Алгоритмлаш ва дастурлаш асослари. С тили асослари. Амалий қўлланма, назария, масалалар, мулоҳазалар, ечимлар, тавсиялар
Java dasturlash tilining xususiyatlari:
VISUAL BASIC, DELPHI, C++DASTURLASH TILLARI VA ULARNING IMKONIYATLARI.
(Basic (B EY SIK) suzi Beginner’s All-purpose symbolic Instruction Code dan xosil bulgan (Boshlovchilar uchun umum yunnalishida dasturlash tili). Bu tilning mazkur dastur versiyasidagi Visual suzi dastur tuzish jarayonida kuplab operatsiyalar vizual vositalar yordamida, yani bevosita kodlarni yozmasdan bajarilishini anglatadi.
Dasturlar tuzish sermashakkat jaraen, lekin Visual Basic bu ishini sezilarli darajada soddalashtiradi va foydalanuvchiga uni osonrok bajarishga imkon beradi. Visual Basic ning yana bir yutugi shundaki, u Microsoft Office paketi dasturi va Internet resurslari bilan ishlaydi. Visual Basic bir necha versiyada ishlab chikariladi.
Learning Edition (Ukuv taxriri). Bu versiya boshlovchilar uchun juda mos bulib, Windows da ishlovchi dasturlar tuzish uchun zarur bulgan barcha elementlarini uzida jamlagan.
Visual Basic dasturi komandalari
Visual Basic ning asboblar paneli foydalanuvchining dasturlari uchun kurilish bloklaridan iboratdir.
Asboblar panelida «A» tugmasini bosing. Mazkur belgi shaklga yozuv (Label) kuyish uchun ishlatiladi. Bosilgandan sung belgining tasviri uzgarib, bu uning bosilganligini kursatadi. Visual Basic bilan ishlayotganda kup vakt asboblar panelida strelka kursatkich belgisi tanlanadi. Boshka asbob belgilari siz shaklga fakat yangi obektni joylashingiz kerak bulgan xollardagina tanlab olinadi.
Kursorni shakl ichiga joylang va sichkonchani chap tugmasini yozuvning chap yukori burchagi shaklda turishi kerak bulgan joyda bosing. Tugmani bosilgan xolda tutib turishda davom etib, yozuvni chuzish uchun kursorni ungga va pastga suring. Shundan sung tugmani kuyib yuboring. Agar siz yozuv joyi va ulchamlarini nokulay joylashtirib kuygan bulsangiz, yozuvni sakkizta markyordan biri yordamida uning joyi, xajmini uzgartirishingiz mumkin. Yozuvni shaklga joylashtirish uchun yozuv joylashtirilishi zarur bulgan joyga sichkoncha kursatkichi yordamida joylashtiriladi. Yozuvni joyini kengaytirish uchun sichkoncha tugmasini bosilgan xolda past-ung tomonga suriladi. Keyin tugmacha kuyib yuboriladi.
Asboblar panelining mazmuni Visual Basic ning urnatilgan versiyasiga xamda uning kanday urnatilganligiga boglik. Agar foydalanuvchi asboblar panelida sichkoncha ung tugmasini bossa, komponentlarni kushish yoki yukotishga imkon beruvchi menyu kurinadi.
VisualBasic da xossalar oynasi (Properties) – bu atributlar ruyxatidir. Xar bir atribut yoki «xossa» ayni paytda shaklda tanlangan obektga (yozuv, knopka, matn oynasi va x.k.) tasir kursatadi. Obekt xossalarining kiymatini uzgartirib, foydalanuvchi uning tashki kurinishi va xolatini boshkaradi. Tuzilajak dastur elementlari, tashkil etuvchilari: yozuv, tugmacha, matn oynasi va xokozolarning xossalari aks etadi. Elementlardan kaysi biri tanlanganiga karab xossalar oynasidagi manzara uzgarib turadi.
Shaklga yozuvnijoylashtiring. Shaklda yozuvtanlabolinganigaishonchxosil q iling.
Endi bazi kiymatlarni uzgartirish uchun xossalar oynasining ung tomonini bosing. Alignment (Tenglashtirish) xossasi kiymatini «2-Center» (Markaz) ga uzgartiring. «BorderStyle» (Shakl turi) xossasi kiymatini
«1-FixedSingle»ga uzgartiring. «Caption» (Sarlavxa) kursatkichiga «Mening yozuvim» matnini kiriting.
