagi darajalarga bo`lish mumkin.
Birinchi daraja-o`quvchi berilgan vazifani bajarish ketma-ketligini
to`liq tushunadi, vazifani bajarishda qoidalarga rioya qiladi va uni ish
oxirigacha esda to`liq saqlaydi. Diqqat bilan vazifalarni aniq bajaradi.,
bajargan ishini nazorat qila oladi, agar xatoga yo`l qo`ysa, buni sezadi va
bartaraf eta oladi. Ishni topshirishga shoshilmaydi hamda uni to`g`ri,
chiroyli, tartibli bajarilganini yana bir bor tekshiradi;
Ikkinchi darajasi-o`quvchi berilgan vazifani bajarish ketma-ketligini
to`liq tushunadi, vazifani bajarish qoidalariga rioya qiladi va uni ish
oxirigacha esda to`liq saqlaydi. Ish jarayonida ba`zi xatoliklarga yo`l
qo`yishi mumkin, lekin uni sezmaydi va tuzatmaydi. Bajargan ishni
tekshirish vaqtida ham xatolarni sezmaydi. Yaxshi baho olishga intilishi
bo`lgani bilan, uni ish sifati qiziqtirmaydi;
Uchinchi darajasi- o`quvchi berilgan vazifani bajarish ketma-ketligini
faqatgina bir qismini tushunadi, lekin mashg`ulot oxirigacha uni esda
saqlab qolmasligi mumkin. Vazifani bajarayotganda faqat e`tiborsizlik
66
tufayli emas, balki vazifani bajarish qoidalarini eslab qolmaganligi uchun
ham xatolarga yo`l qo`yadi. Xatolarni odatda sezmaydi, ish jarayonida
tuzatmaydi, vazifani tekshirayotganida ham sezmaydi. Ishni yaxshilashga
hohish bildirmaydi. Olingan natijalarga sovuqqonlik bilan ishga qaraydi;
To`rtinchi darajasi-o`quvchi vazifaning kichik qisminigina tushunadi,
lekin shu zahotiyoq uni batamom esdan chiqaradi. Xatolarni sezmaydi,
ularni tuzatmaydi, vazifaning to`g`ri bajarilganligini tekshirishga vaqt
sarflamaydi. Bajarilgan ish sifatiga befarq;
Beshinchi darajasi-o`quvchi berilgan vazifani bajarish ketma-ketligini
umuman tushunmaydi, faqatgina qalam bilan qog`ozdan foydalanish
kerakliginigina ilg`ab oladi.
Ta`limning davomiyligi-ta`lim metodlarini tanlashga ta`sir etadi. Bunda darsga ajratilgan vaqtni, vazifani bajarishga sarflanadigan vaqtni hamda
ta`lim metodlarini amalga oshirish uchun sarflanadigan vaqtni hisobga
olish zarur.
O`quv-moddiy sharoitlari- bunda mavjud shart-sharoitlariga asoslanish
zarur. Ba`zi metodlarni qo`llashda alohida sharoitlar talab qilinmaydi:
kompyuter, maxsus kompyuter dasturlari, magnit doskasi, maxsus jihozlangan xona va h.k. Agar siz, maxsus o`quv-moddiy sharoitlar talab qiladigan metodlardan foydalanmoqchi bo`lsangiz, ularning naqdligini ta`minlashingiz kerak.
O`qituvchining mahorati-bunda tahsil oluvchilarning o`zlashtirish darajasiga, o`qitish metodlarining ta`sir darajasini hisobga olish zarurligini nazarda tutadi. Masalan: tahsil oluvchilarning o`quv materiallarini idrok qilish paytida ularning qancha ko`p sensorik (sezgi) kanallaridan foydalanilsa, esda olib qolingan bilimlarning miqdori va sifati shunchalik yuqori
bo`ladi. Agar bilimlar faqat «ma`ruza»lar orqali (passiv tinglash yo`lida)
berilgan bo`lsa, unda 3 kundan so`ng ularning faqat 25%ni eslash mumkin
xolos. Agar u ma`ruzalar o`qish (tinglash), namoyish va ko`rgazmali qilish
(ko`rish, ushlab ko`rish va shu kabilar) orqali berilsa va shu to`g`risida
bahslashilsa, unda 3 kundan so`ng 75%ini esga tushirish mumkin.
Agar bilimlarni idrok qilishda bir necha sensorik kanallar birgalikda
ishga solingan bo`lsa, ma`lumotlarning qisqa xotiradan uzoq xotiraga
o`tish jarayoni tezlashadi, bu esa bilishning asosi bo`lib hisoblanadi.
Tahsil oluvchilarning o`zlashtirish darajasiga o`qitish metodlarining
ta`sir darajasi
1. Ma`ruza-eshitish orqali
5%
2. O`qish orqali
10%
3. Videousul, namoyish-ko`rish orqali
20%
4. Tajribani namoyish qilish orqali
30%
67
5. Bahs-munozara-muhokama qilish orqali 40%
6. Mashqlar-o`qigan, yozgan, gapirish orqali 50%
7. Ishbop o`yin, kichik guruhlarda ishlash, loyihalash-mustaqil o`qish,
tahlil va muhokama qilish, himoya va namoyish qilish orqali -75%
8. Yo`naltiruvchi matn, muammoli vaziyat, boshqalarni o`qitish –
mustaqil o`rganganimizni tahlil va muhokama qilish, boshqalarni o`qitish orqali berilayotgan axborotni 90%i esda saqlanib qolishi mumkin.
Xulosa qilib, shuni ta`kidlash joizki, ta`lim metodlarini tanlashda
yuqorida sanab o`tilgan mezonlariga asoslangan holda o`quv jarayonlarini
to`g`ri loyihalashtirish orqali tashkil etilsa, berilayotgan o`quv materiallari
mazmuni tahsil oluvchilar ongiga tez va oson singdirilishiga hamda
ularning xotirasida uzoq vaqt saqlanilishiga erishishimiz mumkin.
Nazorat savollari
1. Interfaol metodi – bu?
2. Rezyume va venn diagrammasi metodlarini maqsadi, mohiyati va
ularni amalga oshirish bosqichlari jihatidan taqqoslang.
3. Loyiha metodini amalga oshirish boqichlarini sxema ko`rinishida
izohlang.
4. Tahsil oluvchilarning o`zlashtirish darajasiga ko`ra o`qitish metodlarining ta`sir darajasini ko`rsating. (5%, 10%. 20% 30% 40% 50% 75%
90%)
O`quv-didaktik material hamda vositalarni tayyorlash va ulardan
foydalanish
Reja:
1.
2.
3.
4.
Ta`lim vositasi tushunchasi va uning mohiyati
Ta`lim vosita turlari va ulardan foydalanish
O`quv- didaktik materiallarni ishlab chiqish
Taqdimotni tashkil etish va o`tkazish qoidalari
Ta`lim-tarbiya jarayonining sifati va samaradorligini oshirish ko`p
jihatdan ta`lim vositalari bilan qay darajada ta`minlanganligiga bog`liq
bo`ladi.
Ta`lim vositalari deb – o`rganilish lozim bo`lgan o`quv materialni
talabalar ongiga yetkazish uchun xizmat qiluvchi vositalar majmuasiga
aytiladi.
68
Ta`lim vositalarining xususiyatlariga ko`ra 3 turga ajratish mumkin:
bosma, texnik va real vositalar. Quyidagi chizmada ta`lim vositalarining
turlari keltirilgan.
TA’LIM VOSITALARI
TURLARI
Ta`lim vositalarining xususiyatlarga ko`ra matnli vositalar; tasvirli
vositalar; audiovizual vositalar; yordamchi (jihoz) vositalar; modelli
vositalar; haqiqiy vositalarga bo`lish mumkin.
Ma`lumot olish va ma`lumotlarni qayta ishlash uchun
¾
¾
¾
¾
o`quv dasturlari
maxsus adabiyot (darslik, o`quv qo`llanmalar)
ma`ruza matnlari
tarqatma materiallar
¾ imtihon va nazorat varaqalari
TASVIRLI
Umumiy tasavvurni vujudga keltirish uchun
¾
¾
¾
¾
fotosuratlar
eskiz, chizma, sxemalar
tasvirlar, jadvallar, simvollar
plakatlar
Jarayonlar va ishlash mexanizmlari to`g`risida
AUDIOVIZUAL
tasvir va ovoz orqali tasavvurni vujudga
keltirish uchun
videofil`mlar
kompakt disklar
audiokassetalar
PowerPoint materiallari
elektron darsliklar
YORDAMCHI
(JIHOZLI)
Tasvir va matnni yozish va saqlash uchun
¾ doskalar (bo`r doska, oq
doska, elektron doska)
«pinbord» doskasi
videoproyektor
kodoskop
kompyuter
flipchart
audiomagnitafon, videomagnitafon
televizor
MATNLI
O`rganilayotgan obyektning modeli orqali
tasavvur hosil qilish uchun
¾ modellar
¾ mulyajlar, maketlar
¾ trenajyerlar
O`rganilayotgan obyektlar haqida haqiqiy
tasavvurni vujudga keltirish
¾ asbob-uskunalar, moslamalar
¾ stanoklar, vagonlar, stansiyalar, teplovozlar, samolyotlar, mashinalar, mashinistlar
¾ temir yo`l rel`slari
¾ yarim tayyor va tayyor mahsulotlar
¾ xom-ashyolar
Nazariy darslarda ta`lim beruvchilar asosan matnli va yordamchi
vositalardan, misol uchun darsliklar va tarqatma materiallardan va texnik
vositalardan foydalanadilar.
Amaliy mashg`ulotlarda ular ko`proq tasvirli va real vositalardan, ya`ni
eskiz, chizmalar, asbob-uskunalardan foydalanadilar.
Ovoz va tovushli (audio), shuningdek, tasviriy tasavvurlarni
shakllantiradigan audiovizual vositalar jarayonlar va vazifalar to`g`risidagi
keng qamrovli real tasavvurlarni vujudga keltiradi.
HAQIQIY
Yordamchi vositalar buning aksi o`laroq tasvir va matnlarni yozib olish
va saqlash imkonini beradi. Ular doska, flipchart, pinbord doskasi,
kodoskop, videoproyektor kabilardir.
Ish sohasiga tegishli real narsalar, ya`ni mahsulotlar, asboblar va
boshqalar dars paytida didaktik funksiyaga ega bo`lsa, o`quv vositasi
sifatida qo`llanilishi mumkin.
Ta`lim vositalaridan foydalanishda ularni muayyan maqsad,
mo`ljallangan guruh, maxsus soha va metodlarga mos holda tanlash muhim
o`rin tutadi. Bundan tashqari ta`lim beruvchi o`quv va ko`rgazmali
vositalarni ishlata olishni va ulardan maqsadga muvofiq va oqilona tarzda
foydalanishni bilishi kerak. Texnik vositalardan foydalanayotganda yuzaga
keladigan texnik muammolarni hal qila oladigan bo`lishi lozim.
Ta`lim jarayonida texnik vositalardan foydalanish juda muhim o`rin
egallaydi. Ushbu vositalar yordamida mashg`ulotlarni zamonaviy talablarga javob beradigan tarzda olib borish hamda ta`lim oluvchilarning diqqatini jalb etishda keng foydalanish mumkin. Texnik vositalar ma`lumotlarni
vizuallashtirishga yordam berib, kerakli tasvir va matnlarni yozib olish va
saqlash imkonini beradi. Ta`lim beruvchilar doska tasvirlari, flipchart tasvirlari va kodoskop slaydlari kabi vizual vositalarni o`zlari ishlab chiqadilar. Shu sababli bunday vositalardan foydalanish qoidalari, ularning afzallik va kamchiliklarini hisobga olish lozim. Quyidagi
materiallarda bo`r doska, flipchart, kodoskop, pinbord
doskasi va videoproyektor kabi texMODЕLLI
nik vositalardan foydalanish bo`yicha yo`l-yo`riqlar berilgan.
