ГТРК «Ставрополье»
Для детей старше 16 лет (16+).
O’quv yili uchun 5,6,7,8,9,10,11-sinf biologiya fanidan yillik taqvim mavzu ish rejani asl holida olish uchun murojaat qiling: Ish reja umumiy narxi: 10 ming so’m Biz bilan bog’lanish
Biologiya – tirik organizmlarning kelib chiqishi, turli-tumanligi, tuzilishi, rivojlanishi hamda ularda sodir bo‘ladigan hayotiy jarayonlar, tashqi muhit bilan aloqasi, moslashishi haqidagi fandir.
O‘quvchilar biologiya faniga oid dastlabki tushunchalarni boshlang‘ich sinflardagi “Atrofimizdagi olam”, “Tabiatshunoslik” darslarida tabiat bilan dastlabki tanishuv davrida o‘rganishadi. Masalan: ildiz, poya, barg, gul, meva, urug‘, madaniy va yovvoyi o‘simliklar; qush va hasharotlarning bir-biridan farqi; uy hayvonlarining yovvoyi hayvonlardan farqi; suvning inson va hayvonlar uchun ahamiyati, suvni behudaga isrof qilmaslik zarurligi; o‘simliklarning urug‘idan ko‘payishi; inson bilan tabiatning bog‘liqligi, ovqatlanish gigiyenasi, jonli va jonsiz tabiat; inson tanasining tuzilishi, teri, skelet va muskullarning vazifalari, yurak qon tomirlari; nafas olish organlari, ovqat hazm qilish organlari va nerv sistemasining vazifalari; chekish, ichimliklar va giyohvand moddalarning organizmga ta’siri; O‘zbekistondagi yirik qo‘riqxonalar, gulli o‘simliklar haqida umumiy ma’lumotlar kabi biologiya fani haqidagi dastlabki tasavvurlar hosil qilinadi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida biologiya fanini o‘qitishning maqsadi – o‘quvchilarga tirik organizmlarning tuzilishi, ko‘payishi, kelib chiqishi, xilma-xilligi, o‘zaro munosabatlari, muhofazasi, tabiat va inson hayotidagi ahamiyati haqidagi bilimlarni berish, o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy va ijodiy fikrlashini shakllantirishdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida biologiya o‘quv fanini o‘qitishning vazifalari:
asosiy biologik tushunchalar, nazariyalar va qonuniyatlar bilan tanishtirish;
tirik organizmlarning yashash muhitiga moslanishlarining vujudga kelishi mexanizmlari haqida ma’lumot berish;
organizmlarning individual va tarixiy rivojlanishining asosiy bosqichlari bilan tanishtirish;
o‘quvchilarni o‘zlarining va o‘zgalarning salomatliklarini saqlashga, sog‘lom turmush tarziga rioya qilishga yo‘naltirish;
biologiya ta’limi mazmunining hozirgi ijtimoiy hayot va fan-texnika yutuqlari bilan bog‘lanishini ta’minlash asosida o‘quvchilarni ongli ravishda kasb tanlashga yo‘naltirish;
tabiat va uning barcha boyliklariga oqilona munosabatda bo‘lish fazilatlarini yosh avlod ongiga singdirish;
biologik bilimlar zaminida mahalliy o‘simlik va hayvon turlari, seleksiya yutuqlari, qadimda yashab ijod etgan buyuk allomalar va hozirgi olimlarning biologiyaga oid ishlari bilan tanishtirish orqali o‘quvchilarni milliy istiqlol va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, biologiyadan olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olish kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari biologiya ta’limida o‘rganilgan o‘quv materiallarining akademik litsey va kasb-hunar kollejlari biologiya ta’limida takrorlanmasligi, o‘quvchilarning yosh psixologik xususiyatlari, umumiy o‘rta ta’lim tayyorgarligiga mos kelishi hamda biologik tushunchalarni asta-sekin oddiydan murakkabga shakllantirish e’tiborga olingan.