Foydalanuvchining xaraktalariga javoban yozuv kanday uzgarishiga etibor bering. Visual Basic xar bir obektining uz nomi bor (Name xossasi). Xossalar oynasining yukori kismida ayni (joriy) paytda tanlangan obektning nomi kursatilgan.
Visual Basic ilovalarning kupchiligi ekran shakli (formasi) asosida yaratiladi. Shakl – foydalanuvchi «rasm» chizishi mumkin bulgan ok matodir. Kupchilik xollarda ilova bir nechta shaklga ega buladi, lekin Visual Basic ish jarayonida ularni yashirish va kursatishga imkon beradi. Asosiy shaklni yopib, ilovadan chikish mumkin.
Shakl – bu oyna. Shuning uchun mazkur oyna boshka oynalar kabi Minimize (maksimallashtirish, urab kuyish), Maximize (Maksimallashtirish, ochish) vaClose (yopish) tugmachalariga ega. Shakl uchun MinButton va MaxButton xossalarining kiymatlarini False xolatiga utkazib dastlabki ikki tugmani uchirib kuyish mumkin.
Ican (belgi): kichik rasm bulib, shaklning yukorigi chap tomonida va shuningdek uning uralgan xolida paydo buladi.
Caption (sarlavxa) – shaklning sarlavxasi satrida paydo buladigan matn.
BorderStyle (shakl turi) kuyidagilarni aniklaydi; shakl chetlarining kurinishi, shaklning ulchamlarini, sichkoncha bilan uzgartira olasizmi? Shaklning eng yukori burchagida kanday tugmalar paydo buladi. Mazkur misol xossa FixedSingle da tasvirlangan.
StartUpposition (boshlangich xolat): shaklning Windows ish stolida boshlangich xolatni belgilaydi.
Background (fon): shakl foni rangini belgilaydi.
DELPHI dasturlash tili
DELPHI muxiti haqida tushuncha
DELPHIdasturiy vostasi-bu Windows uchun mo‘ljallangan dasturlash muxiti bo‘lib, 1995 yilda BORLAND kompaniyasi guruxi dastur tuzuvchilari Chak (Chuck) va Denni (Danny) tomonidan yaratilgan.
Bu til o‘zining keng qamrovli imkoniyatlariga egaligi bilan birga, boshqa dasturlash tillaridan o‘zining ba’zi bir xususiyatlari bilan ajralib turadi.
BorlandDelphining paydo bo‘lishi dasturlashni rivojlantirish tarixida yorqin ko‘rinish bo‘ldi. Delphining dunyoga kelishiga quyidagilar sabab bo‘ldi;
Windows uchun dastulash va komponentalar texnologiyasi.
Masalalarni yechish uchun ob’ektga yo‘naltirilgan usul.
Komponentalar texnologiyasiga asoslangan ilovalarni tez yaratishning vizual muhitlari.
Interpritatsiyadan emas, kompilyatsiyadan foydalanish. Bu shundan iboratki, interpretator bilan ishlashga qaraganda kompilyator bilan ishlash tezligi o‘n martalab ustunlikka ega bo‘ladi.
Universal usullar yordamida ma’lumotlar bazasi bilanishlash imkoniyatlarining mavjudligi.
Lokal va shu bilan bir qatorda server ma’lumotlari faylidan mijoz-server arxitekturasiga yoki ko‘p bosqichli N-tier sxemasiga o‘tishni ta’minlash.
BorlandDelphi yuqorida bayon etilgan tendentsiyalarni joriy etish maqsadida yaratilgan. Ammo, uning eng asosiy elementi Paskal tili bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi kunda Delphi tilining bir necha xil variantlari mavjud (Delphi 2, Delphi 3. , Delphi 7 va h.k.).
Delphi dasturlash tili uchun Paskal dasturlash tili asos qilib olingan. Bu ikki tilning qanday o‘xshashlik va farqli tomonlari bor?