Bo`r doska eng qadimgi, arzon va boshqalarga
nisbatan ko`proq ishlatiladigan vosita hisoblansa kerak.
Mana ko`p yillardirki, u nazariy va amaliy darslarda qo`llaniladigan
texnik vosita hisoblanadi. Bugungi televizorlar va kompyuterlar dunyosida
doska sinfdagi eng ishonchli va ko`proq qo`llaniladigan o`quv vositasidir.
Doskadan foydalanishni ham rejalashtirib olish zarur.
Buning uchun o`tiladigan mavzu bo`yicha doskaga
yoziladigan matn va chizmalar tartib bilan rejalashtirib,
qog`ozga xomaki varianti ishlab chiqiladi.
Doskadan foydalanishning asosiy qoidalari
• Barcha yordamchi vositalarni oldindan tayyorlab qo`yish
• Doskaga aniq va orfografik xatolarsiz yozish
• Matn yoki chizmalar oraliqlarini bir xil taqsimlash
• Rangli bo`rlarni didaktik talablarga mos kelgan holatda ishlatish
• Ta`lim oluvchilar bilan doim «ko`z aloqasi»ni saqlab turish
71
Faqat bir tomonga emas, barcha ta`lim oluvchilarga qarab gapirish
O`zlashtirish natijalarini tekshirib turish
Muhim bo`lgan ma`lumotlarga alohida e`tiborni yordamchi vositalar
yordamida qaratish
Doskaning afzalliklari:
• arzonligi;
• ma`lumotlarni taqdimot qilish uchun qulayligi;
• yozuvlar yozish uchun ishlatilishi;
• asosiy punktlarni tushuntirish uchun foydalanish mumkinligi;
• chizma va grafiklarni chizib ko`rsatish mumkinligi;
• diqqatni jalb qilish uchun foydalanilishi.
Doskadan foydalanishdagi kamchiliklar:
• doskaga diqqat bilan yozish ta`lim beruvchidan doskaga
qarashini talab qiladi, buning uchun u ta`lim oluvchilarga
teskari o`girilishga majbur bo`ladi;
• doskadagi yozuv (tasvir) saqlanishi mumkin emas va
shuning uchun uni qayta qo`llash mumkin emas;
• doskaga yozish ko`p vaqtni talab qiladi.
Flipchart- doskaga juda o`xshashligiga qaramasdan, ko`pgina farqlar
ham mavjud. Flipchartning eng asosiy qulayligi – bu matnni o`chirmasdan
yozib ketaverish imkoniyatining borligi, ya`ni joy etishmasligidan yozilgan
yozuvlarni o`chirishga hojat yo`q, faqat yetarlicha qog`oz bo`lishi talab
etiladi. Shunday qilib, barcha fikr-mulohazalarni saqlash mumkin, hatto bir
necha kundan so`ng bu qog`ozni yana osib qo`yish va munozarani davom
ettirish mumkin. Flipchartning boshqa qulayligi, sinfdagi devor yoki
doskaga birin-ketin hamma varaqlarini yopishtirish imkoniyati hisoblanadi.
Butun guruh ishining natijalarini bir paytda ko`rish, taqqoslash va saqlab
qolishning bunga teng boshqa imkoniyati yo`q.
Flipchartdan nima maqsadda foydalaniladi?
• guruhiy bahs-munozaralarning natijalarini saqlash va ularni kelajakdagi
tadbirlarda ishlatish uchun;
• jarayonning bosqichlarini ko`rsatish uchun;
• taqdimotni tashkillashtirish uchun;
• turli masalalar bo`yicha asosiy qismlarini ajratib ko`rsatish uchun.
•
•
•
Flipchartning afzalliklari:
flipchartni kerakli joyga siljitish mumkinligi;
foydalanishning qulayligi;
taqdimot uchun foydalanish mumkinligi;
72
varaqalarni saqlab qo`yib, kerakli vaqtda undagi ma`lumotlardan takror
foydalanish mumkinligi;
• turli rangli markerlardan foydalanish imkoniyati;
• o`quvchilarning diqqatini jalb etish uchun foydalanish mumkinligi.
Flipchartning kamchiliklari:
• yozuv tushunarli bo`lishi kerak, aks holda uni o`qish qiyin bo`ladi;
• xato yozmaslikka harakat qilish kerak, aks holda hamma to`g`rilangan
joylar doim
ko`rinib turadi;
• varaqlarni nusxalashtirish faqat fotosurat yoki ko`chirib yozish orqali
mumkin xolos;
• ko`p flipchart qog`ozlari talab etiladi.
Kodoskop uchun sath (ekran), shuningdek, plyonka-slaydlar kerak.
Kodoskop ta`lim beruvchi uchun eng yuqori darajadagi taqdimot
imkoniyatini beradi. O`quv jarayonini bu vositasiz tasavvur qilish mumkin
emas. Asosiy qulayligi shundaki, slaydlarni kompyuterda yoki shuningdek,
qo`lda professional darajada tayyorlash mumkin. Ulardan istalgan vaqtda
foydalanish va ish o`rni o`zgarganida boshqa joyga o`tkazish mumkin.
Ammo kodoskopning faqat sifati emas (yorug`lik kuchi), balki ishlab
chiqilgan slaydlarning sifati ham muhimdir.
Slaydlarni tayyorlash uchun quyidagi materiallar kerak bo`ladi:
9 acetatli qog`oz – sun`iy toladan qilingan tiniq qog`oz;
9 alohida qoplamaga ega, nusxalashtirish mumkin bo`lgan slaydlar;
9 slaydlarga yozish uchun flomasterlar (doimiy yoki suv bilan o`chirish
mumkin bo`lgan);
9 slaydlarni tozalash uchun spirt;
9 simvolli asboblar (shablonlar, chizg`ich va shu kabilar).
Kodoskopdan foydalanishdan oldin uning bexato ishlashini va tozaligini tekshirish lozim. Slaydlar taqdimot qilinishidan avval tartib bilan mantiqiy ketma-ketlikda tayyorlab
qo`yilishi maqsadga muvofiqdir.
Taqdimot davomida ekranga emas, balki ta`lim oluvchilarga qarab nutq
tezligiga e`tibor bergan holda gapirish kerak. Ta`lim oluvchilar bilan doim
«ko`z aloqasi»ni saqlab turish va barcha ta`lim oluvchilarga qarab gapirish
lozim.
Slaydlarga ishlov berishda shrift turi va shrift kattaligi bo`yicha
qoidalarga rioya qilib, yaxshi o`qilishi mumkin bo`lgan slaydlarni ishlab
chiqish kerak. Bundan tashqari slaydlarni tayyorlashda ularning dizayniga
ham katta e`tibor berish, ranglarni haddan tashqari ko`p ishlatmaslik lozim.
Kodoskopning qulayliklari:
• kodoskopni boshqa joyga siljitish mumkinligi;
73
foydalanishning qulayligi;
slaydlarni qo`lda, fotonusxa va kompyuter yordamida tayyorlash
mumkin;
slaydlarning katta guruhga ko`rinarli bo`lishi;
bir marta tayyorlab, ulardan bir necha bor foydalanish mumkinligi;
rangli tasvirni qo`llash mumkinligi;
ta`lim beruvchi ta`lim oluvchilar bilan «ko`z aloqasi»ni doimo saqlab
turishi mumkinligi.
Kodoskopning kamchiliklari:
kodoskop doska yoki flipchartga qaraganda qimmatroq;
ko`pincha takrorlanadigan xato: bir slaydga haddan tashqari ko`p
ma`lumot yoziladi;
slayd ustida to`g`rilash ko`pincha murakkab (kodoskop nurida doimo
ko`rinadi);
ranglardan haddan tashqari ko`p foydalanish;
elektr energiyasini talab qiladi.
“Pinbord” inglizcha so`z bo`lib, (pin-mahkamlash,
bord-doska) doskaga mahkamlash degan ma`noni
anglatadi.
Qoidaga ko`ra, pinbord doskasi ustiga o`rash qog`ozi
tortiladi va qo`shimcha kerakli material sifatida turli rang
va shakldagi kartochkalar bo`lishini talab qiladi. Ular pinbord doskasiga
ignalar bilan mahkamlanadi. Ishni tugatgandan so`ng kartochkalarni o`rash
qog`oziga yopishtirish va ularni navbatdagi tadbirlar uchun qo`llash
mumkin. Kartochkalar maxsus rangli flomasterlar yoki markerlar bilan
yoziladi. Bu vosita asosan yig`ilishlarda muhim o`rin egallaydi, chunki bu
vosita yordamida qarorlar, muammolarni ishlab chiqish va guruhiy bahsmunozaralarni boshqarishni ko`rgazmali qilish mumkin.
Pinbord doskasining afzalliklari:
• pinbord doskasini siljitish mumkinligi;
• ma`lumotlarni doskaga mustahkamlash imkoniyati;
• kartochkalarni guruhlash imkoniyati;
• turli rangli qog`ozlardan foydalanish mumkinligi.
Pinbord doskasining kamchiligi:
• ko`p qog`oz talab etilishi;
• kartochkadagi yozuvlarning turli-tumanligi.
Har bir ta`lim vositasi talab darajasida ishlab chiqilib, o`z o`rnida va
samarali foydalanilsa, ta`lim jarayonida mazmunni o`zlashtirishga katta
74
yordam beradi. Ta`lim jarayonidagi eng muhim vositalar yuqorida ta`rif
berilgan texnik vositalar hisoblanadi. Bu vositalar dars jarayonini ko`rgazmali qilishga, o`quv materialining o`zlashtirilishini yengillashtirishga va
ta`lim oluvchilarning motivatsiyasini oshirishga xizmat qiladi. “Yuz marta
gapirgandan ko`ra, bir marta ko`rgan afzal” degan xalq iborasi bunga yaqqol misol bo`ladi. Ko`rgazmalilik, tushunarlilik va misol-namunalardan
foydalanish kabi didaktik tamoyillar bu iboraga javob beradi. Chunki bu
vositalardan foydalanishning mohiyati, ta`lim oluvchilarda bilimlarni ko`rgazmali va imkon qadar real hayotga yaqin holda shakllantirishdan
iboratdir.
Tarqatma materiallarni tayyorlash bo`yicha tavsiyalar: bir mavzu
ta`lim oluvchilarga haddan tashqari ko`p tarqatma materiallar bermang;
sarlavhalarni bosh harflar bilan yozing, bir mashg`ulot uchun ikkita
tarqatma material zarur bo`lsa, ularga kod-nom berib, ularni ajratishni
osonlashtiring; matn shrifti 12 dan kichik bo`lmasligi kerak; bir betda 80
tadan ko`p belgi (harf, qavs, undov belgisi va h.k.) ishlatmang; matnlar
tushunarli, qisqa va oddiy bo`lishi kerak; varaq dizayni e`tiborni o`ziga
tortishi kerak.