Biologiya ta’limi o‘quv dasturi asosida fan o‘qituvchisi yillik taqvim-reja ishlab chiqadi va ta’lim muassasasining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. Taqvim-reja tuzishda laboratoriya ishlarining o‘tkazilishi, oraliq va yakuniy nazorat ishlarining to‘g‘ri taqsimlanishi, nazariy bilim berish va amaliy mashg‘ulotlarning ketma-ketligiga e’tibor qaratish lozim.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfida biologiyaga kirish o‘qitilib, unda biologiya fani haqidagi dastlabki ma’lumotlar beriladi, 6-sinfda biologiya (botanika)da o‘simliklar haqidagi, 7-sinfda biologiya (zoologiya)da hayvonot olami haqidagi, 8-sinfda biologiya (odam va uning salomatligi)da odam organizmi va undagi jarayonlar haqida, 9-sinfda biologiya (sitologiya va genetika asoslari)da esa, umumiy biologik qonuniyatlarning boshlang‘ich tushunchalari o‘qitiladi.
BIOLOGIYA FANI
O‘QUV DASTURI
UQTIRISH XATI
Biologiya tirik organizmlarning kelib chiqishi, turli-tumanligi, tuzilishi, rivojlanishi hamda ularda sodir bo‘ladigan hayotiy jarayonlar, tashqi muhit bilan aloqasi, moslashishi haqidagi fandir.
O‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfida biologiyaga kirish o‘qitilib, unda biologiya fani haqidagi dastlabki ma’lumotlar beriladi, 6-sinfda biologiya (botanika)da o‘simliklar, 7-sinfda biologiya (zoologiya)da hayvonot olami, 8-sinfda biologiya (odam va uning salomatligi)da odam organizmi va undagi jarayonlar haqida, 9-sinfda biologiya (sitologiya va genetika asoslari)da esa, umumiy biologik qonuniyatlarning boshlang‘ich tushunchalari o‘qitiladi.
O‘rta ta’lim muassasalarida biologiya fanini o‘qitishning maqsadi –o‘quvchilarga tirik organizmlarning tuzilishi, ko‘payishi, kelib chiqishi, xilma-xilligi, o‘zaro munosabatlari, muhofazasi, tabiat va inson hayotidagi ahamiyati haqidagi bilimlarni berish, o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy va ijodiy fikrlashini shakllantirishdan iborat.
O‘rta ta’lim muassasalarida biologiya o‘quv fanini o‘qitishning vazifalari:
asosiy biologik tushunchalar, nazariyalar va qonuniyatlar bilan tanishtirish;
tirik organizmlarning yashash muhitiga moslanishlarining vujudga kelishi mexanizmlari haqida ma’lumot berish;
organizmlarning individual va tarixiy rivojlanishining asosiy bosqichlari bilan tanishtirish;
o‘quvchilarni o‘zlarining va o‘zgalarning salomatliklarini saqlashga, sog‘lom turmush tarziga rioya qilishga yo‘naltirish;
biologiya ta’limi mazmunining hozirgi ijtimoiy hayot va fan-texnika yutuqlari bilan bog‘lanishini ta’minlash asosida o‘quvchilarni ongli ravishda kasb tanlashga yo‘naltirish;
tabiat va uning barcha boyliklariga oqilona munosabatda bo‘lish fazilatlarini yosh avlod ongiga singdirish;
biologik bilimlar zaminida mahalliy o‘simlik va hayvon turlari, seleksiya yutuqlari, qadimda yashab ijod etgan buyuk allomalar va hozirgi olimlarning biologiyaga oid ishlari bilan tanishtirish orqali o‘quvchilarni milliy istiqlol va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, biologiyadan olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olish kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat.
O‘rta ta’lim maktablari biologiya ta’limida o‘rganilgan o‘quv materiallarining takrorlanmasligi, o‘quvchilarning yosh psixologik xususiyatlari, o‘rta ta’lim tayyorgarligiga mos kelishi hamda biologik tushunchalarni asta-sekin oddiydan murakkabga shakllantirish e’tiborga olingan.