Bilamizki, Paskalda biror kattaroq dastur, masalan amaliy dasturlar majmuini tuzmoqchi bo‘lsak, albatta biz modulli dasturlashdan foydalanamiz. Ya’ni qo‘yilgan masalani kichikroq bo‘laklarga bo‘lib olamiz va shular bilan ishlaymiz. Natijani olish uchun esa, bu bo‘laklarni birlashtiruvchi bitta asosiy dastur qilinadi. Aynan shu narsa Delphi dasturlash tilining asosi xisoblanadi. Agar biz Delphida biror forma hosil qilsak, uholda Delphi bizga o‘zi avtomatik tarzda shu formaga mos bo‘lgan modullarni va bu modullarni boshqaruvchi dasturni tuzib beradi. Boshqaruvchi dasturni Delphida, agar unga o‘zimiz nom bermasak, Project1.dpr deb nomlaydi. Bunda .dpr fayl kengaytmasi. Avtomatik tarzda tashkil qilingan modulga biz nom bermasak, u holda Delphi uni Unit1.pas deb nomlaydi. O‘zimiz esa .pas kengaytmasini saqlagan holda hohlagan nomimizni berishimiz mumkin.
Tuzilgan dasturni EXM xotirasida saqlash uchun asosiy menyuning File bandidan foydalaniladi. Dasturni kompilyatsiya qilish uchun asosiy menyuning RUN bandidan foydalaniladi. Agar dasturda xatoliklar bo‘lsa, kompilyatsiya qilish jarayonida bu xatoliklar ko‘rsatib boriladi. Agar xatolik bo‘lmasa, dastur ishga tushadi.
Delphi dasturlash tilini ishga tushirilganda ekranda quyidagi muxit hosil bo‘ladi:
Sarlavxa satri Proekt nomi
Алгоритмлаш ва дастурлаш асослари. С++ тили асослари. Амалий қўлланма, назария, масалалар, мулоҳазалар, ечимлар, тавсиялар
Qo’llanmada C++ dasturlash tili va elementlari, dastur tarkibi va tavsifi, unda dasturlash imkoniyatlari va usullari, tuzilmalar mohiyati erkin tarqatiladigan Codeblocks IDE asosida ochib berishga qaratilgan. Shu bilan birga, umumiy va nazariy ma’lumotlar, dastur namunlaridan tashqari takrorlash va mustaqil ishlash uchun ko’p sonli vazifalar keltirilgan. Keltirilgan vazifalarni hal etishda turli yondashuvlar va usullarning mohiyati cohib berishga harakat qilingan. Ma’lumotlar va vazifalar “oddiydan murakkabga” mantiqiy ketma-ketlikda bayon etilgan. Vazifalar qiyinlik darajasi bo’yicha A, B, C va D turkumlarga ajratilgan.
Qo’llanmadan o’qituvchilar, o’quvchilar, talabalar, umuman dasturlash san’ati bilan qiziquvchilar foydalanishlari mumkin. Qo’llanma 11 va undan katta yoshli qiziquvchilar uchun mo’ljallangan.
Характеристики
ISBN | 978-9943-6501-4-5 |
Язык | На узбекском |
Надпись | Латиница |
Количество страниц | 404 |
Издательство | Академнашр |
Тип обложки | Мягкая |
Формат бумаги | А4 |
Год издания | 2021 |
Книги, продукты, мировая литература, узбекская литература, бизнес и психология, на русском языке, современная узбекская литература, детская литература, религиозная литература, наука и учебники, для абитуриентов, лучшие книги, топ-100 бестселлеров, художественная литература (биографическая литература), биография , на английском языке много другое. Быстрая доставка в Узбекистан
Отзывы
Алгоритмлаш ва дастурлаш асослари. С++ тили асослари. Амалий қўлланма, назария, масалалар, мулоҳазалар, ечимлар, тавсиялар
C++dasturlash tili kitob zo‘r
Алгоритмлаш ва дастурлаш асослари. С++ тили асослари. Амалий қўлланма, назария, масалалар, мулоҳазалар, ечимлар, тавсиялар
Ahrorbek Axmatov
Assalomalekum, bu kitobni qayerdan olsam bo’ladi ? Manga judayam zarur edi
Алгоритмлаш ва дастурлаш асослари. С++ тили асослари. Амалий қўлланма, назария, масалалар, мулоҳазалар, ечимлар, тавсиялар
Ahrorbek Axmatov
Assalomalekum, bu kitobni qayerdan olsam bo’ladi ? Manga judayam zarur edi
Алгоритмлаш ва дастурлаш асослари. С++ тили асослари. Амалий қўлланма, назария, масалалар, мулоҳазалар, ечимлар, тавсиялар
Assalom alaykum kitob opesanyasida hatolik bor ekan
Va alaykum assalom, mumkin bo’lsa, @asaxiybot ga aynan qanday xatolik ekanini yuborsangiz.
