В Узбекистане в этом году темпы строительства новостроек увеличат в 1,6 раза

В Узбекистане в этом году темпы строительства новостроек увеличат в 1,6 раза

O’zbekistonning yer usti boyliklari haqida gap ketganda, avvalo uning dehqonchilik uchun qulay bo’lgan sug’oriladigan zamini, daryo va ko’llari, turli noyob o’simlik va hayvonot dunyosiga ega bo’lgan tog’larini, obod shahar va qishloqlarini, u yerlardagi ishlab chiqarish korxonalari, bilim, madaniyat maskanlari, yo’llar, ko’priklar va binolarni eslaymiz.

6 sinf vatan tuyg’usi darslik

2.Vatanga muhabbat hissi.

3. O’zbekiston haqida

Dunyodagi tirik mavjudotning barchasi sezish qobiliyatiga ega, ular tashqi ta’sirlardan, ya’ni issiq va sovuqdan, yorug’lik va qorong’ilikdan ta’sirlanadi. Lekin rang-barang va go’zal, yuksalib, kamol topib boradigan his-tuyg’ular bilan yashash faqat insonga xos.

Dunyodagi tirik mavjudotning barchasi sezish qobiliyatiga ega, ular tashqi ta’sirlardan, ya’ni issiq va sovuqdan, yorug’lik va qorong’ilikdan ta’sirlanadi. Lekin rang-barang va go’zal, yuksalib, kamol topib boradigan his-tuyg’ular bilan yashash faqat insonga xos. Borliqdagi narsalarning hammasi odamda qandaydir his-tuyg’u uyg’otadi, uning sezgilariga ta’sir qiladi. His-tuyg’u esa narsalarning mohiyatini sezish va bilishga yordam beradi, Ya’ni, yaxshi va yoqimli narsalar go’zal his-tuyg’ularni uyg’otsa, yomon va xunuk narsalar salbiy his-tuyg’ularni uyg’otadi. Sog’lom fikrli insonlarning doimiy ravishda kamolotga intilib yashashining boisi ham ularning his-tuyg’ularining yaxshi, mukammal va ibratli narsalardan muttasil ta’sirlanishi bilan bog’liq. Umuman, inson zoti ta’sirlanuvchandir. Insonning ichki, ruhiy sezgilari his-tuyg’u deyiladi.

His-tuyg’u ikki mustaqil so’zdan (his va tuyg’u so’zlaridan) iborat bo’lib, tuyish, sezish natijasida hosil bo’ladigan ruhiy holatni bildiradi.Inson quvonganida ruhi bir shaklda namoyon bo’lsa, qayg’uga tushganida butunlay boshqacha shaklda namoyon boiadi. Ya’ni, ruh o’zgaruvchan. Chunki u dunyoni o’zida yaqqol aks ettirib turadi. Dunyo esa doimiy harakatda, inson aniq bir makonda yashaydi. Binobarin, uning qalbi ta’sirlanadigan narsa-hodisalar ham ma’lum bir joyda yuz bergani uchun ular o’sha joy bilan bog’liq holda xotirada muhrlanib qoladi. Oddiy qilib aytganda, o’sha joy o’zining tabiiy ta’sirlari vositasida insonning moddiy ehtiyojlarini qondiribgina qolmasdan, uning qalbini, ichki dunyosini ham shakllantiradi.

Qalb arabcha so’z bo’lib, ko’ngil, yurak, dil ma’nolarida ishlatiladi, har qanday makon insonda avvalo muayyan tuyg’ularni uyg’otadi. Keyin ularni o’ziga, o’zining betakror xususiyatlariga moslab tarbiyalaydi. Shuning uchun ham odamning his-tuyg’ulari, xotiralari, ma’naviy tarbiyasi, avvalo, u tug’ilgan, voyaga yetgan Vatan bilan bog’liq. Shu bois, Vatan tuyg’usi insonga bir umr hamroh, hamnafas bo’ladi. Vatanning nomi aytilishi bilan uning bag’rida o’tgan yillarimiz esimizga tushadi, qalbimizda go’zal manzaralar, his-tuyg’ular uyg’onadi. Masalan, Toshkent shahrining Ko’kcha dahasida o’sib-ulg’ayganlar bu nomni eshitishi bilan hayajonlanib ketadi. Yoki Samarqand shahri­ning Registon yoxud Buxoroning Labi hovuz maydoni atrofida voyaga yetganlar bu nomlarni eshitishi bilan noyob me’moriy obidalarimizni ko’z oldiga keltirib, o’z bolaligini eslaydi, o’sha yillarni qo’msaydi.