Slaydlar tayyorlash bo`yicha tavsiyalar: har bir slaydda sarlavha
bo`lishi kerak – jumla tuzishda aniq va lo`nda fikringizni bayon eting;
ma`lumotlarning ketma-ketligini ta`minlang; slayd tayyorlashda telegraf
usulidan foydalaning; chalkashtiruvchi iboralarni kiritmang; ma`lumotlar
ko`pligi tahsil oluvchilarning aqliy zo`riqishiga olib kelishi mumkin; har
bir slaydda so`z birikmalari 7-8 qatordan oshmasligi kerak; slayd ranglarini
tanlash – slayd tayyorlashda och ranglardan foydalanish; slayd foniga to`q
ranglarni ishlatish; slayd yozuviga to`q ranglarni ishlatish; to`q ko`k va
yashil ranglardan qora rang o`rnida foydalanish; to`q ranglarni katta hajmda ishlatmaslik; sabzirang tusdagi ranglar ishtirokchilarning kayfiyatiga
salbiy ta`sir ko`rsatishini hisobga olish; qizil rangni faqat biror bir elementga urg`u berish uchun ishlatish; slayd tayyorlashdagi xatoliklar – ko`p
ma`lumotlarni tartibsiz joylashtirish; kir slayd (barmoq izlari) ni qo`llash;
juda mayda harflarda yozish; taqdimotda rasmlardan foydalanmaslik;
uyg`unlikning yetishmasligi.
Taqdimotning asosiy maqsadi – diqqatni to`plash, qiziqtirish, ishontirishdir. taqdimotchining vazifasi – mavzuga tayyorlanishi; auditoriyaga
yetkaza olishi; ta`lim vositalaridan to`g`ri foydalana olishidir. Taqdimotdan o`quv jarayonida foydalanish orqali ko`rgazmalilik, vaqtni tejash, motivatsiya oshirish, tizimlilik, samarali natijaga erishiladi. Taqdimotni olib
borishda quyidagi qoidalarga rioya etiladi: kiyinish madaniyati yaxshi bo`lsin, taqdimotni yaxshi kayfiyatda boshlash va yakunlash, nutq (so`zlash
75
usuli, ritorika) ravon bo`lsin, harakatlar bilan ifodalansin (jestikulyatsiya),
vaqt taqsimotiga amal qilinsin, auditoriya bilan vizual aloqani yo`qotmaslik, o`zingizni ishonchli va erkin tutish; harakatlari bir maromda va qo`llaringiz old tomonda erkin bo`lishi, taqdimot vaqtida bir joyda turib qolmaslik, auditoriyaga qarab gapirish, auditoriyaga orqa bilan turmaslik, auditoriyadagilarning diqqatini ko`rgazmalarga yo`naltirish, haddan ortiq ko`p
ma`lumotlar bermaslik, muhim ma`lumotlarni takrorlash, taqdimotni shoshilmasdan, bafurja o`tkazishga harakat qilish, taqdimot o`tkazilayotganda
ekranni to`sib qo`ymaslik, berilayotgan materialni qisqa va lo`nda bayon
etish; misol keltirish va taqqoslash, “Men” dan ko`ra “Biz” so`zini ko`proq
ishlatish, slaydlarni o`zgartirayotganda izoh berib borish, nutq so`zlash
qoidalari, ravon til melodikasi, nutq tempi (ovozni baland va past pardalarda o`zgartirib turish), auditoriyaga qarab gapirish; so`z bo`g`inlarini
to`liq talaffuz qilish, taqdimotni olib borilishida man etiladi: auditoriya
bilan vizual aloqani yo`qotish; beharakat ko`rinishda bo`lish, asabiylashish, ortiqcha, behuda harakatlarni qilish kabilarga rioya etiladi. Shuningdek, taqdimotni olib borishda texnik vositalaridan foydalanishda esa
quyidagi qoidalariga: xona sharoiti va texnik vositalarning sozligini tekshirish; texnik nosozliklarga doimo tayyor turish; ekranda tasvirning tushishini tekshirish; proyektor ishiga xalaqit beradigan jihozlarni olib qo`yish;
taqdimot uchun mo`ljallangan dasturlardan foydalanish, auditoriya diqqatini ko`rgazmalarga maqsadli yo`naltirish, taqdimot jarayonida ekrandan
emas, kompyuter monitoridan foydalanish, ekrandagi tasvirlangan
matnlarni o`qimasdan, o`z so`zingiz bilan ifodalash maqsadga muvofiqdir.
NAZORAT SAVOLLARI
Texnik vositalarni tanlash va ulardan foylanish
Kodoskopdan
foydalanish
Kasb-hunar kollejlarida o`quvchilarning bilim, ko`nikma va
malakalarni nazorat qilish va baholash
Reja
1. O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini baholash tushunchasi
2. O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini baholash shakllari va
turlari
3. O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini baholash tamoyillari
va baholashda uchraydigan kamchiliklar
4. O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini baholash metodlari
5. O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini baholashni
loyihalashtirish
O`zbekistonda iqtisodiy islohotlar jarayonining tezkor rivojlanish
dinamikasi ta`lim tizimi oldida ijodkorlik va tashabbuskorlik qobiliyatiga
ega bo`lgan, mustaqil qaror qabul qila oladigan va texnik texnologiyalarga
tez moslashishga layoqatli, malakali mutaxassislarni tayyorlash vazifasini
qo`ymoqda.
Mazkur vazifani amalga oshirishda Oliy va kasb-hunar ta`lim tizimlari
oldida turgan dolzarb vazifalardan biri o`qitishda zamonaviy pedagogik
texnologiyalar va ilg`or tajriba yutuqlardan keng foydalanish, ularni o`quv
jarayoniga joriy etish hamda rivojlangan davlatlarning kasbiy ta`lim
tajribalarini mamlakatimiz ta`lim tizimiga tatbiq etish orqali sifatli
malakali kadrlar tayyorlash zarurati aniq, qat`iy mezonlar asosida tahsil
oluvchilarning bilim, ko`nikma va malaka darajasini baholash lozimligini
taqozo etmoqda. Ana shu zaruratning samarasi sifatida talabalarning bilim
darajasini aniqlovchi reyting tizimi ishlab chiqildi.
Bugungi kunda talabalarning bilim, ko`nikma va malakalari “Baholashning reyting tizimi to`g`risida»gi muvaqqat Nizomi asosida baholanib kelinmoqda. Ta`lim tizimiga reyting nazoratini tatbiq etishdan ko`zlangan
maqsad–talabalarning bilimi, ularning ma`lum faoliyat borasidagi ko`nikma va malakalari darajasini har tomonlama, chuqur va xolis nazorat qilish,
baholashdan iborat. Ushbu jarayonni to`g`ri tashkil etish va amalga oshirish muhim ahamiyatga egadir. Reyting tizimining o`ziga xos yutuq va
kamchiliklari mavjud. Pedagogik adabiyotlarning tahlili, vatanimiz olimlari fikriga ko`ra, uzluksiz ta`lim tizimida hanuzgacha talabalarning bilimini nazorat qilish va ularni baholash masalalari muammo sifatida talqin etilmoqda. Shundan kelib chiqqan holda o`quv maqsadlariga erishganlikni baholash mexanizmi haqida fikr yuritishdan oldin talabalarning bilim savi77
yasini baholash tushunchasi va uning mohiyatiga to`xtalib, o`tsak:
Baholash- ta`lim jarayonining ma`lum bosqichida o`quv maqsadlariga
erishilganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o`lchash,
natijalarni aniqlash va tahlil qilishdan iborat jarayondir.
Ta`lim oluvchilar tomonidan o`quv materiallari o`zlashtirilganligini,
ko`nikma va malakalar hosil bo`lganligini tekshirish va baholash ta`lim
jarayonining zarur tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu faqat o`qitish natijalarini
nazorat qilish emas, balki o`quv jarayonining turli bosqichlarida ta`lim
oluvchilarning bilish faoliyatiga rahbarlik qilish hamdir.
Baholash natijasida tushuncha va qonun-qoidalarning qaysi birlari qiyin, qaysi birlari esa oson o`zlashtirilishi aniq ravshan bo`ladi. Bu ta`lim
oluvchining ijodiy tarzda darsga tayyorgarlik ko`rishi va o`quv mashg`ulotini o`tkazishi uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Xuddi shuningdek, ta`lim
oluvchiga ham ta`lim jarayonida qaysi o`quv materialini yaxshi, qaysini
qoniqarli va nimani yomon o`zlashtirgani ma`lum bo`ladi. Bilimlarni tekshirmasdan ta`lim oluvchi o`z bilimlarini chuqur, har tomonlama va to`g`ri
baholashga qodir emas. Ba`zan unga go`yo o`quv materialini yaxshi egallab olganday tuyuladi, tekshirish chog`ida esa materialni yaxshi bilmasligi,
yaxshi tushunmasligi ma`lum bo`lib qoladi. Baholash natijasida, ta`lim
oluvchilarning o`rganilayotgan materiallarni bilish, tushunish, esda saqlab
qolish, anglab olish, amalda qo`llay olish, tahlil qilish va o`z bilimlariga
tanqidiy baho berish darajalari aniqlanadi.
Bilimlarni, ko`nikma va malakalarni nazorat qilish va baholashning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, bunda ta`lim oluvchilarning o`qishga, o`z
yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklariga nisbatan munosabati shakllanadi, qiyinchiliklarni yengish istagi tug`iladi. Baholash hamisha ta`lim oluvchining shaxs sifatida o`ziga nisbatan muayyan bir munosabatini hosil qiladi.
Ta`lim oluvchini muntazam ravishda o`z natijalari to`g`risida xabardor qilib turish, uning maqsad sari intilishiga va istaklarini ro`yobga chiqarishga
ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Ta`lim beruvchi ta`lim oluvchining o`ziga nisbatan
munosabatini, tuyg`ularini, uning xarakteridagi irodalilik, hamkorlik, o`zaro bir-biriga yordam berish kabi sifatlarini shakllantirishga e`tibor qaratishi
lozim bo`ladi.
Ba`zan baholash jarayonida ta`lim oluvchi qo`shimcha bilim, ko`nikma
va malakalarga ham erishadi. Ta`lim jarayonida o`zlashtirmagan
tushunchalarining mohiyatiga tushunib yetadi. Shu bois, baholashni ta`lim
olish jarayonining davomi deb ham aytish mumkin.
Bilimlarni nazorat qilish va baholash davlat ahamiyatiga egadir. Baholash natijalarini umumlashtirib, ta`lim muassasasi jamoasining ta`lim-tarbiya sohasidagi faoliyatiga, talabalarning umumiy o`zlashtirish darajasiga
78
baho beriladi va tegishli xulosalar chiqariladi. Davlat ta`lim standartlarida
davlat tomonidan qo`yilgan talablar nechog`lik bajarilayotganligi aniqlanadi.
Natijalarni baholash orqali bir paytning o`zida butun ta`lim tizimi va
uning komponentlari tekshirilib ko`rilishi kerak. Bu bilan ta`lim tizimida
kutilayotgan natijaga erishilayotganlik darajasi tekshirilib o`lchanadi.
Baholash natijasida nafaqat ta`lim oluvchining, balki ta`lim beruvchining
kuchli va kuchsiz tomonlari, shuningdek, o`quv jarayonidagi kamchiliklar
ham aniqlanadi.
Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqib, baholashning mohiyati
haqida quyidagi xulosalarni aytish mumkin:
Nima uchun baholash kerak?
• O`quv maqsadlariga erishilganlikni aniqlash uchun;
• keyingi bosqichga o`tishdan oldin avvalgi o`zlashtirish darajasini
aniqlash uchun;
• natijaga erishganligini tasdiqlash uchun;
• ta`lim oluvchilarning qiziqishlarini aniqlash uchun;
• yutuq va kamchiliklarni aniqlash uchun;
• ta`lim beruvchi o`z faoliyatiga tuzatishlar kiritishi uchun;
• yalpi o`zlashtirish darajasini aniqlash uchun;
• ta`lim jarayoni yutuqlarini aniqlash uchun;
• ta`lim oluvchilarni yutuqlarga qiziqtirish uchun;
• tashqi qiziquvchilarga, ish beruvchilarga, yuqori tashkilotlarga va otaonalarga ma`lumot berish uchun.
Nimani baholash kerak?