Алгоритмлаш ва дастурлаш асослари. С++ тили асослари. Амалий қўлланма, назария, масалалар, мулоҳазалар, ечимлар, тавсиялар
yana qachondan sotiladi
Assalomu alaykum, hozircha aniq emas. Kitob qayta sotuvga kelsa, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda xabar beriladi.
Алгоритмлаш ва дастурлаш асослари. С++ тили асослари. Амалий қўлланма, назария, масалалар, мулоҳазалар, ечимлар, тавсиялар
Sobirjonov Husanboy
Bu kitob qachon sotuvga qõyiladi yana
Алгоритмлаш ва дастурлаш асослари. С++ тили асослари. Амалий қўлланма, назария, масалалар, мулоҳазалар, ечимлар, тавсиялар
Xorazmga yetkazib berish xizmati bilan qancha bo’ladi .
Dasturlash tillari to’g’risida ma’lumotlar! — C++, C#, Java va Python
Salom do’stlar! Siz bilan yana Oxunjon G’aybullayev. Oldin vada qilganim kabi dasturlash tillarining bir biridan farqi, ustunlik taraflari va har birining beradigan imkoniyat va qulayliklari haqida gapirmoqchiman.
Bu maqolani yozishimning sababi ko’plab dasturlashga qiziqib qolgan odamlar biron dasturlash tilini tanlashda qiynalishadi. Buni men ham o’z boshimdan o’tqizganman.
DIQQAT E’LON! Java dasturlash tillari bo’yisha video kurs tayyor. Video kurs haqidagi ma’lumotni quyidagi rasm ustiga bosib o’qishingiz mumkin:
Qaysi dasturlash tili o’zlashtirish uchun oson va qaysi biri ko’proq imkoniyat va yaxshi qulayliklar beradi degan savollar qiynaydi.
Hozirgi kunda mashhur bo’lgan dasturlash tillarining imkoniyatlari va qulayliklari haqida ma’lumot bermoqchiman. Bunda siz o’zingiz uchun mos birontasini tanlashingiz osonlashadi deb o’ylayman.
Dasturlashda dasturchi sifatida sizning qiladigan ishingiz nimalarda iborat ekanligini aniqroq anglash uchun manabu maqolani ham o’qib chiqishingizni tavsiya qilaman.
Endi esa 4 ta mashhur dasturlash tillarining imkoniyatlari va qulayliklarini ko’rib chiqamiz.
C++.
C#.
Java.
Python.
C++ dasturlash tili haqida ma’lumotlar:
Oddiy ma’noda C ++ — bu murakkab, samarali dasturlashtirilgan umumiy tildir. 1979 yilda Bjarne Stroustrup tomonidan ishlab chiqilgan.
Bugungi operatsion tizimlarning ko’pchiligi, tizim drayverlari, brauzerlar, dasturlar (programmalar) va o’yinlar C ++ tilidan o’zlarining asosiy tili sifatida foydalanadi. Bu C ++ ni bugungi kunda eng mashhur tillarning biriga aylantirib kelayapdi.
C++ning xususiyatlari.
C ++, shubhasiz, juda boy. Barcha xususiyatlarini o’rganib chiqish albatta vaqt talab etadi, ammo boshlang’ich sifatida quyida siz bilishingiz kerak bo’lgan eng muhim xususiyatlar mavjud.
1. C ++ tez.
C++ Python, Java kabi yuqori darajali tillarni sizga bermaydigan katta tezlikni taklif etadi.
2. C ++ statik ravishda kiritilgan.
C ++ — bu statik usulda dasturlash tilidir.
Oddiy so’z bilan aytganda, C ++ tuzuvchiga ma’lumotlar turiga nisbatan taxminlarni kiritishiga imkon bermaydi, masalan. 10 dan «10» farq qiladi va C ++-ga qaysi biri haqida gapirayotganingizni bildirib qo’yishingiz kerak.