Vatan ramzlarini ko’rganda, yurtimizning betakror tabiatini tomosha qilganda, uning moddiy va ma’naviy boyliklaridan bahramand bo’lganda, olis ellarda vatandoshlarimiz bilan ko’rishganda, ular­ning sport, madaniyat, san’at va boshqa sohalarda erishgan yutuqlarini eshitganda beixtiyor quvonamiz.

Ramz so’zi belgi, ishora, dalolat degan ma’nolarni bildiradi.

Davlat ramzi deb, qonun bilan tasdiqlangan, mamlakatning mustaqilligi, davlatchilik tarixi, xalqining xohish-irodasi va ko’hna qadriyatlari mujassami bo’lgan rasmiy belgi – ramzga aytiladi. Masalan, davlatimiz bayrog’i, gerbi va madhiyasi qalbimizga g’ururi iftixor tuyg’ularini uyg’otadigan muqaddas timsollardir.Vatanning moddiy resurslari deganda, uning yer osti va yer usti boyliklarini tushunamiz. Moddiy resurslarga qazilma boyliklar, daryo va tog’lar, shahar va qishloqlar, korxonalar, binolar, o’simlik va hayvonot dunyosi umuman, yurtimiz taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan barcha moddiy boyliklar kiradi.

Vatanning ma’naviy boyliklari deganda, xalqning ongi, dunyoqarashi va fazilatlarining yuksalishiga xizmat qiladigan, aqlimiz va ruhimiz oziqlanadigan boyliklar tushuniladi.Ma’naviy boyliklarga xalqning madaniy merosi, tarixi, tili va dini, ilm-fani, adabiyoti, san’ati, me’moriy obidalari, muzeylar, kutubxona va teatrlar — umuman, insonning aqliy hamda ruhiy salohiyati bilan yaratilgan va shu salohiyatni oshirishga xizmat qiladigan barcha qadriyatlar kiradi.

Vatan tuyg’usi insonga ona allasi, bobolar o’giti, ota ibrati, oila tarbiyasi, ustoz-murabbiylar ta’limi bilan singadi. Kishi bu tuyg’u vositasida o’z atrofidagi odamlarni, narsa-hodisalar mohiyatini bilishga intiladi. Vatan tuyg’usi og’ir damlarda kishiga kuch-quvvat beradi, o’z xalqini sharaflashga, ajdodlar an’anasiga sodiq bo’lishga da’vat etadi. Televizorda ko’p ko’rganmiz, prezidentlar, davlat boshliqlari yurtimizga tashrif buyursa, ularning sharafiga yuksak martabali mehmon mansub bo’lgan davlatning bayrog’i ko’tarilib, madhiyasi ijro etiladi. Bizning Prezidentimiz xorijiy davlatlarga tashrif buyurganida ham Vatanimiz va xalqimizga, Yurtboshimizga hurmat-ehtirom ramzi sifatida davlatimiz bayrog’i ko’tarilib, yurtimiz madhiyasi yangraydi. Yoki sport maydonlarida ikkita mamlakatning futbol terma jamoasi o’zaro bellashmoqchi bo’lsa, o’yin oldidan dastlab ularning davlat madhiyasi ijro etiladi. Bu orqali, avvalo, ushbu sport jamoalari vakil bo’lib kelgan davlatga, uning xalqiga hurmat bajo keltiriladi. Shuningdek, bunday marosimlar vositasida ushbu jamoalar o’rtasidagi halol kurashdan ko’zlangan asosiy maqsad Vatanni sharaflash, uning nomini ulug’lash ekaniga urg’u beriladi.