• Nazariy bilimlarni;
• amaliy ko`nikma va malakalarni;
• hulq-atvor va shaxsiy fazilatlarni.
Qachon baholash kerak?
• Ta`lim jarayoni boshida (boshlang`ich baholash);
• ta`lim jarayoni davomida (joriy baholash);
• ta`lim jarayoni yakunida (yakuniy baholash).
Bilimlarni tekshirish va baholash muayyan didaktik talablarga javob
berishi kerak. Tekshirish va nazorat qilish sistemali, doimiy tarzda bo`lishi
shart. Bu talabga rioya etilmasa, ta`lim oluvchilarning o`qishga nisbatan
munosabati yomonlashadi, bilimlarning sifatiga salbiy ta`sir qiladi. Bilimlarni baholash individual xarakterga egadir. Har bir ta`lim oluvchi uning
qaysi bilimlari, ko`nikma va malakalari baholanayotganini bilishi kerak.
Ta`lim beruvchining savollariga va vazifalariga javob berishga tayyorlik
79
holati bilimlarni tekshirish va baholash o`quv jarayonining muhim bir
bo`lagiga, uning tarkibiy qismiga aylangan taqdirdagina ro`y beradi.
Bilimlarni, ko`nikma va malakalarni nazorat qilish va baholashda
o`quv maqsadlariga asoslanganlik; haqiqiylik; haqqoniylik; ishonchlilik,
qulaylik kabi asosiy tamoyillar baholash tizimi samaradorligining
poydevori hisoblanadi.
1. O`quv maqsadlariga asoslanganlik. Samarali baholashning asosiy
tamoyili o`quv maqsadlariga asoslanganlik hisoblanadi. Baholashning
sifati o`quv maqsadlariga to`g`ridan–to`g`ri bog`liqdir. O`quv maqsadlari
baholash mazmunini aniqlab beradi. O`quv maqsadlarining qo`yilish
darajasiga qarab, baholashning shakli va usullari tanlanadi. Shuningdek,
o`quv maqsadlariga erishish uchun bajarilgan faoliyat natijasi, baholash
mezonlarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Har qanday baholash tizimi loyihalashtirilayotganda, baholash topshiriqlari berilgan ta`lim mazmuni doirasida bo`lishi talab etiladi. Baholashni
loyihalashtirayotganda, har doim quyidagi ikki savolni e`tiborga olish
lozim:
1. Baholash topshiriqlari ta`lim jarayonidan ko`zlangan o`quv maqsadlarini to`la aks ettiradimi?
2. O`quv maqsadlari darajasiga baholash shakllari, usullari va mezonlari
to`g`ri tanlandimi?
Masalan, yo`l harakati qoidalari bo`yicha olingan bilimlarni baholashda
yozma test olish usuli mos kelishi mumkin. Lekin undan mashinani
boshqarish malakalarini baholashda foydalanib bo`lmaydi. Bu malakalar
og`zaki yoki yozma emas, balki amaliy faoliyatga asoslangan baholash
usuli yordamida baholanishi maqsadga muvofiq bo`ladi.
2. Haqiqiylik. O`quv maqsadida ko`zda tutilgan natijanigina baholashga qaratilgan topshiriq yoki test haqiqiy hisoblanadi. U baholanishi lozim
bo`lgan bilim va ko`nikmalar sohasidagi natijalarga qaratilgan bo`lishi lozim.
Ta`lim oluvchining erishgan natijalari to`g`risida asoslangan va
ishonchli axborotlar berish kerak. O`lchanishi talab etiladigan narsalargina
o`lchanishi kerak. Ta`lim oluvchi egallagan bilim, malaka va ko`nikmalar
hamda shaxsiy fazilatlarni o`lchash imkonini beradigan metodlardan
foydalanish zarur.
3. Haqqoniylik (obyektivlik). Bir-biridan mustaqil ta`lim beruvchilar
bir xil ta`lim oluvchilarga berilgan bir xil topshiriq va testlar bo`yicha bir
xil baho bergan holdagina mazkur baholash haqqoniy hisoblanadi. Bu
haqqoniylik har xil vaqtlarda berilgan baholar uchun ham taalluqlidir.
Baholash tizimi o`quv maqsadlariga mos bo`lishi, shuningdek,
baholash shart-sharoitlari va maqsadlari bilan ta`lim oluvchilar oldindan
80
tanishgan bo`lishlari lozim. Ta`lim oluvchilarga bir xil murakkablikdagi va
hajmdagi topshiriqlar berilishi kerak.
4. Ishonchlilik. Natijalarni baholash mobaynida har xil usullardan foydalanish mumkin. Lekin bu usullarni tanlashga qo`yiladigan asosiy shart
ishonchlilik hisoblanadi. Uslub ishonchli bo`lishi uchun baholash asosli va
aniq ma`lumotlarga asoslangan bo`lishi zarur. Bunda topshiriq yoki testning o`rganish maqsadlarini nazorat qilishga yo`naltirilganligi qanchalik
ishonchli ekanliligi nazarda tutiladi.
Baholash ishonchli bo`lishi uchun ta`lim oluvchilarda bir-biriga
o`xshash, ammo har xil sharoitlarda baholash o`tkazilganda, natijalari bir
xil bo`lishi kerak. Baholash metodining ishonchliligi turli metodlarning
natijalari bilan taqqoslash orqali aniqlanadi. Baholash tizimi ishonchli
bo`lishi uchun turli ekspertlar yordamida baholash o`tkazilganda, uning
natijalari bir-biriga o`xshash bo`lishi kerak.
Baholash ishonchliligining ikki tomoni bor:
1. Baholash usulining ishonchliligi. Agar foydalanilayotgan baholash
usulining ishonchliligi yuqori bo`lsa, talabaning o`zlashtirish darajasi
baholashning har xil usullaridan foydalanganda ham o`zgarmay qoladi
(olingan natijalar bir xil, o`zgarmas bo`ladi).
2. Baholashning o`zlashtirish darajasini hisobga olish ishonchliligi. Ta`lim oluvchining o`zlashtirish darajasini baholash usullarining ishonchliligi deb, baholash boshqa joyda va boshqa imtihon oluvchi tomonidan
o`tkazilganda ham, uning bir xil bo`lishi, o`zgarmasligi tushuniladi.
Baholash usullarining ishonchlilik darajasi quyidagi holatlarda ko`proq
bo`ladi:
ƒ hamma ta`lim oluvchilar qo`yilgan talabni aniq tushunsa;
ƒ baholash shartlari oldindan ma`lum qilinsa va unga rioya qilinsa;
ƒ hamma natijalar baholashning oldindan kelishilgan mezonlariga to`la
asoslangan bo`lsa;
ƒ tasodifiy xatolarni kamaytirish maqsadida mos baholash turlari
qo`llanilsa.
5. Qulaylik. Baholash tizimi o`quv maqsadlaridan kelib chiqqan holda,
o`quv va ishlab chiqarish standartlariga mos bo`lishi, murakkab
bo`lmasligi, nazorat o`tkazuvchi va ta`lim oluvchi uchun qulay bo`lishi
lozim. Baholashni o`tkazishda imkon qadar kompyuterlardan keng
foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Topshiriq yoki test paytida ball beriladigan bo`lsa, ball berish o`rganish
maqsadlari nazorat qilishga moslashtirilgan bo`lishi lozim. Bunda
mavzuning muhimroq bo`lgan qismlariga unchalik muhim bo`lmagan
qismlariga nisbatan ko`proq ball berish kerak bo`ladi.
81
Ta`lim jarayonida ba`zi holatlarda baholashga subyektiv yondoshishlarga duch kelamiz. Bunday yondoshishga baholashdagi xatoliklar deb
ataladi. Ta`lim beruvchining shaxsiy qarashlari bilan bog`liq bir necha
baholash xatolari mavjud:
• Hayrixohlik xatosi
Agar ta`lim beruvchi biror ta`lim oluvchiga nisbatan hayrixohlik bilan
qarasa, bu bahoning biroz yuqoriroq bo`lishiga olib kelishi mumkin.
• Yuqori talab qo`yish xatosi
Agar ta`lim beruvchi o`ziga nisbatan yuqori talablar qo`ysa va xuddi
shunday yuqori darajadagi talablarni ta`lim oluvchilarga nisbatan qo`llasa,
bu bahoning biroz pastroq bo`lishiga olib kelishi mumkin.
• O`rtacha baho berish xatosi
Bu xato ta`lim oluvchilarning natijalari o`rtacha baholanishini bildiradi.
Buning sabablari ta`lim beruvchining o`ta yaxshi yoki o`ta yomon baho
berishdan qo`rqishi bo`lishi mumkin.
• O`z fikrini o`zgartirmaslik xatosi
Ta`lim beruvchi o`zining birinchi fikrini o`zgartirishni xohlamasligi tufayli, o`z nazoratining natijalarini o`zgarishsiz qoldiradi. Bir marta sodir
bo`lgan voqea tufayli ta`lim beruvchida biror ta`lim oluvchi to`g`risida
qolgan ijobiy yoki salbiy taassurot, keyinchalik bu ta`lim oluvchining
shaxsiyatiga oid barcha boshqa xususiyatlariga e`tibor bermasligiga olib
keladi.
• Yoqtirmaslik xatosi
Biror ta`lim oluvchini yoqtirmasligi yoki unga nisbatan salbiy fikrda
bo`lishi tufayli ta`lim beruvchi ta`lim oluvchiga yomon baho qo`yadi. Bu
xato «hayrixohlik xatosi»ning aksidir.
Ta`lim beruvchining baholashdagi xatoliklarining oldini olish uchun
quyidagilarga amal qilish kerak:
• Baholash mezonlarini aniq ishlab chiqish va ularni to`g`ri tanlash.
• Baholashdan oldin ta`lim oluvchilar bilan talablar va baholash
mezonlarini muhokama qilish.
• Nazorat varaqasini ishlab chiqish.
• Baholovchining bir emas, balki ikkita bo`lishi.
• Baholash usullarini to`g`ri tanlash.
• Baho mezonlarga muvofiq qo`yilgach, ta`lim oluvchilarga ma`lum qilish.
• Baholash topshiriqlarini va ularga javoblarni imkoni
boricha yozma ravishda o`tkazish va rasmiylashtirish.
Ta`lim beruvchi ta`lim oluvchi bilan birgalikda olingan baholarning
natijalarini va yo`l qo`yilgan xatolarni muhokama qilish hamda
sababini aniqlash.
• Xatolarni tuzatish chora-tadbirlarini belgilab olish.
Baholash, uning mohiyatidan kelib chiqib, ikki xil
shaklda o`tkazilishi mumkin:
1. Mezonga asoslangan baholash
2. Me`yorga asoslangan baholash.
Mezonga asoslangan baholash baholanuvchining ta`lim
jarayonida qo`lga kiritgan natijalarini, bilim, ko`nikma va malakalarini
oldindan belgilangan o`quv maqsadlari asosida ishlab chiqilgan, hamma
uchun umumiy va bir xil mezonlarga ko`ra taqqoslash va o`lchashdan
iborat bo`lgan baholash shaklidir. Bunday baholash mezonlarni aniq
belgilab beruvchi o`rganish maqsadlari bo`yicha natijalarga baho berish
imkoniyatini yaratadi. Bu orqali natijalar to`g`ridan-to`g`ri va xolis
baholanadi, shuningdek, kuchli guruhlarni kuchsiz guruhlardan yaxshiroq
farqlash imkonini beradi. Bu baholash shakli ikki bosqichdan iborat bo`lib,
birinchi bosqichda baholanuvchining erishgan natijalari aniqlanadi,
ikkinchi bosqichda esa, natijalar mezonlarga taqqoslanadi va o`lchanadi.