Bu esa, dastur ishga tushishidan oldin tuzuvchiga xatoliklarni va xatolarni bartaraf etishga yordam beradi.
3. C ++ — ko’p namunali dasturlash tilidir.
C ++ kamida 7 xil dasturlash uslubini qo’llab-quvvatlaydi va ishlab chiquvchilarga o’z xohishi bo’yicha birini tanlab olish erkinligini beradi.
Java va Pythondan farqli o’laroq, har vazifani hal qilish uchun obyektlarni ishlatishga hojat yo’q (agar kerak bo’lmasa).
Foydalanish holatlaringizga mos dasturlash uslubini tanlashingiz mumkin.
4. C ++ bilan obyektga asoslangan dasturlash.
Obyektga yo’naltirilgan dasturlash murakkab muammolarni yechishingizga yordam beradi.
C ++ da siz obyektlar yaratib o’sha murakkab muammolarni kichiklashtirib ya’ni bo’lib yechishingiz mumkin bo’ladi.
5. Standart kutubxonaning kuchi (standart shablon kutubxonasi — SSK).
C ++ ning qudrati unda mavjud bo’lgan standart kutubxonalar yordamida kengayadi.
Ushbu kutubxonalarda kodlash jarayonida keng foydalanadigan samarali algoritmlar mavjud.
Bu esa, velosipedni qayta kashf qilishning behuda ketishiga olib keladigan ko’plab dasturiy faoliyatni tejaydi (((.
C++ daturlash tilini o’rganish uchun uchta (3) sabab. Albatta bular C++ dasturlash tilining barcha sabablarini o’z ichiga olmaydi.
1. C ++ tengi yo’qdir.
Zamonaviy o’yinlar, operatsion tizimlar, brauzerlar va boshqa ko’p narsalarni ishlab chiqishda C ++ dan foydalanilgani uchun, aytish mumkinki C ++ tengi yo’qdir.
Ko’plab yirik dasturlar C++dan foydalangan holda qurilgan, bularga namuna sifatida quyidagilarni aytsa bo’ladi:
Photoshop, Illustrator, InDesign kabi Adobe mahsulotlari.
Amazon eng katta elektron-tijorat saytlaridan biri.
Kompyuterga asoslangan dizaynlashtirilgan uchun Autodesk mahsulotlari.
Facebook — ijtimoiy tarmoq sayti C ++ mahsulotlariga asoslangan.
Hozirda ko’plab jamoa C++dan foydalanayotganligi sababli, kelajakda undan ham ko’proq foydalanilishi mumkinligini ko’rsatadi.
2. Siz kompyuterning ichki arxitekturasini o’rganasiz.
C ++ — o’rta darajadagi til bo’lgani uchun, siz kompyuterning ichki qurilmasi bilan bevosita muloqot qiluvchi kod yozasiz.
Siz kompyuter xotirasidan qanday ishlashini, unda ma’lumotlar qanday to’planishini bilib olasiz.
Bunda, sizning bilimlaringiz kompyuter arxitekturasi bo’yicha kengayishiga shubha yo’q.
C ++ ish o’rinlari va ish haqi
C ++ ishlab chiqaruvchilari yiliga o’rtacha 100,000 AQSh dollari miqdorida ish haqini kutishlari mumkin va har oy 7,7 mingdan ortiq ish o’rni e’lon qilinadi. Bu ma’lumot dunyoning rivojlangan mamlakatlariga to’g’ri keladi. O’zbekitonda qancha tashkil etishini bilmayman, lekin ehtiyoj borligini bilaman.
Ishlar talabi ko’pincha o’yinlarni ishlab chiqish, va oyna dasturlarini ishlab chiqarishdan iborat.
C ++ da kodlashni boshlashdan oldin bilishingiz kerak bo’lgan 2 narsalar.
Endi siz C ++ ning nima ekanligini va qanchalik keng doirasi borligini qisman bilasiz, uni boshlash vaqti keldi.
Ammo, siz boshlamasdan oldin bilishingiz kerak bo’lgan bir nechta muhim narsalar bor.
Quyida bilishingiz kerak bo’lgan eng muhim 4 narsa.
1. Bir kunda C ++ o’rganilmaydi.
Har qanday tilni o’rganish vaqtni oladi va C ++ uchun ham shu haqiqat saqlanadi.