Oddiy fuqarolar ham qaysidir chet davlatga bormoqchi bolsa, o’zi bilan birga Vatanini eslatib turadigan biror-bir narsani oladi. Qadimda ota-bobolarimiz uzoq o’lkalarga ketayotganlarida bir siqim yurt tuprog’ini ro’molchaga tugib olganlar. Ana shu tuproq orqali Vatanning hidini tuyganlar. Ulug’ insonlar qalbidagi Vatanga intilish tuyg’usi shunchalik kuchli bo’ladiki, ular nafaqat tirikligida, balki bu dunyodan ko’z yumganidan keyin ham ona yurt tuprog’iga yaqinroq bo’lishni orzu qiladi. Olis Hindiston o’lkasida podsholik qilgan Zahiriddin Muhammad Bobur bobomiz ham vafotidan so’ng o’z jismini ushbu yurtga emas, balki Vataniga yaqinroq bo’lgan joy — Afg’onistonning hozirgi poytaxti bo’lmish Qobul shahriga qo’yishlarini vasiyat qilgan. Bu buyuk ajdodimizning muborak qabri hozir Kobul shahrida. Bobur tug’ilgan yurt — Andijon shahrida esa mustaqillik yillarida uning ramziy qabri va ulkan bog’i barpo etildi.

Vatan tuyg’usi insondagi vorisiylik tuyg’usi bilan uzviy bog’liq. Vorisiylik eng muhim xususiyat va qadriyatlarning otadan bolaga ajdodlardan avlodlarga meros bo’lib o’tishini bildiradi. Demak, vatan tuyg’usi ham avloddan avlodga o’tadi. Masalan, hozirgina tilga olganimiz Bobur bobomiz vorislari — boburiylar sulolasining aksariyat namoyandalari ham ota yurti — Turkiston zaminida yashamagan bo’lsalar-da, vatan tuyg’usi ularni bu tabarruk tuproqqa chorlab turgan. Ularning bugungi avlodlari ham mana shu zaminni o’zlarining tarixiy Vatani deb biladi.

Bizning ota-bobolarimiz vorislik an’analarini saqlash uchun o’zlarining nasl-nasab tarixi — shajarasini yozib borgan. Bu ham Vatanga muhabbat, uning tarixini muqaddas saqlashga bo’lgan intilishning bir ko’rinishidir. Qolaversa, ular shu tariqa nasl-nasabini tola saqlab, o’z avlodlarining har tomonlama sog’lom bo’lib voyaga yetishini ta’minlagan. Chunki avlodlar sog’lom va barkamol bo’lib voyaga yetsagina o’z yurtiga haqiqiy egalik qilib, uning ozodligi va tinchligini ko’z qorachig’idek asrab yashaydi. Dunyodagi har bir inson zimmasida ana shunday sharafli va mas’uliyatli vazifa bor. Bu vazifaning sharafliligi shundaki, kimki o’z nasl-nasabini toza saqlab, o’zidan munosib farzandlar qoldirsa, kelajakda buning mevasini ko’radi. Bu vazifaning mas’uliyatliligi shundaki, tarbiyada adashib, xato qilib qo’ysa, noqobil farzand o’stirsa, buning oqibatida nafaqat o’sha insonning o’zi, balki uning xalqi va Vatani ham ziyon ko’radi. Bu yo’lda adashmaslik uchun esa har bir vatandoshimiz ota-bobolarimizning kimligini, ularning tarixi va merosini, yurtimiz shuhratini yuksaltirish yo’lida qilgan xizmatlarini yaxshi bilishi lozim.

Vatanimizdan yetishib chiqqan allomalar haqida ko’p eshitgansiz. Alloma arabcha so’z bo’lib, olimlarning ulug’i, olimlarning olimi degan ma’nolarni bildiradi. Bizning alloma bobolarimiz faqat olamshumul kashfiyotlar yaratibgina qolmay, yurtimiz nomini butun dunyoga taratishda ham beqiyos xizmatlar qilgan. Chunki ular, vatan tuyg’usi har ishda, har qadamda madadkor bo’lsin deb, o’z ismi shariflariga tug’ilgan joylarining nomini qo’shib yozganlar. Buxoriy, Zamahshariy, Samarqandiy, Shoshiy, Toshkandiy, Farg’oniy, Marg’inoniy, Xorazmiy, Termiziy, Nasafiy singari nomlar shu tarzda paydo bo’lgan. Behbudiy, Fitrat, Qodiriy, Cho’lpon kabi ajdodlarimizning ulkan hasrat bilan yozilgan maqola va she’rlarini o’qiganda Vatan tuprog’ida turib, Vatandan judolik dardi bilan yashash qanchalik og’ir dard ekanini his etamiz.