Mezonga asoslangan baholashning afzalliklari quyidagilardan iborat:
• o`quv maqsadiga muvofiq baholanadi;
• ta`lim oluvchining o`zlashtirish darajasini obyektiv baholaydi;
• baholash o`zining aniq ko`rsatkichlariga ega bo`ladi;
• ta`lim oluvchi olgan bahosida yo`l quygan xatolarini yaqqol ko`rib
turadi;
• baholanuvchini ta`lim olishga yo`naltiradi;
• baholanuvchilarning baholanayotgan sohadagi kuchli va kuchsiz
tomonlarini xolisona aniqlab beradi, ularning o`z bilimi va
malakalariga bo`lgan ishonchini oshiradi;
• hamma uchun bir xil bilim va malaka talablarini o`rnatadi;
• ta`lim mazmunini aniqlab beradi;
• baholanuvchilarning o`z faoliyati natijalariga bo`lgan mas`uliyatini
oshiradi.
Mezonga asoslangan baholashning kamchiliklari esa quyidagilardan
iborat:
• mezonlarni ishlab chiqish ko`p vaqt talab qiladi;
• mezonlarning obyektivligi, haqqoniyligi va aniqligini aniqlashga
nisbatan talablarning ko`pligi;
• ijtimoiy fan yo`nalishlari bo`yicha mezonlar ishlab chiqishda
qiyinchiliklarga duch kelinadi.
83
Me`yorga asoslangan baholash nisbiy baholash shakli bo`lib,
baholashdan so`ng baholanuvchilarning ta`lim jarayonida qo`lga kiritgan
natijalarini o`zaro taqqoslash orqali o`lchashdan iborat
Bu baholash shakli ham ikki bosqichdan iborat bo`lib, birinchi
bosqichda baholanuvchining erishgan natijalari aniqlanadi, ikkinchi
bosqichda esa, bu natijalar o`zaro taqqoslash orqali o`lchanadi. Me`yoriy
baholashda baho bir necha ko`rsatkichlarga va ta`lim olish shart-sharoitiga
ko`ra o`zgarishi mumkin bo`ladi.
Me`yorga asoslangan baholashning afzalliklari quyidagilardan iborat:
• ta`lim beruvchi ortiqcha vaqt sarflamaydi;
• turli shart-sharoitga oson moslashtirish mumkin;
• baho bo`yicha ko`rsatkichlar umumiy tarzda olinadi;
• muayyan baholanuvchilar guruhi ichida ularning o`zlashtirish
darajasiga qarab tabaqalashtirish imkonini beradi;
• baholash natijasida guruh ichidan ma`lum sondagilarini ajratib olish
imkonini beradi (masalan, kirish imtihonlari natijasida boshqalarga
nisbatan eng yuqori ko`rsatkich ko`rsatgan 25 kishini ajratib olish
mumkin).
Me`yorga asoslangan baholashning kamchiliklari esa quyidagilardan
iborat:
• bilimlarni obyektiv va haqqoniy baholashning pasayishiga imkoniyat
yaratadi.
• baholashda bilim bilan hulqni baholash aralashtirib yuboriladi;
• ba`zan hulqni baholash bilimni baholashni belgilab qo`yadi;
• baholar ta`lim beruvchi tomonidan subyektiv belgilanishi mumkin;
• ta`lim oluvchiga nisbatan simpatiya ham bahoni yuqori qo`yib
yuborishga olib keladi.
Baholash o`tkazilish vaqtiga ko`ra uch turga ajratiladi:
ƒ Boshlang`ich baholash;
ƒ Joriy, ya`ni shakllantiruvchi baholash;
ƒ Oraliq umumlashtiruvchi baholash.
ƒ Yakuniy umumlashtiruvchi baholash.
Boshlang`ich baholash ta`lim jarayoni boshida ta`lim oluvchilarning
dastlabki bilim, ko`nikma va malakalarini aniqlash uchun o`tkaziladi.
Bunday baholash natijalari ta`lim jarayonining mazmuni, metodlari va
shakllarini tanlash imkonini beradi.
Joriy (shakllantiruvchi) baholash muntazam ravishda o`tkazib boriladi. U ta`lim jarayonidagi yutuq va kamchiliklarni, ta`lim jarayoni samarasini tezkor(operativ) aniqlab borish, o`quv jarayonini muvofiqlashtirish va
ta`lim beruvchi va ta`lim oluvchi o`rtasidagi qaytar aloqani ta`minlash
imkonini beradi.
Joriy (shakllantiruvchi) baholashda fanning xar bir mavzusi bo`yicha
talabalarning nazariy bilimi va amaliy ko`nikmalarini aniqlab borish
nazarda tutiladi va u amaliy, seminar yoki laboratoriya mashg`ulotlarida
amalga oshirilishi mumkin
Oraliq baholash- fanning bir necha mavzularini qamrab olgan bo`limi
yoki qismi bo`yicha nazariy mashg`ulotlar o`tib bo`lgandan so`ng
talabalarning nazariy bilimlari baholanadi va unda talabalarning muayyan
savolga javob berish yoki muammo yechish mahorati va qobiliyati
aniqlanadi. Oraliq baholash ma`ruza darslarida amalga oshirilishi mumkin.
OB lar soni fanning umumiy soatlari hajmida kelib chiqib, oliy ta`lim
muassasasi tizimida aniqlanadi.
Yakuniy (umumlashtiruvchi) baholash-talabaning bilim, ko`nikma
va malakalari umumiy mazmuni doirasida baholanadi. YaB semestr
yakunida o`tkaziladi. Muayyan fan bo`yicha ta`lim oluvchining semestr
davomida o`zlashtirish ko`rsatkichi aniqlanadi.
Umumlashtiruvchi baholashni o`tkazishda quyidagilarga e`tibor
berish lozim:
• Ta`lim oluvchi umumlashtiruvchi baholash nima uchun o`tkazilishi
haqida ma`lumotga ega bo`lishi lozim. Bu
uning baholashga
tayyorgarlik ko`rishiga olib keladi.
• Baholashni o`tkazish shartlari unga jiddiy yondashishga, diqqatni
chalg`itadigan yoki tasodifiy uzilishlardan o`zini chetga olishga hamda
ta`lim oluvchining o`z qobiliyatini namoyish qilishiga imkon beradi.
• Baholash o`tkazish sharoitida ta`lim oluvchi o`zini erkin tutishi va
noxushlik his etmasligiga imkoniyat yaratish kerak.
• Baholovchi va ta`lim oluvchi baholash nima maqsadda, u qachon, kim
tomonidan va qanday o`tkazilishini bilishlari muhim ahamiyatga
egadir.
• Qo`yilgan baho o`quv natijasiga qay darajada erishganlikni tushunish
va uni mujassamlashtirish uchun ahamiyatlidir.
• Ta`lim oluvchi oldindan belgilangan natijalar mezoni yordamida
baholanishi lozim.
• Rejalashtirilmagan baholashni o`tkazish maqsadga muvofiq emas.
Ta`lim jarayonida ta`lim oluvchilarning nazariy bilimlari va aqliy
layoqatini baholashda og`zaki va yozma baholash topshiriq shakllaridan
foydalaniladi.
Og`zaki shakldan ko`proq og`zaki savol-javoblarni qisqa vaqt ichida
o`tkazish uchun foydalaniladi. Ushbu jihatiga ko`ra, bu baholash topshiriq
shaklidan oraliq nazoratni amalga oshirishda foydalanish maqsadga
muvofiq.
Og`zaki topshiriqning ochiq va yopiq turlari mavjud.
Og`zaki shaklning ochiq turi deganda, ta`lim oluvchining so`ralgan
material yuzasidagi ma`lumotlar bilan bir qatorda erkin va ijodiy
yondoshish asosida javob berishi nazarda tutiladi.
Yopiq turda esa ta`lim oluvchi faqat berilgan material doirasida javob
berish bilan cheklanib qoladi.
Og`zaki topshiriqlarni bajarish jarayonida ta`lim oluvchilarning
bilimlari bilan birga o`zini tutishi, reaksiyasi va muloqot qilish qobiliyati
inobatga olinadi. Ularni quyidagilarga ajratish mumkin: kasbiy holatlarga
simulyatsiya (taqlid) qilish; yechish yo`llarini topish bilan bog`liq
muammoli holatlarni muhokama qilish; ta`lim oluvchining muammoli
holatlarga bo`lgan shaxsiy munosabati.
Psixik omil (tanglik, erkin emaslik, qo`rquv kabilar) katta rol` o`ynashi
tufayli ko`pincha haqiqiy natijalar berish qobiliyati ko`rinmay, yuzaga
chiqmay qolishi mumkin. Ta`lim beruvchi savol bergan paytda ta`lim
oluvchi yaxshi javob beradi, deb kutmaslik kerak. Shu sababdan, ta`lim
beruvchining savol berish tarzi muhim rol o`ynaydi. U savolni tushunarli
va aniq berishi kerak: javob berish uchun yetarli vaqt berish kerak; ikki xil
ma`noni anglatadigan savollar bermaslik kerak; ta`lim oluvchi savollarga
javob berishda qiynalishni boshlasa, savollar qamrovini mos ravishda
qisqartirish kerak.
Ta`lim beruvchi og`zaki topshiriq bo`yicha savollar tuzayotganda
quyidagi xususiyatlarni inobatga olishlari lozim:
• Gaplar mos so`roq so`zlardan tuzilgan bo`lishi kerak (nima, qanday,
nima uchun).
• Savol aniq va tushunarli tuzilgan bo`lishi lozim.
86
Savol to`g`ridan – to`g`ri muammoga qaratilgan bo`lishi kerak.
«Ha» yoki «yo`q» javobini talab etuvchi savollar bo`lmasligi kerak.
Savol faqatgina bitta gapdan tuzilishi lozim.
Savol faqat bir ta`lim oluvchiga emas, balki barchaga taalluqli bo`lishi
kerak.
• Javob berishga vaqt ajratilgan bo`lishi lozim.
Yozma baholash topshiriqlari ta`lim beruvchi tomonidan ta`lim
oluvchiga yozma ravishda savollar berilib, ulardan yozma tarzda javoblar
olishga mo`ljallangan topshiriq shakllari hisoblanadi.
Bugungi kunda test topshiriqlarining bir qator turlaridan (3-chizma)
ta`lim jarayonida ta`lim oluvchilarning nazariy bilimi va aqliy layoqatini
baholashda foydalanilmoqda.
Erkin javobli
test
Qisqa javobli
test
Ketma- ketlikni
aniqlash testi
Muqobil javobli
test
Ko`p tanlovli test
Bir tanlovli tеst
Agar xorij ta`lim tajribalariga tayanib mulohazalar yuritsak, test
deganda, barcha baholash topshiriqlari nazarda tutiladi. Ammo bizning
sharoitimizda esa testlar (psixologik testlar bundan mustasno) topshiriq va
bir yoki bir necha javobdan iborat tuzilma sifatida tushuniladi.
Testlarni tuzishda bir qator qoidalarga rioya qilish zarur:
• Testning barcha chalg`ituvchi javoblari haqiqatga yaqin bo`lishi kerak.
• Javoblarni ifodalovchi jumlalar uzunligi deyarli bir xil bo`lishi kerak.
• Javoblar asos bilan uyg`unlashgan holda grammatik jihatdan to`g`ri
tuzilgan bo`lishi kerak.
• Asos qismining jumlasi ta`lim oluvchining tushunishi uchun mos
bo`lishi kerak.
• Javoblarning hech biri sinonim (ma`nodosh) bo`lmasligi kerak.
• Asosda ham, javoblarda ham ikki fikrlilik bo`lmasligi kerak.
• Asos imkon qadar keng mazmunli bo`lmog`i kerak.