Agar bir kunda C ++ ni o’rganish umidida bo’lsangiz, unda siz muvaffaqiyatsizlikka duch kelasiz.
Rostini aytadigan bo’lsak, C ++ tilini o’rganish uchun aniq vaqt yo’q, va kimdir bir necha kunda o’rganganini aytgan bo’lsa, u aldayapti.
Siz faqat muntazam amaliyot bilan o’rganishni boshlaysiz. Shunday qilib, qimmatli vaqtingizni sarflashingiz kerak bo’ladi.
2. C++ni o’rganish qiyin bo’lishi mumkin.
Yuqori darajadagi til emasligi uchun, C ++ dasturini o’rganish sizni boshlanganda juda zeriktirib qo’yishi mumkin, bu meni boshimdan o’tgan. Boshlang’ich narsalarni o’rganish uchun yaxshigina fikrlashingiz kerak bo’ladi.
Ammo vahima kerak emas.
Aniq bir yo’lga tushgandan keyin, osonlasha boshlaydi.
C# (c sharp) dasturlash tili haqida ma’lumotlar:
C # — Microsoft tomonidan ishlab chiqilgan va 2002-yilda chiqarilgan umumiy maqsadli obyektga yo’naltirilgan dasturlash tilidir. Java-ning sintaksisiga o’xshash. C # ning maqsadi, kompyuter vazifani bajarish uchun bajaradigan bir qator operatsiyalarni aniq belgilashdir.
Bugungi kunda C # nafaqat Windows dasturlash tilidir, balki veb-ilovalarni, Windows do’kon dasturlarini, iOS va Androidni o’z ichiga olgan mobil ilovalarni yaratish uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan tildir. C #, bundan ham ko’proq narsani amalga oshirishi mumkin.
C#- C sharpning xususiyatlari:
1. Avtomatik xotira boshqarish va axlat yig’ish.
Avtomatik xotira boshqarish va axlat yig’ish C #-ning ikkita muhim xususiyatidir. C # bilan siz xotira ajratib qo’yishingiz yoki uni o’chirib yuborishingiz shart emas. Chiqindilarni yig’ish xususiyati shuni ta’minlaydiki, ishlatilmaydigan arizalar o’chiriladi va xotirada tozalanadi.
2. Obyektga yo’naltirilgan til.
Yuqorida aytilganidek, C# obyektga qaratilgan til hisoblanadi. Bu muammolarni yechishning oson imkonini yaratadi, boshqa tillardagiga o’xshab.
C# ko’p hollarda Java-ga o’xshab ketadi. Uni Javaning asosiy raqibi desak ham bo’ladi. Ko’p dasturchilar tomonidan tavsiya qilingan.
C# haqida hozircha shularni ayta olaman.
Java dasturlash tili haqida ma’lumotlar:
Java — mashhur umumiy maqsadli dasturlash tili va hisoblash platformasi. Tez, ishonchli va xavfsiz. Java egasi bo’lgan Oracle kompaniyasiga ko’ra, Java dunyo bo’yicha 3 milliarddan ortiq qurilmalarni yuritadi.
Java dasturlarini ishlab chiquvchilarining soni, Java-da ishlaydigan qurilmalar va uni moslashtirgan kompaniyalar hisobga olinsa, Java ko’p yillar mobaynida o’z kuchini saqlab qoladi deb ishonch bilan aytsa bo’ladi.
Java dasturlash tilining xususiyatlari:
1. Java mustaqil platforma.
Java «bir marta yozing, istagan joyida ishlating» falsafasi bilan qurilgan. Siz bir platformada (operatsion tizim) yozgan Java kodi boshqa platformada ham o’zgarishsiz ishlaydi.
Java-ni ishga tushirish uchun Java Virtual Machine (JVM) deb nomlangan mavhum mashinadan foydalaniladi. JVM, Java bayt kodini amalga oshiradi. Keyinchalik, CPU JVMni amalga oshiradi. Barcha JVM’lar aynan bir xil ishlaganligi sababli, xuddi shu kod boshqa operatsion tizimlarda ham ishlaydi, bu Java platformasidan mustaqil deganidir.