El-yurt ozod, mamlakat mustaqil bo’lsa, inson uning ravnaqi yo’lida bor kuch-qudratini safarbar etadi, Vatan bilan bog’liq hislari g’urur-iftixor tuyg’usiga aylanadi. Bugun Vatanimiz haqida gap ketsa, avvalo, ana shunday g’urur-iftixor hislarini tuyamiz. Chunki yurtimiz ozod bo’lib, kundan kunga taraqqiy etib bor-moqda.Vatan tuyg’usi vatanparvarlik fazilatlariga asos bo’ladi. Vatanparvarlikning mohiyati Prezident Islom Karimovning quyidagi so’zlarida o’z ifodasini topgan:

«Vatanga muhabbat hissi odamning qalbida tabiiy ravishda tug’iladi. Ya’ni, inson o’zligini anglagani, nasl-nasabini bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg’usi ildiz otib, yuksala boradi. Bu ildiz qancha chuqur bo’lsa, tug’ilib o’sgan yurtga mu­habbat ham shu qadar cheksiz bo’ladi.

Vatanparvarlik Vatan manfaatlarini himoya qilish yo’lidagi fidoyilikdir.

Fidoyilik o’zini biror-bir ishga bag’ishlash, to’la safarbar etish, kerak bo’lgan taqdirda esa, ezgu maqsad yo’lida hatto jon berish demakdir.

O’zbekiston haqida

O’zbekiston dunyodagi eng qadimiy va betakror o’lkalardan biridir. Uni umrida bir bor ko’rish orzusida yurganlar qancha. Biz esa betakror zamin bag’rida yashaymiz, uning musaffo havosidan, zilol suvidan, beqiyos ne’matlaridan bahramand bo’lamiz. Bunday baxt hammaga ham nasib etmaydi.

O’zbekiston dunyodagi eng qadimiy va betakror o’lkalardan biridir. Uni umrida bir bor ko’rish orzusida yurganlar qancha. Biz esa betakror zamin bag’rida yashaymiz, uning musaffo havosidan, zilol suvidan, beqiyos ne’matlaridan bahramand bo’lamiz. Bunday baxt hammaga ham nasib etmaydi.

O’zbekistonimizning qaysi mintaqada joylashganini bilasizmi? Mintaqa arabcha so’z bo’lib, yo’nalish, chegara, hudud degan ma’nolarni anglatadi. Bu so’zni keng va tor ma’nolarda ishlatish mumkin. U keng ma’noda bir necha mamlakatni qamrab oladigan hududni anglatadi. Masalan, Markaziy Osiyo mintaqasi deganda so’zning keng ma’nosi tushuniladi. Chunki Markaziy Osiyo hududi bir qancha davlatlarni o’z ichiga oladi. Tor ma’noda esa bu so’z ma’lum bir mamlakat ichidagi bir necha viloyatlarni anglatadi, mamlakatimizning janubiy mintaqalari deganda qaysi viloyatlarni tushunamiz? Kimdir bizdan Vatanimiz haqida so’rab qolgudek bo’lsa, dastlab mana bu ma’lumotlarni tilga olishimiz zarur.