• Asosda nomuvofiq jumlalardan imkon qadar foydalanmaslik kerak.
• Javoblarda mantiqsiz so`zlar bo`lmasligi kerak.
87
To`g`ri javoblarni ketma-ket bermaslik kerak.
BIR TANLOVLI TESTLAR. Bir tanlovli test topshiriqlari yagona
javobni tanlash imkoniyati berilgan topshiriqlar hisoblanadi.
Bir tanlovli savollar «asos» deb yuritiladigan tugatilmagan jumla yoki
savollardan iborat bo`lib, unda ketma-ket to`rtta yoki beshta haqiqatga
yaqin bo`lgan javoblar tanlovi keltiriladi. Ta`lim oluvchi ular orasidan bitta
to`g`ri javobni tanlashi kerak. To`g`ri javob «kalit» deb, noto`g`ri javoblar
«chalg`ituvchi» javoblar deb ataladi.
Misol: Qanday metodlar “Interfaol metodlar” deb ataladi?
a) Katta hajmdagi o`quv materialini nisbatan uzoq vaqt davomida
monologik bayon etiladigan metodlar.
b) Ta`lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi,
ta`lim jarayonining markazida ta`lim oluvchi bo`lgan metodlar.
c) Muayyan muddatga mo`ljallangan, ta`lim jarayoni ko`proq ta`lim
beruvchi shaxsiga qaratilgan metodlar.
d) Hammasi to`g`ri
Javob:
KO`P TANLOVLI TESTLAR. Ko`p tanlovli test topshiriqlarida
javoblar varianti bir nechta to`g`ri javoblardan iborat bo`ladi.
Misol. Qanday baholash shakllari mavjud?
me`yoriy
joriy
mezoniy
yakuniy
Javoblar:
1 va 2
1 va 4
1 va 3
2 va 4
Javob:
В
TO`LDIRUVCHI TESTLAR. Bu topshiriqni yechish to`liq bo`lmagan matnlarga kiritiladigan tushunchalar, gap bo`laklari, simvollar va
sonlardan tashkil topadi va ta`lim oluvchidan berilgan jumlani kerakli so`z
bilan to`ldirishi so`raladi.
Misol. Ta`lim oluvchi va ta`lim beruvchining muayyan maqsadga
qaratilgan, birgalikdagi faoliyati tashkil qilishning tartibga solingan yo`llar
yig`indisi_______________ deb ataladi.
MUQOBIL JAVOBLI (AL`TERNATIV) TESTLAR. Bunday testlardagi savollarga javob “HA” yoki “YO`Q” deb belgilanadi. Ba`zan topshiriqlarning savoli bilan javoblari ham birga berilishi mumkin. Bunday
topshiriqlarda faqatgina bitta to`g`ri va bitta noto`g`ri javoblar berilgan
bo`ladi. Topshiriq shartiga ko`ra to`g`ri javobni topib, belgilash kerak
bo`ladi.
Misol. Interfaol metodlar an`anaviy ta`lim metodlari hisoblanadimi?
(To`g`ri javobning tagiga chizing). Javob:
HA
YO`Q
MUVOFIQLASHTIRUVCHI TESTLAR. Bunday test topshiriqlarida ta`lim oluvchilarga ikkita ro`yxat taqdim etilib, ulardan birida savollar
turkumi, ikkinchisida esa javoblar turkumi aks ettirilgan bo`ladi. Ta`lim
oluvchilar savollar turkumiga muvofiq keluvchi javoblarni topishlari va
belgilashlari talab etiladi.
Muvofiqlashtiruvchi testlar bir qiymatli yoki ko`p qiymatli bo`lishi
mumkin. Bir qiymatli testlarda ustunlardagi savollar va javoblar miqdori
bir xil nisbatda, ya`ni bir savolga bir javob to`g`ri kelishi kerak bo`ladi.
Ko`p qiymatli muvofiqlashtiruvchi testda esa ustunlardagi savollar va javoblar miqdori har xil nisbatda, ya`ni bir necha savolga bir javob to`g`ri
kelishi mumkin, yoki aksincha bir savolga bir necha javob to`g`ri kelishi
mumkin.
Javobni belgilashda birinchi ustundagi savollarga ikkinchi ustundagi
javoblarni topib, uni “
“ belgisi orqali ifodalash mumkin. Yoki
javoblarni savollar belgisi va javoblar raqamini mos ravishda belgilash
mumkin.
Misol:
A ro`yxat: metodlar
V ro`yxat: ta`riflar
A) Aqliy hujum
1. Ta’lim bеruvchi tomonidan bеrilgan ma’lum bir topshiriqni hamkorlikda bajarish uchun ta’lim oluvchilarni
kichik guruhlarga ajratib, bеrilgan topshiriqning yеchish
yo’llarini ishlab chiqishni taqozo etuvchi mеtod
B) Davra suhbati
2. Biror muammoni yеchishda ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to’plab, ular
orqali ma’lum bir yеchimga kеlinadigan mеtod
C) Kichik guruhlarda
ishlash
3. Ta’lim oluvchilar o’rtasida va kichik guruhlarda
aylana stol atrofida o’z fikr-mulohazalarini bildirish
orqali olib boriladigan o’qitish mеtodidir.
Yoki javob: A2, B3, C1.
KETMA-KETLIKNI ANIQLASH TESTLARI. Bu turdagi topshiriqlarda berilgan jarayonlar ularga taalluqli mantiqqa asoslangan holda,
to`g`ri tartib bilan joylashtirilishi lozim.
89
Tartibsiz joylashtirilgan topshiriqlar umumiy, lekin bir – biridan farq
qiluvchi xususiyatlariga va ularga taalluqli bo`lgan darajaga ko`ra tartibga
solinishi kerak (to`g`ri ketma-ketlikda, kamayib yoki o`sib boruvchi
tartibda).
Misol. Nazariy dars bosqichlarini to`g`ri ketma-ketlikda ifodalang:
1. Yangi mavzu
bayoni
2. Uyga vazifa
3. Mustahkamlash
4. Tashkiliy
5. Xulosa yasash
QISQA JAVOBLI TESTLAR. Qisqa javobli test-javobi bir yoki bir
necha so`zdan iborat ko`rinishdagi test hisoblanadi. Ushbu testlarda
javoblar qisqa ko`rinishda beriladi
Misol. Tartiblangan, o`zaro uzviy bog`langan va birgalikda umumiy
funksiyani bajaruvchi elementlar to`plamiga nima deb ataladi?
Javob: ________________________
ERKIN JAVOBLI TESTLAR. Bu turdagi topshiriq savollariga
javoblar aniq belgilab qo`yilmaydi, balki ta`lim oluvchi erkin va to`laqonli
javob berishi mumkin bo`ladi.
Misol. Ilg`or ta`lim texnologiyalarini dars jarayoniga tadbiq etishning
dolzarbligini izohlab bering.
Tahsil oluvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarni baholashdan avval ayniqsa, oraliq yakuniy nazoratlarda baholash dasturlari ishlab chiqish
ya`ni baholash loyihalashtirish muhim ahamiyatga ega. Tahsil oluvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini baholashni loyihalashtirish quyidagi
o`quv maqsadlarni aniqlash: baholash metodlarini tanlash; baholash dasturlarini ishlab chiqish; natijalarni rasmiylashtirish kabi bosqichlarni o`z ichga
oladi.
Baholashda obyektivlikni ta`minlash uchun baholanuvchi ham oraliq,
yakuniy nazorat sinovidan oldin baholash maqsadi, topshiriq mazmuni,
baholash mezonlari, sinov topshirish qoidalari to`g`risida ma`lumotga ega
bo`lishi lozim. Buning uchun avvalo, baholashning o`quv paketlarini ishlab
chiqish va u asosida oraliq, yakuniy nazoratni amalga oshirish zarur.
90
Mazkur o`quv paketi quyidagilarni o`z ichiga oladi: baholash dasturini
umumiy sharhi, baholash standarti, baholanuvchi uchun yo`riqnoma,
baholovchi uchun yo`riqnoma va baholash varaqasini ishlab chiqish.
Quyida baholash paketini ishlab chiqish namunasini keltiramiz:
Fanning nomi:
Yozma ish dasturi sharhi
Faoliyat
Yozma ish (Yoi)
T.r
ON1
Baholash standarti:
“qoniqarsiz”
TAHSIL OLUVCHI UCHUN YO`RIQNOMA
Fan nomi:
Sinov turi: Yozma ish
Umumiy ko`rsatmalar:
1. Quyidagilarni diqqat bilan o`qing. Agar sizda biror tushunmovchilik
bo`lsa, u holda sinov boshlangunga qadar sinov nazoratini oluvchiga
91
murojaat qiling.
Javob yozish varaqasining qayeriga ismi-sharifingiz ko`rsatilishiga
e`tibor bering.
Sinov boshlangunga qadar o`zingizda barcha zarur materiallar borligini
tekshiring, masalan, savollar berilgan varaqa, javob yozish varaqasi,
qalam, o`chirg`ich va h.k.
Yozma ish javoblarini yozishda taqiqlangan vositalardan (qo`l telefoni,
darslik, adabiyot, ma`ruza matni, shpargal`ka) foydalanish mumkin emas,
Yozma ish javoblarini yozishda taqiqlangan vositalardan (qo`l telefoni,
darslik, adabiyot, ma`ruza matni, shpargal`ka) foydalanish holati
sezilsa sinovdan mahrum etiladi
Yozma ish javoblarini mustaqil hech kimning yordamsiz yozishingiz
kerak.
Barcha savollarga javob berishga harakat qiling.
Boshqa oluvchilarga yordam bergan yoki xalaqit bergan tahsil
oluvchilar topshiriqni bajarishdan mahrum etiladi
Yozma ish javoblarini belgilangan vaqt oralig`ida bajarishingiz shart,
aks holda qabul qilinmaydi.
SINOV OLUVCHI UCHUN YO`RIQNOMA
Fan nomi:
Sinov turi: Yozma ish
Sinovni o`tkazish shartlari:
1. Sinov boshlanishidan to yakunlanguncha, tahsil oluvchilarni barcha
zaruriy materiallar va jihozlar bilan ta`minlash.
2. Yozma ishni (sinov) baholash mezonlarini tahsil oluvchilarga sinov
boshlanguncha o`qib eshittirish.
3. Yozma ishni (sinov) bajarish uchun yo`l-yo`riq berish
4. Sinov yakunigacha ajratilgan vaqtga ahamiyat berish.
5. Tahsil oluvchilar tomonidan bajarilayotgan sinovni mustaqil bajarilishini nazorat qilish.
6. Sinov ishlarini belgilangan vaqtda qabul qilish.
Baholash varaqasi baholovchi va baholanuvchi uchun ishlab chiqiladi.
Baholash varaqasida mavzu nomi, sinov turi, topshiriq nom, baholanuvchilarning ism-sharifi, sinov uchun ajratilgan vaqt, boshlanish vaqti, tugash
vaqti, baholash mezonlari, eslatma, baholovchi imzosi va sinov o`tkazish
sanasi kabilar aks ettirilishi lozim
BAHOLASH VARAQASI
Fanning nomi:
Mavzuning nomi:
Topshiriqning nomi:
Sinov o`tkazish vaqti: 180 daqiqa
Mezonlar
1-topshiriq
Sinov turi:
Boshlanish vaqti:
Tugash vaqti:
Baholanuvchining tartib raqami
1
2-topshiriq
3-topshiriq
JAMI:
Izoh: «Qoniqarsiz» baho olgan ta`lim oluvchilar OTM ma`muriyati
dekanat tomonidan belgilangan muddatlarda qayta sinov topshiradilar.