2. Obyektga yo’naltirilgan Til.
Dasturlarning turli uslublari mavjud. Obyektga yo’naltirilgan yondashuv mashhur dasturlash uslublaridan biridir. Obyektga yo’naltirilgan dasturlashda, murakkab vazifa obyektlarni yaratish yo’li bilan kichikroq guruhlarga bo’linadi. Bu sizning kodingiz qayta foydalanishga imkon beradi, dizaynerlik imtiyozlariga ega va kodni saqlashni osonlashtiradi.
Java, Python va C ++ kabi ko’plab dasturlash tillari obyektga yo’naltirilgan xususiyatlarga ega. Agar siz dasturlash borasida jiddiy bo’lsangiz, siz obyektga asoslangan dasturlash uslubini o’rganishingiz kerak.
3. Java tez.
Javaning oldingi versiyalari sekinlashtirilganligi uchun tanqid qilindi. Biroq, endi narsalar butunlay boshqacha. Yangi JVMlar ancha tezroq. Va JVMni bajaradigan CPU ham kuchliroq.
Java hozir eng tezkor dasturlash tillaridan biri hisoblanadi. Yaxshi optimallangan Java kodi C ++ va Python, PHP va hk ga o’xshab tez ishlaydi.
4. Java xavfsiz.
Java platformasi Java ilovalarining xavfsizligi uchun turli xil xususiyatlarni taqdim etadi. Java-ning yuqori darajadagi xususiyatlaridan ba’zilari quyidagilardir:
— ilovalarni ishlab chiqish va boshqarish uchun xavfsiz platformani ta’minlaydi.
— avtomatik xotira boshqarish, xotira buzilishi va zaifliklarni kamaytirish.
— uzatilgan ma’lumotlar yaxlitligi va daxlsizligini himoya qilish orqali xavfsiz muloqotni ta’minlaydi.
5. Katta standart kutubxona.
Javaning keng foydalanilib kelishining sabablaridan biri katta standart kutubxonaning mavjudligidir.
Nima uchun Java ishlatiladigan standartning sabablaridan biri. Java muhitida biz kabi dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilariga yordam berish uchun turli xil paketlar bo’yicha yuzlab klasslar (class) va metodlar (method) mavjud.
Java ilovalari.
Java butun dunyo bo’ylab 3 milliard qurilmaga ega. Java ilovalarining bir qismi quyida berilgan.
1. Android ilovalari — Java dasturlash tilida odatda Android SDK (Java dasturlash vositasi) Android ilovalarini ishlab chiqish uchun ishlatiladi.
2. Web-ilovalar — Javada, Servlet, Struts yoki JSP-lar orqali veb-ilovalarni yaratiladi. Java-da yozilgan mashhur veb-ilovalarning ba’zilari quyidagilardir: Google.com, Facebook.com, eBay.com, LinkedIn.com va boshqalar.
Shuni ta’kidlash kerakki, ushbu saytlar butunlay Java tilida yozilmagan bo’lishi mumkin va Java bilan birga boshqa dasturlash tillari ham ishlatilgan bo’lishi mumkin.
3.Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish — Eclipse, OpenOffice, Vuze, MATLAB kabi boshqa dasturlar Javadan foydalanadi.
Ushbu ilovalar bilan bir qatorda Java o’yinni rivojlantirish, ilmiy dasturlar (tabiiy tillarni qayta ishlash kabi) va boshqalar uchun ishlatiladi.
Men C++ va Java-da kod yozib kichik dastur tuzib ko’rganman va Java dasturlash tilini osonroq va qulayroq deb topganman. Shuning uchun Java-ni o’rganishga qaror qilganman.
Java dasturlash tili bo’yicha boshlang’ich mini kitob yozganman. KURSLAR sahifaidan BEPUL yuklab olishingiz mumkin. Boshlang’ich video darslarimni esa youtube kanalimdan kuzatib boring!
Phyton (fiton) dasturlash tili haqida ma’lumotlar:
Python Guido van Rossum tomonidan yaratilgan yuqori darajadagi, obyektga yo’naltirilgan kuchli dasturlash tilidir.
Bu oson ishlatiladigan sintaksisga ega, u birinchi marta kompyuter dasturlarini o’rganishga harakat qiladigan kishi uchun mukammal bir tildir.
Tilning intaksi aniq va kod uzunligi qisqa. Pythonda ishlash juda qiziqarli, chunki u sintaksisga e’tibor qaramasdan, muammo haqida o’ylashga imkon beradi.