O’zbekiston Markaziy Osiyoning o’rta va shimoliy qismida joylashgan mamlakat. U shimoli-sharqda Qirg’iziston, shimol va shimoli-g’arbda Qozog’iston bilan, janubi-g’arbda Turkmaniston, janubi-sharqda Tojikiston bilan, janubda qisman Afg’oniston bilan chegaradosh. Umumiy maydoni 447 ming 400 kvadrat kilometr. Maydonining beshdan to’rt qismi tekislik, oz qismi tog’, adir, tog’ yonbag’irlaridan iborat. O’zbekiston hududidan Marka­ziy Osiyoning eng katta daryolari — Amudaryo va Sirdaryo oqib o’tadi. Mamlakatimizning sharqiy va janubi-sharqiy qismida Tiyonshon, Oloy, Turkiston, Zarafshon va Hisor tog’lari bor. Bu tog’lar orasida Farg’ona, Zarafshon, Kitob — Shahrisabz, Surxon — Sherobod, Chirchiq — Ohangaron kabi katta vodiylar joylashgan. Aholining asosiy qismi ana shu vodiylarda yashaydi.

Yurtimiz tasviri tushirilgan xaritaga diqqat bilan qarab ko’rganmisiz? Unda har bir viloyat alohida ajralib turibdi. Har bir mintaqa va viloyat o’zining betakror tabiati, odamlari, shahar va qishloqiariga ega. Prezident Islom Karimovning “Vatanimizdagi har bir viloyat, tuman, har qaysi shahar-qishloq — barchasining o’ziga xos qiyofasi, fayz-u tarovati bor” degan so’zlari ana shu haqiqatni nazarda tutib aytilgan.

Chindan ham, bizning diyorimiz shunchalar rang-barang, shunchalar betakrorki, O’zbekiston deganda, ko’z o’ngimizda Farg’ona vodiysining so’lim shahar va qishloqlari, Samarqand, Buxoro va Xivaning ko’hna me’moriy obidalari,- Qoraqalpog’iston zaminidagi qadimiy qal’a-qo’rg’onlar, Ustyurt kengliklari, Toshkentning go’zal va azim qiyofasi, Qashqadaryoning bepoyon qirlari, Surxon tog’lari, har bir mintaqa va viloyat xalqining o’ziga xos fe’1-atvori va udumlari namoyon bo’ladi.

O’zbekistonni bir ko’rgan odam, hech shubhasiz, uni sevib qoladi. Yurtimizga ming-minglab sayyohlar tashrif buyuradi va ularning barchasi bu tarovatli, serquyosh zamin ularni o’ziga maftun etgani haqida to’lqinlanib, hayajonlanib so’zlashadi.

Har qanday mamlakatning milliy boyligi ikki xil bo’ladi. Birinchisi — moddiy boyliklar, ikkinchisi — ma’naviy boyliklar. Moddiy boyliklar o’z navbatida yana ikki xilga — yer osti va yer usti boyliklariga bo’linadi. Yer osti boyliklariga zamin qa’rida yotgan turli foydali qazilmalar kiradi. Yer usti boyliklariga esa inshootlar, korxonalar, tog’lar va o’rmonlar, daryolar yaylovlar, shahar va qishloqlar kabi moddiy qadriyatlar kiradi.

O’zbekistonda foydali qazilmalar va mineral xomashyo zaxiralari juda serob. U oltin zaxirasi bo’yich dunyoda to’rtinchi, uni qazib olish bo’yicha esa yettinchi o’rin turadi. Shuningdek, mamlakatimiz uran zaxiralarining miqdori bo’yicha ham yetakchi o’rinni egallaydi. Bu yerda neft gaz resurslari ham ko’p. Yurtimizda, shuningdek, mis, kumush, litiy, fosfor, kaliy kabi mineral qazilmalarning ham boy zaxirasi mavjud. Bundan tashqari, Vatanimiz hududi ko’mir zaxiralariga ham boy. Mamlakatimizda 20 ta marmar koni, 15 ta granit va qimmatbaho toshlar koni aniqlangan. Ulardagi toshlar rang-barang va noyobdir.

O’zbekistonning yer usti boyliklari haqida gap ketganda, avvalo uning dehqonchilik uchun qulay bo’lgan sug’oriladigan zamini, daryo va ko’llari, turli noyob o’simlik va hayvonot dunyosiga ega bo’lgan tog’larini, obod shahar va qishloqlarini, u yerlardagi ishlab chiqarish korxonalari, bilim, madaniyat maskanlari, yo’llar, ko’priklar va binolarni eslaymiz.