Baholovchi imzosi: ______________
Sana: _______
Yuqorida keltirilgan “Baholash varaqasi”da amaliy topshiriqni
bajarishda baholanuvchi e`tiborini qaratishi kerak bo`lgan asosiy mezonlar
batafsil aks ettirilgan. Ushbu “Baholash varaqa”si bilan baholanuvchi
amaliy topshiriqni bajarishdan avval tanishtirilishi lozim. Bu bilan
baholanuvchi amaliy topshiriqni bajarish mobaynida qanday mezonlarga
e`tibor berishini aniq tasavvur qila oladi.
“Baholash varaqasi” ta`lim oluvchilarning obyektiv baholanishiga,
amaliy topshiriq natijasini rasmiylashtirishga va yo`l qo`yilgan
kamchiliklarni aniq ko`ra bilishga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
1. Xaydarov B, Nuriddinov B, Razzoqov D, Dexkanova M va boshqalar.
Baholash metodlari. –T: 2003 yil
2. K.Olimov, O. Abduquddusov, L. Uzoqova, M. Ahmed-jonova, D. Jalilova.
«Kasb ta`limi uslubiyati» o`quv qo`llanma. T: TFI, 2006. 197-bet.
Nazorat savollari
1. Talabalarning bilim, ko`nikma va malakalari nima uchun baholanadi?
2. Talabalarning bilim, ko`nikma va malakalarini baholashda qanday
tamoyillarga rioya etiladi?
93
Qanday baholash xatoliklari mavjud?
Mezonga asoslangan baholash qanday afzalliklardan iborat?
Me`yorga asoslangan baholash qanday kamchiliklardan iborat?
Baholashda qanday test turlaridan foydalaniladi?
Testlarni tuzishda qanday qoidalarga rioya qilinadi?
Talabalarning amaliy ko`nikmalari qanday mezonlar orqali baholanadi?
Topshiriq:
Muayyan buyumni payvandlash ishlari bo`yicha talabalarning amaliy
ko`nikmalarini baholash paketini ishlab chiqing.
Kasb ta`limini rejalashtirish
Reja
1. Kasb ta`limini rejalashtirish maqsadi
2. Ishlab chiqarish ta`limni rejalashtirishda didaktik hatti-harakatlar
3. Maxsus fan o`qituvchilari va muhandis-pedagogning asosiy o`quvrejalashtirish hujjatlari
O`quv va ishlab chiqarish ta`limi jarayonlarini rejalashtirish muhim
pedagogik va tashkiliy ahamiyatga ega bo`lib, o`quv muassasalarida
o`quvchilarga kasbiy ta`lim hamda tarbiya berish sifatini ko`tarish yuqori
malakali kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirishning zarur shartidir.
Rejalashtirish:
• o`quv jarayonini oqilona tashkil etish uchun zarur sharoit yaratiladi,
o`quv guruhlarining o`quv rejalari va dasturlarini o`z vaqtida hamda
to`liq bajarishlarini ta`minlanadi, muhandis-pedagog har bir mashg’ulotga puxta tayyorgarlik ko`radi.
• fanlararo bog`lanishlar va nazariy ta`limning o`quv amaliyoti va ishlab
chiqarish amaliyoti bilan bog`liqligi amalga oshiriladi.
• o`quvchilarning bilimlari, ko`nikmalari va malakalari darajasini
muntazam ravishda nazorat qilinadi.
• har bir o`quvchining, butun o`quv guruhlarining, umuman
bilim yurtining o`quv ishlariga o`z vaqtida yakun yasash
imkonini beradi.
• kasb-hunar kollejlarida o`quv ishlarini ko`ngildagiday
tashkil qilish uchun oldindan ishlab chiqarish ta`lim mazmunini, o`tish
ketma-ketligi va o`quvchilarga o`rgatish yo`llari belgilab olinadi.
Ishlab chiqarish ta`limi rejalashtirishni talab etadigan o`ziga xos xusu94
siyatlarga ega.
Rejalashtirishlarsiz yuqori sifatli hunar texnik tayyorgarlikka o`quv
ishlarini uzilishlardan holi bo`lishga erishish mushkul.
Kasb-hunar kollejlarida o`quvchilar mahsulot ishlab chiqarayotganida
yoki tugallangan ishlarni bajarayotganda ishlab chiqarish ta`limini
rejalashtirish alohida ahamiyat kasb etadi.
Ishlab chiqarish ta`limini rejalashtirishning to`g’ri tashkil etilganligi
o`quv materialini yoki maxsus fanlarning biror bir bo`limini o`rganish
ketma-ketligini belgilashda, ishlab chiqarish ta`limi bilan maxsus
texnologiya fanlari o`rtasida bog`lanishni o`rnatishda katta rol` o`ynaydi.
Ishlab chiqarish ta`limini rejalashtirishda o`quv ishlari bilan bir qatorda
ba`zi iqtisodiy maqsadlar (jumladan ishlab chiqarish ta`limi jarayonida
tayyorlanadigan mahsulotni yoki bajariladigan ishlarni ishlab chiqarish
hajmi va muddatlarini belgilash) ham ko`zda tutiladi.
Shu sababli hunar bilim yurtlarida faqatgina o`quv faoliyati emas, balki
o`quv ishlab chiqarish faoliyati ham rejalashtiriladi.
Ishlab chiqarish ta`limi mazmuni deganda zamon talablariga javob
beradigan mutaxassisni o`quv jarayonida egallaydigan amaliy bilim,
ko`nikma va malakalar birligi tushuniladi.
Ishlab chiqarish ta`lim insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasining bir
qismidir va o`z yo`lida fan va texnika sohasidagi barcha yangiliklarni ham
aks ettirishi lozim.
O`quvchilarga beriladigan amaliy bilimlarning izchil, sistemasi va chuqur bo`lishi shaxs rivojlanishidagi yoshi bilan bog`liq bilim imkoniyatlari
bilan beligilanadi. Ishlab chiqarish ta`limining natijasi esa barkamol, har
tomonlama yetuk, mustaqil O`zbekiston sha`nini yuksaklarga ko`tara
oladigan, o`z kasbining mohir ustasi-kichik mutaxassis egallagan kasbi
bo`yicha ishlab, mehnat qilib, taraqqiyotga o`z hissasini qo`shgan
shaxsning yetilib chiqishidir.
Ishlab chiqarish ta`limi mazmuni axloqiy xislatlarni, e`tiqodlarni,
intizom uyushqoqlik, o`ziga va o`rtoqlariga talabchanlik, mehribonlik,
oqibatlilik, e`tibor, sezgirlik singari xislatlarni shakllantirish uchun katta
imkoniyatlar beradi. Ishlab chiqarish ta`lim mazmuni, davlat ta`lim
standarti, o`quv reja, o`quv dasturida aks ettiriladi.
Muhandis-pedagog rahbarning rejalashtiruvchi hujjatlariga quyidagilar
kiradi:
O`quv-ishlab chiqarish ishlari ro`yxati yillik yoki yarim yillik ish rejasi, ish reja asosida muhandis-pedagog o`zining chorak ish rejasini tuzadi.
Bunda o`tkazilgan tadbirlar va ularning bajarilish vaqtlari ko`rsatiladi.
Muhandis-pedagog rahbar bir oylik ish rejasidan kelib chiqib, haftalik
ish rejasini tuzadi. Haftalik ish rejadan keyin kunlik ish rejasini tuzadi.
Nazariy dars va amaliy mashg`ulotlarni to`g`ri rejalashtirish uchun,
ta`lim beruvchi o`zining vaziyatidan boshlashi lozim, ya`ni «Mavzuni ilmfanning eng so`nggi zamonaviy talablariga muvofiq o`rgata olamanmi yoki
buning uchun men yana alohida tayyorlanishim kerakmi? » hamda «Biror
ishlab chiqarilgan nazariy dars rejasi yoki amaliy mashg`ulotlarning rejasi
bormi?» degan savolga javob berishi kerak.
Bundan keyin, ta`lim beruvchi ta`lim oluvchilarning dastlabki bilim va
ko`nikmalarini aniqlab olishi lozim.
Buning uchun quyidagi asosiy savollar qo`yilishi lozim:
• Nazariy dars yoki amaliy mashg`ulotlarni o`tkazish uchun ta`lim
oluvchilarning dastlabki bilimlari qay darajada?
• Nazariy dars va amaliy mashg`ulotlarni o`tkazish uchun qanday shartsharoitlar mavjud?
• Qanday o`quv mazmunlar o`rgatilishi ko`zda tutilmoqda?
Rejalashtirish uchun yuqoridagi savollarni o`rganib chiqish – nazariy
dars va amaliy mashg`ulotning boshqa barcha tayyorlash harakatlariga
asosdir. Bu tushunchalar va savollar o`rtasidagi bog`liqlikni quyida
ko`rsatilgan omillar aniq ko`rsatadi.
Ta`lim beruvchining didaktik hatti-harakatlari
Natijalar
qanday o`lchanadi?
O`qishni qanday
tashkillashtirish
kerak?
Qanday shartsharoitlar
yaratilishi kerak?
Ta’lim beruvchi
kim?
Ta`lim
beruvchining
didaktik
hattiharakatlari
Qanday metodlar
yordamida o`qitilishi
kerak?
Та’lim oluvchilar
kim?
Qanday maqsadlarga
erishilishi kerak?
Mazmunni qanday
tanlash kerak?
Maqsadlar: Nima uchun?
Har bir nazariy dars va har bir amaliy mashg`ulot oldindan belgilangan
maqsadlarga rioya qilishi lozim. Odatda o`quv dasturi asosida belgilashi96
miz mumkin bo`lgan aniq bir maqsadga erishilishi lozim. Maqsadlar
yozma ravishda nazariy dars rejasiga kiritiladi va maqsad erishilgan-erishilmaganligi test va topshiriqlar yordamida tekshiriladi va mustahkamlanadi.
Mazmunlar: Nima ?
Belgilangan o`quv maqsadlarga muvofiq ravishda bilimlar sohaning
mazmuni (shu jumladan ko`nikmalar va o`zini tutish tarzlari) belgilanadi.
Bu mazmunlar bir tomondan kerakli dastlabki bilimlarni (nazariy dars
mazmunini) va boshqa tomondan topshiriqlarni bajarish uchun kerakli
maxsus bilimlarni (amaliy mashg`ulot mazmunini) inobatga olishi kerak.
Metod: Qay tarzda ?
Agar maqsadlar va mazmunlar aniq bo`lsa, aynan shunday metodlar
tanlab olinishi kerakki, ular shu maqsad va mazmunlarni o`lchanadigan
natijalarga aylantira olishlari lozim. Bu munosabatda “an`anaviy” va
“interfaol metodlar” deb atalgan metodlar ta`lim beruvchi tomonidan
tanlab olinadi va qo`llanadi.
Sharoitlar: Nimalar yordamida ?
Sharoitlar deganda, birinchi navbatda moddiy-texnik shart-sharoitlar
tushuniladi. Bir tomondan, moddiy-texnik sharoitlar, ya`ni binolar,
sinfxonalar, o`quv ustaxonalar, laboratoriyalar, ularning jihozlanganlik
darajasi, instrumentlar, chiqim materiallarning umumiy holati va hokazo,
chunki ular ma`lum sifat standartlariga javob berishi kerak.
Boshqa tomondan esa, o`quv vositalari tushuniladi, chunki ular o`quv
jarayondagi bilimlarni o`zlashtirilishiga yordam beradi. O`quv maqsadlariga mo`ljallangan ko`plab o`quv vositalari mavjud. Lekin gap vositalarning ko`pligida emas, balki muayan o`quv maqsadiga erishish uchun
ma`qul keladigan vositalarni tanlab olishdadir.
Tashkillashtirish: Bu qanday amalga oshiriladi ?