Pyhton (fiton) dasturlah tilining xususiyatlari.
1. O’rganish osonroq bo’lgan sodda til.
Python juda oddiy va oqilona sintaksisga ega. C ++, Java, C # kabi boshqa tillarga nisbatan Python dasturlarini o’qish va yozish juda oson. Python dasturlash qiziqarli bo’ladi va u sintaksisdan ko’ra yechimga e’tibor qaratish imkonini beradi.
Agar siz yangi boshlanuvchi bo’lsangiz, Python bilan sayohatni boshlashingiz yaxshi tanlov.
2. Portativligi.
Python dasturlarini bir platformadan ikkinchisiga ko’chirishingiz va hech qanday o’zgartirishlarsiz ishga tushirishingiz mumkin.
Windows, Mac OS X va Linux kabi barcha platformalarda muammosiz ishlaydi.
3. Kengaytirilganligi va ulash mumkinligi.
Faraz qiling ilova (dastur) katta vazifalarni bajarishi kerak. Siz C / C ++ yoki boshqa tillarni Python kodi bilan osongina birlashtira olasiz.
Bu sizning ilovangizning yuqori ishlashini va shuningdek, boshqa tillar qutidan chiqmasligi mumkin bo’lgan skript funktsiyalarini beradi.
4. Yuqori darajada tarjima qilingan til.
C / C ++ dan farqli o’laroq, xotira boshqaruvi, chiqit yig’ish va hokazo kabi qiyin vazifalar haqida tashvishlanishingiz shart emas.
Shuningdek, Python kodini ishlatganda, u sizning kodingizni kompyuteringizning tiliga avtomatik ravishda o’zgartiradi. Siz past darajadagi operatsiyalar haqida xavotirlanishingizga hojat yo’q.
5. Odatiy vazifalarni yechish uchun katta standart kutubxonalar.
Pythonda standart kutubxonalar ko’p, bu dasturchini hayotni osonlashtiradi. Pythondagi standart kutubxonalar yuzlab odamlar tomonidan yaxshi sinovdan o’tkazilmoqda. Shunday qilib, ilovangizni buzmasligiga ishonch hosil qilishingiz mumkin.
6. Obyektga yo’naltirilgan.
Pythondagi hamma narsa ob’ektdir. Ob’ektga yo’naltirilgan dasturlash (OOP) murakkab muammolarni intuitiv ravishda (bilimsiz his qilish orqali) hal qilishga yordam beradi.
OOP bilan ushbu murakkab muammolarni obyektlar yaratish yo’li bilan kichikroq to’plamlarga ajratish mumkin.
Python dasturlash tilining xususiyatlarini bilgandan keyin, uni o’rganishingizning sabablari shundaki:
Pythonda o’zgaruvchining turini belgilashga hojat yo’q. Bundan tashqari, bayonotning (kod qatori) oxirida nuqta-vergulni kiritish kerak emas.
Python sizga yaxshi amallarni bajarishga majbur qiladi (to’g’ri chiziq kabi). Ushbu kichik narsalar yangi boshlanuvchilar uchun o’rganishni osonlashtiradi.
Python sizga kodning kamroq satrlari bilan ko’proq funksiyalarga ega dasturlarni yozish imkonini beradi.
Shaxsan men Pythonda kod yozishni oson deb topganman.
Demak, yuqorida hozirgi kunda mashhur bo’lib kelayotgan dasturlash tillarining xususiyatlarini ko’rib chiqdik. Bu ma’lumotlar sizga mos bo’lgan dasturlash tilini tanlashda yordam beradi degan umiddaman.
Fikr, mulohazalaringiz yoki qo’shimcha ma’lumotlarga ehtiyojingiz bo’lsa, kommentariyada izohingizni qoldiring!
Keyingiz maqolalarda ham boshqa dasturlash tillari haqida ma’lumot berish niyatidaman. Blogimga OBUNA bo’ling va kuzatib boring, shunda yangi qiziqarli, foydali maqolalardan xabaringiz bo’ladi.
Dasturlashda va hayotda omad tilab sizlar bilan xayrlashaman, xayr!
Qiziqarli malumotlar
Алгоритмлаш ва дастурлаш асослари. С тили асослари. Амалий қўлланма, ечимлар, масалалар, мулоҳазалар, назария, тавсиялар