Bizning zaminimizda ikki yarim ming yildan ziyod vaqtdan beri paxta yetishtirib kelinadi. Qadimiy kitoblarda yozilishicha, miloddan oldingi, ya’ni hozirgi yil hisobi boshlanmasidan burungi 7-6-asrlarda Samarqand, Toshkent, Xorazm vohalarida, milodning birinchi asridan boshlab esa Farg’ona vodiysida paxta yetishtirila boshlagan ekan.

Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so’ng o’zining yer osti va yer usti boyliklariga to’la egalik qilib, ulardan samarali foydalana boshladi. Bu esa uning iqtisodiy qudratini oshirishga xizmat qilmoqda. Qashqadaryodagi Ko’kdumaloq kompressor stansiyasi, Sho’rtangazkimyo majmuasi, Buxorodagi Neftni qayta ishlash zavodi, Qoraqalpog’istondagi Oo’ng’irot soda zavodi, Dehqonoboddagi kaliyli o’g’itlar zavodi kabi o’nlab yirik sanoat korxonalari, zamonaviy temir va avtomobil yo’llar istiqlol yillari barpo etilib, xalqimiz va Vatanimiz manfaatlari yo’lida xizmat qilmoqda.

Biz «Neksiya», «Damas», “Matiz”,«Lasetti», «Takuma», «Epika», «Kaptiva», «Spark» yengil avtomobillarini, «Suzuki» avtobuslarini yaxshi bilamiz. Bular istiqloldan keyin o’zimizda Asaka va Samarqand shaharlarida ish boshlagan avtomobil zavodlarida tayyorlanishidan ham yaxshi xabardormiz. Bu yurtimizning qisqa muddat ichida o’z avtomobilsozlik sanoatiga ega bo’lgani bilan bog’liq. Dunyoda avtomobilsozlik sanoatiga ega bo’lgan 28 davlatning biri O’zbekiston ekani bizga katta g’urur-iftixor baxsh etadi.Vatanimizning ma’naviy boyliklari ham juda katta. Har qanday mamlakatning ma’naviy boyligi bugungi zamonda xalqining bilimi va dunyoqarashi, madaniy saviyasi bilan o’lchanadi. Chunki hozirgi davr axborotlar davri, kashfiyotlar davri, yangi-yangi texnologiyalar davridir. Kimning bilimi kuchli bo’lsa, dunyoqarashi ochiq va kelajakka qaratilgan bo’lsa, hamisha oldinda bo’ladi. Avvalo, mamlakatimiz aholisining deyarli yuz foiz savodli ekani bizning ulkan ma’naviy boyligimizdir. Chunki savodli odam kitob, gazeta o’qiydi, televizor ko’rib, radio eshitib, ulardan o’zicha mustaqil xulosa chiqara oladi. Eng muhimi, doimo dunyodan ogoh, zamon bilan hamnafas bo’lib yashaydi.

Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Qarshi, Termiz, Karmana, Shahrisabz, Marg’ilon, Qo’qon kabi qadimiy shaharlarimizdagi noyob obidalar ham bizning betakror ma’naviyatimiz ko’zgusidir. Ularning aksariyati YUNESKO ro’yxatiga kiritilgan.

YUNESKO — Birlashgan Millatlar Tashkilotining fan va madaniyat ishlari bo’yicha shug’ullanadigan mustaqil tuzilmasidir. Uning bosh qarorgohi Parij shahrida joylashgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining o’zi esa NyuYork shahrida joylashgan. Unga dunyodagi 192 ta davlat, jumladan, bizning mamlakatimiz ham a’zo.

O’zbekiston zamini 3- 3,5 ming yillik madaniy tarixga ega. Bu yerda Jarqo’ton, Dalvarzintepa, Fayoztepa, Afrosiyob, Qubo, Varaxsha, Mingo’rik, Shoshtepa, Tuproqqal’a, Qo’yqirilgan qal’a singari qadimiy sivilizatsiya o’choqiari mavjud. Ushbu manzilgohlardan buddizm, zardushtiylik, islom madaniyatiga, o’zbek davlatchilik tarixiga oid ko’plab yodgorliklar topilgan va topilmoqda.