Yuqorida aytilgan hamma narsalar vaqt omilini inobatga olgan holda
tashkil qilinishi kerak. Chunki har bir nazariy dars va har bir amaliy
mashg`ulot uchun aniq vaqt me`yorlari bor va aynan shu vaqt doirasida
o`quv maqsadlarga erishish lozim. Buning uchun nafaqat puxta reja, balki
unumli tashkillashtirish ham kerak. Vaqt davri, vaqt davomi va o`quv joyi
– tashkillashtirish jarayonida belgilanadi. O`rgatish va o`rganishni tashkil
qilishning xilma-xil imkoniyatlari mavjud.
Natijalar: Maqsadga erishildimi ?
Nazariy dars yoki amaliy mashg`ulotning oxirida maqsadlarga erishilgan-erishilmaganligi tekshirilishi kerak. Buning uchun baholash vositalari,
metodlari va mezonlari belgilanishi lozim. Buning imkoniyatlari – mashqlar, og`zaki va yozma testlar hamda imtihonlar. Ular ta`lim oluvchilarning
97
qobiliyatlari, bilim, ko`nikma va malakalarini baholash imkoniyatini
yaratadi.
O`qitish va o`qish sikli- nazariy dars va amaliy mashg`ulotlarni rejalashtirish omillariga asoslangan bo`lib, nazariy dars va amaliy mashg`ulotlar rejalashtirish, amalga oshirish hamda xulosa chiqarish bosqichlariga
taalluqli didaktik hatti-harakatlarni tushuntiradi.
1. Mavjud vaziyat va
dastlabki shart-sharoitlarni
baholash
6. Nazariy bilimlarni
baholash
O`qitish va
o`qish sikli
5. Nazariy dars yoki
amaliy mashg’ulotni
o`tkazish
4. O`quv-didaktik
materiallarni
tayyorlash
2. O`quv maqsadlari
va o`quv mazmunlarini
belgilash
3. Nazariy dars yoki
amaliy mashg’ulot
rejasini tuzish
O`qitish va o`qish sikli
1-bosqich: Nazariy dars va amaliy mashg`ulotga nisbatan inobatga
olinishi kerak bo`lgan mavjud vaziyat va dastlabki shart-sharoitlarni
baholash (o`rganish). Shu o`rinda 3 xil tahlil, ya`ni adresatlar (ta`lim
oluvchilar) tahlili, shart-sharoitlar tahlili va maxsus soha (mazmun) tahlili
amalga oshirilishi lozim. Bu tahlillar odatda ta`limning boshlanishida,
natijalari esa keyinroq kerak bo`ladi.
2-bosqich: O`quv dasturi asosida o`quv maqsadlarni belgilash yoki
aniqlash. Nazariy dars va amaliy mashg`ulot uchun maxsus o`quv
maqsadlar belgilab olinadi.
3-bosqich:Nazariy dars yoki amaliy mashg`ulot rejasini tuzish. Bu
rejada barcha mazmunlar, mavzular, rejalashtirilgan metodlar, tanlab
olingan o`quv-didaktik materiallarga muvofiq holda o`quv vositalar hamda
umumiy vaqt taqsimoti aks etadi.
Bu rejada nafaqat ta`lim beruvchining hatti-harakatlari, balki ta`lim
oluvchilarning rejalashtirilgan hatti-harakatlari ham ko`rsatilsa maqsadga
muvofiq bo`ladi.
98
4-bosqich:O`quv-didaktik materiallarni tayyorlash, chunki ular
amalga oshirish bosqichining asosiy dastlabki shartlaridan biridir. Agar
tayyor materiallar bor bo`lsa, ularning orasidan to`g`ri keladiganlari tanlab
olinadi. Agar tayyor o`quv-didaktik materiallar yoki o`quv vositalar bo`lmasa, ular ishlab chiqarilishi kerak. Odatda bosma o`quv vositalar, masalan tarqatma materiallar, slaydlar va topshiriq varaqalari kerak bo`ladi,
ularga qo`shimcha ravishda esa matnli o`quv adabiyotlari ishlatiladi. Xuddi
shunga o`xshab darsdan oldin plakat loyihalari va plakatlarning o`zi ishlab
chiqiladi.
5-bosqich:Nazariy dars yoki amaliy mashg`ulot rejasi asosida
jarayonni tashkillashtirish va amalga oshirish (o`tkazish).
6-bosqich: Nazariy dars va amaliy mashg`ulot davomida o`zlashtirilgan nazariy bilimlarni aniq baholash mezoniga ko`ra baholash.
Mashg`ulotlarni rejalashtirish va ularga tayyorgarlik ko`rish o`zaro
chambarchas bog`langandir. Rejalashtirish-tayyorgarlikning bir qismi bo`lib, rejalashtirish hujjatlarida ta`lim beruvchining mashg`ulotlarga tayyorgarlik natijalari aks ettiriladi. Mashg`ulotlarga tayyorgarlikni ikki bosqichga bo`lish mumkin: istiqbolli tayyorgarlik-o`quv yiliga va dasturning mavzularini o`rganishga tayyorgarlik hamda joriy-navbatdagi darsga tayyorgarlik. Tayyorgarlikning har bir elementi ta`lim beruvchining shaxsan tayyorgarligini, o`quv ko`rgazmali qurollarini tayyorlashni va o`quv jarayonini rejalashtirishni o`z ichiga oladi.
O`quv jarayonini rejalashtirishda ta`lim beruvchi quyidagi vazifalarni
amalga oshirishi kerak:
• ta`lim va tarbiya ishlari istiqbol rejalarini tayyorlash;
• o`quv ishlab chiqarish ishlari uchun me`yorlar va texnika talablarini
ishlab chiqishda qatnashish;
• o`quv texnika hujjatlarini, baholash mezonlarini, ishlab chiqarish amaliyotining batafsil dasturini ishlab chiqish;
• maxsus va umumkasbiy fanlarni o`rganish paytida mavzu bo`yicha
olingan o`quvchilar bilimlarini tahlil qilish;
• mavzu materialini kichik mavzular va darslarga taqsimlash;
• o`tilgan mashg`ulotlar yakunlarini tahlil qilish, kelgusi dars mazmuni,
mavzusi, ta`lim va tarbiya maqsadlarini aniqlash;
• kirish instruktajini o`tkazish metodlarini belgilash;
• o`quvchilarning mashqlari va mustaqil ishlari tizimini, joriy instruktaj
metodlarini belgilash;
• dars rejasini va kirish instruktaji konspektini tuzish, o`quvchilarga
beriladigan muayyan uy topshiriqlarini belgilab qo`yish.
99
Maxsus fan o`qituvchilari va muhandis-pedagoglar quyidagi asosiy
o`quv-rejalashtirish hujjatlarini yuritadi:shaxsiy ish reja, fanning ishchi
dasturi, taqvim-mavzuiy reja; kundalik dars rejasi; darsning ma`ruza matni;
yozma ko`rsatma berish hujjatlari: a) yo`l-yo`riq xarita; b) yo`l-yo`riq
texnologik xarita; v) ko`p uchraydigan xatolar xaritasi.Rejalashtirish
hujjatlari dars o`tkazish uchun asosiy vosita bo`lib xizmat qiladi.
Taqvim-mavzuiy reja va dars rejasining tuzilmasi qat`iy belgilangan
emas. Shu bilan birga, ushbu rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqishdagi
ba`zi qoidalarni e`tiborga olish lozim.
Taqvim-mavzuiy reja o`quv materialini to`g`ri taqsimlashda mazkur
fanni boshqa fanlar va o`quv amaliyoti bilan bog`lashda, darsga kerakli
o`quv materiallari va jihozlarini tayyorlashda yordam beradi, o`qish
jarayonining samaradorligini oshirish sharoitini yaratish imkonini beradi.
Taqvim-mavzuiy reja va dars rejasini ishlab chiqishda dars turini
farqlash muhim ahamiyatga ega. Har qanday dars o`ziga xos xususiyatga
ega bo`lib, u o`zining konkret vazifalari va mazmuniga ko`ra bir-biridan
farq qiladi. Lekin darslarda o`qitish va o`quv faoliyatlarining umumiy
xususiyatlari ham mavjuddir.
Taqvim-mavzuiy rejaning asosini mavzular bo`yicha darslar tizimi
tashkil etadi. Mazkur rejani o`qituvchi fanning o`quv rejasi va dasturiga
asosan tuzib oladi va unda quyidagilar ko`zda tutiladi: mavzular nomi, har
bir mavzuga ajratilgan vaqt; mashg`ulot turi; ta`lim metodlari; fanlararo
bog`liqlik; kerakli asbob-uskuna va jihozlarni belgilash; darsda o`quvchilarning mustaqil ishlashi bo`yicha topshiriqlar; foydalaniladigan adabiyotlar nazorat turlari; uyga vazifa; sana va guruhlar va izoh
Taqvim-mavzuiy rejaning bo`limlari o`quv fani va mavzu
materialining mazmuni, kasb-hunar kollejining o`quv-moddiy bazasi,
o`quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qarab aniqlanadi. Taqvim-mavzuiy
reja kasb-hunar kollejining metodik kengashida ko`rib chiqiladi.
Quyida o`quv amaliyoti mashg`uloti bo`yicha taqvim-mavzuiy rejasi
keltirildi.
Taqvim-mavzuiy reja
Fanlararo
bog`liq
-lik
Kerakli
asbobuskuna va
jihozlar
КИМЁВИЙ ФОРМУЛАЛАР
КИМЁВИЙ ФОРМУЛАЛАР — моддаларнинг сифат ва микдор жиҳатидан таркиби ва тузилишини кимёвий белгилар, шунингдек, сонлар, ҳарфлар ва б. б-н берилган ифодаси. Кимёвий формулалар модда қандай элементлардан ташкил топганлиги, бу элементлар ўзаро қандай нисбатда бирикканлигини ҳамда модданинг тузилишини кўрсатади. Mac, сувнинг формуласи Н2О унинг таркиби водород (Н) ва кислород (О) дан иборат эканлигини, бу элементлар 2:1 нисбатда бирикканлигини; натрий сульфат Na2SO4 эса унинг молекуласи натрий (Na), олтингугурт (S) ва кислород (О)дан ташкил топганлигини, бу элементлар 2:1:4 нисбатда бирикканлигини; алюминий сульфид A12S3 эса 2 атом алюминий (А1) га 3 атом олтингугурт (S) тўғри келишини кўрсатади (яна қ. Кимёвий белгилар).
Кимёвий формулалар 3 хил бўлади: эмпирик, рационал ва структура формулалар. Эмпирик формулалар модда молекуласидаги атомларнинг умумий сонини кўрсатади. Мас, сульфат кислота H2SO4, этан С2Н6, этил спирти С2Н6О ва х. к. Раци-онал формулаларда маълум синфга кирувчи атомлар гуруҳи ажратиб кўрсатилади. Мас, этан СН3СН3 ёки СН3 — СН3, этил спирти С2Н5ОН ёки С2Н5 — ОН ва ҳ. к. Структура формулалар эса модданинг таркибини, молекуладаги атомларнинг жойлашиш тартибини ҳамда ушбу атомлар орасидаги кимёвий боғларнинг қандай тақсимланганлигини кўрсатади.
Search
Биз билан Алоқа
Агар сизда таклифлар бўлса ёки мақолаларда ҳатолик бўлса биз билан боғланинг.
Мақолалар
Сайтга жойлаштирилган мақолаларда ноаниқлик ва ҳатоликлар топсангиз албатта бизга ҳабар беринг.
Маълумот қидируви
Ўшбу сайтда 40 мингга яқин ҳар ҳил мавзудаги мақолалар тўпланган.
Qiziqarli malumotlar
КИМЁВИЙ ФОРМУЛАЛАР