Biologiya ta’limi o‘quv dasturi asosida o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar bilan birgalikda tayanch kompetensiyalar shakllantirilishi belgilab berilgan. Bunga ko‘ra, biologiya fanlarini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantirilib boriladi:
Kommunikativ kompetensiya:
o‘quvchi biologik tushunchaga ega bo‘lishi, o‘z ona tilida hamda birorta xorijiy tilda dastlabki tushunchalarni ishlata olishi.
mavzu bo‘yicha tavsiya etilgan o‘quv topshiriqlari va o‘qituvchining savollariga yozma va og‘zaki javob berishda ta’lim
olayotgan til me’yorlariga rioya qilish; kichik guruhlar bilan ishlash jarayonida faol ishtirok etish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
o‘quvchi biologiya fanining yangiliklari, rivojlanishi bo‘yicha respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi
ma’lumotlarni ilmiy-ommabop materiallardan foydalanib, zarur ma’lumotlarni izlab topa olishi;
darslikning kirish qismida berilgan ko‘rsatmalar asosida o‘rganilgan mavzu matniga reja tuza olish;
matndan foydalanib savollarga javob topish, amaliy xarakterdagi topshiriqlarni bajara olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
biologiya darslari, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda faol ishtirok etish;
tabiatda o‘z xatti-harakatlari bilan o‘zini nazorat qila olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
o‘quvchi biologiya fanining ilmiy-amaliy soha ekanligini, uning inson va tabiatdagi ahamiyatini anglash, biologiya fani
o‘rganadigan obyekt, hodisa, jarayonlarni, tirik organizmlar ustida kuzatish va tajribalar olib borish.
jamiyatda o‘z o‘rnini bilgan holda tabiatdagi voqea va jarayonlarga daxldorlikni his etish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
biologiya darslari, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda ta’lim va tarbiyaning uzviyligiga, estetik va
axloqiy tarbiyaga e’tibor qaratish;
insonlarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, o‘zgalarning dunyoqarashini hurmat qilishi.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
o‘quvchi kattalashtirib ko‘rsatuvchi asboblar va buyumlarni necha marta kattalashtirishini hisoblay olishi, mikroskoplar
bilan ishlay olish qobiliyatlarini rivojlantirgan bo‘lishi.
Shuningdek, biologiya fanining mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar ham
shakllantiriladi.
1. Biologik ob’yektlarni tanish, ularda boradigan jarayonlarni tushunish va izohlash kompetensiyasi:
Biologiya fanidagi kashfiyotlarning ahamiyati, tirik tabiatning qonuniyatlari, biologik xilma-xillik haqida, atamalar, xususiy va umumbiologik tushunchalar, qonunlar, nazariyalar, gipotezalarning mazmun-mohiyatini tushunadi, o‘z fikrini bayon eta oladi va asoslaydi, tushunchalarni tahlil qiladi, umumlashtiradi, xulosalar chiqara oladi.
Biologik ob’yekt, hodisa, jarayonlar (tur – asosiy sistematik birlik; tur mezonlari; evolyutsiyaning harakatlantiruvchi kuchlari: irsiy o‘zgaruvchanlik, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish; evolyutsiya natijalari: turlarning xilma-xilligi, organizmlarning turli muhit sharoitlariga moslanuvchanligi)ning o‘ziga xos jihatlarini ko‘rgazmali vositalar asosida taniydi, mohiyatini tushungan holda yozma, og‘zaki tavsiflay oladi.
Tirik organizmlarning o‘zaro va tashqi muhit bilan munosabatlarini, organizmlarga ekologik omillarning ta’sirini, ekosistema va unda organizmlarning o‘zaro munosabatlari, oziq zanjiri, oziq to‘ri, biosfera – global tizim; biosferada modda va energiyaning davriy aylanishini, biosferada insonning rolini, ekologik muammolarni, ekosistemalarda inson faoliyatining oqibatlarini tushunadi, mohiyatini yoritib bera oladi.
Axborotlarning turli manbalari (darslik, o‘quv qo‘llanmasi, ilmiy-ommabop adabiyotlar, biologik lug‘atlar, ensiklopediyalar, elektron-axborot ta’lim resurslari va hokazolar) bilan ishlay oladi, kerakli ma’lumotlarni ajrata oladi, ma’lumotlarni tahlil qiladi va amalda qo‘llay oladi.
Tirik tabiatning qonuniyatlari, biologik xilma-xillik, xususiy va umumbiologik tushunchalar, biologik qonuniyatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirib bera oladi va biologiyadan olgan bilimlarini hayotda qo‘llay oladi.
2. Biologik ob’yektlarda boradigan jarayonlarni kuzatish, tajribalar o‘tkazish va xulosa qilish kompetensiyasi:
Atrof-muhit bilan tirik organizmlarning uzviyligi va o‘zaro aloqasi, ekologik sharoitga ko‘ra tirik organizmlarning moslanishi va tarqalishini o‘rganish uchun tabiatda kuzatish va tajribalarni aniq maqsad va reja asosida tizimli tarzda olib bora oladi, ma’lumotlar to‘playdi, natijalarni qayd etadi, xulosa chiqarish va rasmiylashtirish ishlarini amalga oshira oladi.
Didaktik va tarqatma materiallar, laboratoriya jihozlari, kimyoviy reaktivlar bilan ishlay oladi, ekotizimlarning oziq zanjirini tuza oladi, tabiatda va biologiya o‘quv xonasida xavfsizlik qoidalariga rioya qiladi.
Biologik ob’yekt, hodisa, jarayonlar ustida aniq maqsad va reja asosida tajriba va kuzatishlarni tizimli tarzda olib bora oladi, muayyan mavzular yuzasidan laboratoriya mashg‘ulotlarini mustaqil ravishda bajaradi, olingan natijalarni tahlil qila oladi.
3. Sog‘lom turmush tarzi va ekologik kompetensiya:
Sog‘lom turmush tarzi me’yorlariga rioya qiladi, o‘zining va o‘zgalarning sog‘lig‘ini asrash va qadrlash, organizmidagi o‘zgarishlarni nazorat qilish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, jismoniy mehnat va aqliy faoliyatni uyg‘un ravishda amalga oshirishning ahamiyatini biladi;
ekologik madaniyat asoslari: insoniyat va tabiatning uzviyligi, inson salomatligiga ekologik omillarning ta’siri, tabiatda inson faoliyatining ijobiy va salbiy oqibatlarini tahlil qila oladi, tabiat va boshqa kishilar bilan munosabatda o‘z xatti-harakatlarini ongli ravishda boshqara oladi;
tabiat va uning boyliklarini asrash, qadrlash, biologik xilma-xillikni saqlash va uni ko‘paytirishda ishtirok eta oladi.
Tabiat – inson – jamiyat munosabatlarini anglagan holda sog‘lom turmush tarzi me’yorlarini tushuntirib, unga amal qilish yo‘llarini ochib bera oladi;
ГТРК «Ставрополье»
© 2008-2023, ГТРК «Ставрополье». Сетевое издание «Государственный интернет-канал «Россия».
Свидетельство о регистрации Эл № ФС 77-59166 от 22.08.2014 , выдано Федеральной службой по надзору в сфере связи, информационных технологий и массовых коммуникаций. Учредитель – федеральное государственное унитарное предприятие «Всероссийская государственная телевизионная и радиовещательная компания». Главный редактор Главной редакции ГИК «Россия» – Панина Елена Валерьевна.
ГТРК «Ставрополье». Адрес: 355000, Россия , г. Ставрополь , ул. Дзержинского, 149-151 .
Приёмная: (8652) 35-15-44 , Вести: (8652) 35-89-29 , Вебредакция: (8652) 35-78-56 , Коммерческая служба: (8652) 355-345 . E-mail: web@stavropolye.tv
Для детей старше 16 лет (16+).
Все права на любые материалы, опубликованные на сайте, защищены в соответствии с российским и международным законодательством об интеллектуальной собственности.
Любое использование текстовых, фото, аудио и видеоматериалов возможно только с согласия правообладателя (ВГТРК).
Qiziqarli malumotlar
ГТРК «Ставрополье»