Sivilizatsiya lotincha so’z bo’lib, madaniy taraqqiyot degan ma’noni bildiradi. Arabcha ma’nodoshi tamaddun, ya’ni madaniylashishdir.

Poytaxtimizdagi Temuriylar tarixi davlat muzeyida Vatanimizning ma’naviy boyliklaridan dalolat beradigan ko’plab noyob yodgorliklarni ko’rish mumkin. Qur’oni karimning xalifa Usmon davrida ko’chirtirilgan yagona noyob nusxasi ham Toshkentda, Hazrati Imom majmuasida saqlanadi. Bundan tashqari, yurtimizdagi turli institutlar, kutubxona va muzeylarda o’ta nodir qo’lyozmalar mavjud. Ulaming ko’pi o’z tadqiqotchilarini kutmoqda, yosh avlod vakillari ulg’ayib, kelajakda o’qib-o’rganishi, zarur xulosalar chiqarishi uchun ular asrab-avaylab kelinmoqda.

Zardushtiylikning qadimiy kitobi «Avesto» ham bizning diyorimizda – ko’hna Xorazm zaminida’yaratilgan. Bu kitobning 2700 yil­lik to’yi 2001-yili xalqaro miqyosda bayram qilinganidan xabardor bo’lsangiz kerak.

Xalqimiz qadim-qadimdan buyuk allomalari bilan dunyoga tanilganilgan.Musulmon olamida tan olingan oltita ulug’ hadisshunosdan uchtasi bizning zaminimiz farzandidir. Bular — Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Nasoiydir.

В Узбекистане в этом году темпы строительства новостроек увеличат в 1,6 раза

При их строительстве обязательным требованием станет создание автомобильных стоянок, как многоэтажных, так и подземных.

В текущем году годовые объемы строительства нового жилья на массивах «Янги Узбекистон» и 161 другом массиве будут увеличены в 1,6 раза и доведены до 90 тыс., следует из указа президента.

При этом обязательным требованием при проектировании и строительстве жилья, социальных и торговых объектов будет создание автомобильных стоянок, в том числе многоэтажных и подземных.

Из госбюджета предоставят средства на выделение ипотечных кредитов 32 тыс. граждан, а также субсидий на покрытие части первоначального взноса и процентных платежей – 11 тыс. граждан.

Помимо этого, в порядке эксперимента в Ташкентской области будет реализована программа «Мой первый дом» для граждан, не имеющих жилья, на основе права собственности.

Также президент поручил довести уставный фонд АО «Компания по рефинансированию ипотеки Узбекистана» до $100 млн. При этом средства, привлеченные за счет размещения ипотечных облигаций, будут размещены в банках в качестве ресурсов для ипотечных кредитов.

Barcha boshlangʻich sinf oʻquvchilari bepul ovqat bilan taʼminladi, aholi punktlarida harakatlanish tezligi soatiga 70 kmdan 60 kmga tushiriladi

Prezident 2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab respublikaning barcha viloyatlari va Toshkent shahrida boshlangʻich sinf oʻquvchilarini bepul ovqat bilan taʼminlash yoʻlga qoʻyiladi;

2023-yil 1-apreldan boshlab respublikaning barcha aholi punktlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushiriladi;

tadbirkorlik subyektlarining huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish maqsadida 2023-yil 1-iyuldan boshlab tadbirkorlik subyektlariga nisbatan yangi turdagi javobgarlik va jazo choralarini joriy etishga uch yillik moratoriy oʻrnatiladi;

32 ming nafar fuqaroga bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari, shuningdek, 11 ming nafar fuqaroga boshlangʻich badal va foiz toʻlovlarining bir qismini qoplashga subsidiyalar ajratish uchun Davlat budjetidan yetarli mablagʻlar yoʻnaltiriladi;

2023-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan 8 trln soʻm, shundan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari uchun 4 trln soʻm yoʻnaltiriladi va boshqalar.

Farmonning toʻliq matni bilan bu yerda tanishish mumkin.

Qiziqarli malumotlar
6 раза, В Узбекистане в этом году темпы строительства новостроек увеличат